Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

60

Pensiya tizimida sug’urta badallarning yakka tartibda hisobini yuritishni 
joriy etish yuzasidan isloh qilishni iqtisodiyotni erkinlashtirish nuqtai-nazaridan 
qarash o’rinlidir. Pensiya tizimi sug’urta badallarini yakka tartibda hisobga 
olishning markazlashgan elektron reestrini joriy etilishi bilan fuqarolarda Pensiya 
jamg’armasiga badal to’lash umumiy g’aznaga to’lov emas, balki uning mehnat 
layoqatini yo’qotgandagi moddiy ta’minoti manbasi bo’lgan pensiya miqdorini 
belgilovchi ish staji va ish haqi miqdori sifatida namoyon bo’ladi. Pensiya 
jamg’armasiga aholining ishonchini ortishi va ishchi-xodimlar, ish beruvchilar 
tomonidan Pensiya jamg’armasiga to’lanadigan badallar miqdorining ortishiga 
sabab bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida aholining individual iqtisodiy faolligining 
ortishiga mamlakatimizda shakllanayotgan qimmatli qog’ozlar bozorining va 
milliy iqtisodiyotning tezkor sur’atlarda rivojlanishiga sabab bo’ladi. Yakka 
tartibda hisobga olishning markazlashgan elektron reestr tizimini har bir 
sug’urtalangan shaxsni uning jamg’arilayotgan pensiya kapitali to’g’risidagi 
saqlanayotgan ma’lumot bilan tanishtirish imkoniyatini beradi. Sug’urtalangan 
shaxs pensiya kapitali to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lgach, u bilan bog’liq 
bo’lgan ma’lumotlarga to’g’riligiga baho berishi va zaruriyat yuzaga kelganida o’z 
noroziligini bildirishi, ma’lumotlarga aniqlik kiritilishini talab qilishi mumkin. 
 
Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo’lgan, shuningdek I va II guruh 
nogironlari bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etgan va 
60
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi 
Qonuniga o’zgartish kiritish haqida»gi Qonuni. 2012 yil 5 yanvar. 


131 
tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a’zolari hamda yuridik 
shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga 
oshirayotgan oila a’zolari uchun sug’urta badalining miqdori uning belgilangan 
miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya 
guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida 
beriladi. Kalendar yil davomida imtiyozga bo’lgan huquq vujudga kelgan yoki 
bekor bo’lgan taqdirda, sug’urta badallarini qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq 
vujudga kelgan yoki bekor bo’lgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi.
Sug’urta 
badallarini 
to’lash 
quyidagicha 
amalga 
oshiriladi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy 
tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan -har 
oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning 25-kunidan kechiktirmay; 
yuridik 
shaxs 
tashkil 
etgan 
va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a’zolari - hisobot 
yilining 1 oktyabrigacha. Bunda sug’urta badallarining miqdori to’lov kuniga 
belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni 
amalga oshirayotgan oila a’zolarining sug’urta badallarini to’lash majburiyati 
oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish ko’radigan yakka tartibdagi tadbirkor 
sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosining zimmasiga yuklatiladi. To’lov 
topshiriqnomasida 
(kirim 
orderida) 
soliq 
to’lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va to’lov 
to’lanayotgan davr albatta ko’rsatilishi shart. Bunda oila a’zolari - oilaviy 
tadbirkorlik ishtirokchilari bo’yicha to’lov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir 
oila a’zosi uchun alohida yoziladi. Agar to’lov topshiriqnomasida (kirim orderida) 
davr ko’rsatilmagan bo’lsa, to’lov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xo’jaliklari 
a’zolari uchun - yil) uchun to’langan deb hisoblanadi.
Ish beruvchi - jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-
huquqiy tarzidagi shartnoma tuzgan va qonun hujjatlariga muvofiq sug’urta 
badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilgan yuridik 


