UCHINCHI BOB. YORDAMCHI SO‘ZLARNI O‘RGANISH
YUZASIDAN TAVSIYALAR VA DARS ISHLANMALARI
3.1. Mavzuni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha metodik tavsiyalar
Yordamchi so‘z turkumlarini (ko‘makchi, bog‘lovchi) o‘rganishda quyidagi
bilim, ko‘nikma va malakalar o‘quvchi ongiga singdirilishi kerak.
–
har bir yordamchi so‘zning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
–
yordamchi so‘zlarning bir-biridan va mustaqil so‘zlardan farqini ajrata
bilish;
–
ularni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri, uslubiy jihatdan o‘rinli qo‘llay
bilish.
Mustaqil so‘z turkumlaridan keyin kelib, ularni boshqa so‘zlarga tobelanish
yo‘li bilan bog‘laydigan yordamchi so‘zlar ko‘makchilardir. Ko‘makchilar qaysi
so‘zdan keyin kelsa, o‘sha so‘z bilan birgalikda bir savolga javob bo‘lib, bir xil
gap bo‘lagi vazifasida keladi.
Bog‘lovchilar tubandagi grammatik xususiyatlari balan ko‘makchilardan farq
qiladi:
–
ko‘makchi gap tuzishda faol ishtirok etadi, u gapdan tushib qolsa, fikr
anglashilmaydi. Bog‘lovchi tushirib qoldirilsa ham, gap ohangida o‘zgarish bo‘lsa
ham, fikr anglashilaveradi;
–
ko‘makchi, ot, olmosh, otlashgan so‘zlardan keyin ishlatiladi, bog‘lovchi
esa barcha mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, fe’l, ravshlardan keyin kelaveradi;
–
ko‘makchilar o‘zi bog‘langan so‘zning bosh, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish
kelishiklarining birida bo‘lishini, ot ko‘makchilar esa barcha kelishik
qo‘shimchalari bilan kelishini ham ko‘rish mumkin. Bog‘lovchilar kelishik
43
qo‘shimchalarini olmaydi, o‘zi bog‘lanayotgan so‘zlarga qaysi kelishikda
bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zaro bog‘lanavermaydi.
Yuklamalarning gap yoki biror bo‘lagiga qo‘shimcha ma’no berishi haqida
o‘quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida qiyoslash usulidan foydalanish
yaxshi samara beradi.
1. Siz biznikiga kelasiz.
1. Siz biznikiga kelasizmi?
2. Tog‘larda, yoz oylarida yomg‘ir
yog‘adi.
2. Tog‘larda, hatto yoz oylarida yomg‘ir
yog‘adi.
3. Sen kelishing bilan biz yo‘lga
tushamiz.
3. Sen kelishing bilanoq biz yo‘lga
tushamiz.
1-topshiriq.
Ikkala ustundagi sodda darak va so‘roq gaplarni qiyoslab o‘qing. So‘z
yuklamalari va qo‘shimcha ko‘rinishdagi yuklamalarni ajratib ko‘rsating.
2-topshiriq.
-mi yuklamasi gapga qanday qo‘shimcha ma’no berayotganini ayting.
O‘quvchilar birinchi darak gapga – mi yuklamasi qo‘shilib, qo‘shimcha so‘roq
ma’nosini hosil qilayotganligi, ikkinchi gapdagi hatto yuklamasi kuchaytiruv
ma’nosini berishi, uchinchi gapdagi -oq yuklamasi ta’kidlash kabi qo‘shimcha
ma’no kiritayotganligi haqida tushuncha hosil qiladilar.
“Yordamchi so‘zlarning talaygina qismini o‘quvchi tayyor holda jamiyatdan
olgan va, ham, bilan, chunki, shuning uchun, ammo, lekin kabi o‘nlab yordamchi
so‘zlar borki, ularning ma’nosi ham, qo‘llanishi ham o‘quvchiga ma’lum. Ayni
vaqtda shunday yordamchi so‘zlar borki, (mas: yo;... goh... goh; dam... dam....;
ba’zan-ba’zan, goh-goh, balki )-ku, -da, -a, -ya va h.k. Ular o‘quvchining nutqiy
44
faoliyatida kam qo‘llaniladi yoki deyarli qo‘llanilmaydi. Yordamchi so‘zlarni
o‘rganishda o‘qituvchi oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarni shunday so‘zlar
olamiga olib kirishdir. O‘quvchi nutqida kam qo‘llaniladigan yoki uchramaydigan
yordamchi so‘zlarni ularning “shaxsiy mulki”ga aylantirish til hodisalarini
o‘rganishda ko‘zlanadigan asosiy natijadir”
43
.
Yordamchi so‘zlar mavzusini o‘rganishda egallangan ko‘nikma va
malakalarni mustahkamlash, ularni amaliyotga tatbiq etish borasidagi bilimlarni
nazorat qilish va baholash uchun izohli yoki saylanma diktantlar o‘tkazish, shu
jarayonda biriktiruv, ayiruv, zidlov bog‘lovchilarining vazifasi va ma’nosini
izohlash, yuklamalar, ularning ma’no turlari, imlosini amaliyotda qo‘llashga
yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlar ustida ishlash nihoyatda foydali bo‘lib, bunda
yordamchi so‘zlardan og‘zaki nutqda to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalari
shakllantiriladi hamda rivojlantiriladi. Maktab amaliyoti shuni ko‘rsatib turibdiki,
1-sinfdan boshlab bosqichma-bosqich yordamchi so‘zlar haqida uzluksiz ma’lumot
berilmas hamda ularning o‘quvchi nutqida barqarorligi ta’minlanmas ekan, bu
so‘zlarni o‘quvchining nutqiy faoliyatiga olib kirish nihoyatda murakkab bo‘lib
qolaveradi.
Yordamchi so‘zlarni o‘rganishda ta’limning turli bosqichlarida ko‘zga
tashlanayotgan
keng
tarqalgan
nuqsonlardan
biri
ijodiy
yo‘nalishdagi
topshiriqlardan kam foydalanishdir. Darslikdagi topshiriqlarning asosiy qismi
qayta takrorlashga asoslanganligi sababli ijodiy topshiriqlarni ona tili
o‘qituvchilarining o‘zlari tuzishlariga to‘g‘ri keladi
44
.
Yordamchi so‘zlar yuzasidan amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qildirish
maqsadida o‘quvchilarga istagan emas, balki o‘quvchilarning yosh xususiyatlari,
qiziqishlari tegishli tayyorgarlik darajalarini hisobga olgan holda ikki xil yo‘ldan
foydalaniladi:
43
Til
а
v
о
v
а
G. Yord
а
mchi so‘zl
а
rni o‘rg
а
nish
х
ususiyatl
а
ri. // Fil
о
l
о
gik t
а
’lim m
а
s
а
l
а
l
а
ri. (M
е
t
о
dist
о
lim
Tuyg‘un
о
y Niyazm
е
t
о
v
а
ning 70 yilligi
а
b
а
g‘ishl
а
ng
а
n ilmiy m
а
q
о
l
а
l
а
r to‘pl
а
mi), TDPU, 2007, 86-b
е
t.
44
To‘
х
liy
е
v B., In
о
g‘
о
m
о
v
а
R., Til
а
v
о
v
а
G. So‘z turkuml
а
ri v
а
nutq o‘stirish m
е
t
о
dik
а
si. –T.: 2008. 55-b.
45
1.
Badiiy asarlardan (Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Abdulla Qodiriy,
Cho‘lpon, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, T.Adashboev, A.Obidjon ...) parchalar
tanlanadi.
2.
Shu sinfga tegishli bo‘lgan boshqa o‘quv predmetlariga oid darsliklar
(matematika, botanika, geografiya, kimyo ...) dan foydalaniladi.
Buning real natijasi:
•
o‘quvchilar turli nutq uslublari bilan amalda tanishadilar;
•
yordamchi so‘zlarning qo‘llanish imkoniyatini amaliy jihatdan ko‘rishadi;
•
predmetlararo aloqa taminlanadi.
Yordamchi so‘zlardan nutqiy faoliyatda foydalanishni yaxshilash maqsadida
berilgan yoki o‘quvchilarni o‘zlari aniqlagan so‘zlar yordamida (masalan, bilan,
uchun, sayin, orqali, sari, va, ammo, lekin, biroq. chunki, shuning, uchun, faqat,
-ku, -ya yordamchilari ishtirokida) gaplar tuzdirish yoki nuqtalar o‘rniga zarur
yordamchi so‘zni qo‘ydirish kabi ijodiy-amaliy ishlarni tavsiya qilish mumkin.
Matnda noto‘g‘ri qo‘llangan yordamchi so‘zlarni to‘g‘risi bilan almashtirish ham
yaxshi natijalar beradi. Bunday mashqlar o‘quvchilarning matnga ongli
munosabatda bo‘lishini, ijodiy fikrlashni o‘rgatadi. Eng muhimi, ularning bu
boradagi o‘quv malakalarining shaklanishi va rivojlanishiga imkon beradi.
O‘quvchilar nutqini bog‘lovchilar bilan boyitish, nutq jarayonida bu so‘zlarni
o‘rinli qo‘llash maqsadida berilgan matnni yoki alohida gaplarni o‘qish va, lekin,
Do'stlaringiz bilan baham: |