Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
 


151 
Бюджет таснифи асосида 
харажатларни гуруҳланиши
I. Иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловлар (пенсия, болали
оилаларга нафақалар ва кам таъминланган оилаларга моддий
ёрдам, стипендиялар ва бошқалар);
II. Иш ҳақига қўшимчалар;
III.
Капитал қўйилмалар (Давлат инвестиция дастурида
назарда тутилган аниқ рўйхатларга мувофиқ);
IV. Бошқа харажатлар.
 
5.3.-rasm. Byudjet tasnif asosida xarajatlarning guruhlanishi
68
.
 
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, 
«...Global inqiroz keltirib chiqarayotgan chuqur jarayonlarni faqat eski vosita va 
printsiplarni tuzatish bilan hal etib bo’lmasligidan darak bermoqda va avvalombor, 
moliya va bank tizimining yangi tuzilmasini, uni nazorat qilish va tartibga solish 
mexanizmlarini ko’p tomonlama ishlab chiqishni taqozo etmoqda»
69
.
«Davlat pul mablag’lari oqimlarini tartibga solishda «g’aznachilik» deb 
ataladigan institut tarixi va tajribasiga alohida e’tibor beriladi, g’aznachilik 
institutining faoliyati byudjet ijrosida asosiy infratuzilma sifatida namoyon 
bo’ladi».
70
G’aznachilik institutining joriy qilinishi Davlat byudjeti holatini 
yaxshilashda ijobiy burilish yasaydi. Byudjet jarayonining ijro bosqichidagi 
islohotlar mamlakatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish va moliyaviy 
nazoratni ta’minlash, byudjet tasnifini mukammallashtirish bilan g’aznachilik 
tizimini rivojlantirishga borib taqaladi. Byudjet tasnifi moliyaviy nazoratni amalga 
68
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi «Byudjet tashkilotlarini harajatlarini 
moliyalashtirish (to’lash)” tartibi to’g’risida”gi 414-son Qarori». 
69
Karimov I Bosh maqsadimiz-keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 
hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2013 yil. 19 yanvar.
70
Eshnazarov T.Sh. O’zbekiston Respublikasida g’aznachilik tizimi asoslari. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-
MOLIYA”.2012.–B.17. 


152 
oshirishni hamda byudjet intizomiga rioya qilishni ta’minlaydi. Byudjet tasnifining 
asosiy tamoyillari sifatida quyidagilar e’tirof etilgan: 
-
to’liqlilik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilarini 
qamrab olishi shart; 
-
yagonalik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari uchun 
yagona bo’lishi shart; 
-
o’zaro muvofiqlik – byudjet tasnifining kodlari bir vaqtning o’zida byudjet 
jarayonining har xil operatsiyalarini aks ettirish uchun qo’llanilmasligi 
kerak, nazorat uchun byudjet tasnifining har bir kodi o’ziga xos bo’lishi 
shart.
 
G’aznachilikni joriy etish byudjetning daromadlar qismida tushumlarning to’liq 
va o’z vaqtida tushishini va xarajatlar qismida byudjet mablag’larining maqsadli 
sarflanishining nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarini samarali boshqarish 
imkonini berdi. G’aznachilik nazorati byudjet tasnifi asosida daromadlar va 
xarajatlarini Yagona g’azna hisobraqamiga jamlash, pul mablag’larini to’g’ri 
rejalashtirish, moliyaviy oqimlarning dastlabki va joriy nazoratini amalga oshirish 
hamda davlat byudjetini yuqori tezkorlikda ijro qilish imkonini beradi. 
Davlat 
byudjetining 
g’azna ijrosida moliyaviy nazorat O’zbekiston 
Respublikasining Byudjet kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 594-sonli Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Maxkamasining 2007 yil 20 martdagi "O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
G’aznachiligi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 53-sonli Qarori bilan 
tasdiqlangan Nizomga va boshqa ish yuritish bo’yicha tegishli yo’riqnomalarga 
muvofiq tashkil etildi.
Davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjeti va davlat maqsadli 
jamg’armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, byudjet tashkilotlarining 
byudjetdan 
tashqari 
mablag’lar bo’yicha tushumlarini Yagona g’azna 
hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga 
oshirishni nazarda tutadi. Bu esa Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, 


153 
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari, davlat qarzlari va ularga 
xizmat ko’rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, 
davlat mablag’larining samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy 
resurslarining harakati to’g’risida operativ tarzda ma’lumotlarni jamlash imkonini 
beradi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish