Kasbining axloqiy talablari



Download 48,22 Kb.
bet1/6
Sana09.12.2022
Hajmi48,22 Kb.
#882006
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iroda


Audit kasbining axloqiy talablari
Kirish


  1. Audit kasbiga qo’yilgan talablarning meyoriy asoslari


  2. Auditning axloq kodeksi va uning axamiyati


  3. Auditorlik malaka sertifikatini olish tartibi va unga qo’yilgan talablar




Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish

1.Audit kasbiga qo’yilgan talablarning meyoriy asoslari
Auditorlarning yuqori darajadagi kasb mahorati o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlar va professional xizmatlar eng yuqori darajada amalga oshirilishining garovi hisoblanadi.
Aynan shuning uchun ham Moliya Vazirligi tomonidan auditorlik faoliyati bilan shug’ullanishga yuqori talablar o’rnatilgan.
Auditorlik kasbining mahorat darajasiga qo’yiladigan asosiy talablar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabridagi 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi qarorida belgilangan.
Auditorlik malaka sertifikatiga ega bo’lish uchun da’vogarlar O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2000 yil 28 avgustda 17-17/534-sonli buyruq bilan tasdiqlangan «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» va 2000 yil 25 sentyabrda 68-sonli buyruq bilan tasdiqlangan «Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq belgilangan bilim va tajribaga ega ekanliklarini ko’rsatuvchi xujjatlarni taqdim etishi va imtihon topshirishlari kerak.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash – bu audit sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazorati o’rnatish uslubidir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomi yuqorida qayd etilgan 365-sonli qaroriga muvofiq «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risida NIZOM»tasdiqlangan. 44
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2007 yildagi № PF-615 sonli farmoniga asosan auditorlik tashkilotlariga qo’shimcha qo’yidagi litsenzion talab va shartlar belgilandi:
 litsenziyani olishda qonunda belgilangan miqdorda ustav kapitalning shakllangan bo’lishligi;
 auditor o’z auditorlik faoliyati faqat bir auditorlik tashkilotida amalga oshiradi;
 litsenziya turiga qarab auditorlik tashkilotida auditorlar (kamida 2, 4, 6 ta) bo’lishi kerak;
 shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalterlik sertifikatlari(kamida 1-2) bo’lishligi;
 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan auditorlik tashkilotlari rahbarlari har uch yilda attestatsiyadan o’tishligi;
 auditorlik tashkilotlarida ichki ish sifati standartlarining mavjud bo’lishligi  har yarim yilda Moliya vazirligiga tegishli shaklda auditorlik faoliyati haqida ma’lumotlarning berilishi.
Ushbu Nizomga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyati bilan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo’lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari esa bundan mustasno. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash Moliya Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilish muddatini to’xtatish, bekor qilish, to’xtatib turish yoki amal qilishini tiklash to’g’risidagi qaror Moliya Vazirligining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Auditorlik tashkilotlari litsenziya olish uchun Moliya Vazirligiga taqdim qiladigan arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar:
1. Ta’sis hujjatlarining (ustav, ta’sis shartnomasi) notarial idora tomonidan 45 tasdiqlangan nusxalari va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma;
2. Kamida ikki auditor malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;
3. Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR-INN) berilganligi to’g’risida Soliq organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
4. Arizani ko’rib chiqish uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi bankning to’lov hujjati.
Ushbu hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi va bulardan boshqa hujjatlarni talab etilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Auditorlik tashkiloti topshirgan ariza va boshqa zarur hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan 15 kun ichida ko’rib chiqilib, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilinishi lozim. Hujjatlar litsenziyalovchi organlar tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun auditorlik tashkiloti eng kam ish haqining (to’lov kunidagi) ikki baravari miqdorida yigim to’lanadi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilingandan so’ng uch kun mobaynida bu haqda auditorlik tashkilotiga bildirish xati yuborishi kerak.
Litsenziya berish to’g’risidagi bildirish xati litsenziya bitimi loyihasi ilova qilingan holda yozma shaklda auditorlik tashkilotiga yuborilib (topshirilib), unda davlat boji to’lanadigan bank rekvizitlari va to’lash muddati ko’rsatiladi. Litsenziya uchun davlat boji eng kam ish haqining to’rt baravari miqdorida undiriladi va respublika byudjetiga o’tkaziladi.
Litsenziya berish auditorlik tashkiloti tomonidan davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda va litsenziya bitimi imzolanganidan so’ng amalga oshiriladi.
Litsenziyaning asli auditorlik tashkilotiga beriladi, nusxasi belgilangan tartibda litsenziyalovchi organda saqlanadi.
Auditorlik tashkilotiga litsenziya berish litsenziyalovchi organ tomonidan 46 quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
- auditorlik tashkiloti tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;
- taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki chalkash ma’lumotlar bo’lganda; - auditorlik tashkilotining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo’lgan sabablarni bartaraf qilish uchun auditorlik tashkilotiga ko’pi bilan 15 kun muddat beriladi.
Kamchiliklar bartaraf qilinganidan so’ng hujjatlar qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Hujjatlarni qayta ko’rib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan auditorlik tashkilotining arizasi va unga ilova qilgan barcha zarur hujjatlari olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida amalga oshiriladi. Hujjatlarni qayta ko’rib chiqish uchun yig’im undirilmaydi.
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risida ariza taqdim etadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
-ta’sis hujjatlarining notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxalari (litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risida ariza berilgan sanada ularga o’zgartirishlar kiritilgan taqdirda);
-auditorlik tashkiloti tarkibidagi auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
-moliyaviy holati to’g’risida belgilangan shakldagi ma’lumotnoma;
-arizani qayta ko’rib chiqish uchun yigim to’langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya bitimining talablari va shartlariga rioya qilinganda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish oldingi berilgan litsenziya blankasiga maxsus belgi qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi. Agar litsenziyaning amal qilishi ariza berilgan sanada yoki ariza ko’rib chiqilayotgan davrda qonun hujjatlariga muvofiq to’xtatib qo’yilgan bo’lsa, litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilmaydi.
Auditorlik tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi yoki o’rni o’zgargan hollarda, 47 auditorlik tashkiloti, yoxud uning huquqiy vorisi, qayta ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyani va tegishli o’zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza berishlari lozim.

Auditor etikasi (axloqi). Yuzaki qaraganda unchalik tanish va odatiy bo’lmagan so’z birikmasi. Masalan, pedagog yoki vrach etikasi, odatda, hammaga tanish va hech kimni hayratlantirmaydi. Bular kasb etikasining turlari bo’lib, kishilarning kasbiy faoliyatlaridan kelib chiqadi va ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ma’naviy-ahloqiy jihatlarini tavsiflaydi. Barcha axloqiy talablar umuminsoniy negizga ega bo’lishiga qaramasdan, ayrim kasb turlari uchun ularning o’ziga xos ahloqiy me’yorlari shakllangan. Bunday kasb egalari sohani ham nazariy, ham uslubiy, ham amaliy jihatdan yuksak professional darajada bilishlari bilan birga, shakllangan, me’yoriy-huquqiy asosga ega ahloqiy jihatlari bilan ham boshqalardan ajralib turadi. Auditorlik ham mana shunday murakkab kasblar qatoriga kiradi.



Shu boisdan, mamlakatimizda «O’zbekiston auditorlarining kasbga oid ahloq kodeksi » ishlab chiqilib, O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA tomonidan-26.08.2005y.) va O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP tomonidan- 25.06.2005y.) amaliyotga tadbiq etildi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, vrach etikasi, Gippokrat qasamyodi bizga qadimdan tanish tushunchalar. Auditor bajaradigan ishlarni esa vrach vazifalari bilan qiyoslash mumkin. Farqi shundaki, vrach bajaradigan xayrli ish inson organizmi bilan bog’liq bo’lsa, auditor faoliyati «korxona organizmi» ustida, unga aniq «tashhis» qo’yib, moliyaviy sog’lomlashtirish ustida olib boriladi.
Lekin, ayrim hollarda auditordan «vaziyatni tushunish», «yuz-xotir qilish», «ko’zni chirt yumish» kabilar talab qilinadi. Bunday hollarda qanday yo’l tutish kerakligi «O’zbekiston auditorlarining kasb etikasi kodeksi» loyihasida bayon etilgan.
Kodeks 18 ta moddadan iborat bo’lib, auditorlar oldiga qo’yiladigan ahloqiy talablar mazmuni haqida ushbu moddalar orqali tasavvurga ega bo’lish mumkin:
1-modda. Vijdonlilik va obektivlik.
2-modda. Ahloqiy nizolarni hal etish.
3-modda. Professional kompetentlilik.
4-modda. Maxfiylik.
5-modda. Soliq amaliyoti.
6-modda. Xalqaro faoliyat.
7-modda. Omma uchun axborotni taqdim etish.
8-modda. Mustaqillik.
9-modda. Kasbiy layoqatlilik va auditor bo’lmagan shaxslardan foydalanishga bog’liq majburiyatlar.
10-modda. Shartnoma bo’yicha va komission to’lovlar.
11-modda. Auditor amaliyotiga muvofiq kelmaydigan faoliyat.
12-modda. Boshqa auditorlar bilan munosabatlar. Yangi xodimlarni qabul qilish.
13-modda. Reklama va xizmatlarni taklif qilish.
14-modda. Manfaatlar nizosi.
15-modda. Hamkasblarni qo’llab-quvvatlash.
16-modda. Professional kompetentlilik.
17-modda. Axborotlarni taqdim etish.
18-modda. Intizomiy choralar.
Auditorlik kasbining axloqiy me’yorlari uning tarixiy taraqqiyoti yo’lida shakllangan: mustaqillik, kompetentlilik (puxta bilimga egalik), halollik, vijdonlilik, haqqoniylik va maxfiylik (sir saqlash) kabi xalqaro printsiplari negizida shakllangan. Ushbu printsiplar mazkur loyihaning yuqorida keltirilgan moddalarida o’z ifodasini topgan. Shu boisdan, bularga batafsilroq to’xtalib o’tamiz.
Loyihada malakali auditorlarning kasbga oid ahloqiy me’yorlari mujassamlashgan, auditorlik hamjamiyati muhitida qaror topgan ahloq-odob qadriyatlari aniqlangan. Umuminsoniy va kasb etikasi me’yorlariga auditorlik tashkilotining rahbari, har bir auditori va boshqa xodimlari qat’iy rioya qilishlari zarur.
Auditor uchun eng yuqori ahloqiy me’yor har qanday vaziyatda ham qonunni ustun qo’yish, ishonchga sazovor aniq dilillarga asoslangan auditorlik xulosasi tuzish, yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklarni tahlil qilib, ularni tuzatish yo’llarini aniqlash, korxona moliyaviy ahvolini yaxshilaydigan tavsiyalar berishdan iborat. Buning uchun auditorning kasb mahorati vijdon, or-nomus kabi ahloqiy fazilatlar bilan ham uyg’unlashgan bo’lmog’i lozim.
Auditor hamma vaqt mustaqil bo’lishi kerak. Bu printsip, agar auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona o’rtasidagi munosabatlar (moliyaviy, qarindoshurug’chilik yoki shaxsiy tobelik, boshqaruv organlari yoki umumiy loyihalarda qatnashish, buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha oldindan xizmat ko’rsatish va h.k.) auditorlik faoliyati natijalariga ta’sir ko’rsatadigan bo’lsa, auditorlik tashkiloti audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatishdan voz kechish lozimligini bildiradi.
Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatish chog’ida auditor professional kompetentlilikka rioya qilishi zarur. Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatish bo’yicha majburiyat olgan auditor mazkur sohada o’zining kompetentliligiga ishonch hosil qilishi lozim. Xususan, o’z majburiyatini 57 vijdonan bajarishi, auditorlik xizmatlarini kafolatlay olishi uchun zamonaviy metodikaga asoslangan va barcha amaldagi me’yoriy hujjatlar qoidalari hisobga olingan, etarli darajadagi bilim va tajribaga ega bo’lishi lozim.
Auditor o’zining bilim va tajribasi etishmagan, hamda uning malaka sertifikatiga mos kelmagan hollarda auditorlik tekshiruvlari o’tkazmasligi va professional xizmatlar ko’rsatmasligi kerak.
Auditorlik tashkiloti murakkab masalalarni hal qilishda auditorga yordam berish uchun malakali ekspert-mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Ta’bir joiz bo’lsa, Luqmoni Hakimning o’gli Saronga aytgan: «Bilmagan narsangda ustozlik qilma» degan nasihatini eslatishimiz o’rinlidir.
Auditorlar buxgalterlik hisobi, soliqqa tortish, moliyaviy faoliyat va fuqarolik huquqi, auditni tashkil etish va rejalashtirish, qonunchilik, buxgalterlik hisobi va auditorlik faoliyatining milliy va xalqaro standartlari, hamda normalari sohasidagi o’z professional bilimlarini doimo yangilab borishlari lozim.
Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatishda auditor halol bo’lishi, barcha vujudga kelgan vaziyatlar va real faktlarni shaxsiy adovatlarga yo’l qo’ymasdan, xolisona o’rganishi, auditorlik faoliyatining xalqaro va milliy standartlari talablariga rioya qilishi lozim. Agar u halollikni rad etib, tez boylik orttirish maqsadida «imzosini sotish» yo’liga o’tib olsa, o’zining kasb mahoratini yo’qotadi. Natijada, auditorlik xizmati bozorida o’ziga o’rin topa olmaydi va auditorlik hamjamiyatida beobro’ bo’lib qoladi.
Auditor soliq qonunchiligining barcha jihatlariga qat’iy rioya qilishi lozim. Soliqqa tortish bo’yicha professional xizmat ko’rsatish chog’ida auditor mijozkorxona manfaatlarini himoya qiladi. Lekin u mijoz-korxona soliqni yashirish va soliq organini aldash maqsadida hujjatlarni qalbakilashtirishga yo’l ko’rsatmasligi kerak. Soliq hisob-kitoblari va to’lanishi bo’yicha tekshiruv jarayonida aniqlangan barcha xato-kamchiliklar to’g’risida mijoz-korxona ma’muriyatiga bildirishi zarur.
Auditor tekshiruv jarayonida olingan mijoz-korxona faoliyati to’g’risidagi barcha axborotlarni, uning bilan aloqa to’xtatilgan yoki davom etayotganligidan qat’iy nazar, cheklanmagan vaqt davomida maxfiy saqlashi lozim. Auditor ushbu axborotlarni o’z foydasi uchun yoki har qanday uchinchi tomon foydasi uchun, hamda mijoz-korxona manfaatlariga zid ravishda ishlatishga haqli emas. Auditorlik tashkiloti, auditor yordamchilari hamda boshqa xodimlari maxfiy axborotlarning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
Quyidagi hollarda mijoz-korxonalarning maxfiy axborotlarini chop etish va boshqa shaklda oshkor qilish professional etikani buzish hisoblanmaydi:
 O’zbekiston Respublikasi Auditorlik Faoliyati Milliy standartlariga rioya qilishda;
 Sudlashuv jarayonlarida auditorlarning professional manfaatlarini himoya qilishda;
 Tashkilot, ishtirokchi yoki professional organ tomonidan o’tkazilgan sharhlar sifatining muvofiqligini tekshirishda;
 Tashkilot, ishtirokchi yoki tartibga soluvchi organ tomonidan o’tkazilgan so’rov yoki tergov jarayonida savollarga javob berishda.
Auditorlik tashkiloti o’z professional xizmatlarining shart-sharoitlari va haq to’lash tartibini mijoz-korxona bilan oldindan kelishib, shartnomada aks ettirishi zarur. Auditorlik xizmatlari uchun to’lanadigan haq ko’rsatiladigan xizmatlarning hajmi va sifati bilan aniqlanib, ularning murakkabligi, auditorlarning malakasi, tajribasi, professional obro’si va mas’uliyatlilik darajasiga bog’liq. Auditorlik xizmatlarini reklama qilish halol, odob doirasidan chetga chiqmagan, mijozlarni aldash va adashtirish ehtimolidan uzoq bo’lishi lozim.
Auditorlar hamkasblari bilan yaxshi munosabatda bo’lishlari, ular bilan auditorlik tajribalarini almashishlari, ular faoliyatini asossiz tanqid qilmasliklari lozim. Hamkasblarining kamchiliklarini ko’rsatish faqat do’stona va samimiy tarzda bo’lishi kerak.
Yuqorida ko’rsatilgan ahloq me’yorlariga rioya qilish auditorlarning yuqori ahloqi va professional mas’uliyatlari jamoatchilik fikrida ushbu kasbga hurmat va ishonchni saqlashning obektiv zarurligi bilan kafolatlanadi.
Xalqaro amaliyotda «Auditorlarning kasb ahloqi Kodeksi» vaqti-vaqti bilan yangilanib, ayrim qoidalari yangi tahrirda tasdiqlanmoqda, ularga yangi tushuntirishlar va izohlar berib borilmoqda.
Malakali auditorning asosiy sifatlaridan biri - jamiyat oldida o’z mas'uliyatini his etishdir. Shuning uchun auditorlar barcha auditorlik xizmatlarini ko’rsatishda mijoz bilan o’zaro munosabatlarni bеlgilovchi quyidagi axloq qoidalari va mutaxassislik mе'yorlarini ishlab chiqilishini va ularga rioya qilinishini zarur dеb hisoblaydilar: auditorning mustaqilliligi, halolliligi va haqqoniyliligi.

Mustaqillilik - auditorning tеkshirilayotgan korxonada birorta ham moliyaviy yoki boshqa mulkiy manfaatdor bo’lmasligi; agar auditor korxona mulkdorlaridan biri hisoblansa yoki yuqori bo’g’in rahbariyati bilan qarimdoshlik aloqasida bo’lsa, u bunday korxonani tеkshirish huquqiga ega emas.
Xolislik - ushbu ishga taalluqli bo’lgan faqat shubhasiz dalillarni nazarda tutib fikr yuritish qobiliyati, bu, o’z navbatida, intеllеktual halollikni kеlib chiqaradi.
Konfidеnsiallik - tеkshiruv yoki boshqa bir auditorlik xizmatlarini ko’rsatish vaqtida auditor tomonidan olingan ma'lumot konfеdinsial hisoblanadi va uchinchi shaxslar foydalanishi yoki ularga taqdim etilishi faqatgina mijoz ruxsati (yozma ravishda bеrilgan) yoki sud qaroriga muvofiq, amalga oshirilishi mumkin. Shak-shubhasiz, agar mijoz to’g’risidagi ma'lumot ovoza qilinganda yoki tarqatilganda unga moddiy yoki boshqa zarar kеltirmasa ham, konfidеnsiallik tamoyiliga rioya qilinishi shart.
Auditorning kasbiy yuqori malakaga egaligi, xabardorliligi va insofliligi. Auditor kеrakli bo’lgan kasbiy malakaga ega bo’lishi, uni yuqori darajada ushlab turishi, o’z faoliyatida mе'yoriy hujjatlar talablariga rioya qilishi zarur. Ishga boshqa auditorlarni yoki yordamchi xodimlarni jalb qilganda, auditor ularning kasbiy xabardorliliga ishonch hosil qilishi va ular bajarayotgan ishlarni nazorat qilib borishi lozim. Agar auditor ma'lum bir sohada yyetarli darajada kasbiy malakaga ega bo’lmasa yoki o’z tavsiyalari to’g’riligiga to’liq ishonchi bo’lmasa, u birorta ham xizmat ko’rsatmasligi kеrak.
Mijoz bilan ish olib borganda, auditor o’zining barcha bilimlari va tajribasidan foydalanishi va buxgaltеriya hisobi, soliqqa tortish va shunga taalluqli boshqa jabhalardagi yangiliklar va o’zgarishlardan xabardor bo’lishi lozim.
Auditor amalga oshirilgan auditorlik tеkshiruvi sifati uchun ma'lum bir mas'uliyatga ega. Moliyaviy hisobotlar yuzasidan mas'uliyatdan auditorlik xulosasi yuzasidan mas'uliyatni ajratish lozim. Auditor faqat tеkshirilayotgan korxonaning moliyaviy hisobotlari to’g’risidagi xulosa uchun mas'ul. Moliyaviy hisobot mazmuni to’g’risida mas'uliyat tеkshirilayotgan korxona rahbari zimmasida bo’ladi.
Auditorga nisbatan uning axloqiy darajasini bеlgilovchi muayyan malakaviy talablar qo’yiladi.
Auditor o’zining kasbiy majburiyatlarini bajarayotganda quyidagi qoidalar va axloq talablariga amal qilishi lozim:
-odob-axloqning umumiy mе'yorlariga;
-auditorlik standartlarining talablariga;
-qonunchilik bilan amalga kiritilgan talablarga;
-firmaning ichki auditorlik standartlari talablariga.
Auditor o’z hamkasblari bilan xayrixohlik ruhida aloqalar o’rnatishga intilishi lozim.
Auditorlik tashkiloti mijoz bilan o’zaro aloqa o’rnatganda, uning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yuzaga kеladi.
Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga egadir:
-auditorlik tеkshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilshi uchun xo’jalik yurituvchi sub'еktning ta'sis hujjatlari hamda buxgaltеriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
-auditorlik tеkshiruvi o’tkazish shakllari va usullarini mustaqil bеlgilash;
-auditorlik tеkshiruvi o’tkazilayotganda xo’jalik yurituvchi sub'еkt amalga oshirayotgan moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq hajmda olish, shuningdеk ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi xolatini tеkshirish;
-auditorlik tеkshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kеlgan masalalar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub'еktning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tеkshiruvi uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma'lumotlarni olish;
-uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo’jalik yurituvchi sub'еktdan olish;
-ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha axborot xo’jalik yurituvchi sub'еkt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tеkshiruvi o’tkazishdan bosh tortish;
-auditorlik tеkshiruvini o’tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni bеlgilangan tartibda jalb etish.
Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Auditorlik tashkilotining majburiyatlari. Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug’ullanishi mumkin hamda u:
-auditorlik faoliyatini amalga oshiriyotganida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;
-auditorlik tеkshiruvi o’tkazilishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o’tkazish huquqini bеruvchi tеgishli litsеnziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sеrtifikatini taqdim etishi;
-xo’jalik yurituvchi sub'еktning so’roviga binoan auditorlik tеkshiruvini o’tkazish bo’yicha qonun hujjatlarining talablari to’g’risidagi, auditorning e'tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to’g’risidagi axborotni taqdim etishi;
-auditorlik tеkshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;
-auditorlik hisobotida moliyaviy-xo’jalik opеratsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarning hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;
-xo’jalik yurituvchi sub'еktga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yеtkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xo’jalik yurituvchi sub'еktning raxbariyatiga (mulkdoriga) ma'lum qilishi hamda auditorlik hisobotiga tеgishli qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik tеkshiruvining natijalarini ma'lum qilish uchun qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig’ilishi chaqirilishini talab qilishi shart.
Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Auditorlik tashkilotining javobgarligi. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tеkshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub'еkt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi sub'еktning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga yеtkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.
Auditorlik tеkshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada o’tkazmaganlik oqibatida xo’jalik yurituvchi sub'еktga va (yoki) auditorlik tеkshiruvining buyurtmachisiga еtkazilgan zarar, shu jumladan boy bеrilgan foyda, qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda qoplanishi shart.
O’z navbatida mijoz (xo’jalik yurituvchi sub'еkt)ning auditorlik tеkshiruvi o’tkazilayotgandagi huquq va majburiyatlari ham mavjud.
Auditorlik tеkshiruvidan o’tkazilayotgan xo’jalik yurituvchi sub'еkt quyidagi huquqlarga egadir:
-auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish;
-buxgaltеriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi to’g’risida hamda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni to’g’rilash haqida auditorlardan maslahat va tavsiyalar olish.
Auditorlik tеkshiruvidan o’tkazilayotgan xo’jalik yurituvchi sub'еkt:
-auditorlik tеkshiruvi o’tkazish to’g’risidagi shartnomada bеlgilangan muddatlarda auditorlik tеkshiruvini o’tkazish uchun auditorga kеrakli sharoitlarni yaratib bеrishi, unga zarur hujjatlarni taqdim etishi;
-auditorlik tеkshiruvi davomida aniqlangan buxgaltеriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobot tuzish qoidalari hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqish tartibi buzilishlarini bartaraf etishi shart.
Xo’jalik yurituvchi sub'еkt ushbu qonunga muvofiq amalga oshirilayotgan auditorlik tеkshiruvini o’tkazishdan bosh tortish yoki unga halaqit bеrish maqsadlarida u yoki bu harakatlarni (xarakatsizlikni) sodir etishga haqli emas.
Xo’jalik yurituvchi sub'еkt qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo’lishi va uning zimmasida o’zga majburiyatlar bo’lishi mumkin. Auditorlik tеkshiruvining buyurtmachisi.
Auditorlik tеkshiruvining buyurtmachisi auditorlik tеkshiruvi o’tkazilishini qo’zg’atuvchi xo’jalik yurituvchi sub'еkt, uning mulkdori, shuningdеk ustav kapitalida qonun hujjatlarida bеlgilanganidan kam bo’lmagan miqdordagi ulushga ega qatnashchilar va aksiyadorlar, nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlardir.
Auditorlik tеkshiruvining buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
-auditorlik tashkilotini mustaqil tanlash;
-tashabbus tarzidagi auditorlik tеkshiruvi o’tkazilayotganda auditorlik tеkshiruvining yo’nalishi va hajmini bеlgilash;
-auditorning e'tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to’g’risidagi zarur axborotni auditorlik tashkilotidan olish;
-auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish.
Auditorlik tеkshiruvining buyurtmachisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Auditorlik tеkshiruvining buyurtmachisi auditorlik tеkshiruvini o’tkazishga doir shartnomaga muvofiq auditorlik xizmatlarining haqini o’z vaqtida to’lashi shart.
2. Auditning axloq kodeksi va uning axamiyati

Axloq me’yorlariga rioya etish oliy sifat, professional majburiyat va ma’naviy axloqiylikni ta’minlaydi va shu bilan birga jamiyatda auditor kasbiga hurmat va ishonch tuyg’usi ortadi.
Jahon miqyosida auditorlik etikasining vujudga kelishi va rivojlanishiga AICPA (Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti), GAAS (Dunyoda amal qilayotgan auditorlar standarti) va SEC (Qimmatli qog’oz va birja operatsiyalarining narx qo’mitasi)lari katta ta’sir ko’rsatib keladi.
AICPAning «Kasbiy etika asoslari» auditorlarning ish faoliyatlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Mazkur kodeks 4 qismdan iborat: kontseptsiya, o’zini tutish qoidalari, tushuntirishlar va etik me’yorlar.
Kasbiy etika kontseptsiyasi auditorda mujassamlashuvi lozim bo’lgan bir necha xususiyatlar (sifatlar), ya’ni etik tamoyillar tahlilidan iborat. Ular quyidagilardir:


  1. Mustaqillik, halollik va ob’ektivlik. Mustaqillik tamoyiliga ko’ra, auditor o’z faoliyatida mijoz, u yoki bu bank egasi, yoki boshqa shaxs manfaatlariga qarab ish tutmasligi lozim.




Mustaqillik auditorning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Auditor faqatgina o’z xizmati vazifasini bajarishi davomida audit predmetiga nisbatan mustaqillikni saqlashigina emas, balki moliyaviy hisobdan foydalanuvchilar ham auditorning mustaqilligiga ishonishlari muhimdir. Ushbu ikki maqsad haqiqiy va tashqi mustaqillik deyiladi.
Halollik va ob’ektivlik tamoyiliga ko’ra, auditor dalillarni qasddan buzib ko’rsatmasligi, boshqalar fikrini o’zining fikriga bo’ysundirmasligi lozim.


  1. Audit sohasida chuqur huquqiy va iqtisodiy bilim, malakaga va yuqori texnik mahoratga ega bo’lish. Bu tamoyilga ko’ra, auditor o’z faoliyati davomida quyidagi standartlarga muvofiq ish yuritishi lozim:


  • kasbiy chuqur malakalilik. Auditor buyurtmalarni kasbiy kom-petentlik bilan bajarishiga ishongan taqdirdagina qabul qilishi lozim;


  • topshiriqni bajarish vaqtida auditor zarur kasbiy sinchkovlikni namoyon qilishi zarur;


  • auditor topshiriqning bajarilishini zaruriy tarzda rejalashtirishi va nazorat qilishi zarur;


  • auditor bajarayotgan topshiriq bo’yicha xulosa va tavsiyalarni qonuniy va ilmiy asoslash uchun etarlicha ma’lumotlar to’plashi kerak.


  1. Mijozlar oldidagi majburiyat. Auditor o’zining mijozlari bilan sofdil va ochiq bo’lishi hamda ularga mumkin qadar yaxshiroq xizmat ko’rsatishi zarur;


  2. Kasbdoshlari oldidagi majburiyat. Auditor uyushma kasb vakillari bilan xushmuomala, mehribon bo’lishi, hamkorlik uchun sharoit yaratishi zarur;


  3. Boshqa majburiyatlar. Auditor o’z kasbi ustuvorligini yuqori ko’tarishi va bu kasb egalari qobiliyatlarini jamiyat manfaatlari uchun xizmat qilishga imkon beradigan darajada tutishi zarur.




O’zini tutish qoidalari. AICPAning «Kasbiy etika kodeksi»dagi mazkur qismga har bir auditor bajarishi, zarur bo’lgan, aniq belgilab berilgan qoidalar kiritilgan. Jumladan, ular quyidagilardir: mustaqillik, halollik va ob’ektivlik; umumiy standartlar; audit standartlari; buxgalteriya hisobi tamoyillari; boshqa texnik standartlar; mijozlarning maxfiy ma’lumotlari; xizmat haqi uchun to’lov; reklama va ta’sir etishning boshqa usullari; birgalikda olib borib bo’lmaydigan mashg’ulotlar.
Axloq me’yorlariga rioya qilmaydigan auditorlar o’z jamoasiga hur-matsizlik, ma’naviy hamda moddiy zarar etkazadi. Kodeksga muvofiq auditor kasbining maqsadi, asosan jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun, eng yuqori samaradorlikka erishish uchun oliy darajadagi professionallik me’yorlariga mos ishlashdan iborat.
Auditorlar o’z mahoratidan foydalangan holda mijoz va ish beruvchi ko’rsatmalarini, agar ular qiziqqonliksiz, ob’ektiv va jamiyat amaliyotida bo’lganida mustaqillik talablariga mos ravishda puxta bajarishlari lozim. Bundan tashqari, ular texnik va professional standartlarga mos bo’lishlari lozim.


Axloq kodeksiga muvofiq auditorning asosiy talablari quyidagilardan iborat:


  1. Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish. Auditorlar o’zining hayoti, ishlashi davomida umuminsoniy qoida va me’yorlarga rioya qilishga majbur.


  2. Jamiyat qiziqishlarini inobatga olish. Tashqi auditor faqat buyurtmachining emas, balki buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilarning barchasining qiziqishlarini inobatga olishi kerak. Mijozning soliq, sud, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatini himoya qila turib, auditor himoya qiladigan jihatlar qonuniy va adolatli bo’lishini anglashi zarur. Agarda mijozning qiziqishlari noqonuniy bo’lsa, u himoya qilishdan bosh tortishi zarur.


  3. Auditorning ob’ektivligi. Talab qilingan ma’lumotlarning aniq hajmigina auditorning qaror qabul qilish, tavsiyalar berish va xulosa yozishda ob’ektiv asosi bo’lishi mumkin. Auditorlar noto’g’ri axborotni fakt sifatida oshkor qilmasligi lozim. Har qanday professional xizmat ko’rsatish davrida auditorlar vaziyatlarga va aniq faktlarni ob’ektiv darajada ochib berishlari zarur.


  4. Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi). Professional xizmat ko’rsatish davrida auditor maksimal darajada diqqatni tekshirilayotgan ob’ektga jalb qilishi lozim. Auditorlar o’z ishiga ziyraklik va jiddiylik bilan yondashishi, auditorlik standartlariga rioya qilishi, ishni to’g’ri rejalashtirishi va nazorat qilishi hamda qo’l ostidagi mutaxassislarni muntazam tekshirib borishi zarur.


  5. Auditorning mustaqilligi. Auditorlik xizmati ko’rsatish natijasida tuzilgan xulosa yoki boshqa hujjatda o’zining mijoz oldidagi mustaqilligini bayon etishi lozim. Hisobot tuzish bo’yicha topshiriq qabul qilganda, auditorlar mustaqil bo’lishlari va tartiblilik, xolislik va mustaqillik tamoyillariga zid deb e’tirof etilishi mumkin bo’lgan har qanday manfaatdorlikdan erkin bo’lishi shart.




Axloq kodeksining talablari quyidagilardir:

chizma. Axloq kodeksining asosiy talablari

Quyidagi holatlar auditorlarning mustaqilligiga rahna solishi mumkin:

  • mijoz tashkilotning ishi sudda bo’lsa;


  • mijoz tashkilotning ishlarida auditor moliyaviy jihatdan qatnashsa;


  • auditor mijoz oldida moliyaviy va mulkiy bog’liqligi bo’lsa;


  • mijoz tashkilotda qarindoshlari ishlashi munosabati bo’yicha bilvosita moliyaviy jihatdan qatnashsa;


  • mijoz tashkilot direktori va boshqa boshqaruv xodimlari bilan qarindosh yoki shaxsiy do’stona munosabatda bo’lsa;


  • mijoz tashkilot boshqaruvida auditorning ishtiroki bo’lsa.




Yuqorida ko’rsatilgan holatlarda mustaqillik tamoyili buzilgan bo’ladi.


  1. Auditorning kasbiy mahorati. Auditor mijozga kerak bo’lgan auditorlik xizmatining etarli professional darajasini ta’minlashi lozim. Auditor ma’suliyatni o’z zimmasiga olishda ma’lum sohada o’zining mahorati borligiga ishonishi lozim. Auditor o’zining kasbiy mahoratiga to’g’ri kelmaydigan professional xizmatdan voz kechishi mumkin. Auditorlik tashkiloti muayyan vazifalarni hal qilishda mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Auditorning professional malakasi qonunchilikda belgilab qo’yilgan. Auditor buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish, fuqarolik huquqi, auditni tashkil qilish, xalqaro va milliy standartlar bo’yicha bilimini oshirib borishi lozim.




Kasbiy mahorat ikkita bosqichga bo’linishi mumkin:
A) kasbiy layoqatlilik darajasiga erishish. Kasbiy layoqatlilikni o’zlashtirish dastlab umumiy ta’limning yuqori darajada bo’lishini talab etadi, undan keyin maxsus ta’lim, tegishli o’quv fanlari bo’yicha bilimlarga tayyorlash va tekshirish hamda tegishli kasbiy fanlar bo’yicha imtihonlar o’tkazish, shuningdek, ish stajining mavjudligi;
B) kasbiy layoqatlilikni tegishli darajada saqlab turish. Kasbiy layoqatlilikni tegishli darajada saqlab turish bilimlarni muntazam yangilab borishni talab etadi. Auditor tekshiruv sifatining nazoratini ta’minlovchi dastur bo’yicha ishlashi lozim.


  1. Mijoz axborotining maxfiyligi. Auditor mijozga xizmat ko’rsatish davrida u bilan aloqaning davom etayotganligi yoki to’xtatilganidan qat’iy nazar, uning maxfiy axborotlarini sir saqlashi lozim.




Auditor professional xizmat ko’rsatib bo’lganidan so’ng mijozning maxfiy axborotini o’zining foydasi, 3-shaxsning foydasi yoki mijozga zarar etkazish maqsadida oshkor etmasligi lozim.
Quyidagi holatlarda mijozning maxfiy axborotini oshkor qilish qonunga zid hisoblanmaydi:


  • mijozning ruxsati bilan;


  • sud organlari qarori yoki qonun chiqaruvchi organlar hujjatlariga binoan ko’rib chiqilsa;


  • mijoz professional me’yorlariga qarama-qarshi ravishda auditorga nisbatan harakatda bo’lsa.


  1. Soliq munosabatlari. Mijoz uchun eng ko’p qulaylik rejimini yaratish soliqqa tortish sohasida kasbiy xizmat ko’rsatuvchi auditorning vazifasi hisoblanadi. Taqdim etiladigan xizmatlar kasbiy bilimdonlik bilan amalga oshirilishi, hech qanday vaziyatda halollik va xolislik tamoyillarini buzmasligi kerak. Auditor soliqqa tortishning hamma sohalari bo’yicha qonunchilikka rioya etishi zarur: o’zining yoki boshqa shaxslarning manfaatidan kelib chiqib, daromadlarni oshirmasliklari lozim.




Professional xizmat ko’rsatish davrida auditor mijozning qiziqishlari bo’yicha ish olib boradi. Shunday holatda auditor mijozning soliqlarni to’lash va soliq inspektsiyasini aldash bo’yicha hatti-harakatlariga qonunchilik nuqtai-nazaridan javob berishi lozim.
Majburiy audit davomida auditor soliqqa tortish bo’yicha xatoliklarni aniqlasa, mijoz tashkilotning rahbariyatiga va ichki nazorat bo’limi (taftish komissiyasi) ga xatolarni to’g’rilash bo’yicha yozma ravishda ma’lumot berishi lozim. Auditor soliq bo’yicha har qanday ko’rsatmalarni faqat yozma ravishda berishi lozim.
9. Professional xizmat uchun haq to’lash. Professional xizmat uchun haq miqdori ko’rsatilgan xizmatning murakkabligi, auditorning malakasi, tajribasi, professional nufuzi va malakaviy darajasiga bog’liqdir. Xizmat haqi erishilgan aniq bir natija, yutuqqa bog’liq bo’lmasligi lozim. Auditor mamlakatda o’rnatilgan hisob-kitoblar me’yoridan ortiq ravishda ko’rsatilgan xizmat uchun naqd pul ko’rinishida haq olishi mumkin emas. Auditor xizmat ko’rsatish uchun oladigan haqning tartibi va shartlari to’g’risida yozma ravishda oldindan mijozni xabardor qilib qo’yishi lozim.
10. Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar. Auditorlar bir-birlariga nisbatan samimiy bo’lishi lozim. Hamkablari ustidan kasbiy mahorat bo’yicha tanqid qilishi mumkin emas.
Agar auditorlarning mijozi o’zaro almashsa, 1-auditor 2-auditorga yozma ravishda uning axborotini berishi lozim. Agar bir auditor 2-auditorga mijoz haqida axborot bermasa, u holda 2-auditor ijobiy javob olishga haqqi bor. Auditorlar boshqa auditorni yordamga chaqirsa, ular o’rtasidagi munosabat ish yuzasidan bo’lishi lozim.
11.Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati. Auditorlik tashkiloti xodimlari auditorlik tashkiloti obro’sini ko’tarish va rivojlantirish bo’yicha harakat qilishi, boshqa xodimlar va rahbarlar bilan samimiy munosabatni qo’llab-quvvatlashi lozim. Auditorlik tashkiloti professional faoliyat bo’yicha usullarni amalga joriy etish, o’zining xodimlari malakasi va bilimini oshirish bo’yicha doimo qayg’urishi lozim.
Auditorlar doimo o’zining ishini sidqidildan bajarishi lozim. Auditorlarning o’z auditorlik firmalarini tez-tez o’zgartirib turishi axloq me’yorlariga zid holat hisoblanadi. Auditor auditorlik tashkilotini tark etayotganida auditorlik tashkilotiga tegishli barcha holatlarni to’liq hajmda va vijdonan topshirishi lozim.
12. Nashr qilinadigan axborot va reklama. Auditorlar haqidagi ma’lumotni nashr qilish va auditorlik xizmatlarini reklama qilish ommaviy axborot vositalari, auditorlarning maxsus nashrlari va boshqalarda amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik xizmatini reklama qilish to’g’ri, aniq va ishonchli bo’lishi lozim. Axloq kodeksiga zid bo’lgan quyidagi reklama va nashrlarga ruxsat berilmaydi:


    • mijozlar to’g’risidagi maxfiy axborotni ochish mumkin bo’lgan ma’lumot;


    • muayyan sohadagi biron-bir mutaxassisga asoslanmagan shikoyat.




13.Professional xizmatga aloqador bo’lmagan sohada auditorning harakati. Auditor auditorlik faoliyati davrida boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmasligi lozim.
14.Xalqaro faoliyat. Axloqiy talablarni qo’llashda xalqaro amaliyotda bir qator vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Auditor faqat bir davlatning kasbiy tashkiloti vakili hisoblanishi yoki o’zi xizmat ko’rsatayotgan davlatda kasbiy tashkilot vakili hisoblanishi holati har bir alohida vaziyatda ishni yuritish usuliga ta’sir etmasligi lozim.
Bir davlatda attestatsiyalangan auditor boshqa davlatda yashashi yoki xizmat ko’rsatishi maqsadida u erda vaqtincha bo’lishi mumkin. Har qanday holda ham auditor audit standartlari va axloqiy talablarga muvofiq ravishda kasbiy xizmatlar ko’rsatishi lozim. Agar auditor «A» davlatda xizmatlar ko’rsatsa va ushbu davlatning axloqiy talablari «V» davlatda qabul qilingan talablardan farqlansa, quyidagi qoidalar qo’llaniladi:
– xizmat taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V» davlat auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra engilroq bo’lsa, bu holda «V» davlat auditorlarining axloq kodeksi qo’llanilishi lozim;
– xizmatlar taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V» davlat auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra qattiqroq bo’lsa, bu holda xizmatlar ko’rsatilayotgan «A» davlatdagi axloqiy talablar qo’llanilishi lozim.
– mamlakatning milliy (axloqiy) talablari mamlakat tashqarisida xizmatlarni bajarishda majburiy hisoblansa va yuqorida bayon etilganlardan ko’ra qattiqroq bo’lsa, bu holda milliy talablar qo’llanilishi lozim.


Mustaqillik, vijdonlilik va maxfiylik. Umuminsoniy ahloq qoidalari va ma’naviy me’yorlarga rioya qilish. Auditorning xolisligi va kasbiy vakolatliligi

Auditorlar axloq kodeksida har bir auditor rioya qilishi zarur bo’lgan tamoyillar keltirilgan, ya’ni: halollik, mustaqillik, ob’ektivlik (xolislik), malakaviy kompetentlik, maxfiylik va boshqalar.
Halollik deganda nafaqat haqiqatgo’ylik, shuningdek, beg’arazlik va ishonchlilik ham tushuniladi. Xolislik tamoyiliga mos holda hamma auditorlar adolatli, halol harakat qilishi va nizoga yo’l qo’ymasliklari lozim.
O’z funktsiyalarini bajarishda auditorlar hamisha xolis bo’lishlari lozim. Xolislik oldindan xulosa chiqarmaslikni, tarafkashlik va professional masalalarni ko’rib chiqishda, xulosa chiqarishda qandaydir ta’sir doirasiga tushib qolmaslikni bildiradi. Xolislikning etika talablariga amal qilishda:


  • Oldindan xulosa chiqarishga g’arazgo’ylik yoki boshqa shaxslarning xolislikka zarar keltiruvchi ta’siridan, munosabatlardan qochish;


  • Agar ular auditorning kasbiy muhokamasiga jiddiy va yo’l qo’yib bo’lmaydigan ta’sir o’tkazish mumkinligi haqida ongli ravishda faraz qilinsa, sovg’alar va boshqa mehmondo’stlik belgilarini qabul qilmasligi va o’zi ham taklif etmasligi zarur.




Xizmat ko’rsatishga rozilik bergan auditor ishni yuqori professional darajada bajara olishiga ishonishi lozim. Auditorlar auditorlik xizmatlarini etarlicha e’tibor va g’ayrat bilan bajarishlari zarur. Ularning majburiyatlari doimiy ravishda o’z bilimlari va tajribalarini shunday darajada oshirishi kerakki, rahbariyat ham, mijozlar ham uning doimiy ravishda yangilanib boradigan qonunchilik sohasidagi ma’lumotlar audit metodikasi va amaliyotiga asoslangan professional xizmatlarining yuqori sifatliligiga ishonsin.
Professional kompetentlik – auditorga professional xizmatlarni malakali va sifatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar va ko’nikmalarning zarur hajmiga ega bo’lishdir. Auditorlar o’z bilim va tajribalarini bo’rttirib ko’rsatmasliklari kerak. Maxfiylik - audit tamoyillaridan biri bo’lib, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) auditorlik faoliyati davomida olgan yoki tuzgan hujjatlarining bus-butun (yaxshi) holda saqlashni ta’minlashga majburligi, kim bo’lishidan qat’iy nazar, bu hujjatlarning yoki ularning nusxalarini uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emasligi (to’liq holda ham, qisman ham) yoki mulk egasi (rahbar)ning roziligisiz ulardagi ma’lumotlar mazmunini og’zaki ravishda ham boshqalarga oshkor qilmaslikni o’z ichiga oladi.
Maxfiylik tamoyiliga hatto tekshirilgan iqtisodiy sub’ekt haqidagi ma’lumotlar oshkor yoki e’lon qilinishidan unga moddiy yoki boshqa zarar etmasa ham, majburiy tarzda amal qilinadi.
Maxfiylik axborotlarni sir saqlash majburiyatini yuklaydi va kasbiy xizmat ko’rsatish davomida axborotlarni olgan auditordan bu axborotlardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi tomon manfaatlari uchun foydalanmaslik talablarini qo’yadi.
Mustaqillik bu auditorning audit qilinayotgan tashkilot ishlarida yoki uchinchi shaxsga bog’liq holda o’z fikrlari shakllanishida manfaatdorlikning (moliyaviy, mulkiy, qarindoshlik yoki boshqa har qanday) bo’lmasligini o’zida ifoda etadi.
Jamiyat manfaatlari yo’lida hamma auditorlar va auditorlik tashkilotlari audit qilinayotgan tashkilot va uchinchi shaxslardan mustaqil bo’lishi zarur.
Auditorlik tashkilotining obro’si. Auditorlar o’z faoliyatlarida auditorlik tashkiloti va uning xodimlari obro’sini oshiribgina qolmasdan, ushbu sohada muomalaning umumqabul qilingan etika me’yorlari ham hisoblanuvchi qator nuqtai nazarlar va asosiy tamoyillarga ham rioya qilishlari lozim. Bunday tamoyillarga vijdonlilik va kasb muomalasi kiradi.
Vijdonlilik – auditorlarning zarur sinchkovlik, e’tiborlilik, tezkorlik va o’z qobiliyatidan tegishlicha foydalangan holda professional xizmat ko’rsatishini ko’zda tutadi. Bunda auditorning o’z ishiga qunt va mas’uliyatli munosabatda bo’lishi auditorlik faoliyatining benuqsonligi kafolati sifatida qabul qilinmasligi lozim.
Auditorning kasb etikasi muomalaning ana shu bir nechta qoidalari bilan tugamaydi. Kasb muomalasi tamomila auditor faoliyatining hamma sohasiga taalluqlidir. Etika va uning intizomiy ta’sir etishi ularning faoliyatini o’zini-o’zi boshqarish hisoblanadi. Auditorlar boshqa shaxslar manfaatlarini hamisha esda tutishlari zarur. Ularni hal qilish qanchalik murakkab bo’lmasin, texnik tafsilotlarni hisobga olib, muammo mohiyati haqida eslashi lozim. Auditorlar uchun o’z kasblarining boshqa odamlarga ta’sir etish ruhini anglab etish va uni baholay olish muhimdir.
3.Auditorlik malak sertifikatiga qo’yilgan talablar va uni olish tartibi

Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.
Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin.
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa hatti-harakat-lari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar etkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi (3).
Shuningdek, Qonunning 4-moddasiga muvofiq «auditor yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida, auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir».
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi.
Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.
O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko’ra auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir. Hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini, birinchi navbatda, buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-shakl), shuningdek boshqa hisobotlarning ishonchliligini (yoki tasdiqlamaslik) auditorlik xizmatining eng muhim vazifasi hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-kitoblar holati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan boshqa ko’plab holatlarni qamrab oladi. Shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalariga bevosita ta’sir-ko’rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligini pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim.
Auditor malaka sertifikati jismoniy shaxsga, basharti u auditorlik tashkiloti shtatida bo’lsa yoki u bilan auditorlik tashkiloti fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beradi. Malaka sertifikatiga ega bo’lgan har bir auditor malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan e’tiboran har bir yil mobaynida respublika auditorlar jamoat birlashmasi bilan kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari bo’yicha 60 soatdan kam bo’lmagan hajmda malaka oshirish kurslarini o’tishi shart.
Auditor malaka sertifikatini olishga da’vogar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga ekvivalient deb tan olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga (1-ilova) ega bo’lish va oxirgi o’n yil ichida kamida uch yillik buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida yoxud shu sohalarda dars berish amaliy ish stajiga (shu jumladan o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish;
yoki O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumot yoxud xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga ekvivalient deb tan olingan iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumot bilan oxirgi o’n yil ichida kamida 5 yil auditor, bosh buxgalter, taftishchi yoki soliq inspektori sifatida ish stajiga ega bo’lish, shu jumladan o’rindoshlik bo’yicha;
yoxud O’zbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda (qonun hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) o’tkazilganligi sharti bilan) olingan iqtisodiyot fanlari nomzodi (doktori) ilmiy darajaga ega bo’lish;
2) respublika auditorlar jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ta’lim dasturi asosida auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus tayyorgarlikdan o’tilishi Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi yoki “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)” sertifikatlash doirasida professional buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash dasturi bo’yicha “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to’g’risida hujjatning mavjud bo’lishi;
"Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi" sertifikatiga yoki "Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)" sertifikatiga hamda O’zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy sohalarda 5 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega bo’lgan da’vogarlarga auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus tayyorgarlikdan o’tmasdan malaka imtihonini topshirishga ruxsat beriladi.
Auditor malaka sertifikatini olishga da’vogar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to’g’risida ariza topshiradi:
1) to’ldirilgan anketa;
2) ma’lumot to’g’risidagi diplom yoki iqtisodiyot fanlari nomzodi (doktori) ilmiy darajasini olganlik to’g’risidagi diplomning hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma nusxasi;
yoki ma’lumot yoki ilmiy daraja to’g’risidagi xorijiy hujjatning ekvivalentligini tan olish to’g’risidagi vakolatli davlat organi guvohnomasining hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma nusxasi (xorijiy ta’lim muassasalarida olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja to’g’risidagi diplomga ega bo’linganda);
3) mehnat daftarchasidan notarial tasdiqlangan ko’chirma (o’rindoshlik bo’yicha mehnat staji mavjud bo’lgan taqdirda bu haqida mehnat daftarchasiga qayd qilingan holda);
4) ikkita fotosurat (3 x 4);
5) auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus ta’lim olinganligi to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi (ushbu hujjat, agar o’qish tugatilgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasigacha bir yildan ko’p bo’lmagan vaqt o’tgan bo’lsa, haqiqiy hisoblanadi) va “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan qasamyod qilgan buxgalter (ASSA)” “Sertifikatlangan jamoat buxgalteri (SRA)”, professional buxgalterning milliy sertifikati (Sertifikatlangan professional buxgalter) sertifikatlash doirasida professional buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash dasturi bo’yicha “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to’g’risida hujjatning ushbu hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma nusxasi (ushbu hujjat, agarda u berilgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasigacha besh yildan ko’p bo’lmagan vaqt o’tgan bo’lsa, haqiqiy hisoblanadi);
yoki “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)” setrifikatlarning hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma nusxasi (ushbu hujjat, agar o’qish tugatilgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasigacha besh yildan ko’p bo’lmagan vaqt o’tgan bo’lsa, haqiqiy hisoblanadi);
6) malaka sertifikatini berish uchun eng kam oylik ish haqining 1,5 baravari miqdorida yig’im to’langanligi to’g’risida guvohlik beruvchi bank to’lov hujjati.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 kunlik muddat ichida malaka imtihonini topshirishga ijozat berish yoki ijozat berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi. Rad etish to’g’risida qaror qabul qilinganda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o’sha kunning o’zida rad etish uchun asoslarni ko’rsatgan holda qabul qilingan qaror to’g’risida da’vogarni yozma ravishda xabordor qiladi. Malaka imtihonini topshirishga ijozat berish to’g’risida qaror qabul qilinganda malaka imtihonini topshirishga ijozat berilgan da’vogarlarning ro’yxatlarini imtihon komissiyasiga topshiradi. Bunda malaka imtihoni guruhlarning shakllanishiga qarab, biroq hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab ikki oyda kamida bir marta o’tkaziladi.
Imtihon komissiyasi to’g’risidagi nizom, uning tarkibi va ishlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xodimlari va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishuvga binoan professional buxgalter va auditorlar, shuningdek zaruriyat tug’ilganda soliq solish, xo’jalik huquqi sohasidagi mutaxassislar kiritiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolat berilgan vakili imtihon komissiyasining raisi hisoblanadi. Malaka imtihonini topshirishga ijozat berilgan da’vogarlar malaka imtihonini o’tkazish sanasi, vaqti va joyi to’g’risida u o’tkazilgunga qadar 10 kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilinadi.
Da’vogarlar pasport yoki shaxsni tasdiqlaydigan boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda ularga malaka imtihonini topshirish uchun ijozat beriladi. Yonida pasport yoki shaxsni tasdiqlaydigan boshqa hujjat bo’lmagan yoki malaka imtihoniga kechikkan da’vogarlar imtihonga kelmagan hisoblanadi va malaka imtihonini navbatdagi topshirishga ijozat berilgan shaxslar ro’yxatiga kiritiladi.
Agar da’vogar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hujjatlarni topshirgan sanadan boshlab olti oy mobaynida malaka imtihonini topshirish uchun kelmagan taqdirda topshirilgan hujjatlar da’vogarga qaytariladi.
Da’vogarlar guruhi (kamida 10 kishi va ko’pi bilan 20 kishi) uchun malaka imtihoni ikki bosqichda o’tkaziladi:
- test sinovi (yozma shaklda 4 akademik soat mobaynida, uning natijalariga ko’ra da’vogarga yozma-og’zaki imtihon topshirish uchun ijozat beriladi);
- imtihon biletlari bo’yicha yozma-og’zaki imtihon (masalalarni echish va og’zaki javobga tayyorlanish uchun 3 akademik soat beriladi).
Malaka imtihonining ikkala bosqichini bir kun davomida o’tkazishga ijozat berilmaydi.
Testlar, imtihon biletlari savollari va to’g’ri javob variantlarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika auditorlar jamoat tashkiloti bilan birgalikda Auditorlarni o’qitish dasturi asosida ishlab chiqadi.
Imtihon komissiyasi raisining imzosi qo’yilmagan test blanklari va imtihon biletlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Testlar va imtihon biletlarining mazmuni qonunlar va me’yoriy hujjatlarga kiritiladigan o’zgartish va qo’shimchalarni hisobga olgan holda vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqiladi.
Testga dasturning barcha bo’limlarini aks ettiradigan kamida 75 savol kiritiladi.
Test natijalarini ijodiy deb e’tirof etish uchun asos bo’lib hisoblanadigan to’g’ri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak.
Test natijalari salbiy deb e’tirof etilgan taqdirda da’vogar yozma-og’zaki imtihonni topshirishga qo’yilmaydi, unga taqdim etgan hujjatlari qaytarib beriladi.
Imtihon bileti to’rt qismdan iborat, ularning har birida nazariy qism va quyidagi fanlar bo’yicha amaliy vazifa mavjud bo’ladi:
1-qism. Moliyaviy hisob.
2-qism. Boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment va moliyaviy tahlil.
3-qism. Audit.
4-qism. Soliqqa tortish va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish.
Imtihon bileti to’rt qismining har biri bo’yicha javoblar (shu jumladan masalani echish) besh balli tizim bo’yicha baholanadi.
Imtihon bileti bo’yicha kamida 15 ball olgan da’vogarlar imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.
Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo’lib hisoblanadi:
auditorning arizasi;
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno;
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qo’pol ravishda buzganlik;
auditorlik tekshiruvi o’tkazishda aniqlangan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha belgilab qo’yilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirganlik;
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo’lib, mazkur shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun o’z nomidan foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi;
sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo’jalik munosabatlari sohasida muayyan faoliyat bilan shug’ullanish huquqidan maxrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi xukmining qonuniy kuchga kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to’g’risidagi sud qarori.
Bunda auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asos bo’lib hisoblangan auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini bir marta qo’pol ravishda buzish deb quyidagilar tan olinadi:
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda mustaqillikni ta’minlamaslik;
ishonchli bo’lmagan yoki qasddan soxta auditorlik xulosasini tuzganlik;
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda olingan maxfiy axborotlarni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Auditor malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to’g’risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Auditor malaka sertifikati quyidagi xollarda bekor qilinadi:
maxsus vakolatli davlat organining auditorga malaka sertifikatini berish to’g’risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganida;
sertifikat soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganida.
Malaka sertifikatini bekor qilish to’g’risidagi qaror auditor malaka ceptifikati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.


Download 48,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish