Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Pensiya ta’minotining moliyaviy resurslarini shakllantirishga



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

4.6.Pensiya ta’minotining moliyaviy resurslarini shakllantirishga 
qaratilgan soliq siyosati tadbirlari 
Soliq siyosati – bu soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar sohasida davlat 
tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi bo’lib, davlat moliyaviy 
siyosatining tarkibiy qismini tashkil etadi. Davlat soliqlar orqali ishlab chiqarish 
sharoitlarini, tovarlar va xizmatlarning sotilishini izga solib boradi, iqtisodiy 
faoliyat uchun muayyan soliq iqlimini tashkil etadi. Davlat byudjetiga kelib 
tushishi kutilayotgan mablag’larni yig’ilishini ta’minlash uchun davlat soliqlar va 
boshqa majburiy to’lovlarni yig’ishning etarlicha ishonchli mexanizmiga ega 
bo’lishi lozim. Ushbu mexanizmda soliq ma’murchiligi asosiylardan biri 
hisoblanadi. Soliq ma’murchiligini takomillashtirish yuzasidan yangiliklarning 
amaliyotga joriy etilishi soliq ma’murchiligini optimallashtirish, mamlakatimizda 
soliq siyosatini samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi. Mamlakatimizda soha 
mutaxassislari soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish va soliq hisobotlarni 
qabul qilish tizimini yanada soddalashtirish kerak deb hisoblashadi. 
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 28-moddasiga muvofiq, soliqlar va 
boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
hollarda ayrim turdagi soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab 


128 
chiqarishda ularning to’lanishi lozim bo’lgan eng kam miqdori belgilanishi ko’zda 
tutilgan. Adliya vazirligida 2010 yil 13 aprelda 2095-son, 2011 yil 23 fevralda 
2200-son va 2011 yil 3 martda 2203-son bilan ro’yxatga olingan Nizomlarga 
asosan, korxona faoliyat ko’rsatish yoki ko’rsatmasligidan qat’iy nazar ushbu 
normativ huquqiy hujjatlar asosida oylik to’lanishi lozim bo’lgan soliq va boshqa 
majburiy to’lovlar hisoblab chiqarilishi va to’lanishi belgilangan. Lekin, yangidan 
tashkil qilingan korxonalar ruxsat berish xususiyatiga ega bo’lgan hujjatni yoki 
litsenziyani olish uchun, shuningdek faoliyatni tashkil qilish bilan bog’liq boshqa 
tadbirlarni amalga oshirilishi uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. Shu sababli 
yangidan tashkil qilingan korxonalar uchun dastlabki 6 oy mobaynida yuqoridagi 
normativ huquqiy hujjatlar asosida oylik to’lanishi lozim bo’lgan soliq va ayrim 
turdagi majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarishda eng kam miqdorlarini tatbiq 
etilmaydi. 
Soliq va byudjet siyosatining 2014 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul 
qilinganligi munosabati bilan 2013 yil 25 dekabrda “O’zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 359-son Qonuni 
qabul qilindi, Soliq kodeksining 311-moddasiga o’zgartirish kiritildi. «Soliq 
to’lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, yakka tartibdagi 
tadbirkorlar sug’urta badallarini majburiy tartibda oyiga eng kam ish haqidan kam 
bo’lmagan miqdorda to’laydi. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan 
holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a’zolari sug’urta badallarini ixtiyoriylik 
asosida yiliga eng kam ish haqining to’rt yarim baravaridan kam bo’lmagan 
miqdorda to’laydi

Belgilangan miqdordagi sug’urta badallarining to’lanishi 
dehqon xo’jaligi a’zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga 
olinadi. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi 
faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan 
qat’i nazar quyidagi miqdorlarda sug’urta badallarini to’laydi: yakka tartibdagi 
tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosi - oyiga eng kam ish haqidan kam 
bo’lmagan miqdorda; oilaning boshqa a’zolari (o’n sakkiz yoshga to’lmaganlar 
bundan mustasno) - oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida to’laydi.


129 
Milliy iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari aholi
daromadlari darajasining o’sishiga ishonchli zamin yaratadi. Bu esa o’z
navbatida, davlatning amaldagi iqtisodiy va ijtimoiy kafolatlarini
ta’minlashga qaratilgan aholining pul daromadlari shakllanishi va ularni qayta 
taqsimlanishini ijro etuvchi davlat moliya mexanizmlarini takomillashirish talabini 
o’rtaga asosiy muammo qilib qo’ymoqda. Bu jihatdan O’zbekistonda mehnat 
yoshidagi fuqarolarni ijtimoiy va pensiya sug’urtalash bugungi kunda o’ta muhim 
ijtimoiy va iqtisodiy omil hisoblanadi. Chunki bozor munosabatlarining 
rivojlanishiga muvofiq ijtimoiy xavf-xatar darajalarini ortib borishi pensiya 
ta’minoti tizimining bozor mexanizmiga o’tishni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan shart 
qilib qo’yadi. Jahonda hukm surayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, barcha 
rivojlangan mamlakatlarida kuzatilayotgan aholining keksayib borishi, ish bilan 
band aholiga nisbatan pensionerlar sonining doimiy oshib borishi, pensioner va 
ishlovchilar soni o’rtasidagi o’zaro nisbatning kattaligi pensiya ta’minoti 
tizimining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki pensiya xizmati darajasini ko’tarish, buning 
uchun qo’shimcha zaxiralarni jalb etish, pensiya tizimlarining moliyaviy 
barqarorligini ta’minlash, ishchining pensiyasini bevosita uning o’z mehnati bilan 
qo’shgan hissasiga bog’lash hamda nodavlat pensiya tizimini shakillantirishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutilmoqda. 
Hozirgi kunda pensiya va nafaqa tizimini isloh qilishning muhimligi fuqarolarni 
iqtisodiy manfaatlariga bevosita bog’liqligi bilan belgilanadi. Taqsimlanuvchi 
pensiya tizimida ma’lum yil davomida to’plangan ijtimoiy soliq ajratmalari joriy 
davrdagi pensionerlarga to’lashga sarflanadi. Shunday qilib, ishlab turgan 
fuqarolarning ijtimoiy soliq to’lovlari hisobidan qarigan kishilarni pensiya 
xarajatlari moliyalashtirildi. 
"Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga qonun hujjatlariga 
muvofiq sug’urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to’lash tarzidagi barcha 
daromadlar qo’shiladi. Davlat tomonidan ijtimoiy sug’urtalanmaydigan shaxslarga 
pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga qonun hujjatlariga 


130 
muvofiq sug’urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to’lash tarzidagi 
daromadlarga o’xshash pul ta’minotining barcha turlari qo’shiladi. O’qish davrida 
to’langan stipendiya pensiya so’rab murojaat etgan kishining xohishiga ko’ra ish 
haqiga tenglashtiriladi. Ish vaqtini hisobga olib bo’lmaydigan xodimlarning 
(dehqon xo’jaliklarining a’zolari, ayrim fuqarolarning yumushlarini bajaruvchi 
shaxslar va boshqalarning) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish 
haqining miqdori O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’langan sug’urta badallarining 
miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi »

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish