20-jadval
Nomi
Davlat,
rayon
Diametr,
km
Tushgan
vaqti,
yil.
299
Manikuag
an
Kliruoter
Rishat
Transvaal
Popigay
Boltishev
Rotmistro
v
Kaluga
Yanis'yarv
Tungus
Kanada
Kanada
Mavritaniv
a
Janubiy
Afrika
Sibir,
Popigay
daryosi
rayoni
Kirovograd
oblasti
Kirovograd
oblasti
Kaluga
shahari,
rayoni
Estoniya
Sibir
65
35
50
-
100
25
215
15
-
Aniq emas
Aniq emas
Aniq emas
Aniq emas
28 mln.
70 mln
70 mln
400 mln
700 mln
93
Zilzilalar nihoyatda og'ir, halokatli va fojiali oqibatlarga olib
keladiki, buning natijasida atom portlashlaridan bir necha marta katta
bo'lgan voyronagarchilik yuzaga keladi. Bu vayronagarchiliklar
oqibatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
Turar joy binolarining buzilib va to'ntarilib ketishi natijasida bino
vayronalari ostida qolgan odamlar halok bo'ladi. Ma'lumki, odamlar yer
qimirlashdan emas, yer qimirlashi natijasida buzilib ketgan binolar
parchalari ostida qolib ketganligi uchun halok bo'ladi.
Zilzilalar shaharlar yoki katta-katta qishloqlarni o'z ichiga olgan
bo'lsa, unda portlashlar va yong'inlar kelib chiqishiga sababchi
bo'ladi. ularning asosiy sababi shahar va qishloqlardagi elektr
tarmoqlarining ishdan chiqishi natijasida ko'p yerlarda qisqa tutashuvlar
bo'lishi va bu shahar va qishloqlardagi gaz taqsimlash va gaz berish
trubalarining ishdan chiqishi natijasida to'planib qolgan gazlar elektr
uchqunlari ta'sirida portlashga muvofiq muhit yaratadi. Agar shaharda
ko'plab yengil alangalanuvchi moddalar saqlanayotgan bo’lsa, uning
oqibati dahshatliroq bo'lishi mumkin;
Katta kuchdagi zilzilalar natijasida yer yorilishi va yer siljishlari
natijasida butun boshli qishloqlar va shahar rayonlari yer ostida yoki
300
vayronalar ostida qolib ketishi mumkin.
Aholi yashash maskanlari yaqinida daryolar, kanallar, ko'llar va
boshqa suv inshootlari bo'lsa, ularning buzilib ketishi,
daryolarning o'z o'zanini o'zgartirishi natijasida u maskanlarni suv bosib
ketish xavfi paydo bo'ladi.
Bulardan tashqari dunyoning boshqa hududlarida bo'ladigan tabiiy
ofatlar, masalan, vulqonlar otilishi nitijasida miriglab aholi yashaydigan
hududlarda vulqon otilishidan hosil bo'lgan zaharli tutun bosib ketishi va
bu tutunlar birnecha kunlab tarqalmasligi natijasida odamlarning halokatli
holatlari kuzatilgan. Bundan tashqari vulqonlar otilganda katta miqdordagi
kul va qurum otilib chiqadi, bu qurum bir necha o'nlab gektar maydonlarni
bosib ketishi mumkin. Bu qurum va ko'llar qum bilan aralashgan holatda
bo'lishi unimli yerlarni ishdan chiqaradi va bular tarkibida chiqayotgan
lavalar tog' yon bag'riga joylashgan obod maskanlarni yondirib kultepaga
aylantiradi.
Dengiz va okeanlar yaqinida joylashgan aholiga suv toshqinlari va
katta kuchdagi dovullar va sunami kabi ofatlarga dosh berishga to'g'ri
keladi.
Bu keltirib o'tilgan voqealar odamlarning ruhiy holatida salbiy ta'sir
ko'rsatadi. Natijada, odamlarda mhiy tushkunlik, qo'rquv paydo bo'ladi va
ba'zi bir holatlarda ruhiy kasalliklar kelib chiqishiga olib keladi.
Odatda, zilzilalar to'satdan boshlanadi. Bunda odamlarda qo'rquv
hissi sarosimalikka olib keladi. Sarosimaga tushgan odamlar baravariga
xonalardan yoki binolardan chiqib ketish joylariga intiladi va bu intilish
birdaniga vujudga kelganligi sababli odamlar ko'proq to'planadigan
binolarda chiqish joylarida ur-yiqit boshlanadi va bu yerda bir odam
ikkinchisiga yo'l berish kerakligi haqida umuman o'ylamaydi va har kim
uchun o'z hayotini qutqarish birinchi darajali ishga aylanadi. Bu esa
qo'shimcha fojialar kelib chiqishiga sababchi bo'ladi.
Shuning uchun zilzila xavfi bo'lgan hududlarda odamlarni oldindan
ogohlantirish xizmatini tashkil qilish va sarosimalikning oldini olishga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim hisoblanadi. Bunday
joylarda, shuningdek, odamlarni uydan chiqib ketgandan keyin uyga tezda
qaytib kirish imkoniyati bo'lmaydi; bunga birinchidan, qo'rquv hissi
xalaqit bersa, ikkinchidan, uning qaytadigan uyi vayronaga aylangan
bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun bunday hududlardan palata
shaharchalari qurish uchun yetarli palatkalar va ularni hayot faoliyati
izdan
chiqmasligini
oldini
olishga
qaratilgan chora-tadbirlar, oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta'minlash
301
masalalari oldindan tayyorlab qo'yilgan bo'lishi kerak. Bu hududda
joylashgan sanoat korxonalari va energetika tarmoqlarini ishini avariyani
oldini olishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida energiya
tarmog'ini o'chirishni ta'minlovchi vositalar oldindan tayyorlab qo'yilgan
bo'lishi kerak.
Aytilganlardan ko'rinib turibdiki, zilzila xavfi bo'lgan rayonlarda
zilzila bo"lish vaqtini oldindan bilish va uning bo'lishini aholiga o'z
vaqtida yetkazish va zilzila vaqtida u yerdan chiqib ketish imkoniyati
bo'lmagan taqdirda sarosimaga tushmasdan sovuqqonlik bilan harakat
qilish, ya'ni eshiklar oralig'iga yoki mustahkam va baquwat mebellar
bo'lsa, ularning tagida zilzila oqibatlarini va tugallanishini kutib turish
zilziladan omon saqlanishning asosiy yo'li hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyodagi hamma seysmik xavfli rayonlar, hattoki,
qaysi joyda necha ballgacha zilzila bo'lishi mumkinligini belgilagan holda
aniqlash imkoniyati bor. Hamma zilzila xavfi bo'lgan hududlarga ega
bo'lgan davlatlarning hammasida seysmik stansiyalar va seysmologiya
ilmiy tadqiqot markazlari va laboratoriyalari ishlab turibdi. Bu stansiya va
laboratoriyalar bir-birlari bilan mustahkam aloqa bog'lagan va bir-birlari
bilan axborot almashish imkoniyatlari yo'lga qo'yilgan. Bu ma'lumotlarni
internet tizimi orqali olish va uzatish imkoniyatlari mavjud.
Bu stansiyalar va institutlarning asosiy vazifalari-zilzilani aniq
bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtini iloji boricha aniqlikda oldindan ilmiy
asoslarda asoslab bashorat qilish va uni o'sha zilzila bo'ladigan hudud
aholisini zilzila xavfidan ogoh qilish bilan ularning hayotini saqlab
qolishdir. Bu borada birmuncha ishlar amalga oshirilgan bo'lsada,
masalan, zilzila bo'lishi mumkin bo'lgan joyni aniq aytib berish va uni
bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtini taxminiy aytish imkoniyatlari bo'lsada,
uni vaqtini aniq aytish imkoniyati yo'q.
Zilzilalar bo'lish vaqtini an'anaviy metodlar bilan, masalan, suv osti
suvlarining tarkibini aniqlash va suvlar tarkibidagi radon miqdorini
belgilash va boshqa tajribalar yo'li bilan, ya'ni ilgarigi zilzilalarning
davriyligi va boshqa xususiy belgilar: zilzila bo'ladigan hududlarda
hayvonlarning besaramjonligi, yowoyi hayvonlarning u yerdan uzoqroqqa
qochishga intilishi va boshqa belgilardan yer silkinishini bashorat qilish
mumkin.
Zilzila bo'lgan hududda birinchi navbatda vayronaga aylangan,
yarim vayron bo'lgan, bosib qolgan va yonayotgan binolar ostidan
zararlanganlarni qutqanb olish, ularga birinchi yordam ko'rsatish,
yonayotgan
binolarda
o't
o'chirish
ishlarini
amalga
oshirish,
302
zararlanganlarni suv bilan ta'minlash, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-
kechaklar bilan ta'minlash, o'tish yo'llarini buzilgan binolar bo'laklaridan
tozalash, ba'zi bir yarim buzilgan binolarning odamlar hayotiga xavf
solayotgan
qismlarini
buzib
tashlash,
avtotransport
vositalari
harakatlanishi kerak bolgan zonalarda tiklash-ta'mirlash ishlarini amalga
oshirish, elektr va gaz tarmoqlarida yuz bergan zararlarni aniqlash va
vaqtincha bo'lsa ham, ularni o'chirib yong'in va portlash xavfmi oldini
olish, yaroqsiz holga kelgan va ta'mirlash imkoniyati bo'lmagan binolarni
butunlay buzib tashlash, sog' qolgan binolarda ularning mustahkamligini
tekshirgandan keyin ularning hayot faoliyatini ta'minlaydigan xo'jaliklari
elektr va gaz ta'minoti tizimini zararlanmaganligiga ishonch hosil
qilgandan keyin ularga zararlanganlarni vaqtincha joylash, yaqin o'rtada
joy tanlab unga hamma boshpanasiz qolganlarni palatkali lager tashkil
qilib joylashtirish va boshqa ishlar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |