Fizikaviy belgisi bo‘yicha payvandlash uchta sinfga bo‘linadi: termik,
termomexa nik, mexanik. Termik sinfiga elektr yoki kimyoviy energiya issiqlik
energiyasiga aylantirilib qo‘llaniladigan payvandlash turlari: yoy yordamida,
elektr-shlak usulida, plazma oqimi, yorug‘lik nuri, induksion isitgich, gaz alangasi
va lazer yordamida payvandlash kiradi. Termomexanik sinfga biriktirilayotgan
qismni qizdirish uchun har xil manbalarni qo‘llovchi kontaktli, gaz-pressli, dif-
fuziyali kabi payvandlash turlari kiradi. Mexanik sinf ga mexanik energiya va
bosimni qo‘llovchi sovuq holda, portlatib, ultratovushli, ishqalanish vositasida
payvandlash kiradi.
Jarayonlarning uzluksizligi bo‘yicha uzluksiz va uzlukli payvandlash;
mexaniza tsiyalashganlik darajasi bo‘yicha qo‘lda payvandlash, mexanizat-
siyalashgan, avtomatlashtirilgan va avtomatik payvandlash turlariga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |