Kasb tanlashga


\ Mustahkamlash uchun savollar



Download 13,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/266
Sana21.06.2022
Hajmi13,45 Mb.
#686732
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   266
Bog'liq
Mehnat-talimi-oqitish-metodikasi-kasb-tanlashga-yollash-1

\
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Kasbga yo‘naltirish ishlarining ijtimoiy asoslari deganda ni- 
m alarni tushunasiz?
2. Kasbga yo‘naltirish ishlarining psixologik asoslari deganda 
n im alarni tushunasiz?
3. Kasbga yo‘naltirish ishlarining fiziologik asoslari deganda 
nim alarni tushunasiz?
4. Professiogramma tarkibiga nim alar kiradi?
5. 0 ‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishiga tayyorlash tizi­
mi haqida m a’lumot bering.
6. Kasbga layoqatlilik deganda nim ani tushunasiz?
9.5 . Kasb tanlashga y o ‘naltirishnlng tarkibi
Reja:
1. S inf rahbarining kasb tanlashdagi o‘rni. 0 ‘quv muassasasi 
rahbarining hamda o‘quv ishlari bo‘yicha rahbar o ‘rinbosarlari- 
ning vazifasi.
2. 0 ‘quv muassasasidan tashqari tarbiyaviy ishlarning takomil- 
lashtirishning ish mazm uni. Talabalarni kasb tanlashga yo‘llash 
ishiga tayyorlashning mazm uni. Ijtimoiy-siyosiy sikldagi fanlarni 
o‘rganishda talabalarni kasb tanlashga yo‘lIash ishiga g‘oyaviy- 
nazariy jihatdan tayyorlash.
Tayanch iboralar: 
m ehnat tarbiyasi, kasbga yo‘naltiruvchi ken­
gash, texnika to ‘garaklari, fanlararo aloqalar, o‘quv-ishlab chiqa­
rish topshiriqlari, tabaqalashtirilgan yondashuv, qishloq xo'jalik 
kasblari.
377


Kasb egallashgacha bo‘lgan tayyorgarlik maktab yoshlarini 
moddiy ishlab chiqarsh sohasida m ehnatga hozirlashniiig um u ­
miy qismi bo‘lib qoladi. Zarur politexnik tayyorgarlikni olgan 
yigit yoki qiz ishlab chiqarish kasbini tez egallaydi, bunda o‘rta 
maxsus yoki oliy m a’lumot olish jarayoni jadallashadi.
0 ‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash butun pedagoglar 
jamoasining, ota-onalar va zavod jam oatchiligining ko‘p yillik 
ta ’lim-tarbiya ishidir. Yoshlarni m a’naviy-psixologik jihatdan 
mehnat faoliyatiga tayyorlashga shaxsni har tom onlam a kamol 
toptirishning o‘zaro bog‘liq jarayoni deb qaraladi, bu jarayonda 
qobiliyat va e ’tiqod bilan birga o‘smir shaxsini harakatlantiruvchi 
kuch sifatida namoyon bo‘ladi.
Qobiliyat va qiziqishlarni shakllantirishning politexnik asos­
lari va maktab yoshlarining boshlang‘ich ishlab chiqarish tayyor­
garligini kengaytirish bilan uzviy bog'liq bo‘lishi ishchi kasblarini 
egallashga yo‘naltirishning hal qiluvchi shartidir.
M ehnat tarbiyasi jarayoni birm uncha ilk bosqichda amalga 
oshirilgan taqdirda bunga erishiladi.
0 ‘rta va yuqori bosqich ta ’limida davomiylik shu narsada ifo- 
dalanadiki o‘quvchilar muntazam prinsip asosida tuzilgan yagona 
dasturlar bo‘yicha ishlaydilar. Bunday dasturlar asta-sekin mu- 
rakkablashtirilib borishni, bilim larni, ko‘nikm a va malakalarni, 
m ehnatning muayyan usullarini egallashni ta ’minlaydi.
Ta’lim va kasbga yo‘naltirish bilan qo‘shilgan unum li m ehnat­
da muntazam qatnashish eng ko‘p pedagogik samara beradi.
0 ‘rta maktabni tamomlab yoki kasb-hunar ta ’limi tizim ida, 
o‘quv kombinatlarida zarur tayyorgarlikdan o‘tib, xalq xo‘jali- 
gining turli tarm oqlarida darhol ishlay boshlagan yoshlarning 
soni yil sayin ko‘payib bormoqda.
M aktabda kasbga yo‘naltirish sohasidagi ham m a ishlarning 
bir-biriga muvofiqlashtirilishini ta ’m inlash maqsadida maktab 
direktori raisligida kasbga yo‘naltiruvchi kengash tuziladi.
Kengash tarkibiga maktab direktorining tarbiyaviy ishlar 
bo‘yicha muovini, kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv-metodik kabinet 
mudiri, m ehnat ta ’limi, o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali, unum ­
li mehnatini kasbga yo‘naltiruvchi o‘qituvchi yoki tashkilotchi
bitiruvchi sinflarning sinf rahbari, m aktab kutubxonachisi, mak­
tab o‘quvchilar tashkilotining vakillari, maktab shifokori, ota- 
onalar qo'm itasining a’zolari, homiy korxona vakillari kiradi.
378


Kasbga yo‘naltiruvchi kengashning ish rejasini maktab ken- 
gashi ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Kasbga yo‘naltiruvchi kengashning vazifalari kasbga yo‘naltirish 
bo‘yicha um um m aktab va sinflarning tadbirlarini rejalashitirish 
va tashkil qilishdan, kasbga yo‘naltirish ishiga oid ilg‘or tajriba 
m a’lum otlarini yig‘ish, um um lashtirish va om m alashtirishdan 
iborat. Kasbga yo‘naltiruvchi kengash tum an maktablararo o‘quv- 
ishlab chiqarish kombinatlari, yoshlarni kasbga yo‘naltirish va ish­
ga joylashtirish komissiyasi, kasb-hunar ta ’limi tizirnidagi ta’lim 
muassasalari, bazaviy korxonalar va tashkilotlar, o‘quvchilarning 
ota-onalari bilan aloqa bog‘lab turadi.
Kasbga yo‘naltirisl| ishi rejalashtirilgan chog‘da kengash m a­
halliy sharoitlarini va uiaktab ishining o‘ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olish lozim. Kengashning kasbga yo‘naltirish ish rejasi 
m aktab ta ’lim-tarbiya ishi um um m aktab rejasining tarkibiy qis­
midir.
Kasbga yo‘naltirish kengashining majlislariga muassasalar, 
homiy korxona, oliy o‘quv yurtlarining vakillari, balog‘atga yet- 
m aganlar ishi bo‘yicha komissiya a’zolari, mehnat resurslaridan 
foydalanish organlarining vakillari tak lif qilinadilar.
0 ‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishini o‘tkazgan chog‘da mak­
tab xodim lari va m aktab rna’m uriyatining vazifalari o‘quvchilarni 
kasbga yo'naltirishga oid yo‘riqnomalar, buyruqlar, qarorlar bilan 
tanishishdan, ilmiy-m etodik adabiyotni o ‘rganishdan, chiqarilgan 
m etodik tavsiyanomalarni o ‘rganish va o‘z ishlarida foydalanish- 
dan iborat.
Sinf rahbarining vazifalari avvalo 
0
‘quvchining shaklla- 
nayotgan shaxsini, uning mayllari, qiziqishlari, qobiliyatlarini 
chuqur va har tomonlam a o'rganishdan iborat. Bu sohada unga 
fan o‘qituvchilari, ota-onalar bilan savol varaqasini to‘ldirish 
va o‘quvchining shaxsiy varaqa-tavsifnomasini to id irg an holda 
uni m untazam ravishda kuzatish yordam beradi. Sinf rahbari 
o‘quvchining shaxsini o‘rganish negizida, muayyan dastur aso­
sida, bir maqsadga qaratib kasbga yo‘naltirish ishini olib boradi. 
Bunda sin f soatlaridan, fakultativ m ashg‘ulotlardan va ekskursi- 
yalardan foydalaniladi. Kasbga yo‘naltirish ishi o‘quvchilarning 
ota-onalari bilan m ustahkam aloqada o‘tkaziladi.
0 ‘quvchilar yiliga bir m arta savol varaqasini to‘ldiradi. Bun­
dan maqsad 
0
‘quvchilarning hayotiy rejalarini aniqlab olishdir.
379


Sinf rahbarlari savol varaqasi asosida, o‘quv yili oxirida, kasb­
ga yo‘naltiruvchi m aktab kengashiga topshirish uchun u yoki 
bu kasbni ongli ravishda tanlagan yoki zarur m alaka darajasi 
bo‘yicha kasb egallagan ham da o‘qish va ish xususidagi o‘z is- 
taklarini bildirgan o‘quvchilarning ro‘yxatlarini tuzadilar.
0 ‘quvchilar m ehnat ta iim i darslarida m ehnatning h ar xil 
turlariga oid bilim larnigina olib qolmay, shu bilan birga o ‘z 
faoliyatlari jarayonida maxsus m alakalarga ham ega b o ia d ila r, 
o ‘z qobiliyatlarini rivojlantiradilar, m ehnatda o‘z kuchlarini si­
nab ko‘radilar. Shu boisdan m ehnat ta iim i o‘qituvchisi m ehnat 
darsini shunday tashkil qilishi kerakki, toki h ar bir o‘quvchi 
m ehnatni sevishni o‘rganib olsin, odam larga n a f keltiradigan 
b o isin , ish jarayonidan va uning natijalaridan zavqlansin.
M ehnat o‘qituvchisi o ‘z ishida bilim va m alakani egallashda 
0
‘quvchilarda eng ko‘p faollik va m ustaqillikni t a ’m iniaydigan 
shakllari va m etodlaridan foydalanishi lozim. A m aliy labora­
toriya, o‘quv-ishlab chiqarish ishlari, ishlab chiqarish ekskur- 
siyalari tajribasi shunday ish shakllari va m etodari jum lasiga 
kiradi. Bu ishlar m ustaqil kuzatishlar, tajribalar, tahlillar, hi- 
sob-kitoblar, ishlab chiqarish va ijodiy vazifalarni hal qilishni 
ham da bevosita ijtimoiy-foydali, unum li m ehnatni o‘z ichiga 
oladi.
M ehnat ta iim i jarayonida o‘qituvchi kasb qilib o lin ­
gan m ehnat to ‘g‘risidagi m a iu m o tlarn i konkret m avzularni 
o‘rganish bilan mantiqiy bog‘lashi m um kin. C hunonchi, elek­
trotexnika fizikasi va bo‘lim ini o ‘rgangan chog‘da o‘qituvchi 
xalq xo‘jaligida elektr quvvatining roli va aham iyatini, uni 
ishlab chiqarish ham da iste’molchiga yetkazib berish usulla­
rini ko‘rsatishi, shuningdek ushbu tarm oq kasblari uchta kat­
ta guruhga bo‘linishini tushuntirib berish m um kin. B irinchi 
guruhga elektrotexnika uskunalari, m ashinalari, apparatlari 
va asboblarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasblar (elektro­
texnika m ashinalarini yig‘uvchi slesar, sozlovchi slesar, elektro­
montyor, izolyatsiya qiluvchi va shu kabilar); ikkinchi guruhga 
elektr quvvati uzatish bilan bog‘liq kasblar (podstansiyalarning 
elektrom ontyori, elektr tarm oqlarini ishlatuvchi elektrom ontyor 
va shu kabilar); uchinchi guruhga elektr quvvatidan foydalanish 
bilan bog‘liq kasblar (elektromontajchi slesar, ta ’m irchi elektro­
m ontyor va shu kabilar) kiradi.
380


0 ‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda o‘qituvchining shaxsi juda 
katta rol o ‘ynaydi.
0 ‘qituvchi shaxsi o‘qituvchining ijodiy rivojlanishini, yuksak 
pedagogik m ahoratini, ishda doimiy novatorligini, omilkorligi- 
ni, bolalarga nisbatan muhabbat va hurm atini belgilab beradigan 
xislatlar raajmuidir. Ayni shunday 
0
‘qituvchi o‘quvchilarda o‘ziga 
nisbatan hurm at-ehtirom , ishiga havas tug‘diradi, o‘ziga 
0
‘xshash 
bo‘lish, u bilan do‘stlashish eng ezgu istaklar, istiqbol to'g'risidagi, 
o ‘z kasbi haqidagi orzularni baham ko‘rish ishtiyoqini yaratadi.
M aktabda 
qiziqishlar bo‘yicha 
o‘tkaziladigan 
xilma-xil 
mashg‘ulotlar orasida to ‘garak ishi alohida ahamiyat kasb etadi. 
M aktabda to‘garaklarning asosiy ko‘pchiligini m ehnat ta ’Iimi 
o‘qituvchilari olib boradi.
Bular ishlab chiqarish va texnika to'garaklaridir. 0 ‘qituvchi 
bunday to ‘garaklarda o ‘quvchilarda ixtirochilik, konstruktorlik 
singari maxsus qobiliyatlarni ijodiy rivojlantirish uchun barcha 
shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatiga ega.
M ehnat ta ’lim i o ‘qituvchisi o'quvchi shaxsini o ‘rgangan 
chog‘da kasbga /'p ‘naltirish m aqsadida quyidagi qoidalar- 
ga: shaxs kamol topadigan konkret vaziyatda konkret jam oa- 
da shaxsning xulq-atvorini kuzatish; faoliyat orqali shaxsni 
o‘rganish; shaxsni qandaydir qotib qolgan narsa tariqasida 
em as, balki taraqqiyotda ko‘rib chiqish; shaxsning vaqtincha 
psixologik holatini, o‘rtoqlariga m unosabatini hisobga olish 
kabi qoidalarga am al qilishi m aqsadga muvofiqdir.
M ehnat ta ’lim i o‘qituvchisining ishida psixologik diagnosti- 
kasiga katta o‘rin ajratiladi. Psixologik diagnostika jarayonida u 
maktab, kasb-hunar kolleji kasb maslahatchisi bilan birgalikda 
har bir o‘quvchining kelgusidagi kasbni tanlashi jarayonida shax­
siy xususiyatlarini aniqlashi m um kin.
Shunday qilib, m ehnat ta ’lim i o‘qituvchisi ishida quyidagi 
yo‘nal ishlarni:
— kasbga oid bilim lar — o ‘quvchilarni m ehnat faoliyati so- 
halari, xalq xo‘jaligining ayrim tarm oqlari, kasblar va mutaxas­
sisliklar bilan tanishtirish;
— psixologik pedagogik maslahat — m ehnat faoliyatining tu r­
lari to ‘g‘risida, o‘quvchi xislatlari, bilim lari va mayllariga eng 
muvofiq bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar haqida o‘quvchiga 
gapirib berish;
381


- kasb tarbiyasi - o ‘quvchilarda u yoki bu kasbga nisbatan 
barqaror qiziqishlarini shakllantirish;
- amaliy, kasbiy ko‘nikish - m ehnat faoliyatining turli so­
halarida kuchlarni amaliy jihatdan sinab ko‘rish uchun shart- 
sharoitlar yaratish;
- kasbga yo‘naltirish maqsadida o‘quvchining shaxsini o'rga- 
nish, mehnatga bo‘lgan qiziqishlarni va kasbga qiziqishlarni 
shakllantirish kabi yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tish m um kin.
M ehnat ta ’limi o‘qituvchisining kasbga yo‘naltirish ishi o‘zaro 
bog‘liq tarkibiy qism larning butun bir kompleksi bilan, shu ju m - 
ladan, kasbga yo‘naltiruvchi o ‘quv-m etodik kabinet’ faoliyati 
sin f rahbarining, fan o ‘qituvchilarining ishi, ota-o n alar va shti 
kabilar bilan m ahkam boglangandir. M ehnat o‘qituvchisi bular 
bilan yaqindan aloqa bog'lam ay turib sam arali ishlashi m um kin 
emas.
M ehnat ta ’limi darslarida kasbga yo‘naltirish ishini olib bor- 
gan o‘quvchilarni m ehnat faoliyatiga tayyorlashdagi boshqa fanlar 
bilan o‘zaro aloqasini ham hisobga olish lozim.
M aktabda har bir o'quv fani o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni 
amalga oshirishdagi o‘ziga xos imkoniyatlarga ega, lekin u 
m ehnat turlari, kasblarning xilma-xilligi va shu kabilar to ‘g‘risi- 
da o‘quvchilar bilim larini shakllantirishning birdan-bir m anbai 
bo‘lishi m um kin emas. Shu sababdan ham kasbga yo'naltirish 
ishida m ehnat o‘qituvchisining faoliyatini sinf rahbarlari va fan 
o‘qituvchilari ishi bilan muvofiqlashtirish g‘oyat muhimdir.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda kasbga bo‘lgan bar­
qaror qiziqishni shakllantirish ishlari samaradorligini oshirish 
uchun:
- fan asoslarini o'qitishning, mehnat ta’lim ining va fakul­
tativ mashg‘ulotlarning fanlararo aloqalarini, davomiyligini, p o ­
litexnik va kasbga yo‘naltirish yo‘nalishini ro‘yobga chiqarish;
- politexnik m a’lumot, m ehnat ta ’limi va kasbga yo‘naI- 
tirishning 
0
‘quvchilar ijtimoiy-foydali, unum li m ehnati bilan 
o‘zaro aloqasini ta ’minlash;
-
0
‘quvchilarning bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli 
o‘quv-ishlab chiqarish topshiriqlari ni bajarishlari;
- xalq xo‘jaligining turli sohalarida 
0
‘quvchilarning qiziqishi- 
ni rivojlantirishda shaxsiy, tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga 
oshirish;
382


— o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish sohasida m aktab o‘qituv-
i-liilari bilan ishlab chiqarish jam oalarining birgalikda ish ko‘rishi;
- sanoat, qishloq xo‘jalik kasblarini targ‘ib qilish lozim.
Tabiiy va m atem atik turkum fanlarni o'rgangan chog‘da
o‘iluvchilar konkret iqtisodiy hududdagi yetakchi kasblar bo‘yicha 
m ehnat mazm uni bilan tanishish, ana shu kasblarni muvaffaqi­
yatli egallash uchun zarur b o ig a n bilim, k oiiikm a va m alaka­
larni olish imkoniyatiga egadirlar.
Maktab o‘quvchilari gum anitar fanlar bo‘yicha oikaziladigan 
rnashg‘ulotlarda kasb tanlash m asalalarida g‘oyaviy-axloqiy, dun- 
yoqarashga oid bilim oladilar.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish