Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


Detallarni plastmassa va yelimlardan foydalanib



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

2.4. Detallarni plastmassa va yelimlardan foydalanib 
ta’mirlash va kavsharlash
Yeyilgan  detallarni  kimyoviy  usulda  tiklashga kimyoviy  nikellash  kiradi.
Yeyilgan  sirtlarni  bu  usulda  qoplash  ishi  elektr  tokini  qo‘llamasdan  bajariladi.
Kimyoviy  usulda  yetkazilgan  nikel  qatlami  yeyilishga  juda  chidamli  bo‘ladi.
Uning qattiqligi NV 420—470 kg/sm
2
chamasida bo‘ladi. Detal bir soat davom-
ida 400°C gacha qizdirilgandan keyin bu qoplamaning qattiqligi 1,5—2,0 marta
oshadi.  Kimyoviy  nikellash  jara yoni  sekin  o‘tadi.  Bunda  nikel  tuzlari  sifatida
sulfat yoki xlorid nikel qo‘llaniladi.
Hozirgi  vaqtda  ta’mirlash  ishlarida  shikastlangan  detallarni yelimlash  yo‘li
bilan  tiklash keng  qo‘llanilmoqda.  Bu  usulda  darz  ketgan,  teshilgan,  singan
joylar berkitiladi, zarur zichlik hosil qilinadi, suyuqlikning sizishi bartaraf qili-
nadi. Traktorlarning turli detallarini ta’mirlash va tiklashda BF tipidagi yelim,
epoksid  yelimli  moddalar,  VS-10T  yelimi  va  boshqalar  keng  qo‘llaniladi.  BF
tipidagi yelim turli smolalarning spirtdagi eritmasi bo‘lib, undan BF-2, BF-3,
BF-4, BF-5, BF-6 markadagi yelimlar chiqariladi. BF-2 yelim yelimlanadigan
detallar  past  (ko‘pi  bilan  80°C  gacha)  haroratlarda  ishlaganda  yoriqlarni,
teshiklarni va singan bo‘laklarni yelimlash uchun qo‘llaniladi. Tebranuvchi va
kuchli yuklama bilan ishlaydigan detallarni tiklash uchun BF-4 yelimi qo‘llani-
ladi; metallga gazlama yopishtirishda BF-6 yelimi ishlatiladi. BF tipidagi yelim
bilan  yopishtirishning  umumiy  texnologiyasi  quyidagicha  bo‘ladi: yelimlanadigan
detallar  sinchiklab  tozalanadi,  yelim  yupqa  surkaladi,  shikastlangan  detallar
bir-biriga 4—10 kg/sm
2
gacha bosim bilan qisiladi va yuqori haroratda ma’lum
vaqt saqlanadi.
Epoksid  yelimli  moddalar  250°C  gacha  haroratda  ishlaydigan  detallarni
ta’mirlash uchun qo‘llaniladi. Yelim tayyorlash uchun ED-5, ED-6 va ED-40
rusumli  epoksid  smolalari  qo‘llaniladi.  Bu  yelimlarni  qo‘llab  dvigatel  bloklar-
idagi,  silindrlar  golovkasidagi,  karterlardagi  va  kuchli  yuklama  ta’sir  etmaydi-
gan boshqa detallardagi darz ketgan va teshilgan joylar tuzatiladi. Barcha hol-
larda  ham  tiklanadigan  sirtlar  g‘adir-budur  bo‘lishi  lozim.  Sirtlarning  g‘adir-
budurligi  epoksid  moddaning  ta’mirlanadigan  sirt  bilan  mexanik  tishlashishini
kuchaytiradi.
BS-10T yelimi sintetik smolalarning organik eritgichlardagi eritmasidir. Bu
modda  200°C  gacha  o‘z  xossalarini  yo‘qotmaydi.  U  disklarning  friksion
nakladkalarini yelimlash uchun qo‘llaniladi.
43


44

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish