51
O‗zbekiston Respublikasi 1985 yilgi ozo‗n qatlamini ximoya qilish(Vena)
konventsiyasi, 1987 yilgi ozon qatlamini emiruvchi birikmalar bo‗yicha Protoqo‗l
(monorial), 1989 yilgi (Bazel) xavfli chiqindilarni chegaralararo tashishni nazorat
qilish konventsiyasi, 1992 yilgi (Rio-de-Janeyro) biologik rang-baranglikni saqlash
konventsiyasi, 1992 yilgi (Nyu-York) iqlim o‗zgarishi tugrisidagi konventsiyalarga
qushildi. Ushbu yunalishda faol xaraktlar amalga oshirilmoqda. Ekologiya va tabiatni
muxofaza qilish soxasidagi xar qanday davlatlararo hamkorlik ekologik vaziyatni
maxalliy, regional va global darajada yaxshilashning asosidir.
Chet mamlakatlarda ta‘limni ekologiyazatsiyalash bizning mamlakatimizdan
barvaqt boshlangan. Shaqriy Yevropa va AQSH mamlakatlarida tabiiy muhit
ifloslaninshining oldini olish maqsadida atrof-muhitni saqlash strategiyasidan uning
holatini hamma bosqichda nazaorat qilishga tomon bormoqda. Davlatning ichki va
tashqi siyosatida atrof-muhit muhofazasi masalalari kiritilganligi nazoratga olinib,
insoniyatning atrof-muhitdagi barcha faoloyati barqaror rivojlaninsh tamoyillariga
to‗liq mos kelishi xalqaro hamjamiyat tomonlaridan biri jamoatchilikka turli xil
ekologik yo‗sindagi axborotlarni erkin olish va tarqatishlariga keng huquqlqar
berilganligidadir.
Xalqaro standartalaga monand ravishda ekologik talimda atrof-muhit haqida,
yordamida va uning uchuin ta‘limlari mavjud. Bu uchta komponent ekologik
ta‘limning bo‗laklangan masalalarini kompleks ravishda yechishni ta‘minlaydi.
Masalan, Avstriyada ekologik ta;lim zamini maktab dasturlariga kiritilgan . Masalan,
maxsus maktab loyihalarini tashlillashtirish ―Maktab bog‘i‖, ―Atrof-muhit tarixi‖,
―Maktabda ekologiya‖, ―Ekologik ustaxona‖,‖Tabiat uchun ijodiyot ‖ tabiatni
muhofaza qilish aksiyalarini o‗tkazaish ―Ozon‖, ―Alp faoliyati ‖ turli hil didaktik
materiallar va maxsus o‗quv qo‗llanmalarini tayyorlash: pedagog-ekologlar uchun
seminarlar hamda bolalarning ekologik talimida ishtirok etuvchi barcha
mutahasislarni qayta tayyorlash kurslari; ekologik ta‘lim masalalari bo‗yicha jurnal
va gazetalar nashri; ―Atrof-muhit, maktab va jamoat‖ va shu yo‗sindagi maxsus
ekologik ta‘lim dasturlarini tayyorlash; ekologik ta‘lim masalalari bo‗yicha
umumdavlat ma‘lumotlar bankini yaratish ; koordinatsion funksiyalarni amalga
52
oshirish; bolalarni ekologik ta‘lim bilan bog‘liq bo‗lgan maktab va maktabdan
tashqari ekologik ta‘lim, turli loyihalarda ishtirok etish xohishini bildirgan
o‗quvchilarni konsultatsiyalash. Avstriyaning oliy kasbiy ta‘lim bosqichida ekologik
ta‘lim to‗g‘ridan to‗g‘ri maxsus va kasbiy fanlarni tanlov asosida o‗qitishdan
boshlanadi. Umumiy ekologik ta‘lim va tarbiya esa umumiy ta‘lim tizimiga
kiritilgan.
Chet el ilg‘or tajribalaridan foydalangan holda bizning Respublikamizda ham
ekologik vaziyatni yumshtish borasida ko‘plab ishlar amalgam oshirilmoqda.
Hususan,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi Farmonida
Respublikamizning turli millat vakillari ishtirokida mahallalarda, mehnat jamoalari
va ta‘lim muassasalarida millatlararo totuvlik, dinlararo bag‗rikenglik, vatanparvarlik
va daxldorlik fazilatlarini targ‗ib qilish, o‗zaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada
mustahkamlash maqsadida Prezidentimiz boshchiligida MDH davlatlari bilan
xususan, Yaponiya, Xitoy Turkmaniston va bir qancha davlatlar bilan vatanimiz
istiqboli uchun o‗zaro hamkor shartnomalari imzolandi.
Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini
tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini
ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va
hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‗nalishi
belgilangan:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglikni ta‘minlash, chuqur
o‗ylangan, o‗zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. Mazkur
yo‗nalishlarning 4 va 5 - bandlarida ekologik xavfsizlik masalalari ham ko‗zda
tutilgan.
53
2017 – 2021 yillarga mo‗ljallangan xarakatlar strategiyasining xavfsizlik,
millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglikni ta‘minlash, shuningdek, vazmin, o‗zaro
foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor
yo‗nalishlari nomli beshinchi bo‗limining birinchi bandida Xavfsizlik, diniy
bag‗rikenglik va millatlararo totuvlikni ta‘minlash sohasidagi ustuvor yo‗nalishlarida
quyidagilar ko‗zda tutilgan:
Kasb hunar kollejlarida o‗zaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada
mustahkamlash maqsadida: ―Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi — oliy ne‘mat‖,
―Millatlararo totuvlik va bag‗rikenglik — barqarorlik kafolati‖, ―Qo‗shnichilik
munosabatlarda o‗zaro hurmat, mehr-oqibat ruhida bo‗lish - yurtimizda ahillikni
mustahkamlashning eng muhim sharti‖, ―Inson manfaatlari -ulug‗ qadriyat‖
mavzularida targ‗ibot tadbirlari o‗tkazish ko‘zda tutilgan buning natijasida
kelajagimiz egalari bo‘gan yoshlarni Vatanini sevishga uni koz qorachig‘dek
asrashga o‘z hissasini qo‘shishlari lozimligin anglab yetsalar bejiz emas.
Do'stlaringiz bilan baham: