90
bilan yuvish tavsiya etiladi. Dvigatelning moylash tizimlari dvigatel ishlamayot-
ganda, boshqa mexa nizmlar esa traktor harakatlanmayotganda yuviladi; bu bi-
lan ta’mirlash vaqtida mexa nizmlarga kirib qolgan metall va abraziv
zarrachalari yo‘qotiladi, dvigatel yuvilgandan keyin dizel yonilg‘isi darhol
tushirib olinadi va traktorning mexanizmlari yangi moy bilan to‘latiladi.
Traktorni chiniqtirishni quyidagi uch bosqichga bo‘lish mumkin: dvigatelni
salt ishlatib chiniqtirish; gidravlik o‘rnatma tizimlarini chiniqtirish; traktorni
salt
harakatlantirib, yuklamalar bilan ishlatib chiniqtirish.
Dvigatellarni salt ishlatib chiniqtirish tirsakli valning past aylanalaridan
boshlab, aylanalar sekin-asta me’yoriga yetkaziladi.
Dvigatel tirsakli valining minutiga aylanish soni quvvat olish vali orqali
aniqlanadi. D144, D37M dvigatellarida tirsakli valning aylanish soni motosoat-
lar hisoblagichining harakatlantirish valigi orqali aniqlanadi. Bu valik tirsakli
valga nisbatan ikki marta sekin aylanadi.
Gidrotizim past va o‘rtacha aylanalarda 5—8 minut salt ishlatib chiniq -
tiriladi.
Taqsimlagichning richaglari «neytral» holatdan «ko‘tarish» holatiga o‘tkazi-
ladi, shunda tortqilar ko‘tarila boshlaydi. Ko‘tarilish tugagandan keyin taqsim-
lagichning richagi “neytral” holatga avtomatik tarzda qaytishi lozim.
Porshen yo‘lini cheklaydigan tirak shtokning silindrdan chiqib turadigan
qismi o‘rtasiga suriladi. Richag neytral holatdan tushirish holatiga o‘tkaziladi
va bo‘ylama tortqilar tushiriladi; tortqilar pastga tushib bo‘lgach, taqsimlagich-
ning richagi «neytral» holatiga avtomatik tarzda qaytishi lozim.
Tortqilarni ko‘tarish va tushirish, tirsakli valning aylanishlarini me’yor-
lagich sekin-asta
oshirib borgan holda, 8—10 minut davom etadi.
T28X4M va MTZ-80X traktorlarining gidravlik tizimlarini chiniqtirishda
o‘rnatish mexanizmning bo‘ylama tortqilariga 100—150
kg yuk tavsiya etiladi.
Bu yukni 15 mi nut davomida ko‘tarib-tushirib o‘rnatish tizimi chiniqtiriladi.
Bakdagi moy harorati 35—55°C chamasida bo‘lishi lozim.
Taqsimlagichning richagi «erkin» holatga qo‘yilganda bo‘ylama tortqilar
qo‘l bilan ohista ko‘tariladi va tushiriladi, shunda porshen silindrda yuqoriga va
pastga oson surilishi lozim.
Markaziy tortqi ko‘tarilganda va tushirilganda sharnirda oson burilishi lo -
zim. Traktor dvigatel tirsakli valning me’yoriy aylanishlarida eng past uzat-
madan boshlab barcha uzatmalarda salt harakatlantirib chiniqtiriladi. Traktor
salt ishlatib chiniqtirilganda o‘ng va chapga ravon, past uzatmalarda esa keskin
buriladi.
Traktor yuklama bilan chiniqtirilganda qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarishi
yoki yuk tashishi kerak. Traktorni yuklama bilan chiniqtirishning eng muvofiq
91
tartibi ikkita: avval me’yoriy yuklamaning 1/3 qismini, so‘ngra 2/3 qismini
tashkil etadigan yuklama bilan chiniqtirishdan iborat.
Chiniqtirish vaqtida nazorat asboblarining ko‘rsatkichlari, detallarning
qizishi kuzatiladi; dvigatelning va traktor mexanizmlarning ishiga quloq solinib,
taqillash va shovqin yo‘qligi aniqlanadi. Traktor mexanizmlari me’yorli, dviga-
tel barcha tartiblarda qora tutun chiqarmasdan, ortiqcha qizimasdan ravon ish-
lashi, asosiy tishlashish muftasi dvigatelni uzatmalar qutisidan oson va ravon
ajratishi, uzatmalar ravon va puxta qo‘shilishi lozim. Traktor mexanizmlarining
ishida aniqlangan barcha kamchiliklar darhol bartaraf etiladi.
Traktor dastlab 10 soat chiniqtirilgandan keyin dvigatelning karteridagi
moy
almashtiriladi, dag‘al tozalash moy va yonilg‘i filtrlari yuviladi.
Traktor chiniqtirilgach, dvigateldagi moy almashtiriladi va ayni vaqtda dvi-
gatel to‘xtatilib, moylash tizimi dizel yonilg‘isi bilan yuviladi. Tiniq tozalash
moy filtrlari almashtiriladi, tiniq hamda dag‘al tozalash filtrlari yuviladi. Havo
tozalagich to‘la yuviladi. Uzatmalar qutisidagi konus uzatmalardagi va oxirgi
uzatmalar kojuxlaridagi moy almashtiriladi, ular traktorni 5 minut harakat-
lantirgan holda dizel yonilg‘isi bilan uzatiladi. Klapanlar mexanizmining to‘g‘ri
sozlanganligi, ventilyator tasmalarining, zanjirlarning tarangligi, yo‘naltiruvchi
g‘ildiraklarning sozi va boshqa mexanizmlar tekshiriladi. Barcha mexanizmlar
birikmasining mahkamligi tekshiriladi va ular sinchiklab moylanadi.
Traktor chiniqtirilgach, akt tuziladi. Bu aktda chiniqtirish tartibi, vaqti,
aniqlangan kamchiliklar va traktorning ishga yaroqli ekanligi ko‘rsatiladi.
Detallarning ishqalanuvchi sirtlari, odatda, 100 soat ishlab moslanadi,
shuning uchun traktorlar chiniqtirilgandan keyin 40—50 soat 20—25% kam-
roq yuklama bilan ishlagani ma’qul.
Dvigatelning quvvati quyidagi tartibda
aniqlanadi: dvigatel sovituvchi suv harorati 90—95°C ga yetguncha isitiladi.
Dvigatel yuklamasi (tayyor mashinalar sinab ko‘riladigan joyda tormozlanadi)
va uning me’yoriy aylanishlardagi maksimal quvvati aniqlanadi; ayni vaqtda,
dvigatel maksimal quvvat hosil qilib ishlayotgandagi yonilg‘i sarfi, bunga qarab
esa yonilg‘ining soatli va solishtirma sarfi aniqlanadi. Nominal aylanalardagi
maksimal quvvat va yonilg‘i sarfi aniqlangach, bular traktorlarning texnik
tavsifnomasiga solishtirilib, me’yoriy ko‘rsatgichlardan qanchalik chetlashish
borligi bilinadi. Chetlashish katta bo‘lganda quvvatning pasayishi va yonilg‘i -
ning ortiqcha
sarflanishi sababi aniqlanib, bartaraf qilinadi.
Traktorni qismlarga ajratmasdan ta’mirlashga qo‘yish masalasini uzellar -
ning holatini, dvigatel hosil qiladigan quvvatni, yonilg‘i va karter moyi sarfini,
shovqin va taqillashlarning bor-yo‘qligini sinchiklab tekshirgandan keyingina
hal etish kerak. Traktorni kamdan kam hollardagina juda zarur bo‘lganda
qismlarga ajratishga ruxsat etiladi.