Kesish haroratini aniqlash usullari. Keskich yuzalaridagi haroratni o‘lchash uchun 1912 yili Ya.G.Usachev tomonidan birinchi bo‘lib sunoiy termopara qo‘llaniladi. Keskichni ishchi yuzasidan 0,2-0,4 mm masofada tugallanuvchi, diametri 1-3 mm bo‘lgan teshikka shisha trubalar bilan izolyatsiyalangan mis-konstantan termoporasi joylashtiriladi (shakl - 32,a). Termoparada paydo bo‘lgan va milli voltmetr qayd etgan termoelektr yurituvchi kuchlar qiymatlari, kesish haroratiga proportsional bo‘ladi.
Usachev termoparasining ikkinchi varianti(yarim sunoiy termopara) quyidagicha(shakl-32, b): diametri 1 mm bo‘lgan teshik 0,3 mm ketingi yoki oldingi yuzadan masofada 0,4 mm gacha toraytiriladi. Teshikning tor qismiga teshikning keng qismidan shisha truba bilan izolyatsiyalangan konstant sim kiritilib qisib ko‘yiladi. Simning bir uchi keskich qirrasining oldingi yoki keyingi yuzasiga mahkamlanadi, ikinchi uchi esa keskich o‘rtasiga kav sharlanadi.
Bu usullar kontakt yuzalarda haqiqiy haroratni aniqlashga yo‘l qo‘ymaydi, biroq turli xil omillarni keskich haroratiga taosirini taqqoslash uchun va keskichdagi harorat maydonlari sistemalarni tuzish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Metallarni kesishda issiqlik xodisalarini tekshirish uchun tabiiy termopara keng qo‘llaniladi (shakl-33). Kontaktda bo‘lgan keskich va detal bir-birlari bilan termoparani hosil etishadi. Keskichni buyum va qirindi bilan kontakt maydoni termoparaning issiq kavsharlangan joyi hisoblanadi.
Keskich va detal o‘lcham xatoligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun dastgoh tanasidan izolyatsiyalanadi. Zagotovkaning o‘ng uchiga o‘rnatilgan xalqa simobli idishga botiriladi. Bu termopara 1- qizdirish pechi va 2- eritilgan metall uchun idishdan iborat bo‘lgan qurilmada teng bo‘linadi. Idishga millivoltimetr 5 bilan birlashtirilgan qirindi 3 va keskich 4 joylashtiriladi. Idish harorati nazorat termoparasi orqali qayd qilinadi. Millivoltmetr va 0- nazorat termoparasi 6 ko‘rsatkichlari bo‘yicha tarirovka grafigi quriladi.
Tabiiy termopara, keskichning buyum va qirrindi bilan, kontakt zonasida harorat miqdorini o‘rtalashtirilgan qiymatlarini beradi. Bunda o‘rtalashtirish darajasi nomalumligicha qoladi.
Oldingi yuzaning kengligi bir xil izolyatsiyalangan uchastkalardan tashqil topadi. Agar 1-uchastka yetarlicha kichik bo‘lsa, u holda shu uchastkada o‘lchangan termoelektr yurituvchi kuch F kesuvchi qirra haroratiga muvofiq bo‘ladi. Uchastka 1ni oshirish bilan oldingi yuzaning istalgan uchastkasining haroratini aniqlash mumkin. Tabiiy termoparaning bir turi bo‘lgan ko‘sh keskichlar usuli quyidagicha tuzilgan: zagotovkaga bir vaqtning o‘zida bir xil kesish sharoitida ikkita keskich bilan ishlov beriladi. Keskichlarni geometriyasi bir xil, lekin turli xil materiallardan tayorlangan. SHuning uchun kesish jarayonida keskichlarni qizib ketishidan termoelektr yurituvchi kuchlar hosil bo‘ladi. Uning qiymati faqat keskich materiali va kontakt yuzasi haroratiga boьliq bo‘ladi. Ishlov beriladigan material o‘zgarganda termoparani qaytadan tarirovka qilishning xojati yo‘q.
Yugiruvchi termoparalar usuli, qirindi va detal yuzalarida haroratni taqsimlanish qonunini tekshirishga imkon beradi. Zagatovkada lentasimon rezba ochiladi.Uning cho‘qqisida o‘q va radiusga burchak ostida joylashgan, diametri 0,8 1,0mm bo‘lgan teshik parmalanadi. Har bir teshikka turli xil materiallardan tayyorlangan, masalan konstantadan va misdan, termoelement, yaoni ikkita izolyatsiyalangan o‘tkazgich kiritiladi. Tajribani o‘tqazishda keskich trubani kesib tashlaydi va termoparaning uchlarini tutashtiradi.
Termoelement qirrindining keskich ustki qatlami bilan birga kesuvchi asbobning oldingi yuzasi bo‘yicha harakat qiladi. Unda kontakt yuzidagi haroratga proportsional yurituvchi kuchlar hosil bo‘ladi.
Termobuyoqlar, qirrindining 150-7000S chegarada bo‘lgan o‘rta haroratini taqriban aniqlash uchun qo‘llaniladi. Termobuyoklar issiqlik taosiri ostida sovuganda ham o‘zgarmaydigan muayyan rangga kiradi.
Tovlanish tuslari bo‘yicha kirrindi haroratini aniqlash xech kanday moslamalarni talab qilmaydi. Qizigan qirrindida yupqa oksid qatlam hosil bo‘ladi. Ularning tuslari qizish haroratiga boьliq bo‘ladi. Misol uchun uglerodli po‘latlar uchun tovlanish tuslari va ularga muvofiq bo‘lgan haroratlar keltirilgan.
jadval
Tovlanish tuslari
|
Harorat S
|
Sarьishtir
|
200
|
Och sariq
|
220
|
To‘q sariq
|
240
|
Purpur
|
270
|
To‘q ko‘k
|
290
|
Och ko‘k
|
320
|
Ko‘qish kulrang
|
350
|
Oq qo‘lrang 400
|
400
|
Bunday termoparada o‘lchangan harorat miqdori tabiiy termopara usulida olingan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘ladi.
Optik pirometr qirindining o‘rtacha haroratini (560-600OS dan yuqori) aniqlash uchun qo‘llaniladi. O‘lchash qoronьi binoda o‘tkazilishi kerak. Pirometr yordamida aniqlangan qirindining o‘rtacha harorati kalorimetr usulida aniqlangan haroratga nisbatan 6-7% miqdorida yuqori bo‘ladi.
Struktura usulida kesish jarayonida hosil bo‘ladigan issiqlik natijasida asbob sirtki qatlami mikrostrukturasini va qatlamining o‘zgarishiga asoslangan. Qatlamning mikroqattiqligi hamda mikrotuzilishini o‘lchash va taqqoslash yo‘li bilan uning qizish harorati aniqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |