2. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga rahbarlik qilish, rahbarlar ishining mazmuni
O‘quv yurtlarida birinchi navbatda kadrlar tayyorlash sifatiga javobgar bo‘lgan mustaqil bo‘linma (tashkiliy shakli va kimga bo’ysunishdan qat’iy nazar) sifatida, o‘quv jarayonini boshqarish, xo‘jalik-moliyaviy faoliyat va boshqa kasbiy tayyorgarlikning zaruriy darajasini ta’minlaydigan faoliyatlarni amalga oshiradi.
O‘quv yurtlari darajasida quyidagi vazifalar hal etiladi:
· o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha barcha ishlarni olib borish;
· o‘quv rejalari tuzilmalarni va dastur mazmunini belgilash;
korxonalar, bandlik xizmatlari, hududiy boshqaruv organlari va boshqalar bilan shartnoma asosida ishchilar tayyorlash hajmlari va kasb-malaka tuzilmalarni belgilash;
· qo‘shimcha tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish va boshqa xizmatlarni amalga oshirish uchun korxonalar, hamda tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
· mustaqil ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish;
· o‘quv moddiy bazani kelgusida rivojlantirishini hisobga olib, moliyaviy mablag‘larni taqsimlash va sarflash masalalarini mustaqil hal qilish.
Mustaqil O‘zbekiston davlatini har tomonlama rivojlantirish, iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash ko‘p jihatdan zamon talabiga javob beradigan rahbar va mutaxassislarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv kadrlarini tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarining roli katta, albatta. Kasbiy oliy ta’limning asosiy maqsadlaridan biri, bozor munosabatlari sharoitida ishlay oladigan malakali kadrlarni tayyorlash, ya’ni o‘quvchilarda zamonaviy fikrni shakllantira oladigan, xo‘jalik yuritish va boshqaruvda yangicha usullarni qo‘llay oladigan, shuningdek rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgana oladigan darajada nazariy va amaliy bilimlar berishdan iboratdir.
Barcha sohalardagi islohotlarni amalga oshirishda boshqaruv apparatining roli muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv apparatining tuzilishi deganda, boshqaruv apparati va ular orasidagi bog‘lanish tushiniladi. Boshqaruv apparatining tarkibi birbiri bilan bog‘langan teng huquqli birikmalar va bo‘g‘inlar bilan to‘ldirilishi uning tizimi deyiladi.
Tashkiliy qism bu boshqaruv tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, boshqaruvchi tizim, sub’ekti tashkiliy tuzilishining shakli demakdir. U boshqaruv tizimining negizi sifatida maydonga chiqadi va kadrlar bilan boshqarishni tashkil qilish rasmiy qoidalarini tartibga soladi. Ana shuning uchun ham uning boshqaruv tizimidagi roli benihoya kattadir.
Ma’lumki, birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan edi. Ushbu qonunning 10moddasida ta’lim turlari bayon etilgan bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim kabilarni o‘z ichiga olishi nazarda tutiladi.
Qonunning 28-moddasida «Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi. Ta’lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin» deb ta’kidlangan. Shunday ekan, ushbu ta’lim muassasalarining bir turi bo‘lgan kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalarini ham uning rahbari (direktor) boshqarishi belgilab qo‘yilgan. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini o‘quv yurti rahbari (direktor) bilan birga uning muovinlari boshqaradi. KHKlarida direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha, ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha va xo’jalik ishlari bo’yicha muovinlari, akademik litseydalarda esa direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha va xo’jalik ishlari bo’yicha muovinlari faoliyat yuritadi. O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
Boshqarishning qanday tamoyillari mavjud?
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish davlat organlarini aytib bering.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlariga nimalar kiradi?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qanday vazifalarni amalga oshiradi?
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining asosiy funksiyalariga nimalar kiradi?
O‘quv yurtlari darajasida qanday vazifalar hal qilinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |