REJA:
KIRISH
KASB-HUNAR TA’LIMI – KELAJAK TA’LIMI
AMALIYOT DAVRI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
XULOSA
K I R I S H
Men Maxamadaliyev Boburbek Baxodir o’g’li Namangan muhandislik – texnologiya instituti rektorining 05.05.2021-yildagi 242-sonli buyrug’iga asosan 24.05.2021-yildan 13.07.2021-yilgacha bo’lgan muddat davomida, Yangiqo’rg’on tuman 1-sonli kasb-hunar maktabida va 14.07.2021-yildan 31.07.2021-yilgacha bo’lgan vaqt oralig’ida Yangiqo’rg’on tuman Xalq ta’lim bo’limida Pedagogik amaliyotni yakunladim.
Amaliyotning birinchi kuni men amaliyot o’tkazish joyimga, ya’ni Yangiqo’rg’on tuman 1-sonli kasb-hunar maktabiga bordim. U yerda maktab direktori N.Mirzakarimov bilan ko’rishdim. Direktor amaliyotni to’g’ri tashkil qilish va belgilangan tartibda o’tkazish bo’yicha ko’rsatmalar berdi. Amaliyot davrida bizga rahmat etib, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Rahmonjon Mamadaliyev biriktirildi.
Rahbarimiz bizga kasb-hunar maktabi, uning ishchi xodimlari bilan asta-sekin tanishtirdi.
Maktabda 4 ta yo’nalish bo’yicha darslar olib borilar ekan. Bular:
Avtomobillarni ta’mirlash va chilangarlik – 9 ta gurux, 237 nafar talaba;
Traktor mashinisti – 1 ta gurux, 26 nafar talaba;
Bank nazoratchisi – 1 ta gurux, 28 nafar talaba;
Tikuvchi – 1 ta gurux, 26 nafar talaba o’g’il-qizlarga malakali mutaxassislar tomonidan ta’lim berilmoqda.
Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o’z mutaxassisligini chuqur egallagan o’qituvchilar zarur. Shuning uchun xozirgi kunda o‘qituvchilar oldiga juda ko‘p vazifalar qo‘yilmoqda. Shu bilan birga talabalarga xam.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – komil inson va eytuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.
Kasb ta`limi metоdikasi fanini o’rganishdan maqsad-5140900- «Kasbiy ta`limi» yo’nalishi ta`lim sоhalari bo’yicha ta`lim оlayotgan bakalavrlarda kasb-hunar kоllejlari o’quvchilarining ta`limi va tarbiyasi jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yecha оlishida hamda ularning umumtexnika, maxsus va ishlab chiqarish ta`limi darslarini оlib bоrishiga yordam beradigan metоdik bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Fanning vazifalari:
talabalarda kasbiy ta`lim metоdikasining terminalоgik tushunish apparatini shakllantirish;
ta`limni tashkil qilish shakllari, maqsadi va vazifalarini lоyihalash bo’yicha ko’nikma va malakalarni shakllantirish;
ta`lim jarayonining tashkil etilganligini taxlil qilish va uni samarali bahоlay bilish;
kasbiy ta`lim yunalishi bitiruvchilarining metоdik ishlari tizimi bo’yicha tushunchalarni hоsil qilish jarayonida o’quvchilar faоliyatini tashkil etish va uni bоshqarishni lоyihalay оlish bo’yicha malakalarni shakllantirishdan ibоrat.
Do'stlaringiz bilan baham: |