132 
shaxs, soliq agentidir. Yakka tartibdagi hisobga olishga faqat O’zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksining 172-moddasida ko’rsatilgan jismoniy shaxslarning 
mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlari yo’l qo’yiladi. «Yakka tartibdagi 
hisobga olish - davlat ijtimoiy sug’urtasi, shu jumladan davlat pensiya ta’minoti 
maqsadlari uchun ish beruvchi tomonidan har bir jismoniy shaxs bo’yicha taqdim 
etiladigan ma’lumotlar asosida elektron hisobni yuritishdir»
61
.
Qonun hujjatlariga muvofiq sug’urta badallarini hisoblash va ushlab qolish 
majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi 
jismoniy shaxslar jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyani taqdim etish 
bilan bir vaqtda beriladigan sug’urta badallarini ixtiyoriy to’lash to’g’risidagi ariza 
asosida jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyada ko’rsatilgan mehnatga haq 
to’lash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda ixtiyoriy asosda 
sug’urta badallari to’laydi. Ayrim toifadagi shaxslar tomonidan sug’urta 
badallarini to’lash jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya ma’lumotlari 
bo’yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lash muddatlarida amalga oshiriladi. 
Davlat byudjetiga kelib tushishi kutilayotgan mablag’larni yig’ilishini ta’minlash 
uchun davlat soliqlar va majburiy badallarni yig’ishning etarlicha ishonchli 
mexanizmiga ega bo’lishi lozim. O’zbekiston Republikasi Prezidentining 2011 yil 
4 apreldagi 4296-son Farmoni bilan 2014 yilning 1 apreligicha bo’lgan davrda 
soliqlar va majburiy badallarning o’z vaqtida to’lab kelayotgan, shuningdek ishlab 
chiqarish sur’atlarini barqaror o’sishi va rentabelligini ta’minlayotgan kichik 
tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini soliq sohasida tekshirish 
taqiqlangan. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida asossiz tekshiruvlar 
o’tkazilishining oldi olish maqsadida, soliqlarni va boshqa majburiy badallarni o’z 
vaqtida to’lab kelayotgan, shuningdek ishlab chiqarish sur’atlarining barqaror 
o’sishi va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-
61
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga o’tkazilgan sug’urta badallari to’g’risidagi ma’lumotlarni 
yakka tartibda hisobga olishning joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi 90-son Qarori. 2015 yil. 14 aprel.


133 
xo’jalik faoliyatini soliq tekshiruvlarining 2016 yil 1 yanvargacha ta’qiqlash 
yuzasidan O’zbekiston Republikasi Prezidentining 2011 yil 4 apreldagi 4296-son 
Farmoni qabul qilindi.
Pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishdan ko’zlangan asosiy maqsadlar 
quyidagilardan iborat: 

pensiya ta’minotini bozor munosabatlari talablariga yanada moslashtirish;

pensiyalarni moliyalashtirishdagi mavjud muammolarni hal qilish; 

pensiya ta’minoti xarajatlarini kamaytirish, ularning maqsadli sarflanishi 
va pensiya to’lovlarini amalga oshirish ustidan nazoratni kuchaytirish; 

pensiya ta’minotini zamonaviy axborot texnologiyalari orqali boshqarish; 
xususiy pensiya ta’minoti tizimini yaratish va mustahkamlash; 

xususiy pensiya fondlarini shakllantirish va ularda qat’iy nazorat tizimini 
ta’minlash. 
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, 
ularga qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish, yoshlarni tadbirkorlik sohasiga keng 
jalb etish, aholining bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadlarini oshirish 
borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimiz soliq tizimining tubdan yangilanishi va uning bosqichma-bosqich 
takomillashtirilib borilishidan ko’zlangan asosiy maqsad davlatning iqtisodiy 
siyosatini amalga oshirish, aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilishning moliyaviy 
manbasi barqarorligini ta’minlash, fuqarolarning tijorat va boshqa tadbirkorlik 
faoliyatlarini tartibga solish, respublikaning mustaqil davlat sifatidagi xalqaro 
faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo’lgan o’zaro to’lovlarni ta’minlash 
uchun moliyaviy manbalar mustahkamligini saqlash va shuningdek ishlab 
chiqarish vositalari va ish kuchidan samarali, tabiiy boyliklardan oqilona 
foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishni rag’batlantirishdan iborat. 
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq respublikamizda kichik va o’rta biznesni 
rivojlantirishni rag’batlantirish uchun qulay "soliq iqlimi”ni yaratish maqsadida 
tizimda izchil islohotlar amalga oshirilib, mazkur jarayonlarda xalqaro andozalarga 
mos me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Shu asosda soliq turlari va 


134 
stavkalari, soliq solish sub’ektlari va ob’ektlari, soliqlarni to’lashning tartib-
qoidalari, soliq engilliklari, soliq to’lash qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik 
hamda bu borada yuzaga keladigan nizolarni hal etishning tartib-qoidalari 
belgilandi. Natijada manbalaridan qat’i nazar barcha olingan daromadlardan soliq 
to’lashning majburligi, hamma hududiy-ma’muriy pog’onalar uchun yagona 
umumdavlat siyosati ta’minlandi. 
Prezidentimizning 2016 yil 27 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2017 
yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti 
parametrlari 
to’g’risida”gi Qarorlari bilan belgilab berilgan prognoz 
ko’rsatkichlarining bajarilishida soliq va majburiy to’lovlar bilan to’lanadigan 
soliqlarning undirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyamizning 11-bob, 
51-moddacida fuqarolarning qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy 
yig’imlarni to’lashga majburligi belgilab qo’yilgan. Davlat soliq xizmati organlari 
tomonidan soliq qarzlarini qisqartirish borasida soliq qarzdorligi mavjud bo’lgan 
soliq to’lovchilarga nisbatan majburiy undiruv choralari ko’rilgunga qadar, 
qarzdorlarga ortiqcha sud xarajatlarini yuklashning oldini olish maqsadida, birinchi 
navbatda qarzdorlikni to’lab berish to’g’risida ogohlantirish talabnomalari taqdim 
etiladi. Ogohlantirish muddatlarida soliq qarzlarini to’lab bermagan qarzdorlarga 
nisbatan majburiy undirish choralari qo’llaniladi. Qarzdorlik o’z vaqtida 
to’lanmaganligi natijasida, Soliq kodeksining 120-moddasida belgilangan har bir 
kechiktirilgan kun uchun 0,033 foiz penya hisoblanishi belgilab qo’yilgan.O’z 
navbatida qarzdorlikni to’lash bilan bir qatorda qo’shimcha xarajatlar ham paydo 
bo’ladi.
Byudjet va davlat maqsadli jamg’armalariga tushumlar bo’yicha belgilangan 
prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash maqsadida, byudjet va davlat 
maqsadli jamg’armalardan soliq qarzi mavjud bo’lgan xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar mansabdor shaxslarining mas’uliyatini yanada oshirish orqali soliq 
qarzdorligini qisqartirish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda. 
Mamlakatimizda soliq sohasiga oid ayrim qonun va boshqa normativ hujjatlarga 
kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarga ko’ra, Soliq kodeksi 61-moddasining 


135 
birinchi qismida ko’rsatilgan muddat ichida soliq qarzini uzmagan yuridik shaxslar 
soliq qarzini uzish to’g’risidagi talabnomani olgan kundan e’tiboran o’n kun ichida 
davlat soliq xizmati organlariga debitorlar bilan o’zaro hisob-kitoblarning 
solishtirma dalolatnomalarini yoxud to’lov muddati o’tgan debitorlik qarzi mavjud 
emasligi to’g’risida yozma bildirish taqdim etishi shartligi belgilab qo’yilgan. 
Ushbu talablar soliq qarzi mavjud xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mansabdor 
shaxslari tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda, Ma’muriy 
javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning tegishli moddalariga muvofiq ma’muriy 
javobgarlikka tortilishiga asos bo’lishi belgilab qo’yilgan. Buning natijasida soliq 
qarzini uzish to’g’risidagi taqdim etilgan ogohlantirish talabnomalari orqali 30 
kunlik ogohlantirish muddatida qarzdorlardan ikki barobar ko’p mablag’ 
undirilishiga erishilmoqda. Soliq qarzini majburiy undirish borasida olib 
borilayotgan ishlar o’z samarasini bermoqda va buning natijasida soliq qarzi 
miqdorining oldingi davrlarga nisbatan sezilarli darajada qisqartirilishiga 
erishilmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, to’lanishi zarur bo’lgan soliqlar 
davlat maqsadli jamg’armalariga tushumlar o’z vaqtida undirilishi shart. Bu 
mablag’lar pensioner otaxon-u, onaxonlarimizning pensiya pullarini, talabalarning 
stependiyalarini, nafaqa oluvchilarning nafaqalarini o’z vaqtida etkazib berishga 
sarflanadi. Shunday qilinganda aholining ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi. Bu esa 
davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biridir. Muhimi, bugungacha 
o’tkazilgan bunday tadbirlar byudjet va davlat maqsadli jamg’armalariga 
tushumlar belgilangan prognoz ko’rsatkichlarning bajarilishida ijobiy natijalar 
beradi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish