X bob. M EHNAT TA’L IM I M ETODIKASI, KASB
TANLASHGA YO‘LLASH FANIDAN KURS VA BITIRUV
ISH LA R IN I BAJARISH M ETODIKASI
10.1. M ehnat ta’lim i m etodikasidan kurs ishlari bajarish
Reja:
1. Kurs ishini bajarishdan maqsad va uning tuzihshi.
2. Kurs ishini bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar.
Tayanch iboralar: geometrik o‘lchamIarda o‘xshashlik, fizi
kaviy o'xshashHk, harakatli o‘xshashlik, dars o ‘tish
metodikasi,
darsni tashkil etish, dars rejasi,
kalendar mavzuli reja, dars
ning xronologik xaritasi, konspekt,
tarqatm a materiallar, test
so‘rovnomalari, jadvallar, rasmlar, texnologik xarita, sxemalar,
pedagogik-texnologiya m etodlaridan foydalanish, o‘quv ishlab
chiqarish ishlari,
texnik baza tayyorlash, instruksion-texnologik
hujjatlar.
Kurs ishini bajarishdan maqsad va uning tuzilishi.
Mehnat ta’limi metodikasi fanidan kurs ishlari fan yuklamasi
tugatilgandan so‘ng, talabalarda m ehnat ta’limi o‘quv kurslari
haqida to‘liq m a’lumot shakllangandan keyin bajarilishi talab
qilinadi. Kurs ishlari talabaning egallagan bilim, ko‘nikm a va
malakalarini
nazorat qilish, m ustahkam lash va boyitish, egallan-
gan bilimlarni amalda qo‘llay olish, mustaqil ilmiy izlanishlar
olib borish, adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish kabi m aqsadlarni
ko‘zlaydi.
Shu m aqsadlarning to‘la-to‘kis amalga oshishi uchun kurs ishi
topshiriqlari
shunday tuzilishi kerakki, uni bajarish uchun talaba
kursning barcha bo‘limlariga, metodik adabiyotlarga, amaliy ish
tajribasiga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelsin.
Kurs ishi tushuntirish xati va chizm alarni o ‘z ichiga^ oladi.
Tushuntirish xatining hajmi cheklanmaydi. U taxm inan 25—
30 betni tashkil etadi. C hizm alarning m azm uni aniq topshiriqlar
bilan belgilanadi.
Kurs ishi topshirig'i biror mavzuga tegishli kalendar-tem atik
reja; mavzuga bag‘ishlangan darslar
tizim ini ishlab chiqish, bi
ror mavzuning dars reja-konspektini tuzish, pedagogik texnologi-
390
yalarga asoslangan dars ishlanm alarini tayyorlashdan iborat
bo‘lishi m um kin.
D astlab m avzuning o‘quv dasturidagi tutgan o‘rni, uni
o‘rganishning kalendar m uddatlarini aniqlash talab etiladi, sababi
busiz boshqa o‘quv fanlari bilan didaktik aloqa o‘rnatib bo‘lmaydi.
Kurs ishida quyidagilar aks ettiriladi:
1. Mavzu tavsifi. M avzuning dolzarbligi, m uam m oning o‘rga-
nilganlik darajasi.
2. M avzu bo'yicha adabiyotlar tahlili.
3. M avzuning o‘quv-tarbiyaviy vazifalari.
4. Mavzuni yoritishda foydalaniladigan ilm iy-tadqiqot m e
todlari.
5. M avzu m ateriallarining nazariy va
m etodik asoslarini ochib
berish.
6. M avzuning nazariy asoslarini o‘quv jarayonidagi m ehnat
operatsiyalari bajarilishining metodik jihatdan tavsifi.
7. M avzuni yoritish metodikasi. M ehnat ta ’limi metodikasi fa-
nining asosiy tushunchalari, dars o‘tish metodikasi, darsni tash
kil etish, dars rejasi, kalendar mavzuli reja, darsning xronologik
xaritasi, konspekt, tarqatm a materiallar, test so‘rovnomalari, jad
vallar, rasmlar, texnologik xarita, sxemalar va hokazo.
8. M avzuni yoritishda pedagogik texnologiya metodlaridan foy
dalanish. Pedagogik texnologiya tushunchasini o‘zlashtirish, peda
gogik texnologiyaga berilgan ta’riflar bilan tanishish,
pedagogik
texnologiya metodlarini qo‘llagan holda dars ishlanmasi tayyorlash.
9. 0 ‘quv ishlab chiqarish ishlari.
10. M avzuni o‘rganish uc^un zarur m oddiy-texnik baza tay
yorlash.
11. Instruksion-texnologik hujjatlar.
12. 0 ‘qituvchining darsga tayyorgarligi.
13. M avzuni o‘rganish rejasi va texnik hujjatlar.
14. Xulosa tayyorlash, taklif va m ulohazalarni bildirish.
15. Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatini
keltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: