3-ma’ruza
Mavzu: Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi pasayish boislarning tahlili.
Reja:1..Gidrotexnika inshootlarida ro‘y beradigan avariya va ijtimoiy-ekologik buzilishlarni yuzaga kelish sharoitlarini sinflanishi
2. Gidrotexnika obyektlarida birlamchi buzilishlarni keltirib chiqaruvchi sabablar
3. Obyektdagi ikkilamchi buzilishlarning asosiy sabablari
Tayanch so’z va iboralar: chegaraviy holat nuqsonlari degradatsiya (tanazzul) degradatsiya (tanazzul) tashqi ta’sirlar.
Gidrotexnika inshootlari ekspluatatsiyasida avariyalar va ijtimoiy-ekologik buzilishlarni ro‘y berish sharoitlarini son va sifat jihatidan tahlil qilishda ularni paydo bo‘lish sabablari, yuzaga kelishi tavsifi va obyekt,xizmat qiluvchi hodimlar, aholi, shuningdek, o‘rab turuvchi tabiiy va ijtimoiy muhit uchun sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga nisbatan ularni tavsiflanishi katta ahamiyat kasb etadi.
Umumiy holatda gidrotexnika inshootlarida ro‘y beradigan avariya va ijtimoiy-ekologik buzilishlarni yuzaga kelish sharoitlarini shartli ravishda beshta sinfga bo‘lish mumkin:
-birlamchi buzilishlar-ularga qaralayotgan obyektda ixtiyoriy sabablar tufayli vujudga keladigan ishdan chiqishlar va nosozliklar kiradi, bunda obyektning, gidrotexnika inshooti elementlari va atrof-muhitning boshqa nosozliklar va ishdan chiqishlar ta’siri kiritilmaydi;
-ikkinchi buzilishlar-obyektning, GTI elementlari va atrof-muhitning boshqa ishdan chiqishlari va nosozliklari natijasida vujudga keladigan gidrotexnika inshootlarining ishdan chiqishlari va nosozliklari;
-boshqaruv xatolari – boshqarishning noto‘g‘ri signallari natijasida yoki obyektni, GTI elementlari va atrof-muhitni holatini nazorat va boshqaruv tarmoqlaridagi uzilishlar, nuqsonlar tufayli sodir bo‘ladigan buzilishlar;
-umumiy sabablar tufayli paydo bo‘ladigan buzilishlar – turli xil ko‘rinishdagi manbasi bitta, ya’ni umumiy sabab bo‘lgan ishdan chiqishlar va nosozliklar;
-chegaraviy holat va degradatsiya (tanazzul) ga yetganlik bilan izohlanadigan buzilishlar- gidrotexnika inshootlaridagi va atrof-muhitdagi tanazzul jarayonlari rivojlanishi yoki obyekt resursi tugashi bilan bog‘liq ishdan chiqish va nosozliklar.
Gidrotexnika obyektdagi buzilishlar yuqorida ko‘rsatilgan bir nechta sinfdagi belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday buzilishlar murakkab buzilishlar deb qabul qilinadi.
Gidrotexnika obyektlarida birlamchi buzilishlarni keltirib chiqaruvchi sabablar ichida quyidagilar farqlanadi:
-materiallar va gruntlarni fizikaviy-mexanikaviy xossalari ko‘rsatkichlarini berilgan qiymatlarga mos kelmasligi;
-GTI konstruksiyalarni nuqsonlari, qurilish-montaj ishlari kamchiliklari;
-hisobiy yuklamalari aniqlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli yuzaga keladigan zo‘riqishlar;
-obyektni atrof-muhitga nisbatan turg‘unligi yetarli emasligi va sh.k.
Birlamchi ishdan chiqishlarning asosiy xususiyati bo‘lib ularning yuzaga kelishi sabablarini obyektning o‘zi bilan u yoki bu darajada bog‘liqligi hisoblanadi.
Gidrotexnika obyektdagi ikkilamchi buzilishlarning asosiy sabablari boshqa obyektlar va GTI strukturasining ishdan chiqishi va nosozliklar tufayli bo‘ladi.
Shuningdek, atrof-muhit elementlari, xususan, ularni nosozliklari natijasida zo‘riqishlari, masalan, suv omborlarini maishiy va sanoat oqova suvlari bilan ifloslanishi; suv omborlaridagi qirg‘oqlarga ishlov berish natijasida ularni o‘pirilishi va yemirilishi; gidrotexnika obyektining ta’sir doirasidagi yoki suv tashlash inshootiga yaqin korxonalardagi avariyalar va sh.k. ham sababchi hisoblanadi.
Ikkilamchi buzilishlarning mumkin bo‘lgan sabablari ichida, shuningdek, boshqaruvdagi xatolar va obyektni shikastlanishiga olib keladigan insonning ma’lum bir maqsadlardagi harakati (masalan, diversiya, harbiy harakatlar) yoki gidrotexnika inshootlarini boshqa bir yo‘llar (shu jumladan, ijtimoiy rad etishlar ko‘rinishidagi-jamoatchilikning qarshiligi va sh.k.) bilan faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan harakatlarni aytib o‘tish mumkin.
Boshqaruvdagi xatolar boshqaruv va nazorat tarmoqlaridagi ishdan chiqishlar va nosozliklar, shuningdek obyektning, GTI elementlari va atrof-muhit holati haqidagi olingan ma’lumotlarga ishlov berishda yo‘l qo‘yilgan adashishlar tufayli sodir bo‘ladi. Odatda boshqaruvdagi xatolar ekspluatatsiya xodimlarini bilmasdan qilgan adashishlari yoki asboblarni noto‘g‘ri ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Boshqaruvda xatolarga yo‘l qo‘yilganda avvalgi holatga qaytish uchun xatoni tuzatish-to‘g‘ri signal yuborish bilan boshqaruvni tiklash yetarli bo‘ladi. Biroq, agar obyekt yoki tizim boshqaruvda yo‘l qo‘yiladigan xatolar ta’siriga chidamsizroq bo‘lsa, u obyektdagi ikkilamchi buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Gidrotexnika obyektlarida ro‘y beradigan avariya va buzilishlarning umumiy sabablari ichida quyidagilar farqlanadi:
-halokat tavsifiga ega tashqi ta’sirlar (zil zila, katta suv toshqini, tog‘ ko‘chishi va o‘pirilishi, boshqa obyektlardagi avariyalar va sh.k.);
-halokat tavsifiga ega ichki ta’sirlar (gidrouzelning bosimli gidrotexnika inshootlaridagi avariyalar, qurilmalardagi portlashlar va yong‘inlar va sh.k.);
-GTI larni ekspluatatsiya qilishning alohida rejimi: quyi byefga avariya suv sarfini o‘tkazish, suv omborini loyqasini yuvib chiqarib yuborish va h.z.
-tabiiy, ekologik va ijtimoiy tuzilmalardagi o‘zgarishlar tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy – ekologik buzilishlar va gidrotexnika inshootlarining ishdan chiqishi va nosozligi;
-umumiy ko‘rinishdagi doimiy va davomli ta’sirlar (filtratsiya, quyi byefga erigan muzlarni ta’siri, quyi byef o‘zanining o‘zgarishi va sh.k.);
-gidrotexnika obyektida izlanish-tadqiqot paytida, ilmiy asoslash, loyihalash, qurilish va ekspluatatsiya davrida yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xatolar va noto‘g‘ri hisoblar.
Do'stlaringiz bilan baham: |