ОК 154-модда. Фарзандликка олишда устунлик ҳуқуқига эга бўлган шахслар
Фарзандликка олишда қуйидагилар устунлик ҳуқуқига эга бўладилар:
турар жойидан қатъи назар фарзандликка олинувчининг қариндошлари;
фарзандликка олинувчи бола оиласида яшаётган шахс;
ака-ука, опа-сингилларни улар ўртасидаги қариндошлик алоқаларини бузмасдан фарзандликка олаётган шахслар;
ўгай ота ва ўгай она;
Ўзбекистон Республикаси фуқаролари;
касаллик, бахтсиз ҳодиса оқибатида фарзандларидан ажралган шахслар.
ФҲдё қоидалари:16. Bolaning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, bola tug‘ilgan joydagi yoki ota-onasidan birining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDY organi tomonidan bevosita yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi lozim.
Ota-onaning istagiga ko‘ra FHDY organi bolaning tug‘ilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda o‘tkazishi mumkin.
17. Tug‘ilganlik haqidagi ariza bola tug‘ilgan kundan boshlab bir oy muddat mobaynida og‘zaki yoki yozma shaklda berilishi zarur.
Bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi ariza ota-onasi yoki ulardan biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qo‘shnilari yoki ota-onasi yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslar, shuningdek tibbiyot muassasalarining, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan berilishi mumkin.
Агар вазиятдаги ҳолатга баҳо берадиган бўлсак Набиева Ҳилола қонуний тартибда синглисини боласини фарзандликка олмоқчи бўлса бир қанча ҳужжат ишлари ва муддатлар ўтиши керак. Статистикага қарайдиган бўлсак 500 талаб навбатлар келиши бўлиши мумкин. Шунинг учундир балки ноқонуний йўл тутишгани. Казусдаги ҳолатга келсак. Казксдаги шахслар ўзларига берилган рони уддабуронлик билан ўйнашгани туфайли кимдир чақолоқни бошқа онадан туғилгани тўғрисида органларга шикоят қилсагин, текширув натижасидагина аниқланиши мумкин . Юқоридаги воқеадан чақалоқ Ҳилоланинг фарзанди бўлиб белгиланади.
8- казус
Набиева Барно ҳамда Чориев Аброрлар 2021 йил 8 июнь куни туман
ФХДЁсига мурожаат қилишади. Яъни, уларнинг никоҳини қайд қилиниши бўйича. ФХДЁ уларни тиббий кўрикка йўналтиради. Тиббий кўрик натижаларига кўра Набиева Барно шизофрения кассалиги билан
касалланганлиги аниқланади. Мазкур маълуотни тиббий кўрикдан ўтказган муассаса куёвга беради. Белгиланган никоҳни қайд этиш куни ФХДЁ мудираси Аброрни Нигоранинг касаллиги тўғрисида огоҳлантириб ундан тилхат олади ва никоҳни қайд қилади. Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.
ФҲдё қоидалари: FHDY organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikoh tuzilganligini qayd etish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilishda belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-son qaroriga
1-ILOVA Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida NIZOM
1. Sog‘lom oilani shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, irsiyat bilan bog‘liq va tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning maqsadi hisoblanadi.
6. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rigi ularning yashash joyidagi psixiatr vrachlar, narkologlar, teri-tanosil kasalliklari vrachlari, ftiziatrlar (dispanser va tuman kabinetlari) tomonidan tibbiy ko‘rik o‘tkazish uchun asos hisoblanadigan FHDY organlari tomonidan berilgan yo‘llanma bo‘yicha bepul o‘tkaziladi (mazkur Nizomga 2-ilova).
Tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati nikohlanuvchi shaxslar tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan kundan boshlab ikki haftadan oshmasligi kerak.
12. Psixik kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) mavjudligini tekshirish yashash joyidagi poliklinikaning psixiatr vrachi tomonidan amalga oshiriladi.
13. Tuman psixiatr vrachi bo‘lmagan taqdirda psixiatrik tekshirish tumanlararo yoki viloyat psixonevrologiya dispanserining psixiatr vrachlari tomonidan amalga oshiriladi. Viloyat markazlari va Toshkent shahri aholisi hududiy tegishligiga qarab viloyat va shahar psixonevrologiya dispansyerlarida psixiatrik tekshirishdan o‘tadi.
14. Agar nikohlanuvchi shaxslar psixik kasalliklar bo‘yicha hisobda turmasa va unda ruhiy buzilishlar aniqlanmasa, ularga psixiatr vrachning imzosi qo‘yilgan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma tibbiyot muassasasining muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Agar nikohlanuvchi shaxslar psixik kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida tursa, ularga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi va vrach tuzilayotgan nikohning ehtimol tutilgan tibbiy-ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish beradi.
28. Nikohni qayd etishda FHDY organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganliklariga va ularning ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Nikohlanuvchi shaxslar nikoh qayd etilgunga qadar ikkinchi tomonni tibbiy tekshirish natijalaridan xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyin nikoh tuzilishiga O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasida nazarda tutilgan to‘siq mavjud bo‘lmagan taqdirda FHDY organlari tomonidan nikohni qayd etish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
30. Nikohlanuvchi shaxslarda tekshirish natijasida darhol davolash kursidan o‘tishni talab etuvchi kasalliklar aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda tegishli davolash muassasalariga yo‘naltiriladi.
31. Agar nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijasida ularning bittasida yoki har ikkalasida mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan kasallik aniqlangan taqdirda, nikohni qayd etish tomonlarning ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligi tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |