Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.5.-rasm. Ijtimoiy sug’urta turlari 
 
Pensiya 
sug’urtasi 
Ishlab 
chiqarishda 
baxtsiz 
hodisalardan 
sug’urtalash 
Majburiy 
tibbiy sug’urta 
onalik, o’lim 
holati 
 
Vaqtinchalik 
mehnat 
layoqatini 
yo’qotish 
Ijtimoiy sug’urta
turlari


56 
Amaliyotda fondlarni rivojlantirish yo’llari va xususiyatlaridagi, xizmatlar hajmi 
va sifatidagi hamda moliyalashtirish usullaridagi tafovutlarga qaramay, ijtimoiy 
himoya tizimi yagona tamoyillar asosida amal qiladi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti 
(XMT) mutaxassislarining fikricha, ijtimoiy sug’urta tizimi iqtisodiy qulaylik, 
yakka adolatlilik hamda moliyaviy nazorat va ijtimoiy samaradorlikni 
ta’minlaydigan tarzda qurilishi zarur. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish zararni 
qoplash, aholini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning ta’sirini 
kamaytirish yoki oldini olish maqsadida ijtimoiy risklarni boshqarish tizimi 
sifatida qaraladi. Ko’pchilik ijtimoiy himoya tizimlarining vazifasi kishilar 
daromadlarining barqarorligini qo’llab-quvvatlash, kerakli ijtimoiy xizmatlardan 
teng foydalanish huquqini taqdim qilishdan iborat.
Jahon amaliyotida ishlovchi aholi uchun yollanma ishchilar va mustaqil 
ravishda band aholini ahamiyatliroq, jiddiy va ko’lamli ijtimoiy risklardan 
muhofazalashni ta’minlaydigan ijtimoiy sug’urta ijtimoiy ta’minot huquqini 
amalga oshiradigan asosiy institut hisoblanadi. Quyidagilar ijtimoiy sug’urtaning 
asosiy tamoyillari hisoblanadi: 
a)
sug’urtalash sub’ektlari ishtirokining majburiylik tavsifi; 
b)
sug’urtalanganlar o’rtasidagi cheklangan birdamlik; 
c)
sug’urtalash jarayonini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi sifatida 
davlatning ishtiroki; 
d)
mehnat faoliyati davomida sug’urtalangan daromad bilan taqqoslanuvchan 
to’lovlar darajasi va tizimni moliyalashdagi ishtiroki o’rtasidagi puxta 
bog’liqlik; 
e)
mablag’larning maqsadli ishlatilishi. 
Umuman olganda, xorijiy davlatlarda pensiya yoshini ko’tarish hisobidan 
pensiya moliyaviy ta’minotini mustahkamlashga urinishlar, pensiya miqdorini 
badallar bilan yanada kuchliroq muvofiqlashtirish, shuningdek, moliyaviy nazorat 
asosida pensiya tizimini moliyalashtirishni avtomatik barqarorlashtirish mexanizmi 
joriy etilishiga qaramay pensiya xarajatlari muntazam o’sib bormoqda. 


57 
Rossiya, Polsha va Qozog’istondagi pensiya sug’urtasini samarali isloh qilishning 
asosiy omillari, birinchidan, ularning izchilligi va majmualigidir. Islohotlarga 
bo’lgan yondoshuv va tamoyillar muntazam o’zgartirib turilsa, ularning maqsadi 
xam noaniqlashib qolaveradi, pirovard natijalar samaradorligi esa past bo’ladi. 
Pensiya sug’urtasiini muvafaqiyatli va izchil amalga oshirish tajribasi Qozog’iston 
pensiya tizimida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ushbu muvafffaqiyatlarni odatda Chili 
pensiya islohoti “yutuqlari” bilan qiyos qilinadi.
Ikkinchidan, sug’urta fondlarini tashkil etish va boshqarishda sug’urta 
tamoyillariga jiddiy rioya etish zarur. Ijtimoiy sug’urtaning aynan sug’urta 
tamoyillariga amal qilishi talab etiladi. Qozog’istondagi jamg’arib boriladigan 
pensiya tizimi sug’urta tamoyillariga asoslangan bo’lib, nodavlat pensiya fondlari 
faoliyati avtonomiyasi nafaqat moliyaviy, balki umumiy tashkiliy asosga qurilgan. 
Sug’urta fondlari uchun to’lovchilar va mablag’ oluvchilar doirasini aniq belgilab 
olinishi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda ular biri-biriga mutanosib emas va 
fondlar ba’zan davlat ijtimoiy ta’minoti vazifasini o’tamoqda. Xamon imtiyozli 
(kasbga ko’ra) pensiyalar amal qilmoqda, kelib tushayotgan mablag’lar yordam 
ko’rsatish qoidasi asosida taqsimlanmasligi kerak. Mazkur yo’nalishda davlat, ish 
beruvchi va xodim o’rtasida javobgarlik va moliyalashtirish ishlarida mo’’tadil 
mutanosiblikni o’rnatish zarur. Davlat eng kam ijtimoiy standartlarini va ularning 
muntazam indeksatsiya qilinishini kafolatlashi shart.
Uchinchidan, pensiya ta’minotini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, 
sug’urtalanuvchilar manfaatlariga rioya qilish, eng kam ijtimoiy standartlarni 
kafolatlash, ayni chog’da ijrochilar vositachilar o’rtasida ijtimoiy sug’urta 
sohasidagi raqobat rivojlanishini rag’batlantirish talab etiladi. Shunday qilib, bozor 
iqtisodiyoti mamlakatlardagi ijtimoiy sug’urtani muvafffaqiyatli isloh etish 
to’g’ridan-to’g’ri ijtimoiy yoki iqtisodiy jarayon bo’lib hisoblanmaydi va o’tish 
davri bilan bevosita aloqador emas. Birinchi va ikkinchi omillar ko’proq siyosiy 
sharoit va barqarorlik darajasi bilan izohlansa, ikkinchi omil - to’g’ridan-to’g’ri 
tashkiliy va moliyaviy unsurlar orqali ifodalanadi. Shubhasiz, ko’rib o’tilgan 


58 
omillar shularning o’zi bilan cheklanmaydi, ammo boshqa shartlar bilan 
uyg’unlikda ular ijtimoiy sug’urta holati va natijalarini aks ettira oladi.
Xorijiy davlatlarda amaldagi pensiya qonunchiligida kamchiliklar mavjud. 
Masalan, bu holat Qozog’istonda bo’lgusi pensiya to’lovlari mexanizmining aniq 
belgilanmaganligi pensiya fondlariga mablag’larni o’z vaqtida o’tkazib berish 
ustidan nazoratning yo’qligida ko’rinadi. Rossiyada kasbga oid pensiya tizimini va 
imtiyozli pensiya masalalardagi noaniqlikda ifodalanadi. Pensiya sug’urtasini isloh 
qilishdagi ushbu muammolar islohotlarni chuqurlashtirish va takomillashtirish 
bo’yicha puxta o’ylangan qarorlar va tadbirlar qabul qilinishi uchun asos bo’lib 
xizmat qiladi. Jumladan: pensiya sug’urtasi tizimining birlamchi qoidalarini istisno 
etilgan holatlarda o’zgartirish; pensiya islohotining qonunchiligi, axborot, uslubiy 
asoslarini va vositalarini takomillashtirish.
“Xususiy sektorda Mehnat departamenti ishchilar to’lovlari xavfsizligi 
boshqarmasi (

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish