Kesish haroratiga taosir ko‘rsatuvchi omillar. Kontaktning haroratini tadqiq qilish quyidagi qonunlarni o‘rnatishga imkon beradi.
Kesuvchi asbobning kontakt yuzasidagi harorati deyarli kesish boshlangandan so‘ng muayyan darajagacha juda tez ko‘tariladi. Agarda kesuvchi asbob oldingi yuza bo‘yicha ko‘proq yeyilsa, u holda harorat kesuvchi asbob to‘la o‘tmaslanishigacha o‘zgarmay turadi (shakl –44, a).
Ketingi yuza bo‘yicha yeyilganda harorat to‘xtovsiz ortib boradi va kesuvchi asbobning to‘la o‘tmaslanishi vaqtiga kelib boshlanьich haroratdan bir necha yuz graduslarga ortib ketishi mumkin (shakl –44, b).
Kesish tezligi, kesim qalinligi va eni oshishi bilan harorat o‘sib boradi shakl Lekin bu o‘sish o‘lchamlarning kichik qiymatlarida ayniqsa tezlashadi va katta qiymatlarda sekinlashadi. Kesish tezligi yuqori bo‘lganda bu aniq ko‘zga tashlanadi.
shakl. Kesish temperaturasini kesish elementlariga boьliqligi
Kontaktning maksimal harorati po‘latlar uchun – 1400-1500oS, cho‘yanlar uchun 1100o S, ko‘rьoshin uchun - 32o S ni tashqil etadi.
Harorat ishlov berilayotgan materialning erish nuqtasiga yaqinlashganda, kesish maromining oshishi kontakt haroratining ortishiga olib kelmaydi. Extimol kontaktning chegaraviy harorati erish haroratiga tengdir.
Kesish tezligi kesish haroratiga eng ko‘p taosir qiladi, kesish chuqurligi esa eng kam taosir qiladi.
Lekin haroratning oshishi, kesish tezligini o‘sishidan orqada qoladi. Bu qirindining kirishuvi va tezlik ortishi bilan plastik deformatsiyaning solishtirma issiqligini kamayishi bilan tushuntiriladi. Haroratni surish qiymatidan qolib ketishini quyidagicha tushuntirish mumkin: surish qiymati ortishi bilan qirindining bosim markazi, keskichning cho‘qqisidan ortga siljib ketadi va issiqlik keskich tanasiga yaxshi yuboriladi. Bundan tashqari kesishning solishtirma kuchi va solishtirma ishi kamayadi.
Haroratga surishning kesish chuqurligiga nisbatan katta taosirini solishtirish quyidagicha tushuntiriladi: kesish chuqurligi ortishi bilan kesuvchi qirraning aktiv uzunligi kattalashadi va issiqlik keskich tanasiga yaxshi yuboriladi.
Haroratning kesish maromi elementlariga boьliqligi quyidagi empirik formula bilan ifodalanadi:
0= C Vz Su tx,
bu yerda: C - doimiy koeffitsient; V – kesish tezligi; S – uzatishlar qiymati; t – kesish chuqurligi.
19-jadvalda bir qator tadqiqot maolumotlari bo‘yicha daraja ko‘rsatkichlari ko‘rsatilgan.
jadval
Ishlov beriladigan material
|
Daraja ko‘rsatkichlari qiymatlari
|
Z
|
Y
|
x
|
Po‘lat
|
0,40 – 0,50
|
0,15 – 0,30
|
0,07 – 0,11
|
CHo‘yan
|
0,35 – 0,50
|
0,13 – 0,22
|
0,04 – 0,09
|
Bunday formula bo‘yicha haroratni faqat formula asosiga qo‘yilgan kesish tezligi, surish va kesish chuqurligi oraligida hisoblash mumkin. Kesish harorati ishlov beriladigan va asbob materialiga katta darajada boьliq bo‘ladi. Mo‘rt materiallarga ishlov berishda (masalan cho‘yan) plastik deformatsiya ishi kam bo‘ladi, solishtirma kesish kuchi kichik bo‘ladi va kesish harorati po‘latlarga ishlov bergandagiga nisbatan ancha kam bo‘ladi.
Kontakt yuzalarning qizishi zagotovka va kesuvchi asbob materialining issiqlik harakteristikalariga boьliq bo‘ladi. Detal va kesuvchi asbob materialining issiqlik o‘tkazuvchanligi qanchalik katta bo‘lsa, kontakt maydonlardagi harorat shunchalik kichik bo‘ladi.
Rangli metall qotishmalariga ishlov berishda yuklanish kichik bo‘lishi ularning yaxshi issiqlik o‘tkazuvchanligiga boьliq bo‘ladi. SHuning uchun kesish harorati kichik bo‘ladi. Issiqlikni yomon o‘tkazuvchi issiqbardosh materiallarni kesishda kontakt harorati uglerodli po‘latlarnikiga qaraganda 2 – 3 marta yuqori bo‘ladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlikdagi farqlar shunga olib keladiki, qattiq qotishmali kesuvchi asboblarning yuzasi mineralokeramikaliklarga nisbatan kamroq qiziydi.
Kesuvchi asbobning geometrik elementlaridan kesish haroratiga eng ko‘p taosir etadigani plandagi asosiy burchak hisoblanadi. Bu burchak ortishi bilan kesuvchi qirraning uzunlik birligida yuklanishi ortadi, issiqlikni olib ketish yomonlashadi va kesish harorati oshib ketadi.
Haroratning kesish jarayoniga va kesuvchi asbobning yeyilishiga taosiri. Issiqlik xodisalarini o‘rganish, kesish jarayoniga haroratning taosir etish sxemasini quyidagicha belgilashga imkon beradi.
Sxemadan (shakl-46) ko‘rinib turibdiki kesish tezligi ortishi bilan keskichdagi, qirindidagi va deformatsiya zonasidagi harorat to‘xtovsiz o‘sib boradi (shakl – 46, a).
SHu bilan birga keskich yuzasidagi ishqalanish koeffitsienti ortib borib keskichda maksimum haroratga (500-6000 S) erishadi, shundan so‘ng bir tekis pasayadi (shakl – 46, b). SHunday qonun bo‘yicha ishqalanish (tishq) kuchi ham o‘zgaradi.
Haroratning oshib ketishi po‘latlarda «sinelomkost» xodisasiga sabab bo‘ladi. Bunda mustahkamlik va qattiqlik ortadi va plastiklik kamayadi. Mustahkamlikning maksimumi tsin- «sinilomkost» temperaturasiga to‘g‘ri keladi (shakl – 46, v).
Ishqalanish koeffitsientini va ishlov beriladigan materialning dastlabki xususiyatlarining o‘zgarishi o‘simta balandligi h va haqiqiy kesish burchagining o‘zgarishiga olib keladi (shakl – 46, g).
Qirindi kirituvi (shakl – 46, d) V2 kesish tezligida va t2 haroratda minimumgacha kichiklashadi. So‘ngra ishqalanish koeffitsienti ortishi va haqiqiy kesish burchagining oshishi taosiri ostida kirishuv uch qiymatgacha oshib boradi. Kirishuvning keyingi ishqalanishi Max gacha oshishi bilan hosil qilinadi.
шакл. Кесиш тезлигининг температурага (а), ишыаланиш коэффициентига (б), ишланаётган материални мустаъкамлик чегарасига (в), щсиш баландлиги ва кесиш бурчагига (г), ыириндини чщкишига (д), кесиш кучига (е) боьлиылиги
SHundan so‘ng kirishuv ishqalanish min gacha kamayadi, natijada ishqalanish koeffitsientining kamayishi va ishlov beriladigan materialning qattiqligi va mustahkamligini ortishi keyinchalik o‘zgarmasdan qoladi.
Kesish kuchi qirindini kirituviga o‘xshab o‘zgaradi (shakl-46,g). SHunday tarzda kesish harorati ishlov beriladigan material xususiyatiga hal qiluvchi taosir o‘tkazadi.
Harorat kesuvchi asbobning ishlash qobiliyati va xizmat muddatiga katta taosir o‘tkazadi.
Qatlam yuzalarining qizishi kesuvchi asbobning dastlab fizik-mexanik harakteristikalarining o‘zgarishiga olib keladi va oqibatda uning o‘tmaslanishini tezlashtiradi. SHuning uchun kontakt yuzalardagi haroratni kamaytirish choralarini ko‘rish zarur. Odatda moylovchi-sovituvchi moddalarni ko‘llash eng yaxshi natijalarni beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |