Katalitik modifikasiyalash


Takrorlash uchun savollar



Download 3,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/108
Sana13.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#664949
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   108
Bog'liq
Katalizator

Takrorlash uchun savollar 
1. Gidrogenlash jarayonida yog’ va moylarda qanday kimyoviy o’zgarishlar sodir 
bo’ladi? 
2. Gidrogenlash selektivligi nima? Uni boshqarishning qanday usullari mavjud? 
3. Yog’larni gidrogenlash jarayonidagi izomerlanish jarayonini, uni salomas 
sifatini shakllantirishdagi ahamiyatini va rostlash usullarini ko’rib chiqing. 
 
Tayanch so’z va iboralar
: yog’ kislotalari, izomer, selektivlik, trans izomer, yarim 
gidrogenlangan kompleks. 
 


191 
16§. Yog’larni gidrogenlash katalizatorlari. Kukunsimon katalizatorlar 
Gidrogenlash katalizatorlarini tanlash uslubini asoslashda muhim hisoblangan 
kataliz nazariyalari bo’lib, bular: oraliq kimyoviy birikmalar nazariyasi, multiplet 
nazariyasi va katalizning elektron nazariyalaridir[110, 112]. 
Aftidan, katalitik hodisalarning murakkabligi va o’zaro ziddiyatlarga egaligi 
sababli hozirgi vaqtgacha yog’larni gidrogenlash mexanizmini to’liq izohlab 
beruvchi universal geterogen kataliz nazariyasi mavjud emas. 
Alohida bir katalitik reaksiyalarga qo’llanilayotgan mavjud nazariyalar boshqa 
katalitik reaksiyalarga mos kelmaydi yoki inkor etadi. Biroq, yagona universal 
nazariyaning yo’qligiga qaramay, xar bir nazariya katalitik jarayon mexanizmining 
alohida bir tomonini yoritib beradi, barcha nazariyalar esa birgalikda postulat 
darajasidagi bir necha qoidalarni yuzaga kelishiga zamin yaratdi. 
Yog’larni gidrogenlashdagi geterogen kataliz va katalizatorlarni tayyorlash 
tadqiqotlarning predmeti hisoblanadi, yog’larni katalitik gidrogenlash texnologiyasi 
esa, ko’plab mualliflar[110, 112]ning tadqiqotlari va texnologik ishlanmalariga 
asoslanadi. 
Sanoatda qo’llanadigan katalizatorlar hamma jihatdan samarali bo’lishi kerak, 
jumladan: 
1.
Yuqori aktivlikka, ya’ni gidrogenlash reaksiyasining aktivlanish 
energiyasini yetarli miqdorda pasaytirish xususiyatiga ega bo’lishi; 
2.
Gidrogenlash prosessi tezligini belgilovchi optimal ish unumdorligiga ega 
bo’lishi; 
3.
Gidrogenlash prosessini keskin tezlata olishi va reaksiya davomida hosil 
bo’ladigan organik mahsulotlar miqdoriga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatib, ikkinchi 
darajadagi mahsulotlarni mumkin qadar kam miqdorda hosil bo’lishi; 
4.
Kukunsimon katalizator zarralarining optimal o’lchamlarga ega bo’lishi, 
bunda tayyor salomasdan katalizatorni oson va to’la ajratib olish, hamda uning 
aktivligini uzщq vaqt saqlab qolish mumkin bo’ladi. Katalizatorlar uchun zarur 
bo’lgan yuqoridagi xossalar uning tarkibi, tayyorlanish usullari va rejimlariga 


192 
bog’liq. Shu sababli, bitta metaldan tayyorlangan katalizator har xil aktivlikka, 
selektivlikka ega bo’lishi mumkin. 
Fanga ma’lum bo’lgan ma’lumotlar va ilmiy farazlar S. Z. Roginskiy 
tomonidan yaratilgan katalizator tayyorlash nazariyasida rivojlantirilgan. 
Katalizator birlamchi moddalarning suvdagi eritmalari o’zaro ta’siri natijasida 
cho’kma hosil bo’lgach, uni vodorod bilan qaytarish yo’li bilan olinadi. 
Yuqori sirtga ega bo’lgan katalizator olish uchun bunday cho’kmalar mumkin qadar 
nozik disperslangan - kukunlangan bo’lishi kerak. Buning uchun amorf yoki mayda 
kristall strukturaga ega bo’lgan loyqa /gel/ yoki loyqasimon massa ko’rinishidagi 
cho’kma hosil qilinadi.
Bunday cho’kmalar tarkibida ko’p miqdorda suv bo’ladi. Shu sababli ularga 
navbvtdagi ishlov berishdan oldin tarkibidagi suvni yo’qotish lozim. Bu jarayon - 
quritishni shunday olib borish kerakki, suvning bug’lanib chiqishi sababli hosil 
bo’ladigan mikrog’ovakchalar /mikroporы/ hisobiga quritilgan moddada maksimal 
sirt hosil bo’lsin. Loyqasimon cho’kmalarda suvning anchagina qismi mustahkam 
bog’langan bo’ladi, uni yo’qotish faqat yuqori temperaturada olib borilishi mumkin. 
qattiq qizdirish esa moddaning kuyishiga /spekaniye/ va rekristallanishiga sabab 
bo’lishi mumkin. Natijada cho’kmaning solishtirma sirti keskin kamayishi mumkin. 
Shunday qilib, cho’kmani quritishda ikkita prosess raqobatda bo’ladi: 1) 
g’ovakchalar hosil qiladigan va solishtirma sirtning ortishiga sabab bo’ladigan suvni 
bug’latish jarayoni, va 2) solishtirma sirtning kamayishiga olib keladigan kuyish 
/spekaniye/ va rekristsllanish jarayoni. Odatda bunday cho’kmalarni past 
temperaturada zudlik bilan quritishga erishish kerak.
Loyqasimon cho’kmalar o’zi bilan birga begona tuzlarni ko’p miqdorda olib 
ketishi va o’zida ushlab turish xossasiga egadir. Shu sababli, cho’kmani suv bilan 
yuvib bunday tuzlarni yo’qotish /udaleniye/ juda murakkabdir. Vaholanki, bunday 
tuzlar quritilgan cho’kmaning undan olinadigan katalizatorning xossalariga salbiy 
ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Cho’kmalar ushlab qoladigan begona tuzlarning miqdori ko’pincha 
cho’kmalarning hosil bo’lish sharoitlariga bog’liqdir. Shuning uchun katalizator 


193 
cho’kmalari hosil bo’lish sharoitlarining doimiy ir xil bo’lishini aniq ko’llanmalar 
/instruksiya/ bo’yicha ta’minlash kerak. Lekin ishlab chiqarish sharoitida bunga har 
vaqt ham erishib bo’lmaydi, bu hol esa, tayyorlangan katalizator aktivligining 
doimiy bo’lmasligiga sabab bo’lsa kerak. 
Katalizator olish maqsadida quritilgan cho’kmalar holati bir qator 
o’zgarishlarga beriladi, natijada aktiv holatdagi metall hosil bo’ladi. Bunday 
o’zgarishlar qattiq fazada kechadi. Bunga nikel /osnovnoy uglekislыy nikel/ 
vodorod atmosferasida qizdirib nikelli katalizator tayyorlash misol bo’la oladi. Bu 
holda prosess ikkita fazada kechishi mumkin: 
NiO
2
·
2CO
2
·
5H
2
O = 5NiO+2CO
2
+5H
2
O; 
NiO+H
2
=Ni+H
2
O. 
Bunday hollarda olinadigan katalizatorning kukundorligi /dispersnost/ 
cho’kindi moddaning tarkibi va xossalariga, ularning kukundorlik /dispersnost/ 
darajasiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Lekin prosessda qattiq fazada kechadigan 
va natijada katalizator hosil buladigan reaksiyalar sharoiti va ularning tezligi muxim 
rolni o’ynaydi. Aktiv katalizator olish uchun cho’kindilarga ishlov berishni ishlov 
jarayonida kechadigan reaksiyalarni o’ta tuyintirishni ta’minlay oladigan 
sharoitlarda olib borish kerak. Atomar yoki molekulyar sistemalarda erkin /ozod/ 
energiyaning minimumiga erishilganda, bunday sistamalar o’ta tuyingan deyiladi. 
Shunga muvofiq, reaksiya natijasida o’ta to’yingan sistemalar hosil bo’lsa bunday 
reaksiyalar o’ta tuyingan reaksiyalar deb ataladi. 
Ozod energiya ortiqcha bo’lganligi sababli o’ta to’yingan sistemalar 
beqarordir. Ortiqcha ozod energiyaning ajralib chiqishi bilan bog’lik bulgan 
o’zgarishlarga duchor bo’lgach, bunday sistemalar barqarorlik holatga o’tadi. 
Sistema energetik o’ta to’yingan holatdan, kam ozod energiya zapasiga ega 
bo’lgan barqarorlik holatga o’tish prosessining xarakteriga qarab, o’ta 
to’yinganlikning bir nechta tiplarini kurish mumkin.
har qanday dispers sistema, masalan poroshoklar/kukunlar/, g’ovakli va 
polikristallik jismlar ortiqcha energiyaga ega bo’ladilar. Kukundorlik /dispersnost/ 
darajasi qanchalik katta bo’lsa, bu ortiqcha energiya shunchalik ko’p bo’ladi, chunki 


194 
sitemaning yuqori solishtirma sirti sirt energiyasining ko’payishini belgilaydi. 
Bunday o’ta to’yinganlik dispers o’ta to’yinganlikdir. Kristall panjaraning щzщd 
energiyaning minimumiga muvofiq keladigan to’g’ri strukturasidan har qanday 
chetga og’ish sistema energiyasining ortishiga olib keladi. Bunday chetga og’ishlar 
har xil bo’lishi mumkin, misol uchun amorf strukturalar panjara parametrlarining 
normal o’lchovlaridan chetga chiqishi, panjaradagi bo’shab qolgan bog’lamalar 
/uzlы/, panjaraga kirib qolgan begona atomlar va h. k.
Sistemaning to’g’ri kristallik strukturadan chetga og’ish bilan bog’liq bo’lgan 
energetik jihatdan o’ta to’yinganligi strukturaviy o’ta to’yinganlik deyiladi. 
Strukturaviy o’ta to’yinganlik katalizator aktivligi uchun muhim ahamiyatga ega. 
Energetik o’ta to’yinmagan jismlar - sistemalar ko’pgina hollarda sezilarli 
katalitik aktivlikka ega bo’lmaydilar, va aksincha. Shu bilan bir vaqtda yaxshi 
katalizatorlar dispers o’ta to’yinganlikka ham ega bo’lishi kerak, chunki ular mayda 
/poroshki/ kukunlar, serg’ovak jismlar yoki mayda kristallik moddalardir. Bunda 
nozik dispers holidagi moddalar kristallik strukturasidagi buzilishlar sonining 
ko’pligi bilan ham ajralib turadi, ya’ni strukturaviy o’ta tuyinganlikka ega bo’ladi.
Katalizatorning aktivligi uni hosil qiladigan reaksiyaning tezligiga ham 
bog’liqdir. Tezlik qanchalik katta bo’lsa, katalizatorning aktivligi ham shunchalik 
yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham bir qancha hollarda katalizatorlarni tayyorlash 
nisbatan yuqori temperaturalarda olib boriladi. Ammo shu narsani nazarda tutish 
kerakki, katalizator hosil bo’lish jarayonida temperaturani oshirish katalizator 
kristallik strukturasining tartibga tushish,rekristallizasiyasi va kuyish /spekaniye/ 
prosesslarini sezilarli tezlatgan vaqtgacha foydalidir. Yuqoridagi prosesslarning 
katalizator aktivligiga xavf solishi mumkin bo’lgan vaktdagi temperatura uning 
tarkibiga kiruvchi metallning suyuqlanish temperaturasiga bog’liqdir. Yuqorida 
ko’rsatilgan prosesslar aniq namoyon bo’ladigan kritik temperatura, metall 
suyuqlanish temperaturasining (Kelvin gradusi bo’yicha) 40% va undan ko’p 
miqdoriga to’gri keladi. Maksimal temperatura odatda tajriba yo’li bilan aniqlanadi. 
Katalizator hosil bo’lishiga olib keladigan reaksiyaning o’ta to’yinganligi 
kristallik panjarada kuchlanishlar paydo bo’lishiga, ideal holatdan chetga chiqishga, 


195 
unda begona moddalarning ushlanib qolishi kabi hollarning mumkin bo’ltshtga ta’sir 
qiladi. 

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish