157
sifatida amal qiladi. Bu borada davlat moliyasi rivojini ta’minlashda muhim
ahamiyat kasb etib, u bir tomondan
byudjet sohasi samaradorligiga, ikkinchi
tomondan esa, davlat maqsadli jamg’armalari faoliyati natijaviyligiga to’g’ridan-
to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi sharoitda davlat maqsadli jamg’armalarining
dolzarbligi saqlanib qolmoqda. Chunki:
-
bu jamg’armalar byudjet bilan birgalikda davlatning iqtisodiyotga
aralashuviga imkon beradi va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-
quvvatlashni ta’minlaydi;
-
jamg’armalarning maqsadli xarakteri va maqsadi ularning mablag’laridan
samarali foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishni engillashtiradi;
-
ma’lum bir hollarda (ijobiy saldo mavjudligi) jamg’armalarning mablag’lari
byudjet taqchilligini qoplash uchun jalb qilinadi.
Barcha darajadagi byudjetlarning g’aznachilik ijrosiga xos xususiyat shundan
iboratki, byudjetni ijro etish jarayoniga ishtirokchilarning salbiy ta’sirini istisno etadi.
Davlat byudjeti xarajatlarining Yagona g’azna hisobvarag’idan amalga oshirish
jarayonlari g’aznachilik tizimining to’liq joriy etilishini taqozo etadi.
Davlat byudjeti
ijrosida g’aznachilik tizimini joriy etish bo’yicha vazifalarning amalga oshirilishi qabul
qilingan islohotlarda yuksak iqtisodiy va ijtimoiy samara olishni ko’zlaydi.
Respublikamizda g’aznachilik tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish
uchun G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’ida doimiy monitoring
o’tkaziladi. G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’i holatining monitoringini
o’tkazish uchun quyidagi ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi: buyurtma qilingan
mablag’lar hajmi, Davlat byudjetining kassa tushumi va to’lovlari, Yagona g’azna
hisobvarag’idagi mablag’larning kassa qoldig’i.
Yagona g’azna hisobvarag’i holati monitoringining maqsadi quyidagilardan
iborat:
–
Davlat byudjetining kassa ijrosida respublika byudjeti,
mahalliy
byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalarini mablag’lar bilan ta’minlash tartib-
qoidalarining ijrosini baholash;
158
–
Yagona g’azna hisobvarag’i holatini xarakterlovchi ko’rsatkichlarni
baholash va tahlil qilish;
–
Davlat byudjetiga kassa tushumlari va to’lovlarni prognoz qilish.
G’aznachilikni joriy qilishdan asosiy maqsad – byudjet tizimi darajalarida byudjet
mablag’larini samarali boshqarish, moliyaviy nazoratni kuchaytirish va barcha byudjet
tashkilotlari uchun Yagona g’azna hisobvarag’i faoliyatini amalga kiritishdan iborat.
G’aznachilik tizimining faoliyati nafaqat moliyaviy resurslarni safarbar qilish orqali
Davlat byudjeti xarajatlarini muntazam ravishda boshqarish imkonini yaratadi,
balki
ular ustidan samarali nazorat qilish imkonini ham beradi.
«Majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni o’tkazish Pensiya
jamg’armasi daromadlarining belgilangan tasniflariga muvofiq tushumlarning har
bir turi bo’yicha Pensiya jamg’armasining banklardagi tegishli hisob raqamlari
bo’yicha amalga oshiriladi»
74
.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq xizmatining
hududiy organlari:
-
manbalar turlari bo’yicha Jamg’armaga majburiy to’lovlar,
badallar va
boshqa to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, to’liqligi va o’z vaqtida to’lanishi
nazorat qilinishini;
-
manbalar turlari va to’lovchilar bo’yicha Jamg’armaga majburiy to’lovlar,
badallar va boshqa to’lovlar hisobi yuritilishini;
-
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Jamg’armaga majburiy to’lovlar,
badallar va boshqa to’lovlar to’g’ri hisoblanishini, shuningdek Jamg’arma
bilan o’zaro hisob-kitoblarning holati tekshirilishini;
-
qonun hujjatlariga muvofiq majburiy to’lovlar, badallar va boshqa
to’lovlarni hisoblash tartibi va to’lash muddatlari buzilganligi uchun yuridik
va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy va ma’muriy javobgarlik
choralari qo’llanilishini;
-
badallarning shaxslar bo’yicha hisobini
amalga oshirish va mehnat
74
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 30-son
Qarori.
159
daftarchalarini yuritish uchun har chorakda Pensiya jamg’armasiga yuridik
shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan shaxslar va
dehqon xo’jaliklari a’zolari tomonidan to’langan badallarning miqdorlari
to’g’risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi.
Respublikamizda yangi tartib g’aznachilik texnologiyasini
rivojlantirish
vazifalaridan biri – Yagona g’azna hisobvarag’i faoliyatida operatsiyalarni tezkor
boshqarish
va
Yagona
g’azna hisobvarag’ining likvidligini boshqarish
kontseptsiyasini amalga oshirish imkonini beradi. Hozirgi kunda byudjet
amaliyotida g’aznachilik texnologiyalarini takomillashtirish va davlatning
moliyaviy resurslarini samarali boshqarish uchun Davlat byudjeti mablag’larini
prognozlashtirish va kassali rejalashtirishni
takomillashtirish bilan birga, Davlat
byudjeti mablag’lari likvidligini oshirishga olib keladigan Yagona g’azna hisob-
varag’idagi operatsiyalarini nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: