ПЕДАГОГИКА
o‘rin egallaydi. Shaxsga yo‘naltirilgan rivoj-
lantiruvchi ta’limning maqsadi o‘quvchi
shax sini to‘laqonli, uzluksiz va maqsadga
muvofiq tarzda aqliy intellektual, jismoniy,
ma’naviy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan.
Ta’limning shaxsga yo‘nalganlik хususiyatlari
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: mustaqillik,
o‘ziga хoslik, o‘z-o‘zini tatbiq etuvchanlik,
ijodkorlikka undovchilik, shakllantiruvchilik,
yo‘naltiruvchanlik, fikriy ijodkorlik, ta’sir-
chanlik, tanqidiylik, ifodalilik, dalillay olishni
shakllantirishida. Bu jarayonda o‘quvchi
shaх sida o‘zi va o‘zgalarning hayotiga yuk-
sak ma’naviy, madaniy nuqtai nazardan tu rib
yondoshish sifatlari qaror topadi. Yuqo rida
aytilgan fikrlar o‘qituvchiga ham aloqadordir.
Shaxsga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi
ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi o‘z
qa rashlari, nuqtai nazari, kasbiy mahoratini
na moyon qiladi. Bunda pedagogning kasbiy
bi limdonligi, layoqatliligi katta ahamiyatga
ega.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-biluv jara-
yonida o‘quvchini uzluksiz rivojlantirish va
barkamol shaxs sifatida shakllantirish uchun
quyidagilarni amalga oshirish kerak:
•
o‘quvchilar individual bilish faoliyat-
la ri ning mavjud darajasini aniqlash va
maz
kur o‘quvbiluv jarayonida ushbu
ko‘nikmalarni izchil rivojlantirish tizimi-
ni belgilab berish;
•
11-sinfni bitirayotgan har bir o‘quvchining
qiziqishi, individual ta’lim olish va kasb
hunar egallash yo‘nalishlarini aniqlash;
•
o‘quvchilarning individual хususiyat-
la ri ni hisobga olgan holda, ularga dif
fe rensiyalashtirilgan o‘quv material lari
ta’limiy topshiriqlarini taqdim etish;
• shaxsga yo‘naltirilgan o‘quvbiluv jarayo
nida o‘quvchilar tomonidan egallangan
bilim, ko‘nikma, malakalarni tashxislash
va nazorat qilish mexanizmini ishlab chi-
qish hamda amaliyotda qo‘llash.
Olingan natijalarni nazorat qilish, o‘quv-
biluv jarayoni mazmunini tabaqalashtirish
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida
alohida ahamiyatga ega. Bu masalalarni
muvaffaqiyatli yechish uchun o‘qituvchilar
o‘quvchi shaxsini uzluksiz rivojlantirish
haqidagi zamonaviy pedagogik nazariyalarni
chuqur egallagan bo‘lishlari lozim.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-biluv jara-
yo
ni va undan tashqari mashg‘ulotlarda
o‘qituv chi har doim o‘quvchilarning indi vidual
xususiyatlarini yaxshi bilgani holda ularning
o‘ziga xos imkoniyatlarini aniq hisobga olishi
talab etiladi. Shuni alohida qayd etish zarurki,
tarbiyaviy yo‘nalish ta’lim jarayonida o‘quv
predmetlari mazmuniga asoslanadi. O‘quvchi-
yoshlarga ta’limning inson, jamiyat va tabiat
haqidagi bilimlarni berish vazifasi bilan tar
bi ya vazifalari ham chambarchas bog‘liq
holda amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘quvchi-
yoshlarga o‘ziga xosliklarni namoyon etish,
hayot tarzi, jamiyatdagi o‘z o‘rnini topish
hamda ijtimoiy mas’uliyat hissini tarbiyalash
imkonini bermoqda.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv bilim ja rayoni
samaradorligini ta’minlash uchun yangicha
pedagogik tafakkur asosida yo‘lga qo‘yilgan
o‘quvchi hamda o‘qituvchi hamkorligiga
alo hida e’tibor qaratish talab etiladi. Ta’lim
jarayonida o‘quvchilarni fikrlashga undovchi
o‘quv elementlarining miqdori juda kam.
Ona tilining boyliklari, ifoda imkoniyatlari
aksariyat hollarda o‘zlashtirilmay qolib ket
moqda. Bitiruvchilarda muloqot madaniyati
ko‘ nikmalari yetishmaydi. Ilmiy jihatdan
aniq va tabiiy tarzda yondashgan holda ta’lim
maz munini tanlash lozim. Buning uchun
fantexnika taraqqiyoti bilan bir qatorda
o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish
imkoniyatini ham aniq hisobga olish kerak.
Muhim parametrlardan yana biri
istiqbolda oilada ta’lim berish, o‘zo‘zini
shakllantirish mustaqil ta’lim mazmuni
nuqtai nazaridan qanday bo‘lishi kerak, degan
savollarga ham javob izlash vaqti kelganligini
alohida ta’kidlash lozim.
Yana bir parametr masofadan turib ta’lim
35
2019 №4, Kasb-hunar ta’limi
Do'stlaringiz bilan baham: |