117
Innovatsiya
(inglizcha Ippovation - yangilik kiritish) – tizim ichki tuzilishini
o‗zgartirish, amaliyot va nazariyaning muhim qismi. Innovatsion jarayonning
mazmuniy tomonini o‗z ichiga oladi (ilmiy g‗oyalar va ularning texnologiyalarini
amaliyotga kiritish).
Pedagogik yangilik
– pedagogik faoliyatda ilgari ta'lim jarayonida noma'lum bo‗lgan
o‗zgarishlarni kiritish orqali ta'lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va
uni rivojlantiruvchi vositasidir.
Innovatika
– yangilikni yaratilish qonuniyatlarini o‗zlashtirishni va targ‗ib-targ‗ibotini
o‗rganadigan fan.
Innovatsion jarayon
– yangilikning kiritilishi va shart-sharoitlari, tizimni yangi
ko‗rsatgichlarga muvaffaqiyatli o‗tishini ta'minlovchi o‗zgarishdir. Innovatsion
o‗zgarishlarga tayyorgarlik ko‗rish va uni amaliyotga kiritish jarayonidir.
Innovatsion faoliyat
– yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy me'yorlarning mos
kelmasligi yohud amaliyotning yangi shakllanayotgan me'yorlarining mavjud me'yorlar
bilan to‗qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni yechishga
qaratilgan faoliyatdir (V.I.Slobotchikov).
O‗qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim va markaziy masalasi o‗quv
jarayonini sifatli va samarali tashkil etishdan iborat. Bu faoliyat shaxsan o‗qituvchini
o‗zigagina taalluqli bo‗lib qolmay, bir qator shaxs, guruh, omma, institutsion
masshtabda ham bo‗lishi mumkin.
Innovatsion o‗zgarishlar haqida barcha darajalarda keng fikrlar yuritilsa-da,
haqiqiy ma'nodagi innovatsiyalar kam uchraydi. Manbalarda innovatsion o‗zgarishlar-
ning natijalarni yaxshilanishiga olib kelishi haqida alohida to‗xtab o‗tilmaydi.
Innovatsiyani,
avvalo, yangi texnologiyalar bilan bog‗laydilar. Zamonaviy
amaliy pedagogikani texnologiyalashtirish mumkin. Texnologiyalar bilan ishlashning
o‗ziga xos imkoniyatlari mavjud. Jumladan, ular natijaviyligi bilan ajralib turadi.
Masalan, ta'limning natijaviyligi mahoratli o‗qituvchi, iste'dodli o‗quvchilar, moddiy
bazaning mustahkamligi bilan baholanadi. Pedagogik texnologiya yaxshi natija bergan
jarayon muayyan mexanizmlarga suyanadi. Avvaldan tajribadan o‗tgan, aniq ketma-
ketlikda pedagogik jarayonida aynan kafolatlangan natija tufayli yutuqlarni qo‗lga
kiritish mumkin.
Ta'lim muassasalariga yuridik shaxs maqomini berilishi, ularning moliya-xo‗jalik
faoliyati mustaqil bo‗lganligi, pedagog kadrlarning ish sifati natijalarini xolisona
baholash asosida oylik ish haqqiga ustamalarni belgilash, mukofotlar, moddiy yordam
berish joriy qilingani, maktab, mahalla, oila hamda ta'lim muassasalarida ijodiy muhitni
rivojlantirishga oid dasturlarning ishlab chiqilganligi va boshqa bir qator dasturlarning
amalga
oshirilishi
ta'lim-tarbiya
sohasida
pedagogik
munosabatlarni
insonparvarlashtirish va demokratlashtirish yo‗lida olib borilayotgan amaliy
Do'stlaringiz bilan baham: