Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 3.2.-jadval
 
O’zbekiston Respublikasi pensiya tizimining rivojlanishi 
 
 
Yillar 
 
Jarayon 
 
1991 
Milliy Pensiya tizimi faoliyat yurita boshladi 
1993 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi tashkil etildi 
1994 
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya 
ta’minoti to’g’risida»gi Qonuni amalga kiritildi 
1996 
Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi 
huzuridagi Pensiya jamg’armasiga aylantirildi 
1997 
Pensiya jamg’armasi mablag’lari Davlat byudjeti tarkibida 
konsolidatsiyalashdi 
2000 
Pensiya jamg’armasiga davlat maqsadli jamg’armasi maqomi 
berildi 
2004 
Pensiya jamg’armasi Moliya vazirligining idoraviy tashkiloti 
etib belgilandi 
2005 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi tashkil etildi 
2009 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining barcha 
pensiya tayinlovchi va TMEX birliklari O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 


76 
Pensiya jamg’armasi tarkibiga o’tkazildi 
2013 
Byudjet Kodeksida Pensiya jamg’armasini davlat byudjeti 
tarkibiga jamlangan davlat maqsadli jamg’armalar sifatida 
kiritilishi mustahkamlandi 
 
O’zbekiston Respublikasining 1992 yilgi Konstitutsiyasi birinchi marta 
fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olish huquqini mustahkamladi. Konstitutsiyada ilk 
bor pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman 
belgilab qo’yilgan, eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emasligini 
belgilangan. Konstitutsiyaga ijtimoiy himoya yuzasidan kiritilgan norma asosida 
boshqa normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Jumladan, O’zbekiston 
Respublikasining 
«Fuqarolarni 
davlat 
pensiya 
ta’minoti to’g’risida»gi, 
«Fuqarolarni sog’lig’ini saqlash to’g’risida»gi, «Keksalar, nogironlar va aholining 
boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to’g’risida»gi, 
Qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari, 
qarorlari shular jumlasidandir. 
Davlat pensiyalari dunyodagi ko’plab mamlakatlarda mavjud, hozirda ham 
amal qilib kelmoqda. Bizning mamlakatimizda davlat pensiyalari qarigan hamda 
mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki butunlay yo’qotgan fuqarolarni, boquvchisini 
yo’qotgan oila a’zolarini moddiy jihatdan ta’minlash uchun davlat tomonidan 
beriladigan moddiy ta’minot 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan O’zbekiston 
Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunida 
belgilangan. Bugun hayotimizning o’zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng -
asosiy maqsad - inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb 
vazifa qilib qo’ymoqda.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida har kim 
qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, boquvchisini yo’qotganda va qonunda 
nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega, deb 
belgilangan. Har bir fuqaro ana shu konstitutsiyaviy huquqlardan foydalangan 


77 
holda jamiyat tomonidan ularga ko’rsatilayotgan ijtimoiy ta’minotdan foydalanishi 
mumkin. Har bir jamiyatda aholi daromadlari siyosati pensiya qonunchilik 
hujjatlarda belgilangan quyidagi tamoyillar asosida yuritiladi: 

pensiya tizimida ijtimoiy adolat; 

ijtimoiy hamkorlik va aholining barcha qatlamlarining birdamligi; 

fuqaroning moddiy ahvoli uchun shaxsiy mas’uliyat; 

mehnat huquqi va uni munosib rag’batlantirish; 

kasbiy uyushmalar huquqi. 
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30-dekabrdagi 
“Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlarito’g’risida”gi Farmoni pensiya ta’minoti tashkiliy tizimini yanada 
takomillashtirish imkonini berdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi 
“O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi PQ-1252-sonli qaroriga asosan Moliya vazirligi xuzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga pensiya ta’minotini amalga oshirish 
bilan bog’liq barcha vakolatlar to’liq o’tkazildi. Mazkur hujjatda Pensiya 
jamg’armasi tomonidan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o’z vaqtida, to’liq 
miqdorda moliyalashtirish, to’lovlar ustidan monitoring yuritish, pensiya 
ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’larning maqsadliligi va nazoratini 
kuchaytirish borasida bir qator vazifalar belgilab berildi. 2011 yil yanvardan 
pensiya qonunchiligiga pensiyalar miqdorining Pensiya jamg’armasi mablag’larini 
shakllantirishda fuqarolar hissasiga bog’liqligini kuchaytirishga qaratilgan qator 
o’zgartishlar kiritildi. Ayrim toifadagi shaxslarning pensiya ta’minoti huquqi, ish 
stajini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatining ba’zi davrlarini hisobga olish 
optimallashtirildi. Ijtimoiy adolatni kuchaytirish maqsadida yoshga doir pensiya 
tayinlash uchun mehnat stajining eng kam chegarasi belgilandi. 
Respublikamizda «…Keksa avlod vakillariga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish, 
ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirishga, muhtaram 


78 
faxriylarimiz hayotiga daxldor muammolarni hal etishga alohida ahamiyat 
qaratiladi»
34
. Respublikamizda keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada 
yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish, 
yoshi ulug’ insonlar, ayniqsa, 1941 - 1945 yillardagi urush va mehnat fronti 
faxriylariga ijtimoiy himoya, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni 
takomillashtirish, keksalarning o’rnini mustahkamlash maqsadida 2015 yil 18 
fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Keksalarni e’zozlash yili» 
davlat dasturi to’g’risida»gi 2302-son Qarori qabul qilindi. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi, 
Mehnat 
vazirligi 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 
fuqarolar 
pensiya 
ta’minoti masalalari uchun mas’ul bo’linmalaridagi 
fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlari yig’majildlari, buxgalteriya hujjatlari, 
arxivlar, ularga tegishli binolar (xonalar) va mol-mulklar belgilangan tartibda 
xatlovdan o’tkazilishi va Pensiya jamg’armasi bo’linmalariga topshirilishini 
ta’minlandi. Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Pensiya 
jamg’armasining yangi tashkil etilayotgan bo’linmalari moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo’yicha tadbirlar 
tasdiqlandi. 
O’zbekiston Respublikasi pensiya tizimida O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi alohida o’rin tutadi. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasining moliyaviy barqarorligiga, normativ-huquqiy bazasiga hamda 
joylarda 
aholiga 
hizmat 
ko’rsatuvchi 
bo’linmalarning 
moddiy-texnik 
mustahkamlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Fuqarolarning pensiya ta’minoti 
xarajatlarini optimallashtirish, mablag’larning maqsadli sarflash va pensiya 
to’lovlari ustidan nazorat kuchaytiriladi. 
34
Karimov I. “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib 
berish − ustuvor vazifamizdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2015 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan 
O’zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2015 yil. 18 yanvar.


79 
Quyidagi rasmda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining maqsadlari 
berilgan. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish