46
Ularga: maktabgacha tarbiya, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, oliy ta‘lim
pedagogikasi va boshqalar.
Pedagogika fanining har bir ko‘rinishi o‘zining maxsus ko‘rinishiga egadir.
Bilim berishni falsafiy-metodologik bosqichi malakaviy pedagogikani umumiy
ko‘rinishlarida samarali bilim berishdan iboratdir. O‘qitilayotgan yo‘nalishni aniq
muammolardan kelib chiqqan holda olib borilsa, samarali natijalarga olib keladi.
So‘nggi yillarda falsafiy bilim berishga alohida e‘tibor berilmoqda. Malakaviy
o‘qitish tizimida falsafiy bilim berish birinchi qadam bo‘lib, bu sohada erishilgan
yutuqlar va tajribalar qo‘llanishi mumkin.
Kasb pedagogikasining ilmiy o‘rnini aniqlash uchun uning ob‘ekti va predmetini
ajratib olish kerak. Bizga ma‘lumki ilm bu haqiqatda sodir bo‘lgan jarayonlarni
o‘rganish va isbotlashga yo‘naltirilgan ilmiy bilim yo‘nalishidir.
Ilmning predmeti – bu ob‘ektning shunday ta‘rifi borki, unda izlanishlar aniq
yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi.
Insonning madaniy va ma‘naviy shakllanishi quyidagilar asosida amalga oshadi.
Ma‘lumot
Madaniyat
Mentalitet
Pedagogik faoliyatda 2 asosiy yo‘nalish mavjud.
Bir tomondan bu faoliyat o‘qituvchining kundalik, o‘quv va tarbiyaviy ishlariga,
o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi o‘zaro munosabatga, ta‘lim-tarbiya ishlarida
o‘quvchining bilim, malaka va ko‘nikmalariga bog‘liqdir.
Pedagogika fanining asosiy masalasi esa bu jarayonni samarali va sifatli
ta‘minlashdir. Buning uchun esa aniq metod va tashkiliy shakllardan samarali
foydalanish zarur. Ushbu metodda ma‘lum miqdorda erkinlik, pedagogik san‘at,
pedagogik mahorat o‘z o‘rnini topgan bo‘lishi kerak.
3.
Kasbiy pedagogika fanining tarmoqlari: maktabgacha tarbiya pedagogikasi,
umumiy pedagogika, pedagogika tarixi, maxsus pedagogika, harbiy pedagogika, kasbiy
ta‘lim pedagogikasi, ijtimoiy pedagogika, axloq tuzatish, davolash pedagogikasi,
solishtirma qiyosiy pedagogika, fanlarni o‘qitish metodikasi, hamkorlik pedagogikasi,
madaniy-oqartuv pedagogikasi – ma‘aviy-ma‘rifiy ishlar, injenerlik pedagogikasi, oliy
ta‘lim pedagogikasi, boshqaruv pedagogikasi, yangi pedagogik ta‘lim.
Pedagogika amaliyotning istiqbollarini bashorat qilish va amaliyotga joriy etish
uchun pedagogika fani tizimidagi fanlarning o‘qitilishi holatini chuqur taxlil qilish
zarur. Quyida pedagogika tarmoqlarining ayrim xususiyatlari haqida qisqacha to‘xtalib
o‘tishni zarur deb hisobladik. Bular pedagogikaga oid kitoblarda atroflicha berilgan. Biz
esa o‘qituvchiga eslatish maqsadida fikr yuritishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: