Tebranma elektrod yordamida metall eritib qoplash — elektr yoy razryad-
lari hududining yaqiniga sovituvchi suyuqlik uzatgan holda tebranma elektrod
yordamida metall eritib qoplashdan iborat. Bu usulda metall eritib qoplashda
kam uglerodli elektrodlar (Sv-18XGS, Sv-30XGS), tebratgichli metall eritib
qoplash kallaklari qo‘llaniladi. Kallaklar elektrodni 0—4 mm amplituda bilan
sekundiga 100 martadan ortiq tebratadi. Silindrik sirtlar vint chizig‘i yo‘nalishi-
da qoplanadi. Detallarni aylantirish va tebranma elektrodni surish uchun
ko‘pincha tokarlik dastgohlaridan foydalaniladi. Sovituvchi suyuqlik termik ish-
langan detallarni bu usulda tiklashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |