Kichik ma’ruza:
О‘tmish hikmat bulog‘i bо‘lib, undan faqat hikmat olish mumkin, boshqa narsa emas, agar inson bulog‘dan suvdan boshqa narsa olish uchun uni kovlayversa suvni bulg‘aydi. Shuning uchun inson о‘z о‘tmishidan hikmatdan boshqa hech narsa olmasligi kerak, agar inson о‘z о‘tmishidan afsus, alam, g‘am tashvishlarni ham olsa о‘ziga, о‘zini ongini va qalbini, ruhiyatini xuddi tiniq suvni bulg‘agandek yomon holatga keltirib qо‘yadi. О‘tmishdan faqat xulosa chiqaring boshqa narsa emas.
Bugungi kun esa sizga berilgan eng katta ne’mat, uni gо‘zal va yoqimli qilish hozir sizning qо‘lingizda. Va uni siz uchun yoqimli bо‘lishi sizning munosabatingizga bog‘liq. Shuning uchun bugun hayotingizdan mamnun bо‘lib, orzu maqsadlarga tinimsiz intilib yashash kerak. Chunki vaqt о‘tkach, bugun о‘tmishga aylanib qoladi va undan hech narsa olish imkoni qolmaydi, bugun esa bugundan kо‘p foyda olib qolish mumkin.
Kelajak esa, bugundan boshlanadigan davr va u oq qog‘ozdek toza, unga о‘zingiz nimani istasangiz tasvirlashingiz mumkin. Hayotingiz gо‘zal, yoqimli va baxtli bо‘lishini istasangiz unga faqat yaxshi narsalarni rejalashtiring. Orzu qilsangiz faqat yaxshilikni orzu qiling. Shuni yodda tutingi kelajakni tasvirini siz bugundan boshlagansiz, har kungi umringiz, qilayotgan ishlaringiz, olayotgan bilim va tajribalaringiz, oldingizga qо‘yayotgan ezgu orzu-niyatlaringiz kelajagizni barpo etadi.
Amalga oshirilgan mashg‘ulotning yana bir о‘ziga hos, ta’sirli jihati shundaki, unda inson orzu qilishni о‘rganadi, maqsadlarini oydinlashtiradi, ma’lum bir muddatga о‘zini yorqin kelajagida tasavvur qilishga imkon topadi. О‘z kelajagini о‘zi xohlagandek tasavvur qiladi. Maqsadli inson, orzumand shaxs sifatida о‘zini taniydi bu insondagi psixologik resurslarni kuchaytiradi, yashovchanlikni, intiluvchanlikni va motivatsiya hamda iroda kuchini oshiradi.
Psixologik tajribalar shuni kо‘rsatadiki, о‘zining orzu maqsadlariga ega va unga erishishni chin dildan istaydigan insonlarda iroda darajasi, jismoniy va ruhiy tetiklik, salomatlik darajasi 2-3 marta balandroq bо‘ladi. Bunga 2-jahon urushidagi nemis konslagerlarida psixoanalitik faylasuf Viktor Frankl tomonidan olib borilgan kuzatuvlar asosdir. Uning kuzatuvlari shuni kо‘rsatadiki, konslagerlarda qiynoq hamda turli murakkab yashash sharoitlariga faqatgina о‘zining rejalashtirgan maqsad va intilishlari, ishonch va e’tiqodiga, shaxsiy qadriyatlar tizimiga ega insonlargina kо‘proq omon qola olganlar.
6-mashg’ulot kuni.
1. Salomlashish.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |