Kasbiy faoliyat psixodiagnostikasi


Psixodiagnostika va psixometriya



Download 114,7 Kb.
bet8/9
Sana28.06.2022
Hajmi114,7 Kb.
#717376
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Psixodiagnostika va psixometriya.

D
iagnostik xatolar to'g'risidagi to'liq tahlil qilingan fikrlar, asosan, taniqli mutaxassis Z.Pleviskiy (Plewiska) asarlarida bayon qilingan. U o'z qarashlarida "diagnostik xatolar”ni quyidagi ikkita asosiy guruhga bo'lgan:
ma'lumot yig'ish bilan bog'liq bo'lgan xatolar;
ma'lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog'liq bo'lgan xatolar.
Birinchi guruh xatolarga quyidagilar kiradi:
üKuzatishdagi xatoliklar (masalan; tashxis uchun muhim bo'lgan shaxsning shakllanishidagi chiziqlarga nisbatan "ko'rlik”).
üRo'yxatga olishdagi xatoliklar (masalan; bayonnomadagi emotsionallik psixologni tekshiriluvchiga bo'lgan munosabatiga bog'liq.
üAsbob-uskunalar xatosi - apparatlardan foydalanishni bilmaslik va o'lchovchi texnikada interpretasion hamda texnik jihatdan nosozlik oqibatida yuzaga keladi.
Ikkinchi guruh, ya'ni ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonida kelib chiqadigan asosiy xatoliklar quyidagilardan iborat:
ü"Birinchi hayratlanish” effekti - dastlabgi birinchi ma'lumotni qiymatidan ortiq ravishda baholashga bog'liq xatolikdir.
üAtribusiya xatosi - tekshiriluvchida mavjud bo'lmagan omillarni hisobga olish yoki noturg'un xususiyatlarni turg'un, deb baholash natijasida kelib chiqadi.
üYOlg'on sabablar xatosi.
üBilish radikalizmi - ishchi farazlarga nisbatan yuqori baholash an'anasining mavjudligi va yaxshi iboralarni qidirishga bo'lgan xohishning yo'qligi.
üBilish konservatizmi - farazlarni o'ta ehtiyotkorlik bilan shakllantirish.
Psixodiagnostik faoliyat jarayonida kuzatiladigan xatolar yoki klassifikasiyaning ahamiyatga ega bo'lish darajasi aniq emas. Bu xatolarning sodir bo'lishi xohlagan vaqtda yuz berish ehtimoli mavjud. SHu bois, psixodiagnostik o'ziga xoslik aniq uslubiy holatlarga, jumladan, testlarga va nazariy jihatdan o'tkazilgan tekshirishlarga taalluqlidir.

P
sixologik testlar va testlashtirish xususida fikr borganida, fanda psixometriya tushunchasiga to'qnash kelinadi.
Bu tushuncha fanga taniqli olim Volf (1734) tomonidan kiritilgan bo'lib, u o'z navbatida psixologiyada ham o'lchov imkoniyati mavjudligini keltirib chiqardi. Tatbiqiy psixologiya o'lchovlardan birinchisi - reaksiya vaqtining o'lchovidir. SHuning uchun, ma'lum muddat psixometriya, deganda psixik jarayonlarning vaqtinchalik xarakteristikasi tushunildi. Natijada mutaxassislar psixik hodisalarning miqdoriy jihatdan aniqlanishi bilan bog'liq bo'lgan hamma narsani psixometriyaga kiritishni boshladilar.
Adabiyotlar tahliliga ko'ra, psixometriyada uncha keng tarqalmagan boshqa tushunchalar ham mavjud. Bu borada xususan aql o'lchami to'g'risidagi nazariyani fanga kiritgan F.Galtonni eslab o'tishning o'zi kifoya. Hozirda bu atama parapsixologiyaning predmetlaridan biri sifatida ishlatiladigan bo'ldi. "XX asr lug'ati” uni "o'zgaruvchan omillar bilan munosabatda bo'lgan psixologiya sohasi” deb yuritilishini maqsadga muvofiq hisoblaydi. Bunday yondoshishda psixometriya psixologik o'lchovlarning va psixofizikadagi shaxsiy o'lchovlarning barcha spektrlarini o'z tarkibiga kiritadi.
Ma'lumki, har qanday psixologik o'lchov qurollarining yaratilishi tom ma'noda cheklangan talablarga qat'iyan rioya qilishni taqozo etadi. Bu talablar uchun olingan natijalarni qiyoslash o'lchov usulining aniq, ishonchli va mos kelish darajasiga taalluqlidir. Moslik, asosan matematik-statistik tahlillarni qo'llash orqali aniqlanadi. Matematik-statistik apparatni takomillashtirish, uni ishlab chiqish o'z navbatida yangidan-yangi testlarni yaratish jarayoni bilan bog'liq bo'lib, bu esa, ularning samaradorlik masalasini hal qilinishni ta'minlab beradi.
Shunday qilib, psixometrik yo'nalish o'zining rivojlanish ustunligini psixologik testdan oladi. Sir emas-ki, ko'pgina hollarda psixologik testlash (psixodiagnostika) va psixometriya bir-biriga o'xshash bo'ladi. Bu fikrni hozirda keng ravishda qo'llaniladigan "psixometrik testlar” atamasi tasdiqlaydi. Psixodiognostikaning bu tarzda rivojlanishi psixometrik testlarni proektiv metodikalardan ajratishda asos bo'lib xizmat qildi.
Psixologik testlashning rivojlanishi munosabati bilan, XX asrning 20-30-yillarida psixometriyaning alohida bir sohasi shakllangan bo'lib, u hozirda individual farqlanishlarga asoslanib o'z faoliyati yuritmoqda.

Download 114,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish