Mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimiyatlar) quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
· ta’lim muassasalarni faoliyatining mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar;
· ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar (Respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga oladilar;
o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorini va imtiyozlarini belgilaydilar;
· ta’lim sifatiga va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb
faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishni ta’minlaydilar;
· qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimiyatlari tarkibida tashkil etiladi va bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi (Markaz)ga bo‘ysunadi.
Ular o‘z tuzilmasiga va shtatlar soniga ega bo‘lib, quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatlarni muvofiqlashtirish, boshqarish va uslubiy ta’minlash;
davlat ta’lim standartlarini amalga oshirish;
akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining qurilishi, binolar va inshootlarniqayta tiklashni tashkil etish va nazorat qilish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini iste’molchi korxonalar bilan(ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) mujassamlashuvini, patronaj va vasiylikni tashkil etishni ta’minlash;
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda, mavjudakademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qayta o‘zgartirish, hamda yangi tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
-ta’lim muassasalarni darsliklar, o‘quv adabiyotlar va didaktik materiallar, shuningdek kompyuter texnikasi bilan ta’minlash va jihozlash.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish tuzilmasining keyingi bo‘g‘ini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini o‘quv yurtlari hisoblanadi.
Xududiy boshqaruv organlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi darajasiga qo‘yiladigan talablarga o‘quv yurtlari tomonidan rioya qilinishga javob beradilar va ularni nazorat qiladilar, litsey va kollejlarga ularning faoliyatlarini rivojlantirishda kerakli tashkiliy-huquqiy yordam ko‘rsatadilar, hudud, ishlab chiqarish va o‘quv yurtlarining rivojlanish manfatlarini muvofiqlashtirishga imkon beradilar.
Shunday qilib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish tuzilmasi uch darajali hisoblanadi (Respublika, hududiy va nuqtali-o‘quv yurti).
Do'stlaringiz bilan baham: |