Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XIV. 8. Mehnatni muhofaza qilish kabineti



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

XIV. 8. Mehnatni muhofaza qilish kabineti 

 

Sanoat  korxonalarida  mehnatni  muhofaza  qilish  masalalarini 

targ'ibot  qilish  va  xavfsizlik  texnikasi  yo'riqnomalaridan  o’tkazish 

maqsadida  mehnatni  muhofaza  qilish  kabineti  tashkil  qilinadi.  Bu 

kabinetlarning  hajmi  mashinasozlik  sanoatida  ushbu  korxonada  mehnat 

qilayotgan ishchilar soniga qarab belgilanadi. 

Mehnatni  muhofaza  qilish  kabinetlaridan  quyidagi  hollarda 

foydalaniladi: 

Ishga yangi kirayotgan ishchi va xizmatchilarni xavfsizlik texnikasi 

va sanoat sanitariyasi bo'yicha yo'riqnomalardan o'tkazish, shuningdek, bu 

yerda  kasb-hunar  kollejlari  va  akademik  litseylari  talabalarini  ishlab 

chiqarish amaliyoti vaqtida kirish yo'riqnomasidan o'tkazish. 

Xavfsizlik  texnikasi  bo'yicha  maxsus  bilim  talab  qiladigan  ishlarda 

mehnat  qilayotgan  ishchilar  bilan  suhbatlar  o'tkazish,  korxona  bosh 

muhandisi  tomonidan  tasdiqlangan  dastur  bo'yicha  muhandis-texnik 

xodimlar  va  kasaba  uyushmasi  faollari  bilan  mehnatni  muhofaza  qilish 

masalalarida seminarlar o'tkazish. 

Mehnatni  muhofaza  qilish  haqidagi  kinofilmlar  namoyish  qilish, 

suhbatlar o'tkazish va ma'ruzalar uyushtirish. 

Sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini kamaytirish sohasidagi 

korxona  yutuqlarini  va  turdosh  korxonalar  yutuqlarini  ko'rsatuvchi 

vistavkalar tashkil qilish. 

Mashinasozlik  sanoatida  mehnatni  muhofaza  qilish  ishlarini 

yaxshilashi  mumkin  bo'lgan,  ishlab  chiqarishning  yangi  usullari,  yangi 

materiallar,  ishlab  chiqarish  jarayonlari  fan  va  texnikaning  yutuqlarini 

targ'ib qilish. 

Mehnatni muhofaza qilish kabineti yangi zamonaviy modellar bilan 

jihozlanishi,  ko'rgazmali  qurollar  (plakatlar,  sxemalar,  maketlar,  natural 

eksponatlar, diafilmlar) bilan ta'minlanishi ishchi va xizmatchilarni kirish 

yo'riqnomasidan  otkazish  va  muhandis-texnik  xodimlar  bilan  seminar 

o'tkazishga  kerak  bo'ladigan  uslubiy  ko'rgazmalar,  shuningdek,  mehnatni 

muhofaza  qilish  ma'lumotnomalari  va  targ'ibotning  texnik  vositalari 

(kinoproektor,  diaproektor,  epidioskoz,  filmoskoz  va  boshqalar)  bilan 

jihozlanishi, o'qish-o'rgatish qurollari bo'lishi kerak. 

Mehnatni  muhofaza  qilish  kabinetdagi  ko'rgazmali  qurollar  sanoat 

korxonasining  ishlab  chiqarish  xususiyati  va  unda  mehnat  qilayotgan 




 

 

274 



ishchilar  soniga,  shuningdek,  kelajakda  rivojlanish  re-jasiga  bog'liq.  Har 

qanday holda ham mehnatni muhofaza qilish kabinetida quyidagi bo'limlar 

bo'lishi shart: 

— umumiy bo'lim, bu bo'lim mehnatni muhofaza qilishning hamma 

ishlovchilar uchun taalluqli bo'lgan asoslaridan tashkil topadi. Bu bo'limga 

mehnatni muhofaza qilish qonunlari, mehnat gigienasi va ishlab chiqarish 

sanitariyasi,  sanoat  korxonalarini  shamollatish,  sanoat  korxonalarini 

yoritish  masalalari,  shovqin  va  tit-rashdan  saqlanish,  shaxsiy  muhofaza 

vositalari, texnika xavfsizligini asosiy vositalari, elektr xavfsizligi, yong'in 

xavfsizligi; 

—  maxsus  bo'lim,  bunda  xavfsizlik  texnikasi  va  ish  sharoitini 

sog'lomlashtirishning  asosiy  ishlab  chiqarish  jarayonlari.  bo'yicha  aks 

ettirilishi, masalan, metallarga qirqib ishlov berish, metallaiga bosim bilan 

ishlov  berish,  elektr  va  gaz  bilan  payvandlash,  sanoatda  xavfsiz  ish  olib 

borish nazorati obyektlarini ishlatish va boshqalar. 

Kabinet  ish  rejalarini  va  eksponatlar  tarkibini  korxona  bosh 

muhandisi tasdiqlashi kerak. 

 

 




Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish