172
14§. Yog’larning gidrogenlashdagi selektivlik. Selektivlikni aniqlash
usullari
Katalizatorlarning yuzasida aktiv markazlarning kamligi sababli, tarkibida 2-
3 qo’shbog’ saqlovchi yog’ kislota radikallarining aktiv ravishda sorbsiya bo’lish
faqatgina bitta qo’sh bog’da sodir bo’ladi.
Masalan: Linol kislotaning vodorod bilan to’yinishi ikki bosqichda kechadi.
C
18
H
32
O
2
+H
2
=C
18
H
34
O
2
C
18
H
34
O
2
+H
2
=C
18
H
36
O
2
Bunda, birinchi bosqichda, linol kislotaning qaysi qo’shbog’i to’yinishiga
qarab, olein kislotaning qo’shbog’lar joylashishi bilan
farqlanadigan ikki izomeri
hosil bo’lishi mumkin.
CH
3
-( CH
2
)
7
– CH = CH - (CH
2
)
7
- COOH
CH
3
-( CH
2
)
4
– CH = CH - (CH
2
)
10
– COOH
Qo’shbog’larning qanday tartibda vodorod bilan to’yinishi xozirgacha to’liq
o’rganilmagan. Ayrim mualliflar o’ta to’yinmagan yog’ kislotalaridagi qo’sh bog’ni
karboksildan uzoqda joylashgani birinchi bo’lib to’yinadi deyishsa ayrim mualliflar
bu yerda biror qonuniyat bo’lishini inkor qiladilar.
Olein va linol kislota radikallarini saqlovchi yog’larning gidrogenlashda,
asosan birinchi navbatda linol kislota radikallari to’yinadi
va umuman olganda
yog’larning gidrogenlashda birinchi navbatda, o’z tarkibida eng ko’p qo’shbog’
tutuvchi yog’ kislotalari vodorod bilan birinchi navbatda to’yinadi.
Bir xil to’yinganlik darajasidagi yog’ kislotalari aralashmasida birinchi bo’lib,
tarkibida eng kam uglerod atomi saqlovchi kislota to’yinadi
olein kislotasi eruk
kislotasi (C
22
) dan oldin gidrogenlanadi.Masalan: olein kislotasi eruk kislotasidan
(C
22
) oldin to’yinadi.
Shunday qilib,
selektivlikni bu turi, ikkita omil to’yinganlik darajasi va
molekulyar og’irlikni ta’sirini ko’rsatadi. Bunday selektivlik radikal selektivlik deb
ataladi.
Shunga muvofiq suyuq o’simlik moylaridan yuqori selektiv sharoitda olingan,
qisman gidrogenlangan yog’larda yuqori eruvchanlikka ega bo’lgan,
ikki va uch
173
to’yingan gliseridlar miqdori kam bo’ladi. Bu yog’larning erish harorati past, deyarli
bir jinsli, qatlamlarga ajralmaydigan konsistensiyali, past harorat (0....35 ºC)da
eriydi va yuqori haroratda eruvchi trigliseridlarga xos bo’lgan ta’mga ega bo’lmaydi.
14.1-jadvalda moyni selektiv (S
L
=26)va noselektiv (S
L
=13)
gidrogenlash
yo’li bilan olingan, yod soni bir xil bo’lgan, gidrogenlangan yog’larning gliserid
tarkibi taqqoslab ko’rsatilgan.
14.1-jadval
Gidrogenlangan yog’larning gliserid tarkibi
Ko’rsatkichlar
Do'stlaringiz bilan baham: