Uzluksiz ta’lim tizimida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi quyidagi talablar asosida tashkil etiladi va rivojlantiriladi:
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatishining normativbazalarini ishlab chiqish va joriy etish;
soha uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun ta’lim va kasbhunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini
egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy yetish;
kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos vakasb- hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish.
3. “Kasbiy pedagogika” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
O‘zbekiston Respublikasida kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash pedagogika institutlari va universitetlari hamda boshqa barcha oliy o‘quv yurtlarining kasb ta’limi fakultetlarida amalga oshiriladi.
Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash o‘quv rejasida gumanitar va ijtimoiyiqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik, qo‘shimcha va tanlov fanlari bloklaridagi fanlarni o‘qitish orqali amalga oshirish nazarda tutilgan. Umumkasbiy fanlar blokini psixologik-pedagogik, loyihalash - konstruktorlik texnologik, ekspluatatsion (Xizmat ko‘rsatish), konstruktorlik kurslariga ajratish mumkun.
Kasb ta’limi o‘qituvchnlarining psixologik-pedagogik jihatdan tayyorgarligi psixologik-pedagogik turkumdagi yoshlar fiziologiyasi va gigiyena, psixologiya, pedagogika, kasbiy pedagogika, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiyalar, kasb ta’limi metodikasi kabi fanlarni o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganishda amalga oshadi.
Kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashda «Kasbiy pedagogika» ixtisoslashtiruvchi fanlardan biridir. Bu fan boshqa fanlar (pedagogika, psixologiya, kasb ta’limi metodikasi va hokazolar)ni takrorlamaydi, balki ular bilan yaqin bog‘lanishda bo‘ladi. Shu sababli «Kasbiy pedagogika» fanini boshqa psixologik-pedagogik turkumdagi fanlarsiz u fanlarda olgan bilimlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayrim psixologik-pedagogik turkumdagi fanlarni o‘rganmasdan, ulardagi bilimlarni egallamasdan turib «Kasbiy pedagogika» fanini chuqur o‘zlashtirib bo’lmaydi.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisi «Kasbiy pedagogika» fanini o‘rganar ekan, u quyidagi bir qator fanlarni o‘rgangan, u fanlardan chuqur bilimga ega bo‘lgan bo‘lishi kerak:
umumiy psixologiyaning obekti, vazifalari. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fansifatida. Psixika, haqida tushuncha, psixikaning oriyentirovka qiluvchanlik va boshqaruvchanlik vazifasi. Bosh miya va psixika. Psixika va ong. Psixologiya va falsafa. Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari.
Muloqot psixologiyasi va nutq. Diqqat va uning turlari. Sezgi va idrok. Xotira va xayol. Tafakkur. Muammoli vaziyat va uni hal qilish. Temperament, uning o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalarni o‘rganuvchi umumiy psixologiya faninini;
kasbiy psixologiya fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqotob’ekti, metodlari, kasblarni tasniflash;
pedagogika fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obekti, metodlari.
«Ta’lim to‘grisidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». Ta’limning uzviyligi va uzluksizligi. Uzluksiz ta’lim. Pedagog kadr tavsifnomasi. Pedagogika fanining maqsadiga ko‘ra tarmoqlari, boshqa fanlar, shu jumladan falsafa, psixologiya fanlari bilan aloqasi. Pedagogik antropologiya. Shaxs, ta’lim va tarbiya. Xorijiy mamlakatlardagi tarbiyaga qisqacha izoh. Yagona pedagogik jarayon. Didaktika – ta’lim nazariyasi. Didaktikaning vazifalari. Ta’limning rivojlanish yo‘nalishlari (konsepsiyasi): uzluksiz ta’lim konsepsiyasi, texonologizatsiya konsepsiyasi, ta’lim paradigmalari.
Didaktik prinsiplar (tamoyillar). O‘qitish jarayoni, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari. Ta’limning psixologik, fiziologik asoslari. Ta’limda ilmiylik, izchillik, muvofiqlik, ijodiylik va boshqa prinsiplar. Ta’lim jarayonida motivatsiya.
Ta’lim metodlari, vositalari va texnologiyalari. Umumiy va xususiy metodlar. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga qaratilgan metod va texnologiyalar. Metod tanlash va motivatsiya. O‘quv adabiyotlari va ularning turlari. Elektron o‘quv adabiyotlari.
Ta’lim turlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik texnologiyalar. Ta’lim shakllari. Ta’limni tashxis etish.
Tarbiya nazariyasi. Tarbiya jarayoni, muhiti (sotsium), tarbiya prinsiplari, tarbiyaga qo‘yiladigan talablar. Tarbiya metod va texnologiyalari. Milliy tarbiya masalasi. Tarbiya turlari. Tarbiya va milliy g‘oya. Tarbiya va ma’naviyat. Oila tarbiyasi.
O‘zbekistonda maktab, maorif, ta’lim va tarbiyaning rivojlanish tarixi. Mustaqillik davrida ta’lim va tarbiya. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida pedagogik fikrlarning xususiyatlari kabi masalalarni o‘rganuvchi pedagogika nazariyasi va tarixi fanini;
Do'stlaringiz bilan baham: |