Karimboyeva shohida +


“uchun” va b) takrorlanuvchi bog‘lovchilar (“ba’zi....ba’zi”, “bir....bir”, “goh



Download 300,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/36
Sana13.04.2022
Hajmi300,34 Kb.
#548189
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
yordamchi soz turkumlarini orgatish usullari

“uchun” va b) takrorlanuvchi bog‘lovchilar (“ba’zi....ba’zi”, “bir....bir”, “goh.... 
goh”, “yo....yo” va boshqa)ga bo‘linishi, grammatik ma’no va vazifasiga ko‘ra 
teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga ajratilishi ko‘rsatilib, teng bog‘lovchilar 
“va”, “hamda” – biriktiruv bog‘lovchilari (bahor keldi va daraxtlar uyg‘ondi);
“ammo”, “lekin”, “biroq”, “balki” – zidlovchi (u ishga bordi, biroq ishlamadi.);
“yo”, “yoki”, “yoxud”, “goh....goh”, “dam....dam” – ayiruv bog‘lovchilari 
(dam havo ochiladi, dam yomg‘ir yog‘adi); – inkor na....na (na yomg‘ir yog‘adi, 
na qor yog‘adi) bog‘lovchisi ajratiladi. Shuningdek, biriktiruvchi bog‘lovchilar 
27
O‘zbek tili grammatikasi. 1-jild. Morfologiya. –Toshkent, Fan, 1975. 567 b.
28
Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva P.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, Fan va texnologiyalar, 2009. –275 b. 


34
vazifasini “ham” “-u”, “-yu” yuklamalari bajarishi mumkinligi, “-u”, “-yu” 
yuklamasi zidlovchi bog‘lovchi vazifasida ham kelishi ko‘rsatilgan
29

Sh.Rahmatullaevning “Hozirgi adabiy o‘zbek tili” darsligida bog‘lovchilar 
qatorida va, bilan, ammo, lekin, biroq, yo, yoki, goh...goh. dam...dam kabilar 
keltirilgani holda hamda, yoxud, bazan... bazan, bir...bir, xoh...xoh, na...na, ham, -
u, -yu kabilar sanab o‘tilmaydi
30
.
Biz yuqorida maktab darsliklariga ham teng bog‘lovchilarning yangi tasnifi 
kiritilganligini aytib o‘tgan edik. Bular: 
1)
biriktiruv bog‘lovchilari: va, hamda, bilan, ham; 2) zidlov bog‘lovchilari: 
ammo, lekin, biroq, balki; 3) ayiruv bog‘lovchilari: yoki, yo...yo, goh...goh, 
dam...dam, bir...bir, ba’zan...ba’zan, xoh...xoh; 4) inkor bog‘lovchisi: na...na 
31
.
Bu guruhlarga mansub so‘zlarning aksariyati bog‘lovchi sifatida darslik, 
o‘quv qo‘llanmalari va monografik tadqiqotlarda izohlangani bois ularning har biri 
haqida to‘xtalib o‘tish ortiqchadir. Ammo teng bog‘lovchilarning ma’no va vazifa 
tomoni, imlo xususiyatlari darslik va qo‘llanmalarda atroflicha bayon etilgan 
bo‘lsa ham, o‘zbek tilshunoslari teng bog‘lovchilarni belgilash borasida har xil 
nuqtayi nazarlarini bayon qilmoqdalar. Bu holat balki yordamchisini bog‘lovchi 
sifatida qarash yoki faqat modal so‘z sifatida tan olish borasidagi masalada 
yaqqol ko‘rinadi. 
O‘zbek tilining akademik grammatikasida: balki bog‘lovchi sifatida 
gaplarni bog‘laganda, birinchi (oldingi) gapda ifodalangan fikrni tasdiqlaydi 
yoki inkor qiladi, – deb izohlangan va “Lekin bu musiqa jim-jimalikni buzmas, 
balki uni quyultiradi (Oybek)” gapi misol tariqasida keltiriladi. 
Umumta’lim o‘rta maktablarining ona tili darsliklarida balki so‘zi 
bog‘lovchilar qatorida ham, modal so‘zlar qatorida ham sanalgan. 7-sinf ona tili 
29
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2-jild. –Toshkent, O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy 
nashriyoti, 2001. 199-200b. 
30
Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – Toshkent, Univesitet, 2006. – 130-131-betlar. 
31
Ona tili: Umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik / N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov va 
boshq. – T.: Ma’naviyat, 2009. – 72 b. 


35
darsligida balki so‘zining ham bog‘lovchi, ham modal so‘z vazifasini bajarishi
32

ko‘pincha zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanishi
33
aytilib, modal so‘zlar 
o‘rganiladigan mavzu doirasida gumonni anglatuvchi modal so‘z sifatida sanab 
o‘tilgan
34
.
Bizningcha, balki bog‘lovchisini zidlov bog‘lovchilar bilan almashtirib 
qo‘llash 
mumkin 
bo‘lgan 
hollarning 
barchasida 
bog‘lovchi 
sifatida, 
so‘zlovchining anglatayotgan fikriga munosabatini ifodalagan, gapga butunicha 
taalluqli bo‘lgan holatlarning barchasida modal so‘z deb qarash lozim.
Na...na inkor bog‘lovchilar sirasiga kiritilishi masalasi ham bahstalabdir. 
Mazkur so‘zlar o‘zbek tili grammatikasida inkor yuklamasi sifatida berilgan. 
Uyushiq bo‘laklar yoki ayrim sodda gaplar oldida takrorlanib kelib, bu bo‘laklar 
yoki gaplar anglatgan inkor ma’nosini uqtirib ko‘rsatadi, deb izohlangan
35

Mazkur grammatikada na... na faqat yuklama deb qaralgani holda, bog‘lovchi 
vazifasida kelishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilmagan. 
7-sinf ona tili darsligida inkor bog‘lovchisi uchun uyushiq bo‘lak va 
gaplarni inkor ma’nosini yuklagan holda bog‘lovchi na...na yordamchisi inkor 
bog‘lovchisi sanaladi. Bunda gapning kesimi tasdiq shaklida bo‘ladi
36
, – degan 
ta’rif berilgan bo‘lsa, yuklamalar o‘rganilar ekan, “gap mazmunidagi inkor 
ma’nosini uqtiruvchi hech, sira, aslo, na...na kabi so‘zlar inkor yuklamalari 
sanaladi. Bunday yuklamalar qo‘llanganda, gapning kesimi, asosan, inkor 
shaklida bo‘ladi”, – degan izohni o‘qiymiz. Bizningcha, na...na so‘zlari 
aksariyat hollarda kesim tasdiq yoki inkor shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar gapda 
inkor ma’nosini ifodalash uchun xizmat qilishini inobatga olib bog‘lovchi 
sifatida emas, balki yuklamalar qatorida qaralgani ma’qul ko‘rinadi.
32
Ona tili: Umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik / N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, 
D.Nabiyeva. – T.: Ma’naviyat, 2009. – 73 b. 
33
O‘sha manba. 77-b.
34
O‘sha manba. 104-b. 
35
O‘zbek tili grammatikasi. 1-jild. Morfologiya. –Toshkent, Fan, 1975. 581 b. 
36
Ona tili: Umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik / N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, 
D.Nabiyeva. – T.: Ma’naviyat, 2009. – 79 b. 


36
Hozirgi o‘zbek adabiy tili morfologiyasiga bag‘ishlangan ishlarda 
bog‘lovchilar qo‘llanishiga, vazifasiga ko‘ra guruhlanib kelindi. Biz yuqorida 
havolada ko‘rsatgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv qo‘llanmasida 
bog‘lovchilarning guruhlanishi bo‘yicha yangi turi, ya’ni bog‘lovchilar shakliy 
jihatdan uch guruhga: sof bog‘lovchi, nisbiy bog‘lovchi, qo‘shimchasimon 
bog‘lovchi tarzida ajratib ko‘rsatilgan
37
. Va, hamda, yo, yoxud, yoki, ammo, 

Download 300,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish