Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

3.1.-jadval 
O’zbekiston Respublikasining yillik ijtimoiy ustuvorlari 
Yillar 
 
O’zbekiston Respublikasining yillik ijtimoiy 
 Ustuvorlari 
1997 
Inson manfaatlari yili 
1998 
Oila yili 
1999 
Ayollar yili 
2000
Sog’lom avlod yili 
2001 
Onalar va bolalar yili 
2002 
Qariyalarni qadrlash yili 
2003 
Mahalla yili 


67 
2004 
Mehr va muruvvat yili 
2005 
Sihat-salomatlik yili 
2006 
Homiylar va shifokorlar yili 
2007 
Ijtimoiy himoya yili 
2008 
Yoshlar yili 
2009 
Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili 
2010 
Barkamol avlod yili 
2011 
Kichik biznes va tadbirkorlar yili 
2012 
Mustahkam oila yili 
2013 
Obod turmush yili 
2014 
Sog’lom bola yili 
2015 
Keksalarni e’zozlash yili 
2016 
Sog’lom ona va bola yili 
2017 
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 
Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa, avvalo, odamlar bilan, xalq bilan 
muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va 
ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak. «Eng asosiy ustuvor vazifa – «Xalq bilan muloqot 
va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish, «Inson manfaatlari 
hamma narsadan ustun» degan olijanob g’oyani izchillik bilan hayotga tatbiq 
etishdan iborat. Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy 
o’zgartirishlar kiritish uchun poydevor bo’lishi kerak. Islohotlarning qay darajada 
samara berayotganini ko’rsatadigan maqsadli dasturlarni amalga oshirish 
natijadorligi muhim»28. «..2015 yil siyosatimizning bosh maqsadini, ya’ni inson 
28
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 
ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 
2016 yil.


68 
manfaati har narsadan ulug’, degan ezgu g’oyani izchil davom ettirish, hayotimizni 
yanada obod va farovon etish yo’lida yana bir ulkan qadam bo’ladi»29.
2017 yilgi davlat dasturining birinchi galdagi vazifalari belgilandi. Jumladan: 

Dastur joylarda qabul qilingan qonunlar, buyruqlar va boshqa qonunchilik 
hujjatlariga rioya qilinishi, davlat organlarining o’zlariga yuklatilgan vazifa 
va funktsiyalarni bajarish bo’yicha faoliyatining samaradorligi ustidan 
parlament va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini shakllantirish bo’yicha 
chora-tadbirlarni shakllantirish; 

joylarda "xalq qabullari"ni joriy etishning tashkiliy-amaliy, huquqiy, moddiy-
texnik va moliyaviy asoslarini belgilash, fuqaro murojaatlari eng ko’p 
kuzatiladigan sohalardagi byurokratik to’siqlarni va muammolarni bartaraf 
etish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilinishini ta’minlash; 

aholiga talab katta bo’lgan davlat xizmatlarini «yagona darcha» tamoyili 
bo’yicha bir muassasa orqali ko’rsatish tizimini takomillashtirish bo’yicha 
chora-tadbirlar qabul qilindi. Davlat organlari faoliyatida zamonaviy axborot 
texnologiyalari o’rnini kengaytirish, «Elektron hukumat» tizimini samarali 
rivojlantirish borasidagi choralar; 

aholining huquqiy madaniyati va moliyaviy-iqtisodiy savodxonligini oshirish 
hamda fuqarolarni qonunga
hurmat ruhida tarbiyalash tizimini shakllantirish 
bo’yicha tadbirlar ham davlat dasturiga kiritiladi. 

hududlarda tijoriy banklarning faol ishtiroki bilan yangi ish joylari tashkil 
qilish, shuningdek, ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiyalar miqdorini 
ko’paytirish, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish; 

muhandis-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi sohalarini 
yangilash va rivojlantirishga qaratilgan maqsadli dasturlarning amalga 
oshirilishi; 

ijtimoiy himoya, ta’lim va sog’liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish bo’yicha 
kompleks choralarni amaliyotga tatbiq etish. 
29
Mirziyoyev Sh.
Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining 
garovi. O’zbekiston Respublikasi Prezedentining O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 24 yilligiga 
bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2016 yil. 8 dekabr.


69 
O’zbekistonda «Kuchli davlatdan–kuchli fuqarolik jamiyatiga» kontseptsiyasi 
izchil amalga oshirilar ekan, bunda Pensiya jamg’armasiga alohida ahamiyat 
beriladi. Pensiya jamg’armasi – ijtimoiy ta’minot tizimining xalqimizga xos noyob 
tizimidir. Pensiya jamg’armasi institutining joriy qilinishi davlat byudjetining 
aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarini moliyalashtirishda ijobiy burilish yasadi.
Mamlakatda davom etayotgan va bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga qaratilgan 
chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar fuqarolarni samarali ijtimoiy himoyalashni 
nihoyatda muhim vazifalardan biriga aylantirdi. Bir tomondan, bu o’zgarishlar 
fuqarolarning ijtimoiy himoyalanishini kuchaytiradi, ikkinchi tomondan esa, inson 
faoliyatining ayrim holatlarida ijtimoiy himoya qilish bo’yicha ko’proq mablag’ 
sarflanishini talab etadi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish