Kasbi bo’yicha O’quv dasturlari to’plami


Namunaviy mavzular rejasi



Download 5,72 Mb.
bet99/134
Sana20.03.2022
Hajmi5,72 Mb.
#504557
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134
Bog'liq
O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabdan va sinfdan t

Namunaviy mavzular rejasi



Fanning bo`lim va
mavzulari nomi

Umumiy yuklama, soat

Hammasi

Dars turi bo`yicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi)

Mustaqqil ish

Jami

Nazariy (ma`ruza)

Amaliy

Laborato-riya ishi

Seminar

Kurs ishi (loyihasi)

1.

Kirish.

2

2

2
















I bo`lim. Oziq-ovqat sanitariyasi va gigiyenasi.

2.

1-mavzu. Umumiy ovqatlanish korxonasida ishlovchi xodimninig va pazandachilik bo’yicha to’garak rahbarining shaxsiy gigiyenasi.

2

2

2
















3.

2-mavzu. Umumiy ovqatlanish korxonalari joylashtiriladigan hududga, qurilishiga, jihozlari, asboblari va idish-tovoqlariga qo`yiladigan sanitariya talablari.

5

3

3













2

4.

3-mavzu. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashishga va saqlashga qo`yiladigan sanitariya talablari.

2

2

2
















5.

4-mavzu. Oziq-ovqat mahsulot-larining tayyorlanishiga va birlamchi, issiqlik ishlovi berilishiga qo`yiladigan sanitariya talablari.

4

2

2













2

6.

5-mavzu. Oziq-ovqat sanitariya nazorati va sanitariya qonunchiligi.

1

1

1
















II bo`lim. Ovqatlanish fiziologiyasi

7.

1-mavzu. Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi va funksiyasi. Organizm hayotiy faoliyatida ovqat hazm qilishning ahamiyati.

2

2

2
















8.

2-mavzu. Asosiy oziq moddalar va ularning organizm uchun ahamiyati.

6

4

2







2




2

9.

3-mavzu. Ovqatlanish maromi va tartibi. Kundalik ovqatlanishni tashkil etishning fiziologik asosi.

10

7

1

4




2




3

10.

4-mavzu. Parhez va davolash bo`yicha ovqatlanish. Parhez ovqatlanishning fiziologik asosi.

9

7

1

6










2

III bo`lim. Mikrobiologiya asoslari

11.

1-mavzu. Mikroorganizmlarning asosiy guruhlari. Bakteriyalar, zamburug’lar va viruslar.

5

3

1




2







2

12.

2-mavzu. Mikroorganizmlarning fiziologiyasi, oziqlanishi va nafas olishi

1

1

1
















13.

3-mavzu. Mikroorganizmlarga tashqi muhitning ta`siri va ularning tabiatda tarqalishi.

3

1

1













2

14.

4-mavzu. Mikrobiologik jarayonlar va ulardan oziq-ovqat sanoatida foydalanish

2

2

2
















15.

5-mavzu. Ovqatdan zaharlanish.

3

1

1













2




JAMI



57

40

24

10

2

4




17



Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Ovqatlanish fiziologiyasi asoslari, sanitariya va gigiyena fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari kerak.
O`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitafon, kompyuter, multimediya.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.Erbo`tayev. Umumiy ovqatlanish, sanitariya va gigiyena. – T.: 2003.
2. X.Xoshimov., J.Xoshimova. Mikrobiologiya, ovqatlanish fiziologiyasi va
sanitariyasi. – T.: 2003.
3. I.Erbo`tayev. Umumiy ovqatlanish va xizmat madaniyati. – T.: 2003.
4. E.E.Sarkisyans., L.G.Perekopskaya. Gigiyena bilan sog`liqni saqlashni tashkil
qilish asoslari. – T.: 1988.
5. T.O.Xudoyshukurov. Ovqatlanish va salomatlik T.: 1990
6. G.I.Kositskiy (J.D.Dadamirzayev tarjimasi). Fiziologiyadan mashg’ulotlar uchun
qo’llanma T.: 1995
7. Y.N.Pavlovskaya Fiziologiya pitaniya M.: 1991
Foydalanilishga tavsiya etiladigan internet tarmog’i
1.http:// www.ziyonet.uz/tiles Ovqatlanish fiziologiyasi va gigiyenasi
2.bti.uz/library Oqilona va maromli ovqatlanish
3.www.referatlar.uz/load O’smirlar davri gigiyenasi va ovqatlanish gigiyenasi
4.opportunity.com.ua Основы физиологии и гигиены
5. www.medichelp.ru Физиологические нормы питания
6. www.masu.ru Основы микробиологии, физиологии и гигиены
7. propk.ru Физиология питания, гигиена и санитария
8. www.ziyonet.uz/ru Mikrobiologiya. Oziq-ovqat texnologiyasining nazariy
asoslari.
9. www.ziyonet.uz/ru Xizmat ko’rsatadigan ovqatlanish korxonalarida xodimlarning shaxsiy gigiyenasi
10. www.cbu.uz sanitariya va gigiyena sohasidagi qonun hujjatlari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI



Ro`yxatga olingan
№KMD 3141602 – 2.16
“15” avgust 2012-yil

Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan



TO`QISH VA TO`QISHNI O`RGATISH
METODIKASI
fanidan o`quv DASTURI
Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 15-avgustdagi 332/1-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.

Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 10-avgust)



Tuzuvchilar:

M.Rahimjonova



1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.

























Taqrizchilar:

Q.Abdullayeva



Nizomiy nomli TDPU dosenti, pedagogika fanlari nomzodi.
















A.Shamsuddinov



Toshkent shahar 22-maktab direktori.














Kirish
Hozirgi dolzarb masala yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarni har tomonlama tarbiyalash, kasb-hunarga o`rgatishdan iborat. Bu vazifalar maktablarda, madaniyat uylari, o`quvchilar saroylari qoshida tashkil etilgan to`garaklar zimmasiga yuklanadi.
To`qish va to`qishni o`rgatish metodikasi fanining asosiy maqsadi, bo`lajak to`garak tashkilotchisiga to`qish to`garagini tashkil etishdagi ta`lim va tarbiya jarayonlarini olib borishni o`rgatadi. Bu fan “Ta`lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Prezident risolalarini hayotga tatbiq etgan holda to`garak mashg`ulotlari texnologiyasida eng zamonaviy, jahon andazalariga mos bo`lgan ta`lim-tarbiya berish vazifasini qo`yadi.
To`qishga o`rgatish to`garagining asosiy maqsadi, to`garak a`zolariga nafis to`qish sirlarini o`rgatish, mazkur san`atga bo`lgan mehr-muhabbatni uyg`otish, ularni izlanuvchanlikka, yaratuvchanlikka, tejamkorlikka o`rgatishdir. Dastur to`qish bo`yicha respublikamiz madaniyat uylari, o`quvchilar saroyida to`garak ishlariga oid to`plangan tajribalar, to`qish san`atining turmushda qo`llanish darajasi, rivojlanishi, tarixini o`rganish asosida tuzildi. Dastur III qismdan iborat.
I bo`limda to`qish va to`qishni o`rgatish metodikasi umumiy masalalari o`qitiladi.
II qism piltakashda to`qish va to`qishni o`rgatish metodikasida kerakli jihoz va moslamalar, kerakli materiallarni tayyorlash, halqalarni terish, belgilash, sonini o`zgartirish, chilvir, bo`rtiq gullar hosil qilish o`rgatiladi. Dasturga chok namunalari to`qish, o`lchov olib andaza tayyorlash, vertikal, gorizontal trikotaj choklarni qo`llash, turli buyumlarni to`qish kabi mavzular kiritilgan.
III qismda ilmoq va ilmoqda to`qishni o`rgatishdagi shartli belgilar, to`qish uslublari va turli buyumlarni to`qish o`rganiladi.
To`qish fani tikuvchilik buyumlarini loyihalash va badiiy bezash, tasviruy san`at, anatomiya, matematika, tikuvchilik texnologiyasi, mehnat muhofazasi, tikuvchilik materialshunosligi fanlari bilan bog`liq.
Fanni o`qitish texnologiyasida nazariy bilimlar beriladi va amaliy mashg`ulotlar o`tkaziladi. Nazariy bilimlar berishda bo`lajak to`garak rahbarlariga to`garakni tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari, ma`naviy, milliy, axloqiy, badiiy tarbiya talablari va uni amalga oshirish yo`llari o`rgatiladi. Albatta nazariy bilimlar berishda ilg`or tajriba manbalaridan foydalanish zarur. Nazariy bilimlar berishda texnika vositalari, ko`rgazma qurollar namoyish etiladi. Madaniyat uylari, maktab to`garak ishlari mashg`ulotlari o`quvchilar saroylari ish tajribalari asos qilib olinadi.
To`qish bo`yicha amaliy mashg`ulot davomida o`quvchi mehnati yakka shaklda tashkil etiladi, chunki har bir o`quvchi o`zi amalda bajarib ko`rmasa, ko`nikma va malaka hosil bo`lmaydi. Amaliy mashg`ulotlar davomida to`garak rejasini tuzush mashg`ulotlari texnologiyasida foydalaniladigan ko`rgazma qurollar tayyorlash, bo`lim va mavzular bo`yicha mashg`ulotga tayyorlanish asosiy diqqat markazida turishi kerak. Amaliy ishlar natijasida har bir bo`lajak to`garak tashkilotchisida to`qish to`garagi dasturi bo`limlari bo`yicha mashg`ulot ishlanmasi bo`lishi kerak. Ta`limning eng yangi usullari, pedagogik texnologiya asosida ko`rgazmalilik vositalaridan foydalanib mashg`ulotlarning uslubiy ishlanmasini ham mustaqil bajarishni mashq qilishi kerak.
Mashg`ulot davomida ko`proq amaliy ish, sayohat, ko`rgazma, munozara, muammoli ta`lim turlaridan foydalaniladi.
Bu fandan adabiyotlar juda kam bo`lganligi hisobga olgan holda, to`qish bo`yicha jurnallardan ko`proq foydalaniladi.
Ko`rgazma sifatida o`quvchilarning ijodiy ishlari, albomlar, jurnallarda berilgan jadvallar, rangli rasmlar, sxemalardan, turli mavzuli diafilmlardan foydalaniladi.
O`quvchilarning ish qobiliyatlarini o`stirish maqsadida mustaqil ishlar beriladi, ularni bajarishda to`garak rahbari ko`rsatmalar berib boradi.
Dasturda ta`kidlangan buyum xillariga o`quvchilarning xohishlari, milliy xususiyat, mahalliy sharoitni hisobga olgan holda o`zgartirish kiritish mumkin. Bu o`zgarish fan kafedrasi yig`ilishida ko`rib chiqilib, ma`qullanadi va pedagogik yig`ilishda tasdiqlanadi. Amaliy mashg`ulotlar zamon talabi asosida madaniyat uylari, o`qvchilar saroyi qoshida o`tkazilsa, ijobiy natija beradi, ya`ni ramziy mashg`ulotlar orqali tajriba qilinadi. Nazariy va amaliy mashg`ulotlar bo`yicha o`quvchilar bilimlari kundalik oraliq va yakuniy nazorat qilish bilan aniqlab boriladi. Yakuniy nazorat uchun o`quvchilar o`qituvchilar rahbarligida yozma ish bajaradilar. Yozma ish mavzulari o`quvchilarga tavsiya etiladi. Ular o`zlari xohlagan mavzularni tanlaydilar. Fan bo`yicha o`quvchilar bilim konikma va malakalarini mustahkamlash maqsadida mustaqil ish bajaradi. Mavzular bo`yicha fan o`qituvchilari tomonidan mustaqil ish mavzulari belgilanadi.
Fan bo`yicha olgan bilimlar pedagogik amaliyot texnologiyasida mustahkamlanadi. Bo`lajak to`garak rahbarlari olgan nazariy va amaliy bilimlarini amalda mustahkamlash uchun pedagogik amaliyot, madaniyat uylari, o`quvchilar saroylari yoki maktablar qoshidagi to`garak bazasida tashkil etiladi.
Fan bo`yicha ajratilgan soat miqdori o`quv rejasidan olinib, jami 71 soat, shundan 16 soati nazariy, 34 soati amaliy, 21 soati mustaqil ish mashg`ulotlari uchun ajratilgan.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish