“kasbiy pedagogika” fan sifatida



Download 369,63 Kb.
bet2/80
Sana11.03.2022
Hajmi369,63 Kb.
#489399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
“kasbiy pedagogika” fan sifatida

Kasbiy pedagogika kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari o‘quvchilarining ta’limi, tarbiyasi, o‘qishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi, ta’lim va tarbiya, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash mezonlarini ishlab chiqadi, kasb ta’limi muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimiii asoslaydi. U pedagogik nazariyalar to‘g‘risidagi bilimlarni, innovatsion texnologiyalarni loyihalash uslublarini umumlashtiradi. Kasbiy pedagogika fani insonni kasbiy faoliyatga tayyorlash, yangi avlodni kasbiy tarbiyalash, malakali ishchi kuchini yangi talablar darajasiga moslab borishni ko‘zda tutadi.
Kasbiy pedagogika jahon miqyosida tan olingan eng ilg’or metodlar va yo‘nalishlar bilan boyib bormoqda. Bugungi kunda o‘zining keng tatbiq’ini kutib yotgan, fanning boshqa sohalari bilan bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan yangi konsepsiyalar va nazariyalar rivojlantirilmoqda.
Kasbiy pedagogika umumiy pedagogika fanining tarmog‘i sifatida kasbiy texnik ta’lim tizimining takomillashish jarayonida shakllanib boradi. U nisbatan yangi fan sohasi sanalib, bugungi kunda ko‘plab tushunchalari shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Har qanday fan sohasida bo‘lgani kabi kasbiy pedagogika o‘z kategoriyalari va tushunchalariga, sifat ko‘rsatkichlariga egaki, bular fanning asosini tashkil qiladi.
Kasbiy pedagogika fani boshqa fanlar bilan birgalikda kasbiy ta’limning turli tizimlarida quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
*o‘quvchilarning yangi, yanada murakkab vazifalarni amalga oshirishlarini ta’minlash uchun ularning kasbiy mahoratini oshirishi;
*kasbiy-texnik ta’limning yangi konsepsiyalarini amalga oshirish vosita va yo‘llarini yaratishga e’tiborni qaratish, faol-ijodkor shaxsni tarbiyalash;
*pedagogik bilimlarni egallashga yangicha yondoshuvlarni ishlab chiqish;

2. Uzluksiz ta’lim tizimida kasb-hunar ta’limiga qo‘yiladigan talablar


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» asosida O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlariga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Ta’limning «O‘zbek modeli» dunyoga keldi, bu model xalqaro miqyosda eng obro‘li mutaxassislar tomonidan tan olinmoqda.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunari bo‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasblarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
K asb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblari bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta masus, kasb-hunar o‘quv yurtidir.
«Ta’lim to’g’risida»gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirishning asosiy maqsadi: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida tubdan islox qilingan, o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etilgan ta’lim asosida, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash.
Ushbu maqsadni, amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etish orqali bajariladi:

  • «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, o‘rtamaxsus, kasb-hunar talimi tizimini islox qilish, davlat va nodavlat o‘rta maxsus, kasbhunar ta’lim muassasalari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirish orqali ishchi-mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash;

-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
-o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash tizimi muassasalarini oliy ma’lumotli, yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
-o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish ;

  • uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqarimablag‘lar, shu jumladan chet el investisiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

  • kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorliknirivojlantirish.

Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi.

Download 369,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish