Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XV. 5. Sanoat korxonalarini suv bilan ta'minlash va



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

XV. 5. Sanoat korxonalarini suv bilan ta'minlash va 

 kanalizatsiya tizimlari 

 

Sanoat korxonalarini suv bilan ta'minlash uni faqatgina ichimlik suv 

bilangina  emas,  balki  sanoat  maqsadlari  uchun,  shuningdek,  yong'inga 

qarshi kurash vositasi sifatida ham qarash kerak. 

Shuning  uchun  sanoat  korxonalarida  ishlatiladigan  suvning  sifatini 

belgilash,  ichimlik  va  xo'jalik  ehtiyojlari  uchun  ayrim  yaxshi  tozalangan 

sifatli  suvlarni  ishlatish,  sanoat  maqsadlari  uchun  va  yong'inga  qarshi 

kurash  vositasi  sifatida  birlamchi  ishlatilgandan  keyin,  ya'ni  ichimlik  va 

xo'jalik maqsadida qo'llanilgan suvni qayta tozalagandan keyingi suvlar—

texnik  suv  sifatida  ishlatiiishi  mumkin.  Bunda  biz,  birinchidan,  hozirgi 

zamonda  tanqisligi  sezilaboshlagan  chuchuk  suvni  tejasak,  ikkinchidan, 

oqava  suvlarini  suv  havzalariga  tashlab  ularni  iflosiantirmaslik,  shu  bilan 

tabiat tozaligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo'lamiz. 

Demak,  har  bir  sanoat  korxonasi  uchun  suv  manbalarini  tanlash  va 

ularni  suvni  ifloslanishiga  yo’l  qo'ymaslik  asosida  chiqarilgan  hujjatlarga 

asoslanib,  foydalaniladi.  Bunda  asosan  sanitariya  qoida  va  me'yorlari 

bo'yicha  berilgan  sifat  ko'rsatgichlari  va  suv  tarkibidagi  zararli 

moddalarning chegara miqdorlari belgilangan bo'ladi. 

Suv  havzalaridan  olingan  suvlar  albatta  toza  bo'ladi  va  shuning 

uchun  ehtiyoj  sifatida  foydalanish  mumkin.  Har  bir  sanoat  korxonasi 

uchun  zarur  bo'lgan  suv  miqdori,  uning  texnologiyasi  va  ishlab  chiqarish 



 

 

282 



quwatiga bog'liq bo'ladi. 

Me'yoriy hujjatlarda xo'jalik  maqsadlari va ichimlik suvlari sifatida 

ishlatiladigan  suv  me'yorlari  keltirilgan.  Bu  me'yorlar  issiq  sexlar  uchun 

har bir ishchi uchun bir smenada 45  l, issiq bo'lmagan sexlarda 25  l qilib 

belgilangan. Ammo bu miqdorlar doimiy bo'lmay o'zgaruvchan bo'ladi va 

koeffitsiyentlar bilan beriladi. 

Sanoat  korxonalarining  yordamchi  xonalarida  suv  sarfi  dush 

xonalarida  har  bir  setka  uchun  500  1/soat,  yuvinish  kranlarida  180—200 

1/soat qilib belgilangan. Umuman sanoat korxonalari uchun bir sekundda 

ichimlik  suvlari  va  xo'jalik  maqsadlarida  ishlatiladigan  suv  miqdorini 

quyidagi formula asosida aniqlanadi: 

nP

k



 

bunda, k - har bir suv ishlatish vositasining o'rtacha quvvati 1/s; n — 



umumiy  suv  ishlatish  vositalari  soni;  P  —  suv  ishlatish  vositalrining 

ishlash  koeffitsiyenti,  ,,uni  kran  va  dush  setkalari  uchun  P  =1  qabul 

qilinadi. 

 

 



 

73-rasm. Suv bilan ta'minlash tizimining umumiy ko'rinishi. 

      

Sanoat    va  xo'jalik    maqsadlarida    ishlatib  bo'lingan    suvlarni 



kanalizatsiya  tizimi  orqali  yig'iladi.  Kanalizatsiya  umumiy  ishlatilib' 

bo'lingan      suvlarni      yig'uvchi      tormoqlaiga,      yer      osti      trubalari,; 

kanallari,    kuzatish quduqlari,    nasos stansiyalari,    bosimli yoki oqava     

kollektorlar,          tozalash  qurilmalari,          zararsizlantirish  va  yig'ish 

qurilmalariga ega bo'ladi.   Yig'ish   qurilmalarida yig'ilgan tozalangan suv 

texnik  maqsadlar  va  yong'inga  qarshi  kurash  suvi  sifatida  ikkinchi  marta 

sanoat korxonasiga qaytariladi. 

Sanoat  korxonalarida  foydalaniladigan  kanalizatsiya  tizimlari  atrof-

muhitdan  butunlay ajratilgan  bo'lishi  kerak.   Kanalizatsiya quvirlaridan 

suvni yerga tuproqqa o'tib shimilishiga mutlaqo ruxsat berilmaydi. 

O'zbekiston  Respublikasi  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  qonuniga 



 

 

283 



asosan  sanoat  korxonasidan  oqib  chiqadigan  bar  qanday  suv 

tozalanmasdan  suv  havzalariga  qo'shib  yuborilishi  mutlaqo  taqiqlanadi. 

Ularni albatta zararli moddalardan va iflosliklardan tozalash talab qilinadi. 

Bu  shartlarni  bajarishda  tozalashning  kimyoviy,  mexanik  va  biologik 

usullaridan foydalaniladi. 

Tozalangan  suv  tarkibi  va  sifati,  uni  tozalash  usullari  va  tozalash 

qurilmalari turlari QMQ 2. 04. 05 — 97 talablariga javob berishi kerak. 

 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish