Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
 

8. 
Ipoteka kreditlashni qo’llab-
kuvvatlash fondi 

9. 
Qishloq xo’jaligi texnikasini 
davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlash fondi
 

Majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni o’tkazish Jamg’arma 
daromadlarining byudjet tasnifiga muvofiq tushumlarning har bir turi bo’yicha 
Jamg’armaning banklardagi tegishli hisob raqamlari bo’yicha amalga oshiriladi. 
Pensiya jamg’armasining hududiy boshqarmalari to’lov to’lanadigan har bir 
oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, 
ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar to’lash uchun 
mablag’larga bo’lgan ehtiyoj hajmini belgilaydi hamda Jamg’armaning ijro etuvchi 
apparatiga buyurtmanoma taqdim etadi.


122 
4.5.
 
Pensiya nazoratida O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq 
qo’mitasining ishtiroki 
O’zbekiston Respublikasining «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat 
tomonidan nazorat qilish to’g’risida»gi Qonuni xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga 
soladi. Nazorat qiluvchi organlar — xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini 
davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan 
vazirliklar va idoralardir. Soliq tekshiruvi orqali amalga oshiriladigan davlat 
nazoratining o’ziga xos xususiyatlari soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan 
belgilanadi
58
.
Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari va byudjetdan tashqari fondlar 
mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan muassasalar faoliyatini davlat 
tomonidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) soliq va valyuta to’g’risidagi 
qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda 
boshqa hujjatlarini o’rganish va taqqoslanadi.
Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya va 
soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub’ektining faoliyati to’g’risida davlat 
soliq xizmati organida mavjud bo’lgan boshqa hujjatlarni o’rganish hamda tahlil 
etish asosida o’tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo’yicha qoidabuzarliklar 
aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub’ektlarining 
moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq xizmatining 
hududiy organlari: 
-
 
manbalar turlari bo’yicha Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar, badallar 
va boshqa to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, to’liqligi va o’z vaqtida to’lanishi 
nazorat qilinishini; 
58
O’zbekiston Respublikasining «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish 
to’g’risida»gi Qonuni. 1999 yil 24 dekabr.


123 
-
 
manbalar turlari va to’lovchilar bo’yicha Jamg’armaga majburiy to’lovlar, 
badallar va boshqa to’lovlar hisobi yuritilishini; 
-
 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Jamg’armaga majburiy to’lovlar, 
badallar va boshqa to’lovlar to’g’ri hisoblanishini, Jamg’arma bilan o’zaro 
hisob-kitoblarning holati tekshirilishini; 
-
 
qonun hujjatlariga muvofiq majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni 
hisoblash tartibi va to’lash muddatlari buzilganligi uchun yuridik va jismoniy 
shaxslarga 
nisbatan 
moliyaviy 
va 
ma’muriy javobgarlik choralari 
qo’llanilishini; 
-
 
badallarning shaxslar bo’yicha hisobini amalga oshirish va mehnat 
daftarchalarini yuritish uchun har chorakda Jamg’armaga yuridik shaxs 
bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan shaxslar va dehqon 
xo’jaliklari a’zolari tomonidan to’langan badallarning miqdorlari to’g’risidagi 
ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi “O’zbekiston 
Respublikasi 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va Davlat byudjeti 
parametrlari to’g’risida”gi 2455-son Qarorining 22-ilovasiga muvofiq, belgilangan 
soliqqa tortish ob’ektlaridan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz 
miqdorida majburiy ajratmalar ajratiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l 
jamg’armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz hamda O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va sog’liqni 
saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash 
jamg’armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida majburiy 
ajratmalar ajratiladi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti belgilangan tartibda qabul 
qilingandan va kelgusi yilga uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin 
Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi apparati besh kun muddatda: O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga - mintaqalar bo’yicha kelgusi yilga Pensiya 


124 
jamg’armasi daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini; Pensiya 
jamg’armasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlariga - turlar va 
mintaqalar bo’yicha kelgusi yilga Pensiya jamg’armasi xarajatlarining tasdiqlangan 
asosiy parametrlarini (yo’nalishlarini) etkazadi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish