275
asosiy talablar
Sanoat korxonalarini qurishda birmuncha ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy masalalarni yechibgina qolmasdan, ushbu sanoat korxonasi
qurilayotgan aholi yashaydigan maskanning ekologiya muvozanatiga ham
e'tibor berish juda muhim masalalardan biri ekanligiga ahamiyat berish
zarur.
Har qanday sanoat korxonasi xalq xo'jaligiga zarur bo'lgan sanoat
mollarini ishlab chiqarishdan qat'i nazar, birinchidan, uni o'rnashtirilishi
mumkin bo'lgan joyning asosiy xususiyatlarini o'rganishni taqozo qiladi.
Chunki sanoat korxonasi har qancha bezarar deb topilgani bilan, uning
ishlab chiqarishi tarkibida ma'him miqdorda xavfli holatlar ham mavjudki,
bularni hisobga olmaslikning mutlaqo iloji yo'q. Masalan, hozirgi
zamonaviy texnologiya jarayonlari butunlay chiqindilarsiz ishlashi
mumkin emas. Bu chiqindilar ma'lum miqdorda suv havzalarini, ko'pgina
qismi esa atrof-muhitni ifloslaydi. Albatta hozirgi zamon texnologik
jarayonlarida ifloslangan suvni tozalash vositalari, shuningdek, changli
havoni tozalash qurilmalari mavjud. Lekin shuni unitmaslik kerakki, bu
havo tozalash qurilmalarining samaradorligi nihoyatda past, suv tozalash
vositalari esa ma'him bir qancha kamchiliklardan holi emas. Bundan
tashqari suv tozalash qurimalarining aksarisi ma'lum miqdorda yig'ilgan
suvni tozalaydi. Shuning uchun bu suvlar biror bir falokat yoki tabiiy ofat,
masalan, suv toshqini, jala yog'ishi natijasida suvlarni ifloslanganlarini
oqizib ketishi, atrofdagi serhosil yerlarni, bog'-rog'larni vayron qilishi,
zaharlashi va odam yashashi mumkin bo'lmagan holatni vujudga keltirishi
mumkin.
Yuqorida
taxmin
qilinganlardan
ko'rinib
turibdiki,
sanoat
korxonalarini aholini suv bilan ta'minlaydigan daryolar, ariqlar va ko' liar
yaqiniga qurish mumkin emas.
Bundan tashqari sanoat korxonalaridan faqatgina ifloslangan suv
emas, balki atrof-muhitni ifloslantiruvchi ko'pgina kimyoviy moddalar,
masalan, bo'yash sexlaridan ajraladigan bo'yoqlar tarkibidagi parchalanib
ketuvchi moddalar: kselol, toluol, atseton, uayt-spirt va boshqalarni
ko'rsatish mumkinki, bular uchun hozirgi vaqtda samarali havo
tozalagichlar yo'q.
Bunday moddalar birmuncha miqdordagi tozalanmagan havo
tarkibidagi changlarga qo'shilib mutlaqo salbiy holatlarga olib kelishi
mumkin.
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sanoat korxonalarini qurishda
276
ushbu aytilgan zararliklarni hisobga olgan holda ish olib borish, har bir
mutaxassisning muqaddas burchidir. Bu ishga sovuqqonlik bilan qarash
butun tabiatga, ekologik muvozanatga, bu bilan birga kishilarning
yashayotgan maskanlarining umumiy sog'lomligiga va bu bilan butun
avlodlar oldida javobgarlik hissiga sovuqqonlik bilan qarash demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: