Reja: Lavh haqida tushuncha



Download 1,04 Mb.
Sana30.12.2021
Hajmi1,04 Mb.
#194097
Bog'liq
Mavzu Lavh tay


Mavzu: Lavh tayyorlash texnologiyasi.

Reja:


1. Lavh haqida tushuncha.

2. Qo'qon o'ymakorlik maktablari.

3. Amaliy san'atning tarixiy rivojlanish jarayoni.

4. Yog'och o'ymakorlik maktablari.

Lavh (arabcha) –Kitobni qo‘yib o‘qish uchun yasalgan maxsus moslama, kursicha, taglik, - degani. Bu lavhimizning o‘lchami eniga 20sm, bo‘yiga 42sm. To‘rt qismdan iborat. Qiziq tomoni shundaki lavhni yasalish jarayonida hech qanday mix yoki yelimlardan foydalanilmaydi. But-butun yog‘ochdan ishlanadi. Shuning uchun bu ijod namunasiga qiziqish katta.





Lavh (arab. — taxta) — 1) maktabxonalarda talabalar savod chiqarish uchun ishlatgan yozuv taxtasi; 2) oʻqish vaqtida ustiga kitob, nota ochib qoʻyiladigan maxsus kursicha (taglik). Odatda, L. taxtadan ishlangan. Samarqandda Bibixonim masjidining hovlisida, Toshkentdagi Temuriylar davri tarixi davlat muzeyida marmardan ishlangan katta Lavh bor. Lavh ishlash anʼanalari oʻzbek xalq amaliy sanʼatining yogʻoch oʻymakorligida saqlanib qolgan. Lavh.ning bugungi kundagi vazifasi oʻzgarib, u muzey ekspozitsiyasi, oʻzbek xalq amaliy sanʼatining esdalik sovgʻa namunasiga aylangan.Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar. Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash. Kompozitsion yaxlitlik. Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash. Yog’och o ‘ymakorligining boshqa fanlar bilan aloqasi. Yog’ochdan “Lagan” yasash. Laganga mos ravishda naqsh kompozitsiyasi chizish va tushirish. Lagan naqshlarini o ‘yish. Laganni jilvirlash. Laganni loklash. Laganni pardozlash. Me`moriy obidalar, muzeylar, zamonaviy inshootlar va xalq ustalari ijodxonalariga sayohat. Kompyuter texnologiyasi yordamida ustalar ijodidan slaydlar tashkil qilish. Yog’ochdan “Lavh” yasash. Lavh uchun kompozitsiya chizish va buyumga tushirish. Lavh naqshlarini o ‘yish. Lavhni jilvirlash va loklash. Lavhni pardozlash. Toshkent o ‘ymakorlik maktabi va uning namoyondalari. Samarqand o ‘ymakorlik maktabi va uning namoyondalari. Yog’ochdan “Panno” yasash. Panno uchun kompozitsiya chizish va buyumga tushirish. Panno naqshlarini o ‘yish. Pannoni jilvirlashva loklash. Pannoni pardozlash. Qo ‘qon o ‘ymakorlik maktabi va uning namoyondalari. Xiva o ‘ymakorlik maktabi va uning namoyondalari. Yog’ochdan 6 qirrali “Quticha” yasash. Quticha uchun kompozitsiya chizish va buyumga tushirish. Quticha naqshlarini o ‘yish. Qutichani jilvirlash valoklash. Qutichani pardozlash.Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi. Yog`och va metallga ishlov berish texnologiyasi yo`nalishlarida ishlab chiqarish va uning mohiyati. Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish.

Qadim zamonlarda qayerda markazlashgan davlat shakllangan bo‘lsa, shu joyda hunarmandchilik, ilm-fan, san’at gurkirab rivojlangan. Yangi-yangi saroylar, uy-joylar, madrasa, masjidlar qurilgan, albatta ularni qurganda binoni mustahkamligini, go‘zalligini oshirish maqsadida ustunlar, darvozalar, eshiklar yog‘ochdan ishlangan. Ularning ko‘pchiligi naqshinkor bo‘lib bugungi kungacha kishilarni hayratga solib kelmoqda. XIX asr boshlarida Xiva xonligi taxtiga Qo‘ng‘irot sulolasi vakillari kelganlaridan keyin Xiva shahrini qayta qurish ishlari boshlanib ketdi va shaharda bir talay yangi inshootlar barpo qilindi. Xiva xonlari va amaldorlari tomonidan qurilgan binolarni Xorazmning yog‘och o‘ymakor ustalari o‘zlarining chiroyli, ulug‘vor ustunlari va bejirim darvoza hamda eshiklar, panjaralari bilan bezaganlar. Bu san’at asarlarini yaratgan ustalar o‘z davrida nomlari doston bo‘lgan insonlar bo‘lib, ularning ishlarini hozirda farzandlari hamda shogirdlari davom qildirmoqdalar.

XIX asr boshlarida Xiva xonligi taxtiga Qo‘ng‘irot sulolasi vakillari kelganlaridan keyin Xiva shahrini qayta qurish ishlari boshlanib ketdi va shaharda bir talay yangi inshootlar barpo qilindi. Xiva xonlari va amaldorlari tomonidan qurilgan binolarni Xorazmning yog‘och o‘ymakor ustalari o‘zlarining chiroyli, ulug‘vor ustunlari va bejirim darvoza hamda eshiklar, panjaralari bilan bezaganlar. Bu san’at asarlarini yaratgan ustalar o‘z davrida nomlari doston bo‘lgan insonlar bo‘lib, ularning ishlarini hozirda farzandlari hamda shogirdlari davom qildirmoqdalar. XIX asrda yaratilgan me’moriy inshootlardagi san’at asarlarida quyidagi yog‘och o‘ymakor ustalarning ismlari har zamonda islimiy naqshlar orasida uchrab turadi.

Mashhur xalq ustasi koshinpaz, naqqosh Abdulla jin Shayxlar qishlog‘idan, Masharif naqqosh Mevaston mahallasidan, Matkarim naqqosh, Momit o‘rachi va o‘g‘illari Bolta o‘rachi, Xo‘ja o‘rachi, Abdurahmon usta Matkarim usta o‘g‘li (Sapo Bog‘bekovni bobosi), Ota Polvonov, Bog‘bek Abdurahmonov kabi ustalar o‘z hunarlari ila xon va uning amaldorlari tomonidan qurilgan inshootlardagi darvoza, eshik va ustunlarni qalb qo‘rlari ila yaratganlar. Qadim Xorazmda har bir usta yog‘och o‘ymakorligining ma’lum bir sohasi bo‘yicha ijod qilgan. Masalan: – mashhur ustalar avlodidan bo‘lgan Safo Bog‘bekov, otasi Bog‘bek Abdurahmonov, bobosi Abdurahmon Matkarimovlar faqat qo‘shtabaqali o‘yma darvoza va eshiklar ishlash bilan shug‘ullanganlar, ustalardan Momit o‘rachi va uning o‘g‘illari Bolta, Xo‘ja o‘rachilar faqat naqshinkor ustunlar ishlaganlar, Xivaning mashhur xalq ustasi Ota Polvonov ko‘pincha o‘ymakor ustun ishlab, ayrim vaqtlardagina qo‘shtabaqali eshiklar yasagan, Shayxlar qishlog‘ida yashagan mashhur xalq ustasi Abdulla jin bir vaqtda o‘ymakor ustunlar uchun tut va gujum daraxtlaridan ustun tagliklari hamda koshinpazlik, naqqoshlik san’ati bilan shug‘ullangan. Yog‘och o‘ymakorligi bilan shug‘ullanadigan ustalar naqqoshlar bilan hamkorlik qilib takrorlanmas san’at asarlarini yaratganlar.

Deshon qal’aning Mevaston mahallasida yashovchi Masharif naqqosh ustun va ustun tagliklari uchun “ulgi” lar chizgan, Ichon qal’alik naqqosh Abdulla Boltaev bir vaqtning o‘zida qo‘shtabaqali darvoza, eshik, ustunlarga ulgilar chizib qolmasdan sangtaroshlar va ganchkorlarga ham islimiy va gireh naqshlarni Xorazmni aylanma naqshlari bilan uyg‘unlashtirib ulgilar chizib bergan. Mashhur xalq ustasi Ota Polvonov shogirdi Sapo Bog‘bekov bilan birgalikda naqqosh Abdulla Boltaev ulgisi asosida 1937 yilda ustun tayyorlagan, ushbu ustun Parijdagi xalqaro ko‘rgazmaga yuborilgan va yuqori baho olgan (oltin medal va 1-darajali diplom bilan taqdirlangan).

Ota Polvonov 1867 yilda Xivaning Gandimyon qishlog‘ida quruvchi usta Polvon oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Abdusattor va otasi Polvonlar o‘z zamonasining qo‘li gul ustalari bo‘lib, bir talay hunarlarni (quruvchilik, yog‘och o‘ymakorligi, duradgorlik, ganchkorlik) rivojlantirib, xalq xizmatiga ko‘plab shogirdlarni yetkazib berganlar. Ularning qadoq qo‘llarida sayqal topgan qo‘shtabaqali darvozalar, eshiklar, kichik va ulug‘vor o‘ymakor ustunlar bugungi kunda ham ularga tikilgan ko‘zlarni hayratga solib xorazmlik ustalar san’atini naqadar betakror ekanligini yana bir bora isbotlab turibdi. Ota Polvonov 13-15 yoshlarga kirganda yog‘och o‘ymakorligi sirlarini bobosidan o‘rgana boshlagan. Keyinchalik katta-katta qurilishlarda ustalarni yonlarida yurib usta bo‘lib etishgan. U yog‘och o‘ymakorligida juda ko‘p naqsh turlaridan foydalanib, takrorlanmaydigan naqsh kompozitsiyalarini yaratgan.

Ota Polvonov o‘z ijodiy faoliyati davomida “besh qirrali”, “turunj”, “qo‘shtanop” naqshlar va aylanma cheksiz naqshlar ustida ish olib borgan hamda bu naqshlarni o‘z joyida o‘z vaqtida qo‘llab bilgan. 1935 yilda Xiva shahrida ochilgan “Umid” arteli qoshida naqqoshlik, o‘rachilik tsexi ochilib, unga Abdulla Boltaev va o‘rachilarning bosh ustasi Ota Polvonovlar boshchilik qilganlar, shu orada ularga Toshkentdan nodir bir ustun ishlash to‘g‘risida taklif kelgan, ustun naqshini Abdulla Boltaev tayyorlab, qolgan ishlarni Ota Polvonov ishlagan. 1943 yilda Toshkentdan injener-quruvchi S.N.Polupanov kelib “Umid” arteli bilan shartnoma tuzib, Alisher Navoiy teatri uchun o‘yma narvon (zinapoya), eshik va boshqa naqsh ishlarini buyurgan. Bu ishlarni naqshlari Abdulla Boltaev qo‘lidan chiqqan. Ota Polvonov va uning shogirdlari Dadajon Abdullaev, Sapo Bog‘bekov, Xo‘ja Ahmad Ollaevlarning samarali mehnatlarini mahsuli tayyor bo‘lgach, Abdulla Boltaev ularni Toshkentga yuborgan. Keyinchalik (1947) ustalar Alisher Navoiy teatrining Xiva zalini yog‘och o‘ymakorligi san’atining eng yaxshi namunalari bilan bezaganlar. Quyida biz sizga jurnalist, “Ichon qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi “Amaliy san’at” muzeyini-yu ilmiy xodimi marhum Anvar Ismagilovni “Xalq ustalari” deb nomlangan ilmiy maqolasidagi Ota Polvonovning so‘zlarini keltiramiz: “Qadimda yog‘och o‘ymakor ustalari faqat buyurtma asosida ishlashgan. Yog‘och ishlanishdan oldin maxsus tayyorlangan, avvaliga bo‘yiga tomon qarab shoxlari kesilgan va go‘ng yoki somonga ko‘mib quritilgan. Daraxtlar naviga qarab uch yildan yetti yilgacha quritilgan. Keyin ishlash jarayoni boshlangan. Xiva ustalari yog‘ochning tabiiyligini saqlash va uzoq muddatga chidamli hamda chiroyli bo‘lib turishi uchun unga hech qanday bo‘yoq urishmagan. Yog‘och o‘ymakorligida ota-bobolarimiz qadimdan har xil yog‘ochlardan turli maqsadlarda foydalanib kelganlar. Yog‘och materiallari tabiiy guliga, rangiga, tovlanishiga, hidiga qarab aniqlanadi. Xiva ustalari o‘z ishlari uchun eng yaxshi gujum, qayrag‘och, tut, ko‘k terak, o‘rik, olmurut, qaramon kabi mahalliy daraxtlarning eng a’lo navlarini ishlatganlar. Yog‘och o‘ymakorligida naqsh kompozitsiyalarini chizish, o‘lchash va boshqa ishlarda bir qancha o‘lchov asboblari ishlatilgan. Masalan, chizg‘ichlar, pargor (tsirkul), qalamlar, knopkalar, o‘chirg‘ich, uchburchaklar, transportyor va boshqalar”.Ko‘pchilik hollarda o‘ymakor ustalar naqsh ulgisini naqqoshlardan olishgan, shuning uchun ular naqqoshlar bilan hamkor bo‘lib ishlaganlar. Lekin ayrim hollarda ustaning o‘zi ham naqqosh, ham hattot va o‘ymakor bo‘lgan. Ota Polvonovning shogirdi mashhur xalq ustalarining zurriyodi Sapo otaning aytishicha, naqqoshlar madrasani tamomlagan, tarixni bilgan, musiqa va adabiyotdan yaqindan tanish bo‘lganlar. Ular “ulgi” chizish uchun 5-7 yil ustaga shogird tushishgan. Ko‘pchilik hollarda hunar otadan bolaga meros tariqasida o‘tgan. Ana shunday ustalar shajarasidan birini quyida keltiramiz.

Yog‘och o‘ymakor xalq ustasi Matkarim ibn Muhammad (1768-1859) Xivadagi Gandumkon qishlog‘ida yog‘och o‘ymakori oilasida tug‘ilgan. Naqqosh va o‘ymakor. Uning o‘g‘li Abdurahmon (1832-1928) Gandumkon qishlog‘ida tug‘ilgan. Xorazmda mashhur yog‘och o‘ymakori va naqqosh Bog‘bek Abdurahmon o‘g‘li (1873-1954) Gandumkon qishlog‘idan bo‘lib, otasidan hunarini o‘rganib, 16 yoshida usta darajasiga etgan. U Ota Palvonov, Abdulla Boltaevlar bilan hamkorlikda Isfandiyorxonning qabulxonasi, pochta, xastaxona (kasalxona), Islomxo‘ja madrasasi va minorasi qurilishida qatnashgan. O‘g‘li Sapo Bog‘bekov (1904-1978) ota-bobolarini an’anasini davom qildirib ko‘zga ko‘ringan usta bo‘lib etishadi va 1920 yildan keyin mustaqil eshik va ustunlar ishlab boshlagan.Mashhur usta Ota Polvanov va Abdulla Boltaevlardan naqqoshlik sirlarini yanada puxta o‘rgangan, ular bilan birga ishlab juda ko‘p san’at asarlarini yaratgan hamda avlodlar ishini davom qildirib ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. 1972 yilda uning tashabbusi bilan Xiva shahrida ochilgan “Yog‘och o‘ymakorligi” guruhida har yili o‘nlab yoshlar o‘qib-o‘rganib, qadimgi Xorazm san’atini hozirgacha asrab avaylab kelmoqdalar.

Xiva shahri yodgorliklaridagi o‘yma naqshlik eshik, darvoza, o‘ra (ustun) va o‘ra tosh (ustun tagi)lardagi naqshlarni tahlil qilib qaralsa, ularning naqshlaridan qaysi yuz yillikka mansub ekanligini bilish mumkin. Chunki bu o‘yma naqshlar bir-biridan naqshi bilan farq qilibgina qolmay, ularning ko‘pchiligida ishlangan yili va ustaning nomi, Qur’on oyatlari va hadislar hamda allomalarni ibratli so‘zlari bitiladi.

O‘zgalar g‘amini chekmasa odam,

Anga noloyiqdir inson degan nom.

Sa’diy Sheroziy.

Yaxshilar bilan hamsuhbat bo‘lish va donolar bilan muloqot qilish saodatga eltadi. Kimki baxt-iqboli, solih kishilarning etagini tutsa, u albatta murodiga erishib, xayr-u baraka topadi.

Abulqosim az-Zamahshariy.

Rahmatli Sapo ota Bog‘bekov shogirdlariga shunday deb aytardi: –“Biz ishlagan buyumlar boshqa maktablarnikidan tubdan farq qiladi. Chunki bizlar naqshning eng kichik qismlarini ham nihoyatda nozik qilib ishlov berardik. Buxoroliklar va eronliklarning asosiy naqshlaridan biri “Tojigul” deb ataladi. Xiva naqshlari madohil, olmagul, bitav naqsh, aylanma naqsh, arqon, tirnoq va hokazo. Bularning soni yuzdan ziyoddir. Eng chiroyli naqsh ikki qatlam, ba’zan uch qatlam qilib bajariladi. Xiva ustalari hech qachon bir naqshni ikkinchi marta takrorlamaganlar va boshqa ustadan nusxa olmaganlar. Shuning uchun ham ishlari nihoyatda chiroyli chiqqan, har bir o‘yma naqsh zaminida ramziy ma’no yashiringan bo‘ladi, yana usta “usta-shogird” masalasiga to‘xtalib, shogird hunar o‘rganib ustasini tan olmay va ustasini oq fotihasini olmasdan o‘zim ustaman deb g‘o‘daysa el o‘rtasida beburd bo‘lgan, shogirdsiz ustani el orasida mevasiz daraxtga o‘xshatganlar” deb aytgan.

Hozirda ustalarning avlodlari Masharip, Abdusharif, Hayitboy Bog‘bekov, shogirdi Odamboy Masharipov, Ro‘zmat Otajonov, shogirdi Kamoladdin Kamolov, nevaralari Qo‘ziboy, Boltavoy, Hurmat, Anvar, Oybek, ularning shogirdlari Bahrom Odamboev, Otanazar Ismoilov (1958-2006), Quronboy Ismoilov, Shavkat Jumaniyozov (Qo‘ziboy Sapoev va Ro‘zmat Otajonovlarni shogirdi) Baxtiyor Sobirov, Komiljon, Qahramon, Maqsud, Orifjon, Ilhombek, Ergashbek, Hamrojon, Ne’matjonlar hamda chevara shogird Temurbek ota-bobolarini, ustozlarini ishlarini davom qildirib, xivalik yoshlarga bu hunarni sir-asrorlarini asrab-avaylab o‘rgatib kelmoqdalar.

QO‘QON YOG‘OCH O‘YMAKORLIGI MAKTABI SIRI



Qo‘qon qadimdan o‘zining boy madaniy merosi, boqiy an’analari, amaliy san’ati bilan dong taratgan. Ayniqsa, hunarmandlarning ijod mahsullari hali-hanuz keng jamoatchilikni maftun etib kelmoqda. Ular orasida yog‘och o‘ymakorligi namunalari alohida ajralib turadi. Bu bejiz emas, albatta.

1950 yillarda arxeologik qazish ishlari asnosida Qo‘qon shahridan biroz janubda joylashgan Qorabuloq maskanidan o‘ymakor yog‘och ustunning chala kuygan bo‘laklari topilishi bu san’atning qadimiyligidan dalolatdir. Zero, arxeologlar mazkur san’at asari qoldiqlarini milodiy eraning III-IV asrlariga xos ekanligini e’tirof etdi.

Xo‘qandi Latif XIII asrning yigirmanchi yillarida mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingach, boshqa san’at sohalari qatori, yog‘och o‘ymakorligi san’ati ham tanazzulga uchradi. Qo‘qon xonligi tashkil topgandan so‘nggina qayta jonlandi. XVIII asrning ikkinchi yarmida bu san’at taraqqiy etib, Qo‘qon maktabi vujudga keldi. Bu maktabni o‘z davrida usta Akbarali Haydarali o‘g‘li, Usta Jamoliddin Shahobiddin o‘g‘li, Bahriddin Jamoliddin o‘g‘li kabi ustalar boshqarib keldi.

XIX asr oxirlarida maktabga "Haydar farang" taxallusiga ega bo‘lgan Haydarali Najmiddinov rahbarlik qildi. Uning ishini o‘g‘li – Qodirjon Haydarov davom ettirdi. Qo‘qon maktabi faoliyatining eng taraqqiy etgan davri ham Qodirjon Haydarov faoliyati bilan bog‘liqdir. Qodirjon Haydarov o‘z san’ati va ustozlik faoliyati bilan Qo‘qon yog‘och o‘ymakorligi san’atida katta maktab yaratdi. O‘ymakorlik san’atini chuqur egallagan usta o‘sha paytda o‘z ijodida mashhur bo‘lgan uch usul – bag‘dodi, islimiy va pargori naqshlarini keng qo‘llagan.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, ma’naviy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Xususan, yog‘och o‘ymakorligi san’atini rivojlantirishga ham e’tibor kuchaydi. Yog‘och o‘ymakorligi san’ati Qo‘qon maktabi, Qodirjon Haydarov maktabi faoliyatini ustaning nabiralari – Mirzausmon, Mirzayunus, Hasanjon Umarovlar va ularning farzandlari va shogirdlari davom ettirib kelmoqda. Marhum O‘zbekiston Qahramoni Abdug‘ani Abdullayev ustaning haqiqiy shogirdi ekanligini namoyish etib, respublikamizdagi ko‘plab imoratlar va inshootlarni, jumladan, Imom Buxoriy me’moriy majmuasi hamda Toshkentdagi Xotira maydonini qurish va bezatish ishlarida sarkorlik va ustalik vazifasini ado etdi. Mirzausmon o‘z bobosining nomini abadiylashtirib, Qodirjon Haydarov nomli maktab-ustaxona tashkil etdi.

Hasanjon Umarov san’atkorning nabirasi ekanligini isbotlab, san’at oborasidagi xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi yuksak unvoniga sazovor bo‘lgan. Bu sulola vakillari an’analarga sodiq bo‘lib, amaliy san’atni yanada rivojlantirmoqda. Bugungi kunda ustaning yettinchi avlodidan bo‘lgan Abdulhakim, Abdulaziz va Abdurahmon Umarovlar ushbu sharafli kasbni iftixor bilan davom ettirmoqda.

Yog‘och o‘ymakorligi o‘ta sinchkovlik, mahorat talab etadigan san’atdir. Abrorjon Qosimov ham mazkur san’atga yoshligidan qiziqib, uni qunt bilan o‘rgandi. Toshkentdagi Respublika rassomchilik kollejida aynan shu yo‘nalishda tahsil oldi. Qo‘qonlik ustalarga shogird tushib, uni mukammal egallashga harakat qildi. Yosh usta tomonidan tayyorlanayotgan yog‘och o‘ymakorligining namunalariga bugun xorijlik sayyohlarning ham qiziqishi katta.

– Xalqaro hunarmandchilik festivaliga ellik turdan ortiq ixcham va kichik ko‘rinishdagi mahsulotlarni tayyorlamoqdaman, – deydi A.Qosimov. – Naqsh solingan qutichalar, muhrlar, lavh va boshqa mahsulotlar shahrimizga tashrif buyuradigan mehmonlarga sovg‘a qilinadi. Qo‘qonlik hunarmandlar yaratgan o‘ymakorlik durdonalari bugun xorijda ham mashhur. Ayni kunlarda mazkur san’at turini yanada rivojlantirish, bu maktabga xos qadimiy naqsh usullarini qayta tiklash yo‘lida ijodiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu esa o‘zbek amaliy san’atining dunyoda yanada shuhrat qozonishida ayni muddao bo‘layotir. Xususan, xalqaro hunarmandchilik festivalida ham yog‘och o‘ymakorligining mohir ustalari o‘z ko‘rgazmalarini namoyish etadi.

Qo‘q onda yog‘och o‘ymakor ustalarining festivali o‘tkaziladi.



O‘tgan yili Qo‘qon shahrida birinchi xalqaro hunarmandchilik festivali yuqori saviyada tashkil etilib, unda dunyoning 78 ta davlatidan 370 dan ziyod mohir hunarmand, taniqli madaniyat arboblari, san’atshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Jahon hunarmandlar kengashi tomonidan Qo‘qon shahriga «Jahon hunarmandlari shahri» degan yuksak unvon berildi. Ya’ni, Qo‘qon shahri dunyo hunarmandchilik xaritasida ham munosib va mustahkam o‘rin egalladi. Joriy yilda mazkur shaharda yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha festival o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan bo‘lib, unda qo‘shni davlatlardan ham hunarmandlar qatnashadi.

Amaliy san'atning tarixiy kеlib chiqishi insoniyatning bolalik davriga borib taqaladi. Bashariyat ulgayib borgan sari amaliy san'at xam yuksala bordi, Yashash uchun kurash mavjud ekan, yaxshi yashash uchun extiyoj kuchaiib borish jarayonida qul mеx,natidan akuliy mеxnat ajralib chiqa boshladi. Ov qurollari, uy-ro’zgor buyumlariga bulgan extiyoj kuchaiib bordi. Avvalo tosh uimakorligi, suyak o’ymakorligi, kеyinchalik esa Yog’och o'ymakorligi xam sеkin astalik bilan o’z rivojini topdi.Sinfiy jamiyat vujudga kеlishi bilan esa ijtimoiy tarakdayotda katta o’zgarishlar sodir buldi. Bu esa fan va san'at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Profеssional san'at va san'atkorlar shu davrlarda paydo buldi. Xalqning turmushi xulq va odatlari, yutuq va maglubiyatlari ularning asarlarida o’z ifodasini topib bordi. Xar bir davrda mavjud bulgan ana shunday san'at va san'atkorlar xayot go’zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol topdirib bordi, ularni tеngliq ozodliq birodarlik va yorqin kеlajakka intilish yo’lidagi kurashga da'vat etdi.Arxеologik qazish ishlari natijasida Surxon voxasidagi Yumaloq tеpa tubidan topilgan Yog’och o’ymakorligi topilmalari mazkur joylarda bir, bir yarim ming yil muqaddam san'atning bu turini yaxshigina rivoj topganligini olimlarimiz o’z izlanishlarining maxsuli sifatida isbot etib bеrishdi. Xali-xanuz bunday noyob topilmalar nafaqat Surxon voxasida, balki Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Farg’ona vodiysidagi Sux va boshqa «shli bo’lgan san'at asarlari topilmada.Chingizxon bosqinchiligi tufayli X asrga kеlib madaniy xayot izdan chiqdi. O’rta Osiyodagi Buxoro, Samarqand, Urganch, Balx va Mavr kabi bir qator shaxarlar Chingizxon boshchilik qilgan mo’g’il bosqinchilari tomonidan ostin-ustin qilib tashlandi.Bu vayrongarchiliklarga XIV asrning ikkinchi yarmida oqsoq Jaxongir Amir Tеmur O’rta Osiyo xalqlarini birlashtirish orkali chеk qo’ydi va xalqimizning madaniyati, san'ati, shu jumladan, Yog’och o’ymakorligining rivojiga o’zi qurdirgan obidalari, asori￾atiqalari bilan o’z xissasini qo’shdi. Samarqandga yirik-yirik san'atkorlar, shoiru-ulamolarni, xunarmandu-ustalarni tuplab ko’plab jom'е masjidlari, madrasalar, xonaqolar, saroylar va boshqa ulkan inshootlar qurdirdi. Amir Tеmur vafotidan so’ng Tеmuriylar O’rtasida bulgan o’zaro to’qnashuvlar tufayli madaniyat rivojiga salbiy ta'sirini utkazdi.XVI asrda arxitеktura inshootlarining kurinishi yanada takomillashdi, ko’plab jamoat binolari, karvonsaroylar, ko’priq sardoba, shaxarlarda xammom, tim va bopha savdo rastalari qurila boshlandi. Monumеntal binolarning tarxi, qiyofalariga o’zgartirishlar kiritiddi, xunarmandlarning artеllari vujudga kеddi. Jom'е masjidlari saroy tipida sеrxasham qilib qurildi, go’zal va mahallalardagi masjillar qishlik va yozlik qilib qurilib,kattaayvonlar o’yma ustunli va eshiklari xam o’yma bеzaklar bilan bеzatildi. XVII asrga kеlib O’rta Osiyoda avj olgan o’zaro fеodal nizo va urushlar Eronning Xivaga qilgan xujumi va boshqalar arxitеktura va badiiy xunarmandchilikka salbiy ta'sir kursatdi. musavvir va xunarmandlar Xindistonga, Boburiylar saroyiga kеtishga majbur buldilar. XVIII asr oxirlariga kеlib mе'morchidik va amaliy bеzak san'ati rivojlana boshladi. Saroy qURilishlarIda xalq mе'morchiligi kompozitsiya uslublaridan foydalanib, ich xobli, xovo’z, ko’p ustunli ayvon, sinchli imoratlar durila boshladi.|Asrimizga qadar san'at asarlari turli qirginbarot tufayli vayronalar ostida dolgan bulsa, asrimizda "qizil kulanka" ostida qoldi. Xalqimizning o’qimishli, bilimdon, ziyoli farzandlarini turli sabablarni rukach qilib katag’on qilishdi, Xunarmand ustalarni esa shaxsiy boylik orttirishda ayblab faoliyatlari tuxtatib quyildi. Biroq xalqimizning fidoyi farzandlaridan ijodkor ustalar usta Shirin Murodov, Mirxamid Yunusov, Shamsiddin G’ofurov, Yunus Ali Musaеv, Usmon Ikromov, Quli Jalilov, Sulaymon Xo’jaеv, Xaydar Najmiddinov, Toshpo’lat Arslonkulov, Maqsud qosimob, Maxmud Usmonov, Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon Raufov, Maxmud Oblaqulov, Abdulla Boltaеv, Qodirjon Xaydarov, Ota Polvonov, Abdurazzoq Abduraxmonovva boiha bir qatorlari o’z xunar sirlarini maktabda va maktabdan tadhari muassasalarda yoshlarga urgatishni yulga quydilar, Kеyinchalik esa o’z uslubi, yunalishiga ega bulgan Xiva, Samarqand, Buxoro, Toshkеnt va Qo’qon kabi yirik Yog’och o’ymakorlik maktablari rivoj topdi.Xiva Yog’och o’ymakorligining rivojida Ota Polvonov va Sapo Boqbеkovlarning ijodiy faoliyati aloxida urin tutadi. Bu maktab o’ymakorligi boiha maktablarga qaraganda o’yma naqshlarning maydaligi, zaminining kamligi, novdalarning zichligi, badiiy to’zilishi jixatidan uynoqiligi, ya'ni novdalarning spiralsimonligi aloxida axamiyat kasb etadi.Samarqand Yog’och o’ymakorligi maktabida esa o’ymalarning maydaligi, naqsh namunasining murakkabligi, usimliksimon girix; va gulli girix naqshlarning ko’p ishlatilishi bilan xamda o’yma yo’zasining ranglanishi bilan ajralib turadi. Ijodkor ustalar Abduxofiz Jalilov, Asatilla, Nasrulla, Nurali Nazrullaеvlardir.Toshkеnt o’ymakorligi maktabining yirik namoyondalaridan Sulaymon Xo’jaеv, Maqsud Kasimov va Ortiq Fayzullaеvlardir. Toshkеnt maktabining boshqa maktablardan farqi shundaki, o’ymasining ko’p qavatligi, O’rtacha chuqurlikda uyilib, islimiy, gеomеtrik ramziy naqshlar ko’proq ishlatiladi. Yirik ustalardan Xaydar Najmiddinov va Qodirjon Xaydarovlardir. Bu maktab o’ymakorligining maxobatliligi, yirikligi, o’ymalarini chuqurligi va ko’p qavatliligi bilan farklanib turadi.

Sulaymon Xo’jaеv 1866 yili Toshkеntdagi So’zukota maxallasida yashovchi usta va duradgor Nasrulloxuja oilasida dunyoga kеldi. Yoshlik davrida Sulaymon otasiga yordam bеrar, lеkin kunglida Yog’och o’ymakorligini urganishga bulgan istak tobora kuchayib borardi. U 17 yoshida usta Iskandar Mirzayokubov ustaxonasida, so’ngra 1891 yildan esa usha davrdagi Yog’och o’ymakorligining pargori I ustalaridan biri Toshpulat Ayubxujaеvga shogird tushib Yog’och o’ymakorligining sir-asrorlarini urgandi."Sulaymon ustozini xurmat qilar, qiyinchshshklarni sabr-chidam xamda uta mеxnatsеvarligi bilan еngil, xaqiqiy usta bulishga astoydil x,arakat qilardi. Kеksa ustoz Toshpulat Ayubxujaеv vafot etgach, uning san'atini davom ettirdi. Ustozdan estalik bulib Qolgan asboblar yordamida Sulaymon o’zi mustaqil juda ko’p duradgorlik ishlari dеrazalar, eshiklar, darpardalar yasadi" (S.S.Bulatov "O’zbеk xalq amaliy bеzak san'ati" )Usta S.Xujaеv 1913 yilda Sankt-Pеtеrburg shazfida bulib utgan Butunrossiya kasblari kurgazmasida naqshlangan kursichasi va kush qafasi bilan ishtirok etib, ana shu ajoyib ishlari uchun "Za polеzniе trudo`" bronza mеdali va diplom bilan taеdirlandi. Bundan taphari S.Xujaеv juda ko’plab kurgazmalarda o’zining ijod namunalari bilan ishtirok etdi. 1923 yilda Rossiya qishloq xujaligi xunarmandchilik kurgazmasida, 1927 yilda xalklar san'ati kurgazmasida katnashib 1-darajali diplom bilan takdirlandi. 1937 yilda Parijda bulib utgan san'at va tеxnika kurgazmasida qatnashib yuksak baxr oldi.Usta Sulaymon Xujaеv O’zbеkiston xalq ustalari ichida birinchi bulib 3932 yilda Mеxnat Qaxramoni unvonini o,g`di. Yog’och o’ymakorligining Toshkеnt maktabi namoyondalaryadan biri, pargori ustasi S.Xujaеv 81 yoshida 1947 yilda vafot etdi.atoqli naqqosh R.Najmiddinov oilasida dunyoga kеldi. U dastlabki Yog’och o’ymakorligi san'atini otasidan urgandi. R.Qodirjondagi bolalikdan san'atga bulgan nshtiyoq asta-sеkin unga Yog’och o’ymakorligi sir-asrorlarini qunt bilan urganishiga, sabr-tokqatli bulishga urgatdi. U o’zi mustaqil ravishda uy-ro’zgor buyumlari, qutichalar, stol, kursi va xontaxtalarni nafis va bеjirim qilib bеzab el e'tiboriga tushdi. Q. Xaydarov dastlab 1923 yilda Moskvada xalq xujaligi kurgazmasida xizmat qildi.1925-29 yillarda Qo’qondagi Narimonov nomidagi intеrnatda tugarak rax,bari, 1929-31 yillarda yosh duradgorlar tugaragiga boshchilik qildi. 1931-33 yillarda uqishini davom ettirdi. 1933-54 yillarda "Yangi ma'dan" artеlida duradgor, Yog’och o’ymakori va 1954-57 yillarda esa qukrn mo’zеyida ta'mirlovchi bulib ishladi. U o’zining faoliyati davomida ko’plab eshiq ustun, kursi, xontaxta, kugicha va boppqa turli buyumlarni Yog’och o’ymakorligi bilango’zal va jozibador qilib bеzab shuxrat qozondi.Bugungi kunda Qodirjon Xaydarov qurdirgan Qo’qon tarixi mo’zеyidagi kravat, Toshkеntdagi Tarix (avvalgi Lеnin markaziy mo’zеyining Toshkеnt filiali) mo’zеyining eshigi, Xalklar Dustligi saroyining eshigi va boihalar uning o’ymakorlik san'ati an'analarini yangi motivlar bilan boyitilganligini ko'rsatdi.

Adabiyotlar:

1. O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi matеriallari. 1997

yil 29 avgust. I chaqiriq 9 sеssiyasi matеriallari. -T., "Xalq

so’zi" gaz. 1997 yil 30 avgust. 181 son.

2. "Xalq badiiy xunarmandchilik va amaliy san'atini yanada

rivojlantirishni davlat yuli bilan kullab-quvvatlash chora-. _ . . - —qq«jqqqp gеspuolikasi Prеzidеntining Farmoni. -T.,

"Toshkеnt oqshomi" gaz. 1997 yil, 2 aprеl, 38 son.

3. A.Abduqodirov "Obidalar jilvasi". -T., "O’zbеkiston" 1972

yil, 64 b.

.4. N.A.Avеdova "Toshkеnt o’ymakorligi". -T., O’z. Dav.

Badiiy adabiyot nashr. 1961 yil, 88 b.



5. I.Azimov "Farg’ona vodiysining arxitеktura yodgorlik￾lari". -T., "O’zbеkiston", 1986 yil, 71 b

6. www.ziyonet.uz
Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish