41
Yeyilgan rezba quyidagi bir necha usullar bilan tiklanadi:
a) ta’mirlash o‘lchamli
rezba qirqish;
b) yeyilgan rezbaga metall eritib qoplab, keyinchalik ishlash va me’yoriy
o‘lchamli rezba qirqish;
d) probka, qopqoq va vtulkalar o‘rnatib, ularda tashqi rezba qirqish.
Ta’mirlash ushun o‘lchamli rezba qirqishda yangi rezbaning to‘la va standart
o‘lchamga yaqin bo‘lishi uchun eski rezbani yo‘qotish kerak. Rezbali probkalar,
qopqoq lar va vtulkalarni mustahkam o‘tkazishda detalni bo‘shashtirib qo‘ymaslik,
lekin vtulkaning qalinligi 3—4
mm dan kam bo‘lmasligi zarur. Probka yoki qopqo-
qni mustahkam o‘tqazish uchun ularga dastlab surik surkab, so‘ngra teshikka
o‘rnatiladi yoki teshikka burab kirgizilgandan keyin chekning 3—4 joyiga kerno
uriladi. Ta’mirlanadi gan rezbali teshiklar boshqa teshiklarga yoki sirtlarga qo‘shil-
gan bo‘lsa, ularning o‘zaro to‘g‘ri chiqishi uchun teshiklarni maxsus konduktorlar
yordamida parmalash zarur.
Shponka ariqchalari yo‘nib kengaytirish yoki frezerlash yo‘li bilan ta’mirlana-
di. Shunda ariqchaning yeyilish izi yo‘qolguncha yoki ta’mirlash o‘lchami hosil
bo‘lgunga qadar kengaytiriladi. Birlashtiriladigan detaldagi shponka ariqchasi
yeyilgan bo‘lsa, pog‘onali shponka qo‘llaniladi. Pog‘onali shponka ikkala detalda-
gi ariqchalarga me’yorli o‘tkaziladigan qilib tayyorlanadi. Agar birlashtiriladigan
detallarga pog‘onali shponka o‘rnatib bo‘lmasa, ikkala ariqcha bir xil ta’mirlana-
di, o‘lchamli qilib frezerlanadi va unga mos o‘lchamli shponka tayyorlanadi.
Ko‘pincha me’yoriy o‘lchamli shponka ariqchasi yangi joydan ochiladi, lekin bu
usul shponka birlashtiriladigan detallarni ma’lum holatda saqlamagan va detal-
ning mustahkamligi pasaymaydigan hollardagina qo‘llaniladi.
Po‘lat detallardagi yeyilgan shponka ariqchalari metall qoplab, so‘ngra shu
joyning o‘zida me’yorli o‘lchamli ariqcha kesib asli holiga keltiriladi.
Valga o‘rnatilgan yumalanish podshipniklari bo‘shashib qolganda valning
bo‘yni quyidagicha tiklanadi: metall qoplash uchun val bo‘yni yeyilish izi
yo‘qolgunga qadar aylanasiga yo‘niladi. Val bo‘ynining diametri belgilangandan
3—5
mm (valning diametriga qarab) katta bo‘lgunga qadar elektropayvandlash
usulida metall qoplanadi. Bo‘yin toza yo‘nishga qo‘yim qoldirib xomaki yo‘ni-
ladi; so‘ngra silliqlashga qo‘yim keltirib toza yo‘niladi.
Podshipniklar o‘tqazilgan
joyida bo‘shashib qolganda korpusdagi o‘tqazish teshigi quyidagicha tiklanadi:
o‘tqazish teshigi belgilangandan (teshikning diametriga karab) 3—8
mm keng
bo‘lgunga qadar yo‘niladi. Buning uchun korpus o‘tkazish teshigining va yangi
yo‘nilgan teshikning o‘qlari bir-biridan 0,01—0,02
mm dan ortiq chetlashmay-
digan qilib korpusga presslab o‘rnatiladi va belgilangan o‘lchamga moslab
yo‘nib kengaytiriladi. Shu yerda ta’mirlash vtulkasi devorining qalinligi kamida
3—4
mm bo‘lishi lozim. Korpuslarning o‘tqazish teshiklari bu usuldan tashqari
metall qoplash yo‘li bilan ham ta’mirlanadi.
42
Ta’mirlash tajribasida payvandlash ishlarining quyidagi turlari uchraydi:
a) detallarning singan
qismlarini payvandlab ulash;
b) detallarni payvandlab va qo‘shimcha detallarni payvandlab ulash.
Do'stlaringiz bilan baham: