45
Tarbiya 8-sinf
1. Siz Otabekning o‘rnida bo‘lganingizda nima ish qilardingiz?
2. Siz tadbirkorlikning qaysi turi bilan shug‘ullanishni istaysiz?
1. «Tushkunlikka tushib qolibdi», «Tushkunlikka tushma», «Bezovta
bo‘lma» degan gaplar qachon aytiladi?
2. «Tushkunlikka tushish» deganda nimani tushunasiz?
3. Inson qachon besaranjom bo‘lishi mumkin, jonsarak, bezovtalik, behalo-
vatlik degan tushunchalarni nima birlashtiradi?
4. Siz shunday holatga tushganmisiz? Bunday
holatlardan qanday qutu-
lish mumkin?
Otabek tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida qo‘lbola qilib issiqxona
qurdi. Pomidorlari qizarib yetildi. Rossiyadagi hamkorlar bilan shartnoma ham
tuzdi...
Bahorning
so‘nggi
kunlari-
da to‘satdan kelgan bo‘ron ham-
ma uylarning tomini uchirib ketdi.
Kuchli shamol issiqxonalarga ham
katta zarar yetkazdi.
Otabek ikki qo‘li
bilan boshini
changallagancha, nima qilishini bil-
may supada o‘tirardi.
BESARANJOMLIKNI BOSHQARISH
YENGISH
1-ijodiy faoliyat
Mulohaza uchun
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
46
III bob. O‘zgarish, mashaqqatlarni yengish
Uning xayoli shu darajada pa-
rishon ediki,
onasining bir necha
marotaba chaqirganini ham eshit-
madi. Onasi qo‘lida nimadir solin-
gan qo‘lbola xaltani ushlaganicha
Otabekning oldida turardi.
Otabek boshini ko‘tarib onasi-
ga qaradi.
Onasining nigohida
zarracha ham afsus,
nadomat
ko‘rmadi. Onaning nigohi qat’iy,
shijoati esa mustahkam edi. Unsiz
berilgan savolga onasi, «Tur o‘g‘lim, ko‘pga kelgan to‘y joningdan nari. Mana
berdi. «Ona, bu haj ziyoratiga deb yig‘ib qo‘ygan pullaringiz-ku?» deb jovdira-
di Otabek. Go‘yo bu pullarni olsa, katta jinoyatga qo‘l urgandek a’zoyi badani
titrab, bo‘g‘ziga nimadir tiqilib qoldi. Ona yana «Bolam, faqat oldinga intil, ortga
qarama, oldingda quduq bor, sen chanqagansan, unga tomon intil!», dedi.
Otabek qizargan ko‘zlarini katta-katta ochib ufqqa qararkan,
unda onasi-
ning shijoati porlab turgandek bo‘ldi. «Onajon, siz duo qiling. Ishlarim yurishib
ketishi bilan mening eng birinchi maqsadim sizni hajga yuborish bo‘ladi», – deb
o‘rnidan turdi-da, vayron bo‘lib yotgan issiqxona tomon odimladi...
2. Agar onasi unga yig‘ib qo‘ygan pulini bermaganida-chi, u tushkunlikdan
chiqib ketolmas edimi? Nima uchun? Fikringizni asoslang.
3. Ona nimaga «Bolam,
faqat oldinga intil, ortga qarama,
oldingda quduq
bor, sen chanqagansan, unga tomon intil!», deb ta’kidladi?
Malikani maktabda dugonalari «Matematika qirolichasi» deb chaqirishlari
qulog‘iga yoqimli eshitilardi.
Tanlovlarda g‘oliblikni qo‘ldan bermas, doim maktabi uchun kuboklarni olib
kelar edi. Maktab rahbariyati uni Xalqaro matematiklar tanloviga tavsiya qildi.
Ammo 100 ga yaqin mamlakatlardan kelgan o‘quvchilar orasida Malika kumush
Do'stlaringiz bilan baham: