Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


 Pensiya jamg’armasining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

5.6. Pensiya jamg’armasining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini 
G’aznachilikda qabul qilinishi va to’lovlarni amalga oshirilishi 


166 
«Byudjetning g’azna ijrosi» tushunchasini ikki: keng va tor aspektda ko’rib 
chiqish mumkin. Mazkur tushuncha keng ma’noda davlatning byudjet ijrosini 
tavsiflaydi. Byudjet jarayonidagi asosiy bosqich hisoblangan byudjet ijrosi 
qatnashchilari bo’lgan «byudjet kassiri» sifatidagi maxsus g’aznachilik organlari 
ishtirokini ko’rsatadi. «Byudjetning g’azna ijrosi» tushunchasini tor ma’noda 
g’aznachilikni byudjet ijrosining vositasi sifatida ko’rib chiqiladi. Bular maxsus 
davlat hokimiyati yoki mahalliy boshqaruv organlarining qonun hujjatlari asosida 
o’zlariga yuklatilgan vakolatlar orqali byudjet mablag’lari ishlatilishining hisobini 
olib borish va byudjet mablag’i taqsimlovchilarning shaxsiy hisobraqamlari, 
byudjet tashkilotlari, byudjetdan mablag’ oluvchilar byudjet hisobraqamlariga, 
davlat maqsadli jamg’armalarining shaxsiy hisobraqamlari xizmat ko’rsatish 
vazifalaridan iborat. 
Bugungi kunda aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosati 
tamoyillarini amalga oshirish aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar 
rolini kuchaytirish bo’yicha tegishli xulosa va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish 
muhim ahamiyatga ega. Byudjet tashkilotlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va 
stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va 
aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari 
himoyasini so’zsiz ta’minlash, ularning O’zbekiston Respublikasining barcha 
hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni to’siqlarsiz amalga 
oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017 yil 2 fevralda «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash 
mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 
2753-son Qarori qabul qilindi.
Mamlakat hududida 2017 yilning fevral oyidan boshlab barcha turdagi pensiyalar 
hech qanday cheklovlarsiz to’liq hajmda naqd shaklda beriladi. Tog’li va olis 
tumanlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to’lash, ijtimoiy to’lovlar 
hech qanday cheklovlarsiz to’liq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi. Tijorat 
banklari bilan birgalikda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga 
tenglashtirilgan to’lovlarni to’lashda yo’l qo’yilayotgan doimiy suiiste’molliklarni 


167 
so’zsiz bartaraf etishga doir choralar ko’riladi. Mazkur qaror mamlakatimiz 
hududlarida ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar to’lashdagi mavjud ahvolni 
tanqidiy tahlil qilish natijasida qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelayotgan murojaatlar tahlili ish haqi, 
pensiya, nafaqa va stipendiyalarni o’z vaqtida to’lamaslik, to’lovlarni plastik 
kartochkalarga naqdsiz shaklda asossiz ravishda o’tkazish holatlari ko’paygani 
hamda to’lov terminallari va bank apparatlari tizimi etarli darajada 
rivojlanmaganligini ko’rsatdi.
Bir necha o’n yillar mobaynida byudjet ijrosida bank mexanizmi ma’lum 
darajadagi samara bilan qo’llanib kelindi. Lekin keyingi yillarda davlat 
byudjetining kassaviy ijrosi davlat mablag’larini boshqarish, byudjet ijrosini 
tashkil qilish va nazoratini olib borish, mablag’larning samarali ishlatilishini 
ta’minlash masalalarida bir qator muammolarni keltirib chiqardi. Byudjet ijrosida 
g’aznachilik mexanizmiga zaruriyat tug’ildi. 
Davlat byudjeti ijrosida g’aznachilikning quyidagi asosiy tamoyillari belgilandi. 
Byudjetning daromadlar va harajatlarini yagona kassadan amalga oshirilishi. 
Bunda byudjet taqchilligini qoplash uchun byudjetning barcha daromadlari va 
barcha xarajatlari Yagona g’azna hisobvarag’idan amalga oshiriladi. Yagona kassa 
tamoyili asosida byudjet tizimiga kiruvchi barcha darajadagi byudjetlar, qisqa va 
uzoq muddatli dasturlar hamda byudjet tashkilotlarining xarajatlari to’lanadi.
Davlat byudjeti ijrosining hisoboti va buxgalteriya hisobini yagona tasnifga 
asoslangan tizimini yaratilishi. Bu tamoyil Davlat byudjeti g’azna ijrosini o’zida 
mujassamlashtirgan hisobotlar va shu jarayonga tegishli barcha standartlarni joriy 
qilinishini bildiradi. Bunga davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisob-kitob yuritish va 
hisobotlar, davlat maqsadli jamg’armalari, uzoq muddatli dasturlar, byudjet 
tashkilotlarining byudjetdan tashqari jalb qilingan mablag’lari kiradi. 
 

Davlat byudjeti ijrosi jarayonida g’aznachilik va byudjet ijrosi ishtirokchilari 


o’rtasida qonunchilik bazasining (Byudjet Kodeksiga qadar) mukammal emasligi 
va shu organlar o’rtasida muvofiqlashtirishning yo’qligi natijasida kamchiliklar, 
munozarali vaziyatlar va anglashilmovchiliklarning bartaraf etilishi. Davlat 


168 
byudjeti, davlatning maqsadli jamg’armalari, byudjetdan mablag’ oluvchilari, byudjet 
tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari ijrosi jarayonida g’aznachilik 
organlari faoliyatining amaliyotga kiritilishi bilan barcha byudjet jarayoni 
ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarida o’ziga xos nazorat mexanizmi ishlay 
boshladi.
 
Davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimida ko’pgina o’zgarishlar amalga 
oshirildi. «Respublikamizda 2005-2017 yillar mobaynida quyidagi yo’nalishlar 
bo’yicha rivojlanish kuzatildi: davlat byudjeti daromadlar hisobi va ularni byudjet 
tizimi bo’g’inlarida tartibga solish; mahalliy soliqlar va yig’imlar, respublika 
soliqlari, soliqsiz daromadlar hisobi; davlat maqsadli jamg’armalari va mahalliy 
byudjetlarining kassa ijrosi; quyi byudjetlarni moliyalashtirishning pog’onali 
moliyalashtirishga chek qo’yildi. Byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish 
ustidan nazorat kuchaytirildi, mahalliy byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobotni 
tayyorlash muddati qisqartirildi va sifati yanada yaxshilandi. 
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, 
«...Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va 
isloh etish yo’lidagi to’rtinchi ustuvor vazifa – bu bank va moliya tizimlaridagi 
islohotlarni chuqurlashtirishdir»
84
. Respublikamizda davlat moliyasi sohasidagi 
islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan hisoblangan g’aznachilik mexanizmining 
nazorat amallari quyidagilardan iborat: 

byudjet tasnifidan to’g’ri foydalanishni nazorat qilish; 

byudjet mablag’lari oluvchilar va boshqa javobgar shaxslarning imzo va 
muhrlarini solishtirish; 

yuridik majburiyatning ro’yxat raqami mavjudligini tekshirish; 

ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar hisob-kitobining to’g’riligini nazorat 
qilish; 

kreditorning rekvizitlari aniqligini nazorat qilish; 

byudjet mablag’lari maqsadliligini nazorat qilish. 
84
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtrish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va 
isloh etishdir. –Toshkent. O’zbekiston. 2005. –B.55.


169 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish