Katta maktab yoshidagi o’zlashtirishi past bolalar uchun korreksion rivojlantiruvchi dastur. Mavzuning dolzarbligi



Download 410,53 Kb.
bet7/11
Sana07.04.2022
Hajmi410,53 Kb.
#535328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Korreksion dastur[1]

«Mantiqsiz tasvirlar» metodikasi
Ushbu metodika yordamida bolani atrofdagi borliq hamda ushbu moddiy dunyodagi bir qancha obyektlarning orasida о‘zaro bog‘lanishlar va munosabatlar haqida elementar obrazli tasavvurlari baholanadi: hayvonlar bilan, ularning hayotiy kо‘rinishlari bilan, tabiat bilan.
Ushbu metodika yordamida bolaning mantiqiy mulohazasi va о‘z fikrini grammatik jihatdan tо‘g‘ri ifodalay olishi aniqlanadi. Metodikani tashkil qilish jarayoni quyidagicha olib boriladi:
Rasmda tasvirlangan kо‘rinishlar bolaga tavsiya qilinadi, unda hayvonlar bilan bog‘liq bir qancha «mantiqsiz» hodisalar mavjud.
Bolaga rasmni kо‘rsatish jarayonida, unga quyidagi ma’noda kо‘rsatma beriladi : «Diqqat bilan ushbu rasmdagi tasvirlarni kо‘rib chiqib, rassom tomonidan qanday xatoliklarga yо‘l qо‘yilganligini aytib ber? Agar sen qaysidir obyektni о‘z joyida tasvirlangan emas deb hisoblasang, nima uchun shunday bо‘lish kerakligini tushuntirib ber va aslida qanday bо‘lishi kerakligini ayt?».
Kо‘rsatmaning ikkala qismi ham ketma-ketlik bilan bajariladi. Birinchi navbatda bola mantiqsizliklarni aytib beradi va rasmlarda kо‘rsatib beradi, sо‘ngra haqiqatda qanday bо‘lishligini izohlab beradi.
Rasmlarni kо‘rish va topshiriqni bajarishga uch daqiqa vaqt beriladi. Bu vaqt mobaynida bola iloji boricha mantiqsiz voqealikni kо‘proq topishi va haqiqatdan qanday bо‘lish kerakligini sharhlab berishi kerak.
Natijalarni baholash.
10 ball -agar bola berilgan 3 daqiqa mobaynida rasmdagi hamma mantiqsiz tasvirlarni (jami 7 ta) aniqlab, qoniqarli tushuntirib bera olishga ulgursa va haqiqatdan qanday bо‘lishini sharhlab bera olsa.
8-9 ball- bola hamma mantiqsiz tasvirlarni aniqlab va belgilab chiqsa, ammo birdan uchtagacha tasvirni haqiqatdan qanday bо‘lishini sharhlab bera olmasa;
6-7- ball bola hamma mantiqsiz tasvirlarni aniqlab va belgilab chiqsa, ammo 3 dan 4 gacha tasvirni haqiqatdan qanday bо‘lishini sharhlab bera olmasa;
4-5- ball bola hamma mantiqsiz tasvirlarni aniqladi, ammo 5 — 7 tagacha tasvirni chegaralangan vaqt mobaynida sharhlab berishga ulgura olmasa;
2-3- ball bola chegaralangan vaqt mobaynida 1 — 4tagacha tasvirni aniqlab bera olmadi va sharhlashga vaqti yetmasa;
0-1 ball-chegaralangan vaqt mobaynida bola rasmdagi 7 ta mantiqsiz tasvirlardan 4 tasini topsa.
Izoh: 4 va undan yuqori ball, agar bola berilgan 3 daqiqa mobaynida topshiriqni birinchi qismini tо‘liq bajara olsa, ammo ularni tushuntirib va sharhlashga ulgura olmasa qо‘yish mumkin.

Taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish:
10 ball — juda yuqori
8 — 9 ball — yuqori
4 — 7 ball — о‘rtacha
2 — 3 ball — past
0—1 ball — juda past

2-mashg’ulot kuni.


1. Salomlashish (“Xayrli tong” mashqi).
Psixolog: bolalar sizni ko’rganimdan xursandman. Kelinglar, hammamiz bir-birimizga qo’l ko’tarib, baland ovozda “xayrli tong” deb aytamiz!
2. “HISSIYOTLAR RО‘YXATI” trening mashg‘uloti.
Mashg‘ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda hamda individual psixokorreksion faoliyatda qо‘llanilishi mumkin bо‘lib, *emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni (agressivlik, bezovtalik), *xarakter aksentuatsiyasini psixokorreksiya qilishda.
Mashg‘ulot ishtirokchilariga quyidagi emotsiya va hissiyotlar rо‘yxati beriladi. Bunda har bir emotsiya yoki hissiyotning insonga salbiy va ijobiy ta’sir natijasi muhokama qilinib kо‘rib chiqiladi. Shundan sо‘ng umumiy xulosaga asosan salbiy deb topilgan emotsiya va hissiyotlar rо‘yxati tuziladi. Bu rо‘yxat ishtirokchilarga tarqatma material tarzida berilishi ham mumkin, bunda ular shunchaki har bir sо‘z tо‘g‘risiga +yoki- belgisini qо‘yish orqali uning ijobiy yoki salbiy ekanligini ajratishlari mumkin

Norozilik

Qо‘rquv

E’tiborsizlik-loqaydlik

Qoniqish

Istak

Qoniqmaslik

Kо‘rolmaslik-ichi qoralik

Taajublanish-hayron qolish

Rozilik

G‘azab

Kinoya-kesatiq

Nafrat

Ikkilanish

Mamnuniyat

Shijoat

Hafsalasizlik

Tashvish

Quvonch

Hasad

Dangasalik

Jirkanish

G‘am

Qiziqish

G‘ayrat

Umidsizlik

Havotir

Achinish

Faxr

Ishq



Qahr

Jahl

Istirob

Charchoq

Afsuslanish

Rashk



Alam

Hafalik

Bezovtalik

Hamdardlik

Aybdorlik

Hayajon

Zо‘riqish

Hijolat bо‘lish

Tushkunlik

Tashvishlanish
















E’tiborga olish kerak bо‘lgan jihatlar trener tomonidan о‘smirlarga tushuntiriladi: Mazkur emotsiya va hissiyotlar rо‘yxatini davom ettirish mumkin, bularning har biri ham ijobiy ham salbiy yoki neytral harakterga ega bо‘lishi mumkin. Lekin mutlaq salbiy emotsiya va hissiyotlarni ajratib olish kerak, chunki ularning sizga va atrofingizdagilarga salbiy ta’siri mavjud.
Ishtirokchilar salbiy emotsiya va hissiyotlarning rо‘yxatini tuzib chiqqach umumiy muhokama qilinadi, shundan sо‘ng trener salbiy emotsiya va hissiyotlarning oqibatlarini о‘smirlarga tushuntirib о‘tadi. Bunda quyidagilarni trener sabab-oqibatlari bilan tushuntirib va ta’riflab aytib о‘tishi mumkin.
Bosh og‘rig‘i, kо‘z quvvatining pasayishi, muntazam tushkunlik kayfiyati, tajovuzkorlik, salbiy insonga aylanib qolish, yurak va qon tomir hastaliklari, stress va qandli diabet, ijtimoiy munosabatlarning buzilishi oila, ish, о‘qishdagi ziddiyatlar, yolg‘izlanish ruhan yoki ijtimoiy jihatdan, kerakli vaziyatni boy berish, baxtsizlik hissi, muvaffaqiyatsizliklar…! Shu о‘rinda mashhur faylasuf Senekaning “vaziyatni qо‘ldan chiqarishni istamasang hissiyotlarni bо‘ysundir va aqlni ishlat” deb aytgan ibratli sitatasini aytib о‘tish ham mumkin.
Ushbu oqibatlar trener tomonidan ishtirokchilarga yetkaziladi hamda ularning fikrlari ham tinglanadi. Va trener ishtirokchilardan salbiy emotsiya va hissiyotlarning oqibatlari bо‘yicha shaxsiy fikr va mulohazalarini eshitishi kerak hamda ularni ratsional va konstruktiv muhokama qilishi lozim.
3. ““MEN О‘ZIMNI SEVAMAN, HATTOKI...” trening mashg‘uloti.
Mashg‘ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda hamda individual psixokorreksion faoliyatda qо‘llanilishi mumkin bо‘lib *emotsional-hissiy sohadagi buzilishlar, jumladan aybdorlik hissini psixokorreksiya qilishda, *shuningdek motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda.
Ushbu mashg‘ulotni bajara turib ishtirokchilar har qanday vaziyatda ham о‘zlariga yaxshi munosabatda bо‘lishlari kerakligini anglab yetishadi. U ishtirokchilarga о‘zlarining ijobiy tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Mashg‘ulot orqali о‘quvchida о‘ziga (va atrofidagilarga agar trening guruhda olib borilsa) ijobiy va adekvat munosabatda bо‘lish kо‘nikmasini shakllantirishga erishish mumkin.
Mashg‘ulot mazmuni:
Ishtirokchilarga (A4) formatdagi qog‘oz markaziga о‘zlarini chizishlarini ayting.
Sо‘ng quyidagi yо‘riqnomani bering:
a) rasmingiz yoniga marker yoki qalam bilan о‘zingizga yoqadigan, siz g‘ururlanadigan bitta xislatingizni yozing. Gap istalgan narsa haqida borishi mumkin: tashqi kо‘rinish, shaxsiy xislatlar va h.k.;
b) endi qog‘ozni teskari tarafini о‘giring va u yerga о‘zingizga yoqmaydigan jihatlaringizni yozing;
v) qog‘ozni yana о‘giring. О‘zingizga yoqadigan yana bitta jihatingizni yozing (yoqtirgan rangingizdan foydalangan holda). Varaqni yana о‘girib, о‘zingizga yoqmaydigan yana bitta xislatingizni yozing (yoqtirmagan rangingizdan foydalangan holda);
g) har bir taraflarga yoqtiradigan va yoqtirmaydigan jihatlaringizni yozishni davom ettiring va kerakli ranglardan foydalaning;
d) har bitta yoqtirmagan jihatingizni yozib bо‘lganingizdan sо‘ng, ularning yuqori qismiga “Men о‘zimni sevaman, hattoki...” deb yozing;
ye) о‘zingizga yoqmaydigan jihatlaringiz bо‘lsa ham, chakki emasligingizni tan oling. Kamchiliklar sizning harakatingiz tufayli paydo bо‘lgan, ular sizni inson sifatida hech qanday ta’riflamaydi. Yodingizda bо‘lsin, har qanday sharoitda Siz suyukli bо‘lishga arziysiz.
Shundan sо‘ng о‘zi yozganlari asosida о‘quvchi о‘zini taqdimot qilishi kerak. Agar mashg‘ulot guruhda olib borilsa ikki kishilik kichik guruhlarda taqdimot qilish ham mumkin.
Taqdimot amalga oshirilgach trener sо‘zi: har biringiz kuchli va zaif tomonlaringizni aniqlab oldingiz. Umid qilamizki, har biringiz о‘zingizga kerakli jihatlarni rivojlantirib, о‘zgalar bilan munosabatda kerak bо‘ladigan ijobiy jihatlarni orttirasiz va eng muhimi о‘zingizga ishonasiz!

3-mashg’ulot kuni.


1. Salomlashish. (“Ismlar-fazilatlar”).
Har bir ishtirokchi guruhdagi boshqa bilan salomlashib, uning ismi birinchi harfi bilan boshlanadigan shaxsning ijobiy xarakter xususiyati, fazilati nomini aytishi lozim, bolalarning so’z boyligi kamligini inobatga olgan holda olib tilak bildirsalar ham mumkin bo’ladi. (Masalan, Mahliyo – mehribon, Chinora – chiroyli ).
2. “Muloyim yurak” mashqi.
Psixolog tarbiyachi va bolalar doira shaklida o’tiradilar, ularning qo’lida yurak ko’rinishidagi yumshoq o’yinchoq bo’ladi. “Yer yuzida toshbag’ir, boshqalarni yaxshi ko’rmaydigan yuraklar bor. Ularning yuraklari toshdek qotib qolgan”, deb psixolog tarbiyachi o’yinni boshlaydi va bolalarga o’zlarining yuraklarini mehribon va muloyim qilishlari kerakligini aytadi. Bolalar o’zlarining muloyim yuraklarini ko’rsatadilar, bir-birlariga ushlab ko’rishga beradilar, ushbu yurakchasi orqali kimlarga mehr-muhabbatini yubormoqchi ekanligini aytadilar. Bular ota-onasi, do’stlari, sevimli buyumlari, yaxshi ko’rgan hayvonlari bo’lishi mumkin.
3. “Onam meni nimaga yaxshi ko’radi?” mashqi.
Bolalar doira bo’lib o’tirishadi. Har bir bola navbat bilan onasi uni nima uchun yaxshi ko’rishini aytadi. Agar biror bolada qiyinchilik yuzaga kelsa psixolog bolalar hamkorligida yordam berishi mumkin. Mashq davomida psixolog jarayonni nazoratda ushlab turishi, bolalarda o’z do’stlariga nisbatan xayrixohlik uyg’ota olishi kerak.

4. Ertak asosida suhbat o’tkazish ( Quyon, tulki va xo’roz ertagi asosida).


Bir bor ekan, bir yoq ekan, bir tulki bilan quyon bo’lgan ekan. Tulkining uychasi – muzdan, quyonniki – daraxtning postlog’idan qurilgan ekan. Bahor kelib, kunlar iligach, tulkining uychasi erib ketibdi. Boshpanasiz qolgan tulki tunashga joy berishni so’rab quyonning oldiga bordi-yu, uning uychasini egallab olib, o’zini haydab yubordi.
Quyoncha yo’lda yig’lab borar ekan, oldidan kuchukcha chiqib qoldi:
– Vov, vov, vov! Hoy quyoncha, nega yig’layapsan?
– Qanday qilib yig’lamay? Mening daraxt po’stlog’idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so’rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o’zimni xaydab yubordi.
– Qo’y, yig’lama, quyoncha! – dedi kuchukcha.
– Boshingga tashvish tushgan bo’lsa, men senga yordam beraman.
Ular birgalikda quyonning uychasiga kelishdi. Kuchukcha vovillab dedi:
– Vov,vov,vov! Hoy tulki, qani, buyoqqa chiq-chi!
Tulki esa pechning ustida yotganicha ularga dag’dag’a qildi.
– Hozir irg’ib o’rnimdan turaman-da, derazadan sakrab chiqib ikkalangni ham tilka-pora qilib tashlayman!
Bu dag’dag’adan qo’rqib ketgan kuchukcha juftakni rostlab qoldi.
Quyoncha yana yo’lda yig’lab borar ekan, oldidan ayiq chiqib qoldi:
– Ha, quyoncha, nima uchun yig’layapsan? – deb so’radi.
– Qanday qilib yig’lamay? – dedi hiqillab quyoncha. Mening daraxt po’stlog’idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so’rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o’zimni haydab yubordi.
– Qo’y, yig’lama, quyoncha! – yupatdi uni ayiq. – Boshingga tashvish tushgan bo’lsa, men senga yordam beraman.
Ular birgalikda quyonning uychasiga kelishdi. Ayiq bor ovozi bilan baqirdi:
– Hoy tulki, qani buyoqqa chiq!
Tulki esa pechning ustida yotganicha ularga dag’dag’a qildi.
– Hozir irg’ib o’rnimdan turaman-da, derazadan sakrab chiqib ikkalangni ham tilka-pora qilib tashlayman!
Bu dag’dag’adan qo’rqib ketgan ayiq juftakni rostlab qoldi.
Quyoncha yo’lda avvalgidan ham qattiqroq yig’lab borar edi. Oldidan xo’roz chiqib qolibdi.
– Qu-qu-qu-qu-u-uq!- dedi qichqirib. – Hoy, quyoncha, nega yig’layapsan?
– Qanday qilib yig’lamay? – dedi hiqillab quyoncha. Mening daraxt po’stlog’idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so’rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o’zimni haydab yubordi.
– Ketdik, – dedi xo’roz. – Boshingga tashvish tushgan bo’lsa, men senga yordam beraman.
– Yoq, xo’roz, qo’lingdan kelmaydi. Kuchukcha haydamoqchi bo’ldi – haydolmadi, ayiq haydamoqchi bo’ldi – haydolmadi. sen ham haydolmaysan.
– Men hayday olaman!
Ular birgalikda quyonchaning uychasiga kelishdi. Xo’roz etiklari bilan yerni tepib, qanotlarini qoqdi:
Qu-qu-qu-qu-u-uq! Tulkini qiyma-qiyma qilib tashlash uchun chalg’i o’rog’imni ko’tarib keldim. Hoy tulki, qani, chiq buyoqqa!
Xo’rozning qichqirig’ini eshitib, tulki qo’rqib ketdi va ovoz berdi:
– Hozir etigimni kiyib olay…
Xo’roz yana qichqirdi:
– Qu-qu-qu-qu-u-uq! Tulkini qiyma-qiyma qilib tashlash uchun chalg’i o’rog’imni ko’tarib keldim. Hoy tulki, qani, chiq buyoqqa!
Tulki yana ovoz berdi:
– Hozir! Kiyimimni kiyib olay…
Xo’roz uchinchi marta qichqirdi:
Qu-qu-qu-qu-u-uq! Tulkini qiyma-qiyma qilib tashlash uchun chalg’i o’rog’imni ko’tarib keldim. Hoy tulki, qani, chiq buyoqqa!
Tulki lip etib uychadan chiqdi-yu, o’zini o’rmonning ichiga urdi.
Shundan keyin quyoncha yana o’zining daraxt po’stlog’idan qurilgan uychasida tinch-osoyishta yashay boshlabdi.
Ertak qahramonlarining xulqini analiz qilish:
Ertakda sizga kimlar yoqdi? Nima uchun? Qaysilari yoqmadi?
Siz kim bilan do’st bo’lardingiz? Nima uchun?
Ertakda kim mehribon, kim jahldor, kim yaxshi, kim yomon?
Psixolog mana shu kabi savollar asosida bolalarda suhbat olib boradi.

4-mashg’ulot kuni.


1. Salomlashish.
2. “MENING HAYOTDAGI SHIORIM” trening mashg‘uloti.
Mashg‘ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda hamda individual psixokorreksion faoliyatda qо‘llanilishi mumkin bо‘lib *emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, *qadriyatlar tizimida yuzaga kelgan buzilishlarni, *xarakter aksentuatsiyasini psixokorreksiya qilishda, shuningdek motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda.
Ishtirokchilarga hayotda unga doimo olg‘a intilishga, kuch va g‘ayrat topa olishga, kelajakka ishonchini kuchaytirishga har vaqt yordam bera oladigan hayotiy motivatsion (ilhomlantiruvchi) shior о‘ylab topish topshirig‘i beriladi. Shunga e’tibor berish sо‘raladiki, о‘sha shiorni siz doimo kо‘rinib turadigan joylarga yozib qо‘ya oladigan bо‘ling va uni kо‘rganda sizda beixtiyor hayotga nisbatan motivatsiya(qiziqish va intilish) paydo bо‘lsin. О‘ylab kо‘rish uchun 5-10 daqiqa vaqt berilish mumkin. Ijodiy, о‘ziga xos yondoshish sо‘raladi. Shundan sо‘ng hamma о‘zining shiorini о‘qib eshittiradi.
Ishtirokchilardan ushbu shiorlarini yozib olishlari, doimo yodda tutishlari tavsiya etiladi. Chunki ushbu shior bevosita mazkur trening bilan bog‘liq barcha bilim-kо‘nikmalarni yodga tushishini va saqlanishini ta’minlaydi. Trener ishtirokchilarning shiorlarini diqqat bilan tahlil qilishi hamda о‘rni kelsa ularni psixologik tahlil qilib ushbu shior uning о‘ziga yoki boshqalarga qanday ijobiy va salbiy ta’sir qilishi mumkinligini aytib о‘tishi lozim. Chunki, gohida о‘quvchilarda destruktiv prinsiplar hayotiy shiorga aylanib qolishi kuzatiladi, psixologning vazifasi о‘quvchilardagi shunday destruktiv, shaxs shakllanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf qilishdan iborat. Bu mashg‘ulot orqali о‘quvchining dunyoqarashi va tafakkur tarzini ham о‘ziga xos ravishda diagnostika va korreksiya qilish imkoni yuzaga keladi.
3. “RELAKSATSIYA” trening mashg‘ulot.
Mashg‘ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda hamda individual psixokorreksion faoliyatda qо‘llanilishi mumkin bо‘lib *emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, *qadriyatlar tizimida yuzaga kelgan buzilishlarni, *xarakter aksentuatsiyasini psixokorreksiya qilishda, *shuningdek, motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda.
Mayin va yoqimli musiqa (masalan: Shtraus, Bah, Motsart musiqalaridan) qо‘yiladi, relaksatsion matn о‘qib eshittiriladi. Dastlab ishtirokchilardan butun diqqatni nafas olishga qaratish sо‘raladi, va nafas olgan sari ishtirokchlilarda ongi tiniqlashib borayotgani va nafas chiqarish orqali ortiqcha fikrlar chiqib ketayotganligi ustanovka sifatida qо‘yiladi. Shundan sо‘ng “endi esa butun e’tiboringizni mening sо‘zlarimga qarating deya matn о‘qib boshlanadi”.
“Chuqur nafas olib chaqiring, diqqatingizni nafas olishingizga qarating. Har nafas olishingizda kislorod bilan ichingizga ijobiy hislar tо‘lib borayotganini his qiling, har nafas chiqarayotganingizda karbonat angidrit bilan barcha salbiy hislarni chiqarib yuboring. 5-10 sekund о‘tgach sо‘z davom ettiriladi. Siz sharshara yonidasiz, undan sehrli buloq suvi sharros quyilib turibdi, sharshara ostiga sekin kirdingiz, ustingizdan iliq buloq suvi butun vujudingizni silab oqib tusha boshladi, suvning taftini his eting, sehrli buloq suvi nafaqat vujudingizni balki butun qalbingizni poklab yubormoqda, barcha g‘am va tashvishlaringiz, hatto gunohlaringiz ham suv bilan yuvilib ketmoqda. Siz yengillikdan osmonga kо‘tarilmoqdasiz, bulutlarga yaqin parvozdasiz, bulutlardagi yomg‘ir tomchilari yuzlaringizga tegkanini sezmoqdasiz, uzoq uchdingiz, siz о‘zingizning manzilingizdasiz, siz о‘zingizning manzilingizda eng baxtiyor, eng samimiy, hurmat va izzatga sazovor va eng mamnun insonsiz, barcha sizdan mamnun va siz ham atrofdagilaringizdan mamnunsiz, hamma sizni tushunadi va siz ham atrofdagilaringizni tushunasiz, barcha alam va hafagarchiliklar kechirilgan va unutilgan. Yuzingizda samimiy tabassum, sizning insoniyligingiz hammani maftun etadi. Siz mas’uliyatli insonsiz, sizda orzu va maqsadlaringizga erishish uchun shijoat va kuch bor, buni his eting! Maqsadlar orzular sari doimo olg‘a yuring! Albatta shu kuch shu mamnuniyat har vaqt sizga yor bо‘lsin!”
1-2 daqiqa trener kutadi va nisbatan baland ovozda 3-2-1 deb sanab ishtirokchilarga mashg‘ulot yakuniga yetganini aytadi. Hamda shu mashg‘ulotni doim uyqudan oldin tez-tez mustaqil takrorlab turishni tavsiya etadi. Shuningdek, ishtirokchilardan taassurotlarini sо‘raydi. Tajribalar shuni kо‘rsatadiki bu mashg‘ulot har qanday insonda ijobiy hislarni shakllantirish va ruhiy yengillik xosil qilishda samarali. Bu mashg‘ulotni psixolog bilan har 3 ta uchrashuvdan sо‘ng qaytarib turish ham mumkin.

5-mashg’ulot kuni.


1. Salomlashish.
2. “TEZKOR YOZUV” trening mashg‘uloti.
Mashg‘ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda hamda individual psixokorreksion faoliyatda qо‘llanilishi mumkin bо‘lib *emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, *qadriyatlar tizimida yuzaga kelgan buzilishlarni, *xarakter aksentuatsiyasini psixokorreksiya qilishda, *shuningdek, motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda, *shaxslar aro (guruhiy, oilaviy, ota-ona va farzand) munosabatlaridagi buzilishlarni korreksiya qilishda.
Bu mashg‘ulot ishtirokchilardan mas’uliyat va javobgarlik hissi bilan yondoshuv talab qilganligi uchun, trener bunga о‘smirlarni tayyorlashi hamda undan avval emotsiyalarni qо‘zg‘atuvchi, kulgili mashqlar о‘tkazmagani ma’qul. Ishtirokchilarga quyidagi savollar beriladi va ularning har biriga 30 sekund davomida javob berish sо‘raladi.

  1. Hayotda erishmoqchi bо‘lgan 3 ta eng asosiy maqsadingizni yozing? (30 sekund vaqt beriladi yozishga)

  2. Agar umringiz tugashiga 6 oy qolganligini bilsangiz nimalarni amalga oshirgan bо‘lar edingiz? (30 sekund vaqt beriladi yozishga)

  3. Hayotda sizni qiynaydigan 3 ta muammoni yozing? (30 sekund vaqt beriladi yozishga)

Trener: Hozir siz bilan birga “Tezkor yozuv” texnikasidan foydalandik. Uning о‘ziga xosligi shundaki, inson shoshilganida ong faoliyati jadallashadi hamda eng kerakli ma’lumotlarni tabiiy tarzda yuzaga chiqaradi. Bunda insonning haqiqiy qadrli va muhim hayotiy maqsad hamda qadriyatlari oydinlashadi.
Diqqat: Bunda har bir savolning javobini trener о‘smir bilan muhokama qilishi hamda kerakli joyda muntazam unga konstruktiv (bunyodkorona) yо‘nalish berishi kerak.
1-savolning javobida keltirilgan maqsadlar insonning asl maqsadlaridir. Inson о‘sha maqsadlarga kо‘ra boshqa maqsadlarini qо‘yishi maqul. Sababi bular insonning chin dildan istagan maqsadlaridir. Asl maqsadlar sari intilgan odam charchamaydi, kichik yutuqlar ham unga zavq bag‘shlaydi…mamnun va baxtli qiladi. Muhimi о‘zini о‘zi aldashiga yо‘l qо‘ymaydi. Gohida inson asl maqsad va qadriyatlar tizimiga kirmaydigan muammolarni kо‘p о‘ylab, tashvishlanib yuradi. Shunday paytda inson muhim bо‘lmagan narsalar bilan fikrini chalgitayotganini shu 30 soniyada yozgan maqsadlariga qiyosan anglab yetishi ham mumkin.
2-savolning javobida insonning asl qadriyatlari namoyon bо‘ladi. Inson har qanday holatda ham ushbu qadriyatlarini yodda tutishi kerak. Sababi asl qadriyatlar insonning tо‘laqonli hayotini ta’minlaydi, hissiy jihatdan barqaror qiladi, quvvat manbai bо‘ladi… Muhimi о‘zini о‘zi aldashiga yо‘l qо‘ymaydi.
3-Inson muammosiz yashamaydi, doim va hammada muammo bо‘lgan…insonning ishonchi, intilishlari, iroda kuchi bilan muammolarni bartaraf qiladi…bundanda avval inson shuni bilib olishi kerakki “muammo aslida muammo emas, muammoga bо‘lgan munosabatning о‘zi muammodir”. Har qanday amalga oshirmoqchi bо‘lgan tadbiringizda eng muhim omil bu-pozitsiya yoki munosabatdir. Munosabatning notо‘griligidan notо‘g‘ri xulosalar va inson istamagan natijalar yuzaga keladi. Munosabat misli fonar(chiroq) u qizil bо‘lsa u qaratilgan narsa ham qizil bо‘lib kо‘rinadi… shunday ekan inson о‘z munosabati bilan butun dunyoni zulmatga yoki nurga tо‘ldirishi mumkin.
Trener о‘zining bildirgan fikrlariga ishtirokchilardan qayta aloqa sо‘rashi va ularning munosabatlarini bilishi hamda ular bilan birga tahlil qilishi kerak. Agar, ularda biror-bir destruktiv fikr payqasa, uni konstruktiv talqin va tahlil qilish chorasini kо‘rish joiz.
3. “QADRIYATRLAR” trening mashg‘uloti.
Mashg‘ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda hamda individual psixokorreksion faoliyatda qо‘llanilishi mumkin bо‘lib *qadriyatlar tizimida yuzaga kelgan buzilishlarni, *shuningdek motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda.
1-qadam. Ishtirokchilarga 6 tadan stiker(yoki kichiq oq varaqchalar) beriladi va ularning har biriga bittadan о‘zining hayotdagi eng asosiy qadriyatlarini (hayotdagi eng muhim va qadrli deb hisoblaydigan narsa va omillar) yozib chiqish sо‘raladi. Ishtirokchilarga qadriyat degan sо‘zni mohiyatini tushuntirib о‘tish bu yerda foydadan holi bо‘lmaydi, chunki odatda bola va о‘smir yoshidagilarda qadriyatlar mavjud bо‘lsada, qalbidagi muayyan his-tuyg‘ularning qadriyat ekanligini anglab yetmaydilar. Odatda ularning ongida qadriyatlar “kerakli narsa, muhim narsa” tarzida namoyon bо‘ladi.
2-qadam. Ishtirokchilarni yozgan qadriyatlarini muhimligi bо‘yicha 1-2-3…6- tarzida darajalash sо‘raladi.
3-qadam. Ishtirokchilar har bir qadriyatining nega aynan 1- yoki 2-о‘ringa qо‘yganini hamda qadrlilik va muhimliligi sababini aytib berishlari(yoki о‘sha varaqning ortiga yozishlari) kerak.
Mashg‘ulot individual о‘tkazilganda о‘smirning har bir qadriyati trener bilan muhokama qilinsa, mohiyatini ochishga harakat qilinsa maqsadga muvofiq.
Guruhiy о‘tkazilganda kichik guruhlarda ishlash uchun guruhda birdamlik va jamoaviylik, о‘zaro tushunish simpatiya yaxshi shakllantirilgan bо‘lishi lozim.
4. “О‘TMISH BUGUN KELAJAK” trening mashg‘uloti.
Mashg‘ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda hamda individual psixokorreksion faoliyatda qо‘llanilishi mumkin bо‘lib *emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, *qadriyatlar tizimida yuzaga kelgan buzilishlarni, *xarakter aksentuatsiyasini psixokorreksiya qilishda, *shuningdek motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda.
Ishtirokchilardan ikki varaq (yoki A4) qog‘ozni teng 3 qismga ajratish sо‘raladi. Quyidagi tarzda.

Birinchi qismga о‘smirlar о‘z о‘tmishlarini tasvirlashlari kerak (rasm shaklida chizishlari yoki bayon shaklida yozishlari ham mumkin, bunda о‘smir о‘ziga qulay tarzda va о‘ziga tushunarli qilib tasvirlashi maqsadga muvofiq). Kо‘rsatma berilgach, vaqt beriladi 5-10 minut.
Ikkinchi qismga о‘smirlar bugunini tasvirlashlari kerak. Kо‘rsatma berilgach vaqt beriladi 10-15 minut.
Uchinchi qismga о‘smirlar kelajagini tasvirlashlari kerak. Kо‘rsatma berilayotganda о‘smirlarga о‘z orzu va maqsadlarini, intilishlarini, kelajakda erishmoqchi bо‘lgan muvaffaqiyatlarini, о‘z kelajagini qanday kо‘rmoqchi ekanliklarini shu yerda aks ettirish sо‘raladi. Kо‘rsatma berilgach, vaqt beriladi 20-30 minut.
“О‘tmish hikmat bulog‘i, bugun oliy ne’mat, kelajak esa oppoq qog‘oz”. О‘smirlar yozib bо‘lgach, ularga yuqoridagi hikmatli sо‘zni aytish va ularning bu hikmatga bо‘lgan firk-mulohazalarini eshitish kerak.

Download 410,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish