Katalitik modifikasiyalash



Download 3,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/108
Sana13.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#664949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
Katalizator

 
 
 
 



I-BOB. YOG’ VA MOYLARNI RAFINATSIYALASH 
1§. Yog’larni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalar va istiqbolli 
yo’nalishlar 
Dunyoda bugungi kunda aholini oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda va 
oziq-ovqatga bo’lgan maqbul darajadagi ehtiyojini qondirishda oziq-ovqat sanoati 
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun mahalliy oziq-ovqat va xomashyo ishlab 
chiqarishni barqaror rivojlantirish, bozorga xavfsiz va sifatli oziq- ovqat 
mahsulotlarini iste’mol me’yorlarida o’rnatilgan assortimentda yetkazish asosiy 
vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. 
Mustaqillikka erishgandan keyin yurtimizda yuqori texnologiyalarga 
asoslangan oziq-ovqat sanoati shakllanib, bugungi kunda iqtisodiyotimizning 
yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Oziq- ovqat xavfsizligini 
ta’minlash, ichki bozorni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish, ishlab 
chiqarishni modernizasiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirishga alohida e’tibor 
qaratilib, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlash o’zlashtirilmoqda. Ishlab 
chiqarishni modernizasiya va diversifikasiya qilishni rag’batlantirish hamda qo’llab- 
quvvatlash bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar oziq-ovqat tovarlari ishlab 
chiqarishning o’sishini ta’minlamoqda. 
Bu borada hukumatimiz tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, 
hususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 19 yanvaridagi PQ-
3484-sonli “Yog’-moy tarmog’ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
qarori qabul qilindi. 
Hukumat rahbari tomonidan qabul qilingan mazkur qaror yog’-moy 
korxonalarini jadal rivojlantirishni ta’minlashga yo’naltirilgan bo’lib, korxonalar 
faoliyatini yanada takomillashtirishning yangi bosqichini boshlab beradi. Yog’-moy 
mahsulotlarining assortimentlarini kengaytirish, sog’lom raqobat muhitini yaratish, 
mahsulot sifatini oshirish, aholining ehtiyojini kafolatli oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. 



2019 yil 16 yanvar kuni “Yog’-moy tarmog’ini yanada rivojlantirish 
bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini 
joriy etish to’g’risida”gi PQ-4118 sonli president qarori qabul qilindi[2]. 
Qaror bilan Yog’-moy sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi. 
“O’zyog’moysanoat” uyushmasining asosiy vazifasi yog’-moy xom 
ashyolarini qayta ishlash va yog’-moy sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab 
chiqish hisoblanadi. 2022 yil 1 yanvargacha uyushma mol-mulk solig’i va foyda 
solig’idan ozod etildi. Yog’-moy sanoati korxonalariga 2022 yil 1 yanvargacha 
respublikada ishlab chiqarilmaydigan kaustik soda, aktivlashtirilgan tabiiy mineral 
mahsulotlar va katalizatorlar importida qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashni 90 
kunga kechiktirish imkoniyati berildi. 
Respublika yog’-moy sanoati uzoq tarixga ega. Lekin faqat O’zbekiston 
mustaqillikka erishganidan keyingina barcha sohalarda bo’lgani kabi yog’-moy 
sanoatida ham haqiqiy rivojlanish davri boshlandi. Shu bois hozirgi kunda 
yurtimizda 240 tadan ziyod yirik va kichik yog’-moy korxonalari mavjud bo’lib, ular 
tomonidan 60 turdagi va 200 dan ortiq assortimentdagi yog’-moy mahsulotlari 
ishlab chiqarilmoqda. Korxonalardan 80 tasida o’simlik moyi, 38 tasida margarin 
mahsulotlari, 25 tasida mayonez, 94 tasida xo’jalik va atir sovun va 3 tasida 
distillangan gliserin mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Ishlab chiqarilayotgangan 
yog’-moy mahsulotlari UZTR 520-023:2017:2017 «Yog’-moy mahsulotlari 
xavfsizligi to’g’risida»gi texnik reglament talablariga to’liq javob beradi. 
Korxonalarda ISO 9001:2015 va ISO 22000 xalqaro sifat standartlari joriy etilgan.
Mamlakatimizdagi eng yirik, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan 80 dan 
ortiq korxona “O’zyog’moysanoati” uyushmasi a’zosi hisoblanadi.
Tarmoq korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar, xususan paxta moyi 
va xo’jalik sovuni eksportga chiqariladi. Koson, Guliston yog’ ekstraksiya, Farg’ona 
yog’-moy, Qo’qon yog’-moy, Toshkent yog’-moy, Kattaqo’rg’on yog’-moy, 
Surxonoziqovqatsanoat va Urganch yog’-moy hissadorlik jamiyatlari tarmoqdagi 
eng yirik korxonalardir. 



Oziq – ovqat sanoatining muhim va murakkab yo’nalishlaridan biri yog’-moy 
tarmog’i hisoblanadi. Yog’-moy sanoati strukturasida moy ekstraksiya korxonalari, 
yakuniy mahsulotlari, tabiiy o’simlik moylari (paxta, kungaboqar, soya, maxsar va 
boshqalar) bo’lgan korxonalar, margarin mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, 
sovun ishlab chiqarish korxonalari mavjud.
Ishlab chiqarish jarayonlarining ko’pligi va korxona strukturasining xilma – 
xilligidan yog’ – moy sanoati korxonalari uskunalari ham turli – tumandir. 
Jihozlarning xizmat ko’rsatishi, ularning konstruksiyasi va texnologik jarayoniga 
ko’ra 
uskunalar 
avtomatlashtirilgan, 
yarim 
avtomatlashtirilgan 
va 
avtomatlashtirilmagan holda bo’ladi. Yildan-yilga korxonalarda komplekt 
liniyalarga kiradigan, avtomatlashtirilgan uskunalar birinchi o’rinlarni egallab 
kelmoqda va kelajakda ular maxsus dastur bo’yicha ishlaydi, ularning nazorati va 
boshqarilishi elektron-hisoblash mashinalar yordamida bajariladi. 
Jahon yog’-moy ishlab chiqarish sanoatida oziq-ovqat uchun asosan soya, 
palma, raps (indov), kungaboqar, yeryong’oq kabi moylar katta miqdorni tashkil 
qiladi. Ushbu o’simlik moylari birgalikda ishlab chiqarishning 80% miqdorini 
tashkil qiladi. Jumladan, so’ngi 10 yil ichida raps ishlab chiqarish keskin rivojlandi 
va raps moyi ishlab chiqarish hajmi hozirgi kunda uchunchi o’rinni egallamoqda. 
Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish, xorijiy 
firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmoqda. Korxonalarni 
texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda Sket (Germaniya), «Alfa-Laval» (Shvetsiya), 
«Jon Braun», «Karver», «Kraun», «Massoni», «Bollista», (Italiya), Henan Huatai 
Cereals And Oils Machinery Co. (Xitoy), Sunman Engeneering (Hindiston), 
Turkiya, Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara 
bermoqda. 
Keyingi vaqtlarda Respublikamiz yog’-moy korxonalarida chet yel investrlari 
ishtirokida yangi texnologiya barpo etish va shu bilan birga yangi maxsulot turlarini 
yaratish kabi ishlar jadal amalga oshirilmoqda chet yel investisiyalarini qo’llab, 
ya’ni yangi ishlab chiqarish sexlari, ishlab turgan korxonalarni zamonaviy uskunalar 
bilan jixozlash ishlari amalga oshirilmoqda.



Margarin va mayonez mahsulotlari, shuningdek, xo’jalik va atir sovunining 
salmoqli qismini respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tashkil 
etmoqda. Ushbu mahsulotlarning importi yildan-yilga qisqarmoqda. Bu esa o’z 
navbatida gidrogenlangan va pereeterifikatsiyalangan yog’lar ishlab chiqarish 
rivojlanganidan dalolat beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bugungi kunda yetakchi texnika va 
uzluksiz ishlovchi avtomatlashtirilgan texnologiyalar bilan jihozlangan zavod va 
kombinatlar barpo etilmoqda. Yangi zavod va sexlarni qurish bilan birga mavjud 
zavodlarni yangi texnologiyalar bo’yicha rekonstruksiya va qayta ta’mirlash ishlari 
nazarda tutilmoqda.
Shunday ekan, kichik korxonalarni joriy qilish, shu bilan birgalikda bugungi 
kun bozor iqtisodiyotiga mos keladigan jahon standartlariga javob bera oladigan, 
ekologik jihatdan toza tovarbop yog’-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish dolzarb 
masaladir. 
Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan bozorlarimiz jahon bozoriga 
qo’shilib borayotir, erkin savdoga yo’l ochilib bozorlarimizda chet eldan keltirilgan 
estetik did bilan qadoqlangan o’simlik yog’lari, xo’jalik va atir sovunlar, margarin, 
mayonez mahsulotlari keng assortimentda sotilayapti. Mahsulotlarimiz sifat 
jihatidan chet ellardan keltirilayotganlardan ustunligi ularning sof yog’lardan 
tayyorlanishi bo’lsa, lekin bizda ishlab chiqarilayotgan tarkibi jihatidan, margarin 
mahsulotlari chiroyli qadoqlanganligi, xaridorligi tushib ketmasligi uchun, chet el 
mahsulotlaridan orqada qolib ketmasligi uchun bir qator ishlar olib borilayapti. Shu 
jumladan, «Farg’ona yog’-moy» XJ da sovun ishlab chiqarish sexini qayta jihozlab 
Italiyaning «Massoni» Uyushmaning investisiya dasturida chet eldan keltirilayotgan 
xomashyo mahsulotlari ishlab chiqarishi joylarda tashkil qilish masalasi ham keng 
o’rin olgan: 
-
sohadagi har bir korxonada dezodorasiya asbob uskunasi o’rnatilgach, 
ozuqaviy yog’ ishlab chiqarish hajmi ekstraksiya yog’ini tozalash hisobiga 
nihoyatda oshib, uni chetdan keltirishga hojat qolmaydi; 
-
chetdan keltirilayotgan asbob uskunalar va ehtiyot qismlarni o’zimizda ishlab 



chiqarishni yo’lga qo’yish; 
-
sovun xomashyosini o’zimizda ishlab chiqarish hajmini oshirish; 
-
oqartuvchi tuprog’ini O’zbekistonda kerakli miqdorda ishlab chiqarishni 
tashkil etish. 
Shu bilan birga respublikamizda ishlab chiqarilmayotgan, lekin xaridorgir 
mahsulotlarni – olif moyi, kazein yelimi, ozuqaviy spirt, antifriz, tormoz suyuqligi 
kabilarni ishlab chiqarish ham amalga oshganligini hisobga olganda kelajakda 
import o’rnini bosa oladigan xomashyo, mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga 
qo’yish natijasida yiliga 40 million dollargacha mablag’ni iqtisod qilish 
mo’ljallanayapti. 
O’zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatining asosiy qismlaridan biri 
yog’-moy sanoati hisoblanadi. Respublika aholining moyga bo’lgan ehtiyojini, 
shuningdek xo’jalik va atir sovuniga, yuvuvchi kukunlarga sifatli plyonka hosil 
qiluvchi moddalarga va boshqa mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun 
yog’-moy korxonalari o’zining ishlab chiqarish bazasini intensiv kengaytirib 
bormoqda. 
Kataliz protsessi juda qadim zamonlardan ma’lum bo’lib, halq iste’mol 
mahsulotlari tayyorlashda keng qo’llanilgan. Sutni achitib pishloq tayyorlashda, har 
xil vinolar qilishda, vinoni achitib sirka olishda, non uchun xamir qilishda va boshqa 
mahsulotlarda bu prosessdan foydalanilgan. Bunda asosan katalizatorlik vazifasini 
tabiiy fermentlar – biokatalizatorlar bajargan. Sanoatning keng ko’lamda 
rivojlanishi bilan, tabiiy mahsulotlarni qayta ishlashga ehtiyojning ortib borishi 
bilan, turli sanoat sohalarida sun’iy katalizatorlar yaratish, ixtiro qilishga va ularning 
xossalarini o’rganishga kirishildi. Ayniqsa, og’ir va dispers metallarning katalitik 
xossalari yuqori bo’lgani uchun, neftni qayta ishlashda, ximiya, oziq-ovqat 
sanoatida va boshqa sohalarda ular keng qo’llanib kelinmoqda. Shu sababli, metall 
katalizatorlarning reaksion muhitga ta’sir mexanizmi, ularning yangi turlarini ixtiro 
qilish va yangi sohalarda ishlatish imkonini yaratish ustidagi ilmiy izlanishlar keng 
avj olib ketdi. 
Oziq-ovqat sanoatida, o’simlik yog’larini katalizatorlar ishtirokida 


10 
gidrogenlab, margarin uchun xomashyo – salomas olinadi. 
Hozirgi vaqtda salomas nikel va mis aralashmasidan tayyorlangan geterogen, 
poroshok holatidagi katalizatorlar ishtirokida olib boriladi. Xuddi shuningdek, 
gidrogenizasiyani turg’un-geterogen katalizatorlar ishtirokida ham olib borish 
mumkin. Hozirga qadar turg’un-geterogen katalizatorlarning juda ko’p turlari 
ma’lum bo’lib, bu sohada ancha nazariy taraflari ham o’rganilgan. 
Shuningdek, yog’-moy sanoatidagi eng yangi soha-yog’lar pereeterifikasiyasi 
ham, turli xil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yog’ asoslari olishda juda 
qo’l keladigan katalitik prosessdir. Bunda ximiyaviy va fizikaviy o’zgarishlar 
trigliseridlar tarkibidagi yog’ kislotalari radikallarini katalizatorlar ta’sirida o’rin 
almashinishi bilan boradi. 
O’zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatining yog’-moy ishlab chiqarish 
tarmog’ining texnikaviy yuksalishining asosiy yo’nalishi, yangi texnologiyalar 
yaratish, noan’anaviy moyli urug’larni qayta ishlash texnologiyasini 
takomillashtirish, hamda texnologik uskunalar quvvatini oshirishdan iboratdir. 
Mustaqillikga erishilgandan so’ng yerning ma’lum qismi don yetishtirish 
uchun berildi. Natijada so’nggi yillarda paxta chigitini qayta ishlash korxonalarining 
ta’minoti yiliga 2 mln. tonnagacha kamaydi. Yog’-moy korxonalari paxta chigiti 
bilan 55-60% ta’minlangan. Shu sababli qayta ishlash sanoati uchun yangi qishloq 
xo’jalik ekinlarini, hamda yog’-oqsil xomashyolarini izlash zarur bo’lib qoldi. 
Bu masalani hal etish kelajakda yog’-moy, omixta-yem ishlab chiqarish 
sanoatini rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi. Shunday ekinlardan biri soyadir. Uning 
yog’liligi – 17-20%, oqsil miqdori 50% ni tashkil etadi. Soya donidan olingan yog’ 
mazasi va sifati bo’yicha paxta moyidan qolishmaydi. 
Rafinatsiya jarayonida yog’ va moylar hamroh moddalardan tozalanadi. 
Xom yog’lar tarkibida ishlab chiqarish va saqlash sharoitiga qarab har xil 
aralashmalar ko’p yoki kam bo’lishi mumkin. Bu aralashmalar moylarga rang, 
o’ziga xos ta’m va hid beradi, cho’kma hosil qiladi va ularni xiralashtiradi. Xom 
yog’da hamisha ma’lum miqdorda erkin yog’ kislotalar bo’ladi. Yog’ning 
ishlatilishiga qarab bu aralashmalarning ayrimlari zararli yoki keraksiz bo’lishi 


11 
mumkin.
Rafinatsiya qilingan yog’ni iste’molga yoki texnik maqsadda ishlatish 
mumkin. Rafinatsiyalanmagan yog’ va moylarni esa ishlatish qiyinchilikka olib 
keladi ba’zi bir hollarda umuman ishlatib bo’lmaydi. Yog’ tarkibidagi aralashmalar 
har xil bo’lganligi uchun rafinatsiya jarayoni kompleks usulda ya’ni moydan 
chiqarib tashlanayotgan aralashmaning tarkibi, xususiyatiga qarab har xil reagentlar 
yordamida ketma-ket operasiyalar bilan olib boriladi. 
Zamonaviy rafinatsiya texnikasining rivojlanishi masalalarni kompleks hal 
qiladi va o’simlik moylari hamroh moddalardan tozalanib, hosil bo’lgan 
mahsulotlarni oziq-ovqat sifatida va texnik maqsadda ishlatiladi. O’simlik yog’idan 
fosfatidlarni ajratib olib oziq-ovqat va yem sifatida, ishlatilishi sanoatda ko’p 
qo’llaniladi. Hozirgi paytda yog’dan qimmatli mahsulot sterin va vitaminlarni 
ajratib olish usullari mavjud. Shuningdek, paxta moyidan gossipol mustaqil 
mahsulot sifatida ajratib olish usuli ishlab chiqilgan. 
Sanoatda har kuni kerak bo’ladigan qattiq va yuqori suyuqlanish haroratli 
moylarga talab kattadir. Tabiiy qattiq yog’larni manbasi ko’p emas va ular hayvon 
yog’lari bilan chegaralanadi. 
Suyuq yog’larga kimyoviy ishlov berib, yuqori sifatli qattiq yog’ga bo’lgan 
talabini qondirish masalasi hal qilindi. Gidrogenlash suyuq moylar tarkibidagi 
to’yinmagan yog’ kislotalarini vodorod bilan to’yintirishga asoslangan. Buning 
natijasida to’yinmagan suyuq yog’ kislotalari to’yingan va nisbatan yuqori haroratda 
suyuqlanadigan kislotaga aylanadi. 

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish