Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

the Employee 
Benefits Security Administration of the 
Department of 
Labor
)ning 1-bo’limi nazoratga mas’ul va davlat pensiya rejasi 
nazoratini amalga oshiradi. Kongress shtat va mahalliy pensiya ta’minotini Ichki 
Daromad Xizmatidan (ERISA) boshqa hech qaysi federal hukumat agentligi 
nazorat qilmaydi va tartibga solish vakolatiga ega emas. Yirik davlat pensiya 
ta’minoti homiylari bo’lgan federal, shtat nazoratchilarining kamligiga uchun 
davlat pensiya ta’minoti nazorati vakolati huquqini turli muassasalarga bergan, 
bunda ba’zilari boshqalaridan ko’ra vakolatga ega. Umuman olganda, bu kabi 
nazorat vakolati huquqi ikki turdagi hukumat tashkilotlariga beriladi: shtat 
qonunchiligi tomonidan belgilangan shtat qonun chiqaruvchi organ qo’mitasi yoki 
mustaqil pensiya qo’mitasi”
26

“…Mustaqil pensiya qo’mitasi yoki pensiya masalalari bo’yicha doimiy 
qonuniy qo’mitasi bo’lmagan shtatlar pensiya bilan bog’liq masalalar uchun vaqti-
vaqti bilan vaqtinchalik pensiya qo’mitalarini tuzadilar. Ular odatda bir yillik qisqa 
muddatga tuzilganligi uchun vaqtinchalik bo’ladi. Doimiy qo’mitaga qiyoslaganda, 
vaqtinchalik qo’mita cheklangan vakolatga ega bo’lib, uning asosiy maqsadi joriy 
26
Jun Peng. State and Local Pension Fund Management. (Public Administration and Public Policy) 0 th Edition. 
USA: Publisher: Auerbach Publications (August 21, 2008). – P. 103 


59 
siyosat va amaliyotni ko’rib chiqib pensiya islohotlari bo’yicha tavsiyalar 
berishdir.
Vaqtinchalik pensiya qo’mitasi odatda davlat pensiya qo’mitasida 
moliyalashtirishda jiddiy uzoq muddatli etishmovchilik bo’lganda va pensiya 
tizimini barqaror yo’lga qo’yishilishi uchun yirik islohot kerak bo’lganda tuziladi. 
Masalan, 1999 yilda Davlat pensiya va nafaqadagilarning tibbiy sug’urta nafaqalari 
bo’yicha Michigan Qo’mitasi (1) davlat pensiya va nafaqa tizimlarini 
moliyalashtirish, boshqaruv, nazorat va moliyaviy balanslashtirish va ta’sir 
ko’rsatuvchi qonunlarni qayta ko’rib chiqish; (2) davlat pensiya va nafaqa 
tizimlarini moliyalashtirish va jamg’arilgan majburiyatlarning ko’lami mosligini 
ko’rib chiqish; (3) davlat pensiya va nafaqa tizimlariga boshqaruvchi va ta’sir 
ko’rsatuvchi shtatlardagi qonunlarda bu kabi o’zgartirishlarni e’tiborga olish, 
tavsiya qilish va hisobot berish uchun tuzilgan.Qo’mita davlat tomonidan 
tayinlangan shaxslardan tashkil topib, tuzilganidan 1 yildan kechikmay o’z ishini 
yakunlashiga to’g’ri kelgan. 2000 yillarning boshlarida, pensiya ta’minotining 
moliyalashtirish nisbati pasayishini keltirib chiqargan fond bozoridagi jiddiy 
tushish, Illinois, Nyu Jersey va Kaliforniya kabi shtatlar pensiyani moliyalashtirish 
masalalarini o’rganish uchun pensiya qo’mitalarini tuzdi. Biroq qo’mitalar 
tomonidan qilingan tavsiyalar odatda shtat qonunchiligi bilan bog’lanmagan 
bo’ladi. Qo’llanilish vakolatining kamligiga qaramasdan, vaqtinchalik pensiya 
qo’mitalari saylangan mansabdor shaxslar va aholini pensiya ta’minotlari duch 
kelayotgan muhim tizimga oid va siyosiy masalalarni bildirish maqsadiga 
erishmoqdalar. 
O’zbekiston Respublikasida pensiya tizimidagi islohotlarni olib borishda bu 
boradagi xorijiy tajribalarni har tomonlama o’rganish, jahon mamlakatlarida 
aholining ijtimoiy himoyasiga xizmat qiladigan, keksaygan paytida fuqarolarga 
munosib turmush sharoitlarini ta’minlaydigan, shu bilan birga, bozor sharoitlariga 
mos bo’lgan, fuqarolarning o’z farovonligini ta’minlashdagi mas’uliyatini 
oshirishga xizmat qiladigan mukammal pensiya ta’minoti tizimini shakllantirish va 
uning iqtisodiy-moliyaviy asoslarini mustahkamlash masalalari islohotlarning 


60 
diqqat markazidagi dolzarb masalalari qatorida turibdi.
O’zbekistonda o’rta muddatli istiqbolda pensiya tizimini davlat nazorati asosida 
moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1.
O’zbekistonda pensiya tizimini moliyaviy barqarorligini ta’minlashga 
qaratilgan maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, 
ko’p darajali kombinatsiyalashgan pensiya tizimini shakllantirish kerak.
2.
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarni jamg’arib boriladigan pensiya 
ta’minoti to’g’risida»gi qonun normalarini amaliyotga samarali joriy etish 
uchun qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish lozim. «Nodavlat 
pensiya fondlari», «Davlatning ijtimoiy sug’urtalash», «Majburiy xususiy 
pensiya ta’minoti» kabi pensiya tizimini modernizatsiyalashni huquqiy 
asosini tashkil etuvchi qonunlarni qabul qilish qilish vaqti keldi.
3.
O’zbekistonda pensiyani mehnat stajiga qarab to’lashdan elektron shaklda 
nazorat yo’lga qo’yilgan sug’urta stajiga asosan to’lashga bosqichma-
bosqich o’tish boshlandi. Kelgusida «Birdamlik» pensiya tizimidan 
bosqichma-bosqich jamg’ariladigan pensiya tizimiga o’tish siyosatini 
izchillik bilan amalga oshirish zarur.
4.
Pensiya 
jamg’armasi 
mablag’larini 
shakllantirish 
mexanizmini 
takomillashtirishda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga korxonalar 
faoliyatidan olingan boshqa daromadlarni ko’paytirish lozim. 
5.
Jahonda pensiya ta’minotining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning 
ilg’or tajribalarini respublikamiz amaliyotida qo’llash maqsadida, aholi 
turmush darajasini oshayotganligini hisobga olib, yagona ijtimoiy to’lov 
yukini ish beruvchilardan ishchi va xodimlar zimmasiga bosqichma-bosqich 
o’tkazish, ya’ni amaldagi 87:13 nisbatni istiqbolda 50:50 nisbatga etkazishni 
ta’minlash mumkin. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish