III-BOB. Kasb-hunar kolleji o„quvchilariga ekologik tarbiya berishga
tayyorlash bo„yicha o„tkazilgan tajriba-sinov dasturi va uning samaradorligi
3.1. Kasb-xunar kolleji o„quvchilarida ekologok tarbiya samaradorligini
oshirishda mezonlarning o„rni
Kasb-xunar kolleji o‗quvchilarning ekologik tarbiyasida innovatsion
texnologiyalarni qo‗llashning pedagogik samaradorligini aniqlash maqsadida
Kollej o‗quvchilariga ekologik bilimlarni berish bo‗yicha ilg‗or tajribalarni va ilmiy
tadqiqotlarni o‗rganish, ilmiy adabiyotlarning tahlil qilish shuni ko‗rsatdiki,
o‗quvchilarga beriladigan bilimlarning mazmuni,uning barqarorligi muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu esa kollej o‗quvchisida ekologik madaniyatni shakllantirishga zamin
yaratadi. O‗quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning asosiy maqsadi sust
kuzatuvchidan faol ishtirokchiga aylantirish, kuzatuvchanlik, erkin fikrlaydigan,
atrof-muhit, tabiatga nisbatan ongli faoliyatni ilmiy-amaliy jihatdan rivojlantirishdan
iboratdir
Bu esa kasb-xunar kollejlarida ekologik ta‘lim va tarbiya berishning uzviyligi,
tizimliligi va barqarorligiga bog‗liq jarayondir. O‗quvchilarda ekologik bilimlarni
takomillashtirish va ekologik madaniyatni shakllantirishdan iboratdir. Zero ekologik
55
madaniyat-insonning tabiat xaqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intelektual
salohiyat va uni amalda qo‗llay bilish faoliyati, atrof-muhitga nisbatan ijobiy
munosabatning yuksak ko‗rsatkichi, ongli va ma‘suliyatli yondashuvi; bu esa
ekologik muammolarni ijobiy xal etishning pedagogik kafolati hisoblanadi.
Kollej o‗quvchilariga ekologik bilim berishda jahonda va Respublikamiz
hududida mavjud bo‗lgan xavfli ekologik muammolardan o‗quvchilarning xabardor
emasligi,suv tanqisligi,havo va suvning ifloslanishi,
Orol bo‗yi ekologik muammosi, energiya kahatchiligi, parnik effekti,ozon
qatlamining emirilishi kabi dolzarb va muhim masalalarni xolisona va aniq
ma‘lumotlar asosida o‗quvchilar ongiga etkazish masalasi xam dolzarbdir.
Atrofimizda sodir bo‗layotgan ekologik muammolar kelajagimiz bo‗lgan
yoshlarningongiga to‗la va aniq etkazilsa ularni ushbu holatlarning oldini olish,
ularni bartaraf qilish,bashorat qilish xamda o‗zida ekologik madaniyatni
shakllantirishga zamin yaratadi.
Kasb-xunar kolleji o‗quvchisida ekologik tarbiyani shakllantiruvchi asosiy
ob‘ektlar mavjud bo‗lib ularga;
-Tabiat bilan jamiyatning o‗zaro munosabati;
-Atrof-muhit, tabiat;
-Insonning tabiatga ta‘siri va uning oqibatlari;
-Ekologik bilimga ega shaxslar ya‘ni mutaxassislar;
-Shaxslar kiradi.
Ushbu ob‘ektlar zamirida kasb-xunar kolleji o‗quvchilariga ekologik bilimlarni
berishning uzluksizligi ta‘minlash xamda takomillashtrib borish imkoniyati
mavjuddir.
Kollej o‗quvchisiga ekologik bilimlarni berishda uning o‗ziga xos tizimi
mavjud bo‗lib ularning ketma-ketligini ta‘minlash kollej o‗qituvchisining maxorati
va tashkilotchiligi bog‗liqdir. Masalan: kollej o‗quvchisiga iqlim o‗zgarishlari
to‗g‗risida ma‘lumotlar berishda shaxsga ta‘sir qiluvchi barcha omillarni inobatga
olgan xolda tushunchalar berilishi lozim.Ushbu jarayonning mutafakkirlar asarida
yoritilishi va ular tomonidan berilgan tavsiyalar, I.A.Karimov asarlarida ushbu
56
mavzuga oid g‗oyalarning yoritilishi, ekologiya sohasidagi Farmon va qarorlar, iqlim
o‗zgarishi natijasida yuzaga keladigan atrof-muhitni ifloslanishlardan saqlash va
ularni amaliy jihatdan hal qilishda ishtirok etish, havo haroratining oshishiga qarshi
kurashish masalalari bo‗yicha dars taqdimotlari, multimedialar tayyorlash, saytlarda
ushbu yo‗nalish bo‗yicha axborotlar joylashtirish, aholiga murojaat uslubidan
samarali foydalanish, jahon miqyosida bo‗lib o‗tadigan konsiliumlar, amaliy
anjumanlar, onlayn xizmatidan samarali foydalanish ushbu masalani innovatsion
shakllarda amalga oshirilishini ta‘minlaydi.
Kasb-xunar kolleji o‗quvchisining ekologik bilimlarga egalik darajasini
aniqlash maqsadida Urganch shaxar maishiy kasb-xunar kollejining 3 –bosqich
o‗quvchilaridan so‗rovnoma olindi. So‗rovnomada 3-ta yo‗nalish iborat bo‗lib
ularning
-kasb-xunar kolleji o‗quvchisining atrof-muhitga munosabatlarining yo‗nalganligi;
- kollej o‗quvchilarida mavjud bo‗lgan ekologik bilimlarning holati;
- mavjud bilimlarni amaliyotga tatbiq qila olishi.
bo‗yicha ma‘lumot berish talab qilindi natijalari tahlil qilinganda quyidagi
ma‘lumotlar olindi .Savolnomaning birinchi bandi,- ―Kollej o‗quvchisining atrof -
muhitga munosabati‖-34 nafar o‗quvchidan 28 nafari ijobiy munosabatni ,2-nafari
befarqlikni, 4-nafari loqaydlikni belgilagan, ―Kollej o‗quvchisinida ekologik
bilimlarning mavjudligi va holati‖ 34 nafardan 28 nafar o‗quvchida mavjudligi
aniqlandi, ―O‗quvchilarning ekologiyaga oid bilimlarini amaliy faoliyatga
yo‗naltirganligi‖ savoli bo‗yicha 34 nafar o‗quvchidan 24 nafari amaliyotda qo‗llay
olishi qolgan o‗quvchilar esa mavjud bilimlarini ham amaliyotga tatbiq qilishda
paysalga solish,ya‘ni o‗z vaqtida samarali foydalana olmasligini e‘tirof qilgan. Ushbu
javoblarni pedagogik-psixologik tahlili shuni ko‗rsatadiki kollej o‗quvchilariga
ekologik ta‘lim-tarbiya berish jarayonida ko‗proq amaliyotga yo‗naltiradigan
uslublarni tanlash va tizimli olib borish va o‗tkazilgan xar bir tadbirni o‗quvchilar
bilan keng qamrovli va atroflicha muhokama qilish madaniyatini ham to‗liq
shakllantirib borish maqsadga muofiq jarayon xisoblanadi.
57
Kollej o‗quvchilariga ekologik bilim berishda maxsus qo‗llanmalar,
ko‗rgazmali plakatlar, kino lavhalar bilan metodik jihatdan ta‘minlanishi,o‗zida
mavjud bo‗lgan bilimlarni muvaffaqiyatli targ‗ib qilish imkoniyatiga ega bo‗lishini
talab qilinmoqda
Kasb-xunar
kolleji
o‗quvchilarining
ekologik
tarbiyasida
innovatsion
texnologiyalarni qo‗llashning pedagogik samaradorligini aniqlash maqsadida
Urganch shaxrida joylashgan Urganch shaxar maishiy xizmat kasb-xunar kolleji,
Xiva shaxar pedagogik kasb-xunar kolleji o‗quvchilarining 2 va 3 bosqich
o‗quvchilari bilan tajriba –sinov ishlari tashkil qilindi.
Tajriba-sinovni o‗tkazishda qo‗yilgan maqsad asosida vazifalar belgilandi,
tajribaning mazmuni aniqlandi, va natijalarnini qayta ishlash bo‗yicha metodlar
tanlab olindi. Kasb-xunar kolleji o‗quvchilarining ekologik tarbiyasini innovatsion
texnologiyalar asosida shakllantirish bo‗yicha amalga oshirilishi lozim bo‗lgan
jixatlar o‗rganildi.
Tadqiqot ishnini olib borishda quyidagilarga e‘tibor qaratildi:
kasb-xunar kolleji o‗quvchilariga ekologik tarbiya berishda innovatsion
texnologiyalarni saralash, qo‗llash va uning samaradorligi;
kasb-xunar kolleji o‗quvchilarining atrof-muhitga munosabatlarinining
yo‗nalganligini aniqlash (salbiy,ijobiy,befarq);
kasb-xunar kolleji o‗qituvchilarining kollej o‗quvchilariga ekologik tarbiya
berishda qo‗llanilayotgan usul,vosita va shakllar;
kasb-xunar kolleji o‗quvchilariga ekologik tarbiya berishda innovatsion
texnologiyalarni amaliy faoliyatga yo‗naltrish;
Kasb-xunar kolleji o‗qituvchilarining o‗quvchilarga ekologik tarbiya
berishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonida;
-
ijobiy jihat-kollejda tahsil olish jarayonida o‗quvchilar tomonidan atrof-
muhitni, tabiatni asrash, uni muhofaza qilish kabi tushunchalarni o‗zida
shakllantirganlar;
-
salbiy- ekologik tarbiyaga aloqador tushunchalarni bilsa ham uni amaliyotga
tatbiq qilishni paysalga soluvchi o‗quvchilarning mavjudligi;
58
-
kollej o‗quvchilarida ekologik bilim va madaniyatning pastligini bartaraf qilish
maqsadida quyidagi innovatsion texnologiyalar o‗quvchilarga tavsiya qilindi va
mashg‗ulot jarayonida amalga oshirish imkoniyatlari yaratildi.(3.3ga qaralsin)
Sinfdan tashqari ishlar shakllariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Tanlovlar va aksiyalar tashkil etish;
2. Ekologik kechalar uyushtirish.
3. Kichik qo‗riqxonalar tashkil etish;
4. Ekologik lager va so‗qmoqlar tashkil etish;
5. Kuzatish va tajribalar qo‗yish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish;
6. Ekologiya fanidan to‗garaklar tashkil etish kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |