Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


-rasm. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining maqsadi



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

3.2.-rasm. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining maqsadi
35

 
Pensiya jamg’armasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 

tizimli asosda pensiyalar tayinlash va ularni qayta hisoblashning doimiy 
tahlilini o’tkazish va monitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya 
ta’minotiga 
yo’naltiriladigan 
mablag’lardan 
qat’iy 
maqsadli 
foydalanilishini ta’minlash; 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya 
35
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 30-son 
Qarori. 
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining
 maqsadi 
davlat tomonidan kafolatlangan pensiya ta’minoti 
tizimida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish 
aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish uchun 
moliyalashtirish chora-tadbirlarini o’z vaqtida va 
to’liqligicha ta’minlashga erishish 
daromadlarga mo’ljallangan majburiy badal, 
yig’im va ajratmalarning to’liq yig’ilishini 
ta’minlash 


80 
ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, 
kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni tayinlash, pensiyalar va 
boshqa to’lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash; 

pensiyalar va boshqa to’lovlarni to’liq hajmda moliyalashtirish va 
to’lanishini tashkil etish, ular bo’yicha hisob va hisobotni yuritish; 

mehnatda mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik 
tufayli tayinlangan pensiyalarga to’langan mablag’larni da’volar bo’yicha 
aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni 
tashkil etish; 

tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari faoliyatini tashkil etish. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 
«O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasi to’g’risida Nizomni tasdiqlash haqida»gi 30-son Qaror qabul 
qilindi. “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasi to’g’risida”gi Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizom O’zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi 
huzuridagi 
byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg’armasining pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlarini va 
boshqa to’lovlarni tayinlashni, moliyalashtirishni, hisobga olishni va ularning 
to’lanishi monitoringini olib borishni, ushbu maqsadlarga yo’naltiriladigan 
maqsadli moliyaviy resurslarni jamlashni, shuningdek tibbiy-mehnat ekspertizasi 
xizmatlari faoliyatini tashkil etishni amalga oshirish bo’yicha asosiy vazifalari, 
funktsiyalari va vakolatlarini belgilaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 sentyabrdagi “2007-2010 
yillarda yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish 
va ularga ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlar Dasturi 
to’g’risida”gi 459-sonli Karoriga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tasdiqlaydigan ro’yxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari 
imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo’ldilar. Chunonchi:
 
o
yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, 
muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro’yxati (kon 


81 
sanoatidagi etakchi kasb egalari, bevosita erosti va ochiq kon ishlarida to’liq 
ish kuni davomida band bo’lgan xodimlar, uchuvchilar va uchuvchi-
sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarning xizmat muddati – erkaklarda 20 
yil, ayollarda 15 yil bo’lganda); 
o
umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish 
huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, 
lavozimlar va ko’rsatkichlarning 2-sonli ro’yxati (erosti ishlarida, mehnat 
sharoiti o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarda to’liq ish kuni davomida band 
bo’lgan xodimlar, tsirklar va kontsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari 
ijodiy ishdagi staji kami 20 yil bo’lgan taqdirda); 
o
umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish 
huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar 
va ko’rsatkichlarning 3-sonli ro’yxati (urush nogironlari va ularga 
tenglashtirilgan shaxslar, qishloq xo’jaligi xodimlarining ayrim toifalari, 
aviatsiya muhandis texniklari tarkibining xodimlari, shahar yo’lovchilar 
tashish transporti haydovchilari, besh va undan ortiq farzand tuqqan hamda 
ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan ayollar, ekologiya falokati mintaqasida 
ishlagan fuqarolar, ijtimoiy ta’minot tizimining qariyalar, nogironlar va 
yolg’iz fuqarolarga xizmat ko’rsatishda bevosita band bo’lgan xodimlar). 
O’zbekistonda nogironlarga nisbatan olib borilayotgan ijtimoiy siyosat ularning 
hayotda va jamiyat taraqqiyotida faol qatnashish imkoniyatlarini kengaytirishga, 
moddiy ahvollarini yaxshilashga qaratilgan. Hayot faoliyatining buzilishi 
darajasiga qarab birinchi, ikkinchi nogironlik guruhi belgilanadi.
Mamlakatda 
pensiya 
tizimini 
isloh 
qilish, 
uning 
huquqiy 
asoslarini 
respublikamizdagi demografik sharoitga moslashtirish muhim. Byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasi hamda uning hududiy boshqarmalari va bo’limlarining 
fuqarolarni pensiya ta’minotini amalga oshirish bilan bog’liq huquq va 
majburiyatlarini takomillashtirish talab etiladi. Ushbu yo’nalishdagi tadbirlar 
mamlakatimizda mehnatni rag’batlantirish, ish haqini ko’paytirish va aholi 
daromadlari o’sishini ta’minlash eng muhim ustuvor yo’nalishlar sifatida 


82 
belgilangan. Mamlakatimizda fuqarolarga davlat pensiyasini to’lash tartibini 
takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqish dolzarb masala sanaladi. 
O’zbekiston Prezidentining 2017 yil 13 martdagi "Pensiya va nafaqalarni to’lash 
mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 2826-son 
qaroriga muvofiq, endilikda Xalq banki butun respublika bo’yicha pensiya va 
nafaqalarni to’lash bo’yicha yagona vakolatli bankka aylandi.
2017 yil iyulgacha pensiya, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa 
to’lovlarni naqd pulda to’lash "O’zbekiston pochtasi" AJdan sekin-asta Xalq banki 
bo’limlariga o’tkaziladi. Yangi mexanizm O’zbekiston Prezidentining 2017 yil 2 
fevraldagi "Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini 
takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”ga qarorining o’z 
vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlashi kerak.
Hududiy ijroiya organlari bankni pensiya va nafaqalarni naqd pullarda beruvchi 
maxsus kassalarning ishini tashkillashtirish uchun fuqarolar yig’ini binolarida va 
pensionerlar tomonidan pensiyalarni olish uchun qulay bo’lgan boshqa ma’muriy 
binolarda alohida xonalar bilan bepul asosda ta’minlashlari kerak. Pensiya yoki 
nafaqani olish uchun maxsus kassalarga mustaqil bora olmaydiganlarga pensiyalar 
ularning yashash joylari bo’yicha Xalq banki tomondan etkaziladi.
Markaziy bank esa pensiya va nafaqalar har oyning 27 sanasigacha to’lab 
bo’linishini hisobga olgan holda Xalq banki arizalariga muvofiq, u pensiya va 
nafaqalarni uzluksiz berishi uchun uni zarur bo’lgan naqd pul bilan ta’minlaydi. 
Xalq banki buni amalga oshirish uchun kassirlar va nazoratchilar sonini oshiradi, 
markaziy apparat va filiallarni zaruriy sondagi mutaxassislar bilan butlaydi hamda 
kerakli jihozlar va kompyuter texnikasini xarid qiladi. Naqd pullarni maxsus 
kassalargacha etkazish uchun 590 ta inkassatorlik "Damas"lari xarid qilinadi. 
Markaziy bank ko’magida Xalq bankida o’z inkassatsiya xizmati tashkil etiladi. 
Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasi va Xalq banki mablag’ 
oluvchilarni SMS-xabardor qilish texnologiyasini joriy qilish bilan onlayn rejimda 
aholiga pensiya va nafaqalarni berish va uni nazorat qilishni avtomatlashtirish 
maqsadida tegishli ma’lumotlar bazalarining integratsiyasini ta’minlaydi. 


83 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya 
jamg’armasining tashabbusi, O’zbekiston Respublikasi Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg’armasining tashkiliy hamda 
moliyaviy ko’magi, shuningdek 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish