Psixodiagnostika - professional faoliyatdagi maxsus soha sifatida
sixologiya fanida "psixologik tashxis qo'yish” so'zining ikki xil tushunchasi mavjud.
Birinchisi,"Psixodiagnostika” - amaliyotda turli psixodiagnostik usullardan foydalanish mumkin bo'lgan psixologik bilimlar doirasini ifodalab, u o'z ichiga tashxis jarayonini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadigan quyidagi qator masalalarni qamrab oladi:
Psixologik xususiyatlar tabiati va ularni ilmiy baholash imkoniyatlarining mavjudligi qanday?
Psixologik xususiyatlarni aniqlash jarayonida va miqdoriy baholash vaqtdagi umumiy bo'lgan ilmiy asoslar holati qay tarzda?
Hozirgi vaqtda qo'llanila-yotgan psixodiagnostik usul-lar qabul qilingan umum-ilmiy, metodologik talab-larga qanchalik mos keladi?
Psixodiagnostikaning turli usullariga qo'yiladigan me todologik talablar nimalardan iborat?
Psixodagnostik metodlarning ilmiyligini tekshirish va ularni yaratish jarayonlari qanday amalga oshadi?
Ikkinchisi, "Psixodiagnostika” - psixologik tashxisning amaliy jihati bilan bog'liq bo'lgan psixologning maxsus faoliyat doirasini o'z ichiga qamrab oladi.
Bunda, nafaqat ilmiy, nazariy balki, psixodiagnostikani tashkillashtirish va uni amalga oshirish jarayoniga aloqador amaliy masalalar yoritiladi.
Psixologning psixodiagnostik metodlarni muvaffaqiyatli va malakali o'zlashtirilishidagi ayrim amaliy shart-sharoitlarni yaratish hamda ularga rioya qilish zarurati;
Psixodiagnostik doirada faoliyat ko'rsatadigan psixologni amaliy jihatdan tayyorlash hamda uning kompetentligini baholashda dastur, metod va usullarni ishlab chiqish masalalari tashkil etadi.
Yuqoridagi nazariy va amaliy masalalar bir-biri bilan o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, ushbu sohadi etuk mutaxassis bo'lish uchun psixolog, psixodiagnostikaning har ikkala asoslari bilan yaxshi qurollangan bo'lishi kerak. Faqatgina nazariy, amaliy yoki barcha metodlarni ilmiy asoslarini tushuna bilmasdan mutaxassis sifatida ushbu sohada professionalizmga erishib bo'lmaydi.
sixodiagnostika - psixologik fan sohasi bo'lganligi bois, u yoki bu darajadagi psixologiya tarmoqlari bilan o'zaro bog'liq bo'ladi. Ma'lum ma'noda, o'z mustaqilligiga qaramay, psixodiagnostika umumpsixologik nazariyaning rivojlanishiga ham bog'liqdir. Biroq tadqiqotlarning shunday yo'nalishlari mavjudki, ular bilan psixodiagnostika ko'proq aloqada bo'ladi. Xorij va mahalliy adabiyotlarda bu tushunchaning boshqalarga nisbatan o'xshashligi mavjud bo'lganligi sababli, aynan shu muammo to'g'risida ushbu mavzuda fikr yuritiladi.
Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari psixolog faoliyatining maxsus sohasiga taalluqli bo'lib, amaliy psixologik tashxis qo'yish bilan bog'liqdir. Bunda muammo, nafaqat, nazariy jihatdan, balki psixodiagnostik tadqiqotni tashkil qilish va o'tkazishning amaliy jabhalarini qamrab oladi hamda quyidagi vazifalardaniboratdir:
1.Psixologiya psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo'yiladigan kasbiy talablarni aniqlashtirish;
2.Psixolog haqikatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o'zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya'ni kafolat sifatida;
3.Psixodiagnostika sohasida o'z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixologning o'zida mujassamlashtirishi shart bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar;
4.Psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chikish.
Biz quyida psixologik-pedagogik diagnostika qo'llanilishi juda katta ahamiyatga ega bo'lgan sohalardan bir nechtasini shartli ravishda (hayotda esa ular umumiy, bitta pedagogik jarayonning ajralmas qismidir) ajratib oldik. Ular quyidagilar:
1. Ta'lim - tarbiya nazariyasi va metodikasi.
2. Boshqarish va amaliyot.
3. Didaktika va xususiy metodika.
4. Pedagogik sotsiologiya.
5. Ijtimoiy psixologiya.
6. Pedagogik psixologiya.[2]
Chet el adabiyotlarida ta'kidlanishicha individual farq nazariyasining muammosi, ya'ni maxsus soha tadqiqotlarini ustuvorligi - differentsial psixologiyadir.
XIX-XX asrlarda mashhur nemis psixologi bu tushunchani "Psixik funksiya va uning xossalaridagi mavjud farq” to'g'risidagi fikrni ifodalash uchun kiritgan. V.Shtern davridan beri differentsial psixologiya tushunchasida unchalik ko'p narsa o'zgarmadi. U ayni paytda ham tarqoq holda inson (shaxs) ning psixik holati va xossasini o'rganish bilan shug'ullanadi.
Differensial psixologiya predmetini tashkil etuvchi manbalar to'g'risida so'z borganda, hamma tadqiqotchilar bir ovozdan test metodi asoschilari F.Galton, J.Kettell, A.Bine va boshqa olimlarning dalillarini qabul qilishdi. Psixodiagnostika va differentsial psixologiya sohalarining tadqiqotlar mavzusi bir-biriga o'xshash. Lekin soha vakillari ularni:
o'ziga xos farqlikni o'lchashga mo'ljallangan;
farqlashning kelib chiqish sabablarini anglab etishga qaratilgan sifatida bo'lib o'rganishadi.
Zamonaviy psixologiyada psixodiagnostikaga "fan va tajriba o'rtasidagi ko'prik” misoli qaraladi.
|
Hozirda, psixologik nazariyadan ajratilgan psixodiagnostika inqirozga yuz tutadi deyish noto'g'ri, albatta. Bunga psixodiagnostikaning kelib chiqish tarixi yorqin tasdiq bo'la oladi. Ma'lumki, tashxisning muvaffaqiyati (o'lchov va bahosi), avvalambor, hodisalarni o'lchash nazariyasini ishlab chiqish darajasi orqali aniqlanadi.
Bu holat aqliy qobiliyat (intellekt)ni o'lchash jarayonida yaqqol ifodasini topgan.
|
Baho - turli usullar orqali qo'lga kiritilgan natijalarning, xususan, intervyu, psixologik testlar, fiziologik yoki psixofiziologik o'lchovlar, apparaturalar holatining kuzatilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |