Ta’lim muassasasini boshqarish
Kasb-hunar maktabiga O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan tayinlangan direktor rahbarlik qiladi.
Kasb-hunar maktabi faoliyatini boshqarish direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Direktor:
kasb-hunar maktabining faoliyatini yuritishga shaxsan javob beradi;
davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda Kasb-hunar maktabi nomidan ish yuritadi;
tashabbuskor o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘radi;
o‘z vakolati doirasida xodimlar tomonidan ijro etilishi shart bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
o‘z vakolati doirasida boshqa funksiyalarni bajaradi.
Direktor ma’muriyat faoliyati natijalari bo‘yicha pedagogik kengash va Kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda vazirlikka hisobot beradi.
Kasb-hunar maktabining oliy organi Pedagogik kengash hisoblanadi.
Pedagogik kengash:
kasb-hunar maktabini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, boshlang‘ich professional ta’limga ega kadrlar tayyorlash va tarbiyalash sifatini oshirish va takomillashtirishni;
o‘quvchilarni qabul kilish, kursdan kursga o‘tkazish va qoldirish masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi;
o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ijodiy tashabbuskorligini oshirish, ularning pedagogik tajribasini ommalashtirish bo‘yicha malaka oshirish ishlarining tashkil etilishini muhokama qiladi;
tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga kasbiy toifa berish hamda bazaviy ta’rif stavkasiga belgilangan ustama haq to‘lovlarini belgilash to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qiladi va tegishli toifalarga tavsiya beradi;
Davlat attestatsiya komissiyasi va qabul komissiyasi hisobotini muhokama qiladi;
Pedagogik kengash tarkibiga kasb-hunar maktabi direktori, uning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, psixolog, axborot-kutubxona bo‘yicha mutaxassis kiradi. Pedagogik kengash tarkibiga zaruratga ko‘ra ishlab chiqarish korxonalari va ish beruvchilarning vakillari kiritilishi mumkin. Direktor Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
Pedagogik kengash majlislari ikki oyda kamida bir marta o‘tkaziladi, zarur hollarda navbatdan tashqari Pedagogik kengash majlisi o‘tkazilishi mumkin. Kengash qarori umumiy, ochiq ovoz berish orqali qabul kilinadi. Pedagogik kengash qarorlari direktorning buyrug‘i bilan kuchga kiradi.
Kasb-hunar maktabi shtatlari jadvali belgilangan tartibda ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Kasb-hunar maktabida Pedagogik kengash, metodik kengash, ota-onalar kengashi tuziladi va faoliyat yuritadi.
Kasb-hunar maktabi tarkibida kasaba uyushmasi, xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi vakili, murabbiylar kengashi va kasb-hunar maktabidagi ta’lim-tarbiya jarayoniga daxldor bo‘lgan boshqa jamoat tuzilmalari tashkil etilishi mumkin.
Kasb-hunar maktabida fan kafedralari tashkil etiladi.
Tashkil etilgan kafedralar ular faoliyati to‘g‘risidagi nizomlar bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